Shaxzodning sahifasi
340 subscribers
278 photos
23 videos
20 files
214 links
• read • think • feel • live •

www.linkedin.com/in/shmirzayevofficial
Download Telegram
Tarjimon va sharhlovchilar bejizga Ibn Xaldunni og`iz ko`pirtrib maqtashmagan ekan. Muallif Ibn Xaldun "Muqaddima"ning boshlanishidan qadimgi va zamondosh olimlarni ayovsiz tanid ostiga olgani meni hayratimni orttirdi. Aniq olimning ismi, asari, qanday xatolarga yo`l qo`ygani va nega xato qilganini tortinmasdan yozgan. Yuzing-ra'ying deyish yo`q, tilyog`lamachilik qilish yo`q. Xolislikni tekshirish uchun ingliz va turk tillaridagi tarjimalarini solishtirib o`qiyapman. O`qigan sari zavqingiz keladi.

#mutolaa_vaqti #muqaddima #ibn_xaldun
Shaharlardagi hayotning sivilizatsiyalashuvi, madaniyatning yuksak darajalarga ko'tarilishi faqatgina davlatlarning mustahkamlanishi va chuqur ildiz otishi bilan ro'y berishi xususida

Buning sababi shudir: Madaniy hayot (hadariylik) ijtimoiy hayot uchun zaruriy holat emas, balki ijtimoiy hayot ehtiyojlaridan boshqa mohiyat kasb etadi. Xalqlarning farovonlik darajasi ozchilik va ko'plik jihatdan cheksiz farq qiladi. Xalqlarda madaniy hayotning ehtiyojlari, odatlari va turlari ortib borishi bilan barcha turdagi ehtiyojlarni yaratish hunarmandchilikning taraqqiy topishiga bog'liq bo'lib qoladi. Alaloqibat, bu madaniy ehtiyojlarining barcha turlari alohida ixtisoslashgan usta va hunarmandlar ta'minlash bilan qondiriladi.

Agar yahudiylar tarixini shu nuqtai nazardan ko‘rib chiqsangiz, Suriyada 1400 yil hukmronlik qilgani uchun ularning sivilizatsiyasi mustahkam poydevorlar ustida rivojlanganiga guvoh bo‘lasiz. Ular uzoq vaqt hukmronlik qilganliklari uchun tirikchilikning barcha sohalarida, madaniyatli turmush tarzida, oziq-ovqat, kiyim-kechak va barcha uy-roʻzgʻor anjomlarini yasashda mohir boʻlishgan. Bugungi kunda ham bu sohalardagi yangiliklarning ko'pchiligi ulardan olinmoqda. Aholisi bulardan va keyinchalik u yerda 600 yil hukmronlik qilgan Rimliklardan o'rnak olgani uchun jamiyat (Umran) hayotining shunga o'xshash ehtiyojlari va odatlari Suriyada rivojlandi. Rimliklar esa juda madaniyatli hayot kechirishgan. Qibtiylarning holati ham shunday. Ular dunyo yaratilganidan beri 3000 yil davomida hukmronlik surib, Misr shaharlari va qasabalarida madaniyatli hayotning ehtiyojlari va odatlarini saqlab qolishgan.

Keyinchalik Mag‘ribda aholi kamayib, mamlakat tanazzulga yuz tutdi, G‘arbiy Afrika xalqlari esa o‘zlarining eski odatlariga, ko‘chmanchi hayotga (badaviylik) qaytishdi.

[.............davomi bu yerda............]

أَوَلَمْ يَسِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَيَنظُرُوا۟ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ كَانُوا۟ مِن قَبْلِهِمْۚ كَانُوا۟ هُمْ أَشَدَّ مِنْهُمْ قُوَّةً وَءَاثَارًا فِى ٱلْأَرْضِ فَأَخَذَهُمُ ٱللَّهُ بِذُنُوبِهِمْ وَمَا كَانَ لَهُم مِّنَ ٱللَّهِ مِن وَاقٍ

Ma'nosi: Axir ular yer yuzida yurib, o‘zlaridan oldin o‘tganlarning oqibati qanday bo‘lganiga nazar solmaydilarmi?! O‘shalar ulardan ko‘ra quvvatliroq va yer yuzida asarlari ko‘proq bo‘lgan edilar. Bas, Alloh o‘shalarni gunohlari sababli tutdi. Ularga Allohdan o‘zga bir saqlovchi bo‘lmadi. [G‘ofir surasi 21-oyat]

©️ "Muqaddima", Ibn Xaldun

#mutolaa #tarjima #muqaddima

@shmirzayevofficialblog