Shaxzodning sahifasi
341 subscribers
283 photos
24 videos
20 files
214 links
• read • think • feel • live •

www.linkedin.com/in/shmirzayevofficial
Download Telegram
Joriy yilda kanalimda ba'zi özgarishlar kiritmoqchiman. Töğri, bir xillik odamni zeriktiradi. Bundan tashqari, özim ham ilmiy va kasbiy jihatdan o'sishni, yangi narsalarni örganishni xohlayman. Ushbu sabablarni hisobga olgan holda, siz azizlarga bir qator foydali video, matn, rasm, taqdimot va hokazolarni qöyib boraman.

Bizni kuzatuvchilar asosan Toshkent davlat yuridik universiteti talabalaridan iborat bölganligi sababli, kontentning katta qismini kasbim - yuridik sohaga bağishlayman. Postlar quyidagi teglar bilan turkum holida taqdim etiladi:

#huquq_ingliztili & #legal_english

#huquq_olamini_kashf_qilish

#talabalarga_maslahatlar

#moot_court

#soha_yangiliklari

Mabodo, yangi ğoyalar paydo bölsa, teglar muntazam qöshib boriladi.

Telegram | Instagram | Linkedin
Society cannot exist without law. People need rules to regulate relations between them and to end disputes.

#huquq_olamini_kashf_qilish
Ma'naviy zarar haqida (moral damage)

Sud da’vogarning ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo talabini muhokama qilib quyidagi xulosaga keladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1021-moddasiga asosan ma’naviy zarar uni yetkazuvchining aybi bo‘lgan taqdirda zarar yetkazuvchi tomonidan qoplanadi.

O‘zbekiston Resublikasi Oliy sudi Plenumining 28.04.2000 yildagi 7- son qarorining 1-bandiga ko‘ra, sud jabrlanuvchiga jismoniy va ma’naviy azoblar yetkazilgani fakti nima bilan tasdiqlanishi, u qanday holatlarda va qanday harakatlar (harakatsizlik) bilan yetkazilganligi, zarar yetkazuvchining ayb darajasi, jabrlanuvchi qanday ma’naviy va jismoniy azoblar tortgani, uni qoplashni qanday miqdorda baholashi va nizoni hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlarni aniqlashi zarur.

Sud da’vogar tomonidan ma’naviy zarar undirish talabiga nisbatan sudga tegishli dalillar taqdim qilishmaganligini va bunday dalillar mavjudligi sud majlislarida ham aniqlanmaganligini, qolaversa har bir taraf o‘zining talablari va e’tirozlariga asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlashi shart ekanligi qonunda qa’tiy belgilanib qo‘yilganligini inobatga olib, da’vogarning ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo talabini qanoatlantirishni rad etishni lozim topdi.

©️ Sud qaroridan parcha

#huquq_olamini_kashf_qilish

@shmirzayevofficialblog
Normativ-huquqiy hujjatlar - vakolatli davlat organining belgilangan tartibda qabul qilgan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, umummajburiy tusdagi qoidalarni o‘rnatuvchi, o‘zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi yuridik hujjati hisoblanadi.

Normativ-huquqiy hujjat umummajburiy xulq-atvor qoidalarini o‘z ichiga oladi hamda o‘zining quyidagi uch xususiyati bilan ijtimoiy normalarning boshqa turlaridan ajralib turadi:

a) ular vakolatli davlat organlari tomonidan yaratilib, barcha uchun umummajburiy qoidalarni o‘rnatadi, o‘zgartiradi (takomillashtiradi) yoki bekor qiladi;
b) ularda huquqiy qoidaning mazmuni, ya’ni huquqiy munosabat ishtirokchilarining
huquq va burchlari bayon etiladi;
v) normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlangan qoidalar bajarilmagan yoki buzilgan taqdirda muayyan huquqiy oqibatlar kelib chiqadi, qoida bo‘yicha, davlatning majburlov kuchi ishga solinadi.


Normativ-huquqiy hujjatlar, ularni chiqaradigan davlat organlari va mansabdor shaxslarning mavqeyiga, aktlarning yuridik kuchiga ko‘ra, quyidagi turkumlarga bo‘linadi:

1) qonunlar (Konstitutsiya, konstitutsiyaviy qonunlar va joriy qonunlar);
2) Prezident farmonlari, qaror va farmoyishlari;
3) hukumat qarori va farmoyishlari;
4) vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqaruv organlarining normativ hujjatlari;
5) mahalliy vakillik va ijroiya organlarining qarorlari va farmoyishlari.


Manba: "Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida"gi Qonun

#huquq_olamini_kashf_qilish