Shaxzodning sahifasi
340 subscribers
282 photos
24 videos
20 files
211 links
• read • think • feel • live •

www.linkedin.com/in/shmirzayevofficial
Download Telegram
🤗 Assalomu alaykum, my dear audience!

🫵 I wish all the best success to all of you, my lovely observers.

😅 As said, "The other shoe will drop". Two things were lurking around me: CAYLA & YPIP!

🇺🇸 As we all know, the Central Asia Young Leaders Academy (CAYLA) and Young Professionals Internships Program are highly esteemed programs that supports the next generation of leaders in Central Asia.

😩 Unfortunately, despite my efforts and impressive profile, I was not selected to participate in this program. I am a little bit disappointed that I will not have the opportunity to be a part of this amazing community of leaders.

😎 Nevertheless, I remain committed to pursuing my goals with determination, and I encourage others to do the same.

🤨 I am curious to know if any of my fellow members had applied for these prestigious programs, and if so, to share their experiences and application results with us.
Forwarded from S.S.Uralov | Huquqiy blog (Sarbon Sardorovich Uralov)
Konstitutsiya loyihasi to'liq matni.pdf
359.5 KB
Shaxzodning sahifasi
Konstitutsiya loyihasi to'liq matni.pdf
🇺🇿 Fuqaro sifatida, oʻqib, tanishib chiqishni maslahat beraman!

🇺🇸 As a small piece of society, thorough reading is recommended!
IELTS IMTIHONIGA TAYYORLANISH UCHUN FOYDALI SAYTLAR

IELTS eng mashhur ingliz tili savodxonligini tekshiradigan imtihonlaridan biridir. Ushbu test natijalari Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yevropa mamlakatlarida va butun dunyoning deyarli barcha ingliz tilida so'zlashuvchi universitetlarida tan olinadi.
Quyida ushbu imtihonga tayyorgarlik mobaynida asqotadigan saytlar ro`yxatini havola etaman:

1. British Council - takeielts.britishcouncil.org/prepare-test
2. IELTS.org - ielts.org/about-the-test/test-format
3. IDP Education - ielts.idp.com/prepare-for-ielts/free-ielts-resources
4. Cambridge English - cambridgeenglish.org/exams-and-tests/ielts/preparation
5. E2Language - e2language.com/courses/ielts-preparation
6. IELTS Advantage - ieltsadvantage.com
7. Magoosh - magoosh.com/ielts/ielts-study-plans
8. IELTS Liz - ieltsliz.com
9. IELTS Mentor - ielts-mentor.com
10. IELTS Podcast - ieltspodcast.com
11. Road to IELTS - roadtoielts.com
12. Exam English - examenglish.com
13. IELTS Online Tests - ieltsonlinetests.com
14. IELTS Practice - ielts-practice.org
15. IELTS Test Online - ieltstestonline.com
16. IELTS Buddy - ieltsbuddy.com
17. IELTS Writing - ieltswriting.org
18. IELTS-Exam.net - ielts-exam.net
19. IELTS Material - ieltsmaterial.com
20. IELTS Up - ielts-up.com


#til_örganish #language #ielts


Shakhzod Mirzaev
09.04.2023
Toshkent
🌍 ECOSOC Youth Forum 2023

🎬 Registrations for virtual participation for the ECOSOC Youth Forum 2023 are now open!

📆 When: 25th, 26th and 27th April 2023

🏙 Where: the UN Headquarters in New York

📃 Topic: Accelerating the COVID-19 recovery and full implementation of the 2030 Agenda with and for youth

Deadline: 16 Aprel, 2023

📩 Apply here

👉 shmirzayevofficialblog.t.me
"Meritocracy" haqida tasavvurga egamisiz?
Anonymous Poll
31%
Ha
69%
Yoʻq
Meritokratiya yoki Layoqatlilar Jamiyati

"Merit" so`zi lotincha "meritus" so`zidan olingan bo`lib, "loyiq bo`lish" yoki "qozonish" degan ma`nolarni anglatadi.

Meritokratiya - bu davlat yoki ish bilan ta`minlash tizimi bo`lib, unda odamlar ijtimoiy mavqei, oilaviy qarindoshchilik aloqalari yoki boyligi kabi omillarga emas, balki ularning qobiliyatlari, malakalari va xizmatlariga qarab tanlanadi va tayinlanadi. Meritokratik tizimda odamlarning bilimi, tayyorgarligi va tajribasi kabi adolatli mezonlarga ko`ra baholanadi va mana shu ko`rsatkichlariga qarab lavozimida ko`tarilish imkoniyati beriladi.

Meritokratiya tushunchasi ko`pincha teng imkoniyatlar g`oyasi bilan bog`liq bo`lib, bu yerda odamlarga ularning ijtimoiy holatiga emas, balki qobiliyatlariga qarab muvaffaqiyatga erishish uchun teng imkoniyat beriladi. Bu, shuningdek, samaradorlik va mahsuldorlikni oshirishning bir usuli sifatida qaraladi, chunki xizmat va iqtidoriga ko`ra tanlangan odamlar o`z vazifalarini yaxshi bajarish ehtimoli ko`proq.

Meritokratiya dunyoning ko`plab mamlakatlari va tashkilotlari tomonidan adolat va xolislikni targ`ib qilish, odamlarga o`z qobiliyatidan kelib chiqqan holda muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini ta`minlash usuli sifatida qabul qilingan.

#meritocracy #politicalscience #layoqatlilik #eligibility
Layoqatlilik tushunchasining tarixi

Layoqatlilik tushunchasi uzoq tarixga ega bo’lib, qadimgi Xitoyga borib taqaladi, u yerda [科舉 - Keju tizimi] - “imperiya (xoqonlik) imtihon tizimi” sifatida keng tanilgan. Tizim qadimgi Xan sulolasida tashkil etilgan va davlat amaldorlarini ijtimoiy mavqei yoki oilaviy aloqalariga qarab emas, balki ularning ilmiy yutuqlari va bilimlariga qarab tanlashda foydalanilgan.

Islom tarixida payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) va u zotning sahobalari davrlaridan boshlab layoqatlilik tamoyiliga alohida urg‘u berilgan. Payg`ambarimizning o`zlari odamlarni layoqatiga qarab muhim vazifalarga tayinlagan. Jumladan, u zot ijtimoiy mavqei quyi, ya`ni qul bo‘lishiga qaramay, sobiq qul Bilol ibn Rabohni (roziyallohu anhu) islomda birinchi muazzin (azon aytuvchi) qilib tayinladi.

Milodiy VIII asrdan XIII asrgacha boʻlgan islomning oltin asrlarida musulmon dunyosida ilm-maʼrifatga katta eʼtibor berilgan. Bu layoqatlilik tizimning rivojlanishiga olib keldi, bunda shaxslar davlat lavozimlariga malaka va iqtidor asosida tanlangan.

Buning ilk namunalaridan biri Abbosiylar xalifaligi davrida Bag‘dodda “Bayt ul-hikma” yoki “Donishmandlar (Hikmat) uyi”ning tashkil etilishidir. “Hikmat uyi” butun musulmon olamidan kelgan olimlarni o‘rganish va bilim almashish uchun birlashtirgan yirik ilm markazi edi.

Abbosiylar xalifaligida davlat xizmati imtihonlari tizimi ham yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, u iqtidorli shaxslarni islom huquqi, adabiyoti va boshqa sohalardagi bilimlari asosida davlat lavozimlariga tanlab olishga yo`naltirilgan edi. Bu imtihonlar barcha musulmonlar uchun birdek ochiq bo‘lib, ular layoqatlilik targ‘ib qilish va hukumatdagi korrupsiyaning oldini olish usuli sifatida ko‘rilgan.

