Shaxzodning sahifasi
341 subscribers
278 photos
24 videos
20 files
214 links
• read • think • feel • live •

www.linkedin.com/in/shmirzayevofficial
Download Telegram
Katta shaharlar va ko‘p qavatli binolarni faqat yirik davlatlar qurishi mumkinligi haqida

Qadimgi xalqlar qoldirgan buyuk asarlarni, yodgorliklari va inshootlarni, masalan, Xusravning Qabullar zali, Misr piramidalari, Karfagendagi Malga arklari va Mag'ribdagi Cherchel arklarini maroq va hayrat bilan tomosha qilgan ko'pchilik odamlar ularni qadimgi odamlar o'zlari jismoniy kuchlari bilan xoh yakka holda, xoh jamoa bo`lib qurgan deb hisoblashadi. Ular o'tmishdagi odamlar o'zlari yasagan eski binolar kabi bahaybat bo'lganiga ishonishadi. Ularga ko`ra, qadimgi odamlarning tanalari o`zlarinikidan balandroq, baquvvatroq va og‘irroq bo`lgan. Shunday qilib, ularning tanalari ushbu tuzilmalarni qurish uchun zarur bo'lgan kuchga mos, degan tushunchada edi.

Davomi bu yerda

© Ibn Xaldun, "Muqaddima" asaridan (turkchadan tarjima qildim)

#tarjima #mutoola

@shmirzayevofficialblog
Davlatning osoyishtalik va tinchlik tabiati xususida

Buning sababi shundan iboratki, xalqlar davlatni faqat katta mehnat va xohish bilan qo'lga kiritishlari mumkin. Maqsadga erishilgandan so'ng, harakatlar oqimi sekinlashadi, tizginlar bo'sh qo'yiladi.

Shoir aytganidek:

Vaqt men bilan u (sevgilim) oramizda bo‘shliq yaratishga uringaniga hayronman, oramizdagi rishtalar butunlay uzilganidan keyin tinchlik topdi.

Hukmdorlar davlat tuzib, saltanat tojiga erishgach, qiyinchiliklarga bardosh berishni to'xtatib, qulaylik va osoyishtalik bahr(dengiz)iga sho'ng'ishni afzal ko'radilar. Ular katta imoratlar qura boshlaydilar, ko'z qamashtiruvchi kiyimlar kiyishadi. Ular davlatlarining mevalaridan bahramand bo'lishlari, qurgan saroylarida suv favvoralari, bog'lar va hovuzlar yaratishlari mumkin. Shu tariqa dunyo ne’matlari va rohatini mashaqqat va qiyinchiliklardan avlo ko‘radilar.

Ular hokimiyatda bo‘lganlarida kiyimlarining nafisligi va bejirimligiga, taomlarining lazzatligiga, qurdirgan qasrlarning mahobatiga, sut va asal daryodek oqadigan bazmlarga ahamiyat beradilar. Ular bunday ehtishomli hayot tarziga ko‘nikma hosil qilishadi, avlodlari ajdodlaridan bu hashamatni meros qilib oladi.

Ular to Alloh hukmronliklari zavolga yuz tutishini amr etguniga qadar bu isrofni davom ettiradilar.

وَهُوَ خَيْرُ ٱلْحَـٰكِمِينَ (12:80)

Alloh hukm qiluvchilarning eng yaxshisidir va O'zi bilguvchidir.

©️ "Muqaddima", Ibn Xaldun

#mutolaa #tarjima

@shmirzayevofficialblog
Shaharlardagi hayotning sivilizatsiyalashuvi, madaniyatning yuksak darajalarga ko'tarilishi faqatgina davlatlarning mustahkamlanishi va chuqur ildiz otishi bilan ro'y berishi xususida

Buning sababi shudir: Madaniy hayot (hadariylik) ijtimoiy hayot uchun zaruriy holat emas, balki ijtimoiy hayot ehtiyojlaridan boshqa mohiyat kasb etadi. Xalqlarning farovonlik darajasi ozchilik va ko'plik jihatdan cheksiz farq qiladi. Xalqlarda madaniy hayotning ehtiyojlari, odatlari va turlari ortib borishi bilan barcha turdagi ehtiyojlarni yaratish hunarmandchilikning taraqqiy topishiga bog'liq bo'lib qoladi. Alaloqibat, bu madaniy ehtiyojlarining barcha turlari alohida ixtisoslashgan usta va hunarmandlar ta'minlash bilan qondiriladi.

Agar yahudiylar tarixini shu nuqtai nazardan ko‘rib chiqsangiz, Suriyada 1400 yil hukmronlik qilgani uchun ularning sivilizatsiyasi mustahkam poydevorlar ustida rivojlanganiga guvoh bo‘lasiz. Ular uzoq vaqt hukmronlik qilganliklari uchun tirikchilikning barcha sohalarida, madaniyatli turmush tarzida, oziq-ovqat, kiyim-kechak va barcha uy-roʻzgʻor anjomlarini yasashda mohir boʻlishgan. Bugungi kunda ham bu sohalardagi yangiliklarning ko'pchiligi ulardan olinmoqda. Aholisi bulardan va keyinchalik u yerda 600 yil hukmronlik qilgan Rimliklardan o'rnak olgani uchun jamiyat (Umran) hayotining shunga o'xshash ehtiyojlari va odatlari Suriyada rivojlandi. Rimliklar esa juda madaniyatli hayot kechirishgan. Qibtiylarning holati ham shunday. Ular dunyo yaratilganidan beri 3000 yil davomida hukmronlik surib, Misr shaharlari va qasabalarida madaniyatli hayotning ehtiyojlari va odatlarini saqlab qolishgan.

Keyinchalik Mag‘ribda aholi kamayib, mamlakat tanazzulga yuz tutdi, G‘arbiy Afrika xalqlari esa o‘zlarining eski odatlariga, ko‘chmanchi hayotga (badaviylik) qaytishdi.

[.............davomi bu yerda............]

أَوَلَمْ يَسِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَيَنظُرُوا۟ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ كَانُوا۟ مِن قَبْلِهِمْۚ كَانُوا۟ هُمْ أَشَدَّ مِنْهُمْ قُوَّةً وَءَاثَارًا فِى ٱلْأَرْضِ فَأَخَذَهُمُ ٱللَّهُ بِذُنُوبِهِمْ وَمَا كَانَ لَهُم مِّنَ ٱللَّهِ مِن وَاقٍ

Ma'nosi: Axir ular yer yuzida yurib, o‘zlaridan oldin o‘tganlarning oqibati qanday bo‘lganiga nazar solmaydilarmi?! O‘shalar ulardan ko‘ra quvvatliroq va yer yuzida asarlari ko‘proq bo‘lgan edilar. Bas, Alloh o‘shalarni gunohlari sababli tutdi. Ularga Allohdan o‘zga bir saqlovchi bo‘lmadi. [G‘ofir surasi 21-oyat]

©️ "Muqaddima", Ibn Xaldun

#mutolaa #tarjima #muqaddima

@shmirzayevofficialblog