Layoqatlilik tushunchasining tarixi
Layoqatlilik tushunchasi uzoq tarixga ega bo’lib, qadimgi Xitoyga borib taqaladi, u yerda [科舉 - Keju tizimi] - “imperiya (xoqonlik) imtihon tizimi” sifatida keng tanilgan. Tizim qadimgi Xan sulolasida tashkil etilgan va davlat amaldorlarini ijtimoiy mavqei yoki oilaviy aloqalariga qarab emas, balki ularning ilmiy yutuqlari va bilimlariga qarab tanlashda foydalanilgan.
Islom tarixida payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) va u zotning sahobalari davrlaridan boshlab layoqatlilik tamoyiliga alohida urg‘u berilgan. Payg`ambarimizning o`zlari odamlarni layoqatiga qarab muhim vazifalarga tayinlagan. Jumladan, u zot ijtimoiy mavqei quyi, ya`ni qul bo‘lishiga qaramay, sobiq qul Bilol ibn Rabohni (roziyallohu anhu) islomda birinchi muazzin (azon aytuvchi) qilib tayinladi.
Milodiy VIII asrdan XIII asrgacha boʻlgan islomning oltin asrlarida musulmon dunyosida ilm-maʼrifatga katta eʼtibor berilgan. Bu layoqatlilik tizimning rivojlanishiga olib keldi, bunda shaxslar davlat lavozimlariga malaka va iqtidor asosida tanlangan.
Buning ilk namunalaridan biri Abbosiylar xalifaligi davrida Bag‘dodda “Bayt ul-hikma” yoki “Donishmandlar (Hikmat) uyi”ning tashkil etilishidir. “Hikmat uyi” butun musulmon olamidan kelgan olimlarni o‘rganish va bilim almashish uchun birlashtirgan yirik ilm markazi edi.
Abbosiylar xalifaligida davlat xizmati imtihonlari tizimi ham yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, u iqtidorli shaxslarni islom huquqi, adabiyoti va boshqa sohalardagi bilimlari asosida davlat lavozimlariga tanlab olishga yo`naltirilgan edi. Bu imtihonlar barcha musulmonlar uchun birdek ochiq bo‘lib, ular layoqatlilik targ‘ib qilish va hukumatdagi korrupsiyaning oldini olish usuli sifatida ko‘rilgan.
#meritocracy_2 #history