IBN XALDUN VA MUQADDIMA
Yakuniy imtihonlardan forig` bo`lgandan keyin, mutolaa uchun Ibn Xaldunning “Muqaddima” asarini tanladim. Ibn Xaldun islom siyosatshunosligi, islom iqtisodiyoti va moliyasi haqidagi fanlarning buyuk darg`alaridan hisoblanadi. Quyida uning turk va ingliz tillaridagi tarjimalarini taqdim etaman.
Asarni bir qancha olimlar tarjima qilishgan. Qariyb 100 betlari Ibn Xaldun zakosining maqtovlari, “Muqaddima”ning naqadar qiymatli asar ekanligi, qaysi olimlar tarjima qilganligi haqidagi ma’lumotlar bilan to`lgan.
Kitobni birinchi boblaridan o`qishni boshlar ekanman, Ibn Xaldunning o`z ishiga jiddiy yondashishi, bunday mas’uliyatni boshqa hamnafas olimlardan ham talab qilganligi, va hatto kibor olimlarni ham qo`rqmasdan tanqid ostiga olganligini payqab boryapman. Istardimki, siz ham darhol ushbu asarni o`qib, kerakli xulosalar chiqaring! Mutolaa davomida sizni kitobdagi qiziq ma’lumotlardan xabardor qilib boraman. Ko`ngillilar bo`lsa, kitob yuzasidan muhokamalar ham qilamiz! #mutolaa_vaqti

Tarjimon va sharhlovchilar bejizga Ibn Xaldunni og`iz ko`pirtrib maqtashmagan ekan. Muallif Ibn Xaldun "Muqaddima"ning boshlanishidan qadimgi va zamondosh olimlarni ayovsiz tanid ostiga olgani meni hayratimni orttirdi. Aniq olimning ismi, asari, qanday xatolarga yo`l qo`ygani va nega xato qilganini tortinmasdan yozgan. Yuzing-ra'ying deyish yo`q, tilyog`lamachilik qilish yo`q. Xolislikni tekshirish uchun ingliz va turk tillaridagi tarjimalarini solishtirib o`qiyapman. O`qigan sari zavqingiz keladi.
#mutolaa_vaqti #muqaddima #ibn_xaldun
#mutolaa_vaqti #muqaddima #ibn_xaldun
Davlatning osoyishtalik va tinchlik tabiati xususida
Buning sababi shundan iboratki, xalqlar davlatni faqat katta mehnat va xohish bilan qo'lga kiritishlari mumkin. Maqsadga erishilgandan so'ng, harakatlar oqimi sekinlashadi, tizginlar bo'sh qo'yiladi.
Shoir aytganidek:
Vaqt men bilan u (sevgilim) oramizda bo‘shliq yaratishga uringaniga hayronman, oramizdagi rishtalar butunlay uzilganidan keyin tinchlik topdi.
Hukmdorlar davlat tuzib, saltanat tojiga erishgach, qiyinchiliklarga bardosh berishni to'xtatib, qulaylik va osoyishtalik bahr(dengiz)iga sho'ng'ishni afzal ko'radilar. Ular katta imoratlar qura boshlaydilar, ko'z qamashtiruvchi kiyimlar kiyishadi. Ular davlatlarining mevalaridan bahramand bo'lishlari, qurgan saroylarida suv favvoralari, bog'lar va hovuzlar yaratishlari mumkin. Shu tariqa dunyo ne’matlari va rohatini mashaqqat va qiyinchiliklardan avlo ko‘radilar.
Ular hokimiyatda bo‘lganlarida kiyimlarining nafisligi va bejirimligiga, taomlarining lazzatligiga, qurdirgan qasrlarning mahobatiga, sut va asal daryodek oqadigan bazmlarga ahamiyat beradilar. Ular bunday ehtishomli hayot tarziga ko‘nikma hosil qilishadi, avlodlari ajdodlaridan bu hashamatni meros qilib oladi.
Ular to Alloh hukmronliklari zavolga yuz tutishini amr etguniga qadar bu isrofni davom ettiradilar.
وَهُوَ خَيْرُ ٱلْحَـٰكِمِينَ (12:80)
Alloh hukm qiluvchilarning eng yaxshisidir va O'zi bilguvchidir.
©️ "Muqaddima", Ibn Xaldun
#mutolaa #tarjima
@shmirzayevofficialblog

Olamlarning Parvardigoriga hamdlar va taqvodorlarning oqibati soz bo‘lsin, ko‘ngil dengizidan til sohiliga chiquvchi va dillarni o‘ziga rom etuvchi maqtovlar hazrati Haq uchundir - Uning shavkati ulug‘ va ismlari muazzam bo‘lsin! Va hisobsiz durudlar o'sha oqibati soz Sayyid (payg‘ambar) uchunkim, Qur’on javohirotlari, "go‘yo ular yoqut va marjon kabi", Uning sharif vujudi sababli nozil bo‘ldi va uning oilasi, do‘stlari va umr yo‘ldoshlarining hammasiga ham (durudlar bo‘lsin).
©️ Imom Ali ibn Muso ar-Rizo, "Lu'lu' ul-Maknun" (Yashirin marvaridlar) asarining muqaddimasidan
#mutolaa #hamdusano

Shaharlardagi hayotning sivilizatsiyalashuvi, madaniyatning yuksak darajalarga ko'tarilishi faqatgina davlatlarning mustahkamlanishi va chuqur ildiz otishi bilan ro'y berishi xususida
Buning sababi shudir: Madaniy hayot (hadariylik) ijtimoiy hayot uchun zaruriy holat emas, balki ijtimoiy hayot ehtiyojlaridan boshqa mohiyat kasb etadi. Xalqlarning farovonlik darajasi ozchilik va ko'plik jihatdan cheksiz farq qiladi. Xalqlarda madaniy hayotning ehtiyojlari, odatlari va turlari ortib borishi bilan barcha turdagi ehtiyojlarni yaratish hunarmandchilikning taraqqiy topishiga bog'liq bo'lib qoladi. Alaloqibat, bu madaniy ehtiyojlarining barcha turlari alohida ixtisoslashgan usta va hunarmandlar ta'minlash bilan qondiriladi.
Agar yahudiylar tarixini shu nuqtai nazardan ko‘rib chiqsangiz, Suriyada 1400 yil hukmronlik qilgani uchun ularning sivilizatsiyasi mustahkam poydevorlar ustida rivojlanganiga guvoh bo‘lasiz. Ular uzoq vaqt hukmronlik qilganliklari uchun tirikchilikning barcha sohalarida, madaniyatli turmush tarzida, oziq-ovqat, kiyim-kechak va barcha uy-roʻzgʻor anjomlarini yasashda mohir boʻlishgan. Bugungi kunda ham bu sohalardagi yangiliklarning ko'pchiligi ulardan olinmoqda. Aholisi bulardan va keyinchalik u yerda 600 yil hukmronlik qilgan Rimliklardan o'rnak olgani uchun jamiyat (Umran) hayotining shunga o'xshash ehtiyojlari va odatlari Suriyada rivojlandi. Rimliklar esa juda madaniyatli hayot kechirishgan. Qibtiylarning holati ham shunday. Ular dunyo yaratilganidan beri 3000 yil davomida hukmronlik surib, Misr shaharlari va qasabalarida madaniyatli hayotning ehtiyojlari va odatlarini saqlab qolishgan.
Keyinchalik Mag‘ribda aholi kamayib, mamlakat tanazzulga yuz tutdi, G‘arbiy Afrika xalqlari esa o‘zlarining eski odatlariga, ko‘chmanchi hayotga (badaviylik) qaytishdi.
[.............davomi bu yerda............]
أَوَلَمْ يَسِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَيَنظُرُوا۟ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ كَانُوا۟ مِن قَبْلِهِمْۚ كَانُوا۟ هُمْ أَشَدَّ مِنْهُمْ قُوَّةً وَءَاثَارًا فِى ٱلْأَرْضِ فَأَخَذَهُمُ ٱللَّهُ بِذُنُوبِهِمْ وَمَا كَانَ لَهُم مِّنَ ٱللَّهِ مِن وَاقٍ
Ma'nosi: Axir ular yer yuzida yurib, o‘zlaridan oldin o‘tganlarning oqibati qanday bo‘lganiga nazar solmaydilarmi?! O‘shalar ulardan ko‘ra quvvatliroq va yer yuzida asarlari ko‘proq bo‘lgan edilar. Bas, Alloh o‘shalarni gunohlari sababli tutdi. Ularga Allohdan o‘zga bir saqlovchi bo‘lmadi. [G‘ofir surasi 21-oyat]
©️ "Muqaddima", Ibn Xaldun
#mutolaa #tarjima #muqaddima

التصور عن التصوف (Tasavvuf haqida tasavvur)
للشيخ محمد صادق محمد يوسف
Oʻqildi: ✅
Sana: Rabiyul avval 4, 1446
#mutolaa
للشيخ محمد صادق محمد يوسف
Oʻqildi: ✅
Sana: Rabiyul avval 4, 1446
#mutolaa