#meritocracy_2 #history
Islomda Layoqat Tushunchasi

Islom shariatida meritokratiya tushunchasi “الحكم بالاستحقاق - al-hukm bil-istihqaq”, “Sho`ro” atamalari bilan ifodalanadi, va islomiy boshqaruv tizimi va musulmon jamiyatidagi vazifa va lavozimlarni taqsimlashning asosiy tamoyilidir.

Islomiy manbalarda “istihqoq” atamasi ko`pincha shaxslarni ularning malakasi va malakasiga qarab tayinlash tamoyiliga ishora qilish uchun ishlatiladi. “Istihqoq” lug`atda “loyiqlik” yoki “arzishlik” degan ma`noni bildiradi va ko`pincha ishonchli va ma`lum bir ish uchun zarur ko`nikma va bilimga ega bo`lgan kishilarni tasvirlash uchun ishlatiladi.

Islom boshqaruvida “shuro” (maslahatlashuv) tamoyiliga ham alohida urg`u berilgan bo`lib, unga ko`ra, tegishli sohada tajribaga ega bo`lgan malakali shaxslar o`rtasida maslahatlashuvlar asosida qaror qabul qilinadi.

#meritocracy_3 #islamicview #istilah
Korrupsiya, poraxo`rlik, rivojlanish bilan bog`liq muammolarga doim yechim izlayman. Internetda rivojlangan davlatlarning qanday bu holatga erishganligining tagiga yetishga harakat qilaman. Yuqorida uzundan-uzun yozganlarim ham ushbu qiziqishlarimning mahsuli.

Nima deb o`ylaysiz: sizningcha mazkur tizim bizda yo`lga qo`yilganmi? O`zi bu bizga kerakmi? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!

#summary #meritocracy_4 #fikrmulohaza
UNIVERSITY” UKSHIN HOTI” PRIZREN

International Summer School (ISS) 2023 Edition



OPEN CALL FOR STUDENTS – ISSP

🏛 Date/Venue: July 31- August 11, 2023, Prizren – Kosovo

💸 Fee for International students: No fee (including free accommodation for 50 selected students)

Deadline: 30th of May 2023

👋 Apply here

🫵 shmirzayevofficialblog.t.me
Boris Nemtsov Summer School of Journalism and Sociocultural Studies

Age: 18 +
Language: Russian (fluency)
You can apply online by filling out an application form.
🫵 Qirg`izistonda Inson huquqlari bo'yicha yozgi maktab yozgi maktab

🔔 Markaziy Osiyoning barcha hududlaridan talabalardan tortib, ijtimoiy harakat va tashkilotlar faollarigacha barchani taklif etadi. Ustuvorlik talabalarga beriladi.

💸 Yozgi maktabda qatnashish bepul. Markaziy Osiyo davlatlaridan 10 nafar ishtirokchi uchun AUCA aviachiptalar va turar joy koʻrinishida moliyaviy yordam koʻrsatadi.

🌐 Dastur tili - rus tili;

🏝 Yozgi maktab yakunida ishtirokchilarga rasmiy sertifikat beriladi. Yozgi maktab davomida Issiqko‘lga bir kunlik sayohat rejalashtirilgan.

📜 Yozgi maktab 2023-yil 19-30-iyun kunlari AUCA hududida bo‘lib o‘tadi.

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2023-yil 12-may

🔥 Arizani toʻldiring

😎 ESLATMA!!! Men ushbu dasturda 2021-yil yozida qatnashganman. Savollar bo`lsa bemalol murojaat qilaveringizlar!

👉 shmirzayevofficialblog.t.me
🌎 Soʻz yodlash muammosi


🇺🇿 Xorijiy tillarni oʻrganayotgan talabalar koʻpincha soʻz yodlash va lugʻat boyligini oshirishda qiynalishadi. Har kim har xil usullarda soʻz yodlashga harakat qiladi. Kechqurun mana mavzuda oʻzim qoʻllagan uchta eng samarali soʻz yodlash usullarini sizlarga tushuntiraman. Sizlarga qiziqarlimi?


🇬🇧 I see many students struggle with memorizing words and expanding their vocabulary when learning a foreign language. Despite using various mnemonic devices, flashcards, vocabulary books, and other memorization tools, forgetting is always a headache. This evening, I'll explain the three most effective methods I've found for remembering words. Would you like to learn more? Express your desire with "🔥" emoji!

👉 shmirzayevofficialblog.t.me
So‘zlarni yodlash yangi tilni o‘rganishning eng qiyin qismidir. Biroq, bu jarayonni yanada samarali qilish uchun ko‘plab usullardan foydalanishimiz mumkin. Quyida men uchun yaxshi foyda bergan uchta usullarni keltiraman:

1. Uyadosh so‘zlar sifatida yodlash usuli. So‘zlarni yodlashning oson usullaridan biri ularni mavzu, oila bo‘yicha guruhlashdir. Masalan, siz oila, transport yoki ish bilan bog'liq so‘zlarni mavzulashtirib yodlashingiz mumkin. Bu so‘zlar o‘rtasida aloqa o‘rnatishni va ularni eslab qolishni osonlashtiradi.
2. Lug‘at varaqlash usuli. Lug‘atni Yo‘lda ketayotganingizda yoki boshqa bo`sh vaqtlaringizda kichkina lug‘at kitobchalarni varaqlashni mashq qiling. Vaqt o‘tishi bilan bu sizning so‘z boyligingizni oshishiga va tilni tushunishingizni yaxshilashga yordam beradi.
3. Matn ichida o‘rganish usuli. Nihoyat, so‘zlarni yodlashning eng yaxshi usullaridan biri ularni matntda yoki so‘z birikmalari ko‘rinishida o‘rganishdir. Demak, so‘zlarni qo‘shma va so‘z birikmasi shakllari bilan bog‘lab eslab qolish, ularning haqiqiy qo‘llanishini aks ettiruvchi gaplarda qo‘llash so‘zlarni xotirada mahkam o‘rnashishiga olib keladi. So‘zlarni shu tarzda o‘rganish orqali siz ulardan to‘g‘ri foydalanish malakasiga ega bo`lasiz.

Sizga qanday usullar ko‘proq foyda bergan? Izohlarda qoldiring!

#language

👉 shmirzayevofficialblog.t.me
Assalomu alaykum wa rohmatullohi wa barokatuh, my dears!

All beautiful praises to Allah! May peace and blessings be upon our Master, Muḥammad (sollallohu alayhi vasallam), also his family and the men around him who, by being his companions and followers!

I would like to say my sincerest congratulations and best wishes to all of you on the occasion of Eid al-Fitr. May Allah accept our fasting, prayers, and supplications and forgive our sins. Let us welcome Eid al-Fitr with the great joy and enthusiasm.

Sincerely,

Your Shakhzod

👉 shmirzayevofficialblog.t.me
Forwarded from Yosh yuristlar jamoat birlashmasi (Malika Eraliyeva)
#Uchrashuv

    "Yosh yuristlar" jamoat birlashmasi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti Talabalar assatsatsiyasi hamkorlikda "Xalqaro toifadagi yurist bo'lish uchun nimalarga e'tibor berish kerak?" mavzusida davra suhbati tashkil etmoqda
   Mehmonlarimiz nufuzli "Sobirov's law firm" asoschilari Rahmad Sobirov hamda Feruza Jamalova bo'ladilar.
  
   Ochiq suhbatda foydali maslahatlar, oʻzingiz qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.
  
  Ishtirok etish uchun quyidagi formada roʻyxatdan oʻtishingiz lozim.

🗺 Manzil: TDYU 3-bino 221-xona
🗓 Sana: 24-aprel/ dushanba
Soat: 18:00


Barchangizni kutib qolamiz! 🤗

🔥🔥🔥Bizni kuzatishda davom eting!

👉  http://myurls.co/yoshyuristlar.uz 👈

✍️ Murojaat uchun: @onlinemaslahatxonabot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
👉
Telegram | 👉 Instagram
👉 Facebook | 👉 TikTok