Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
137 subscribers
716 photos
264 videos
2 files
114 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
PayPal brendi yangilandi

Pentagram jamoasi tomonidan yaratilgan yangi logotip zamonaviy va aniq ko‘rinishga ega bo‘lib, ko‘k ranglar PayPal va Venmo ilovasini uyg‘un tarzda birlashtiradi.

Logotip elementi — monogramma va so‘z belgisi endi mustaqil ishlatilishi mumkin, bu esa brendni yanada moslashuvchan qiladi.

Shuningdek, PayPal Pro deb nomlangan yangi maxsus shrift joriy etildi. Reklama kampaniyasi esa taniqli aktyor Will Ferrell ishtirokida BBH Global tomonidan ishlab chiqildi.

@nodirbek_abdulhaev
Eronliklar bilan Eronga qarshi o’yinni birgalikda ko’ryapmiz Turkiyada 😅

O’runuv va Masharipovni sevarkan bu Eronliklar qizlar va erkaklar juda maqtashdi 😄
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Juda xam zo’r tanishuv bo’ldi.

Bugungi Shaxzoda Orollariga safar davomida, juda ko’p foydali tanishuvlar bo’ldi.

Bu Iordaniyalik Axmed bro 😅 Data Analitik bo’lib ishlaydi. Juda xam zehni o’tkir aqilli inson ekan. Ingliz tili darajamiz bir-biriga yaqin bo’lgani uchun juda zo’r suxbatlar bo’ldi.

Bundan tashqari, Chechenistonlik Muhammad, Iroqlik ikki ayol bilan va Eronlik bir katta oila bilan juda mazza qilib aylandik.

To’g’risi bu yerga kelishdan oldin sherik yo’q zerikaman deb o’ylagandim. Lekin aksincha sherik bo’lmasa yangisini izlar ekansiz, xozirgacha 15 dan ziyod davlat fuqarolari bilan tanishib kontakt almashdik. Çol gözalmiş..
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yana bir yangilik man uchun.

Turkiyada Televizorda “moylov qo’yib”, kostyumda “imom”lar kabi ma’ruzalar olib borilar ekan.

Payshanba-Jumaga o’tar kechasi o’qiladigan namozlar haqida ma’ruza qildi.
Soxta uzrlarga qanday javob berish kerak?

Kimdir sizning his-tuyg'ularingizni haqorat qildi va so'ngra hazil dedimi? Bu soxta uzr!

🔻 Agar kimdir sizga: "Kechirasan, gaplarim senga bunchalik tegib ketishini bilmagandim, hazillashgandim" desa, bu sizni aybdor qilishning bir usuli.

🔻 Siz unga bunday javob qaytarishingiz mumkin: "Hazil qilishni o'rganing, lekin shuncha tahdidli gaplar qilishdan saqlaning. Sizning kulgingizni barchaga etkazish kerak emas, ayrimlari bu haqda qayg'uradi. Bunday gaplar kimgadir achinarli bo'lishi mumkin, va bu hazil emas

Siz ham bunday holat bilan duch kelganmisiz?
❤️ — HA KO'P BO'LGAN
😁 — AKSINCHA MEN KULAMAN

Obuna bo'lishni unutmang: 👇
@nodirbek_abdulhaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yandex Go rebrending qildi

Yandex kompaniyasi barcha xizmatlarini bitta ilovaga yiqqan "Yandex Go"ning logotipini o'zgartirdi.

Endi logotipda shunchaki sariq fonda qora yozuvlar bilan "Go" so'zi turadi. U Yandex'ning barcha xizmatlarini bir joyga jamlab, superilovaga aylandi. Endi bu orqali taksi, do'konlardan mahsulotlar va ovqat buyurtma qilish, jamoat transportini kuzatish, skuter ijaraga olish va Cargo xizmatidan foydalanish mumkin.

Yangilanishning asosiy fishkasi sifatida endi ilovaning yanada tezroq va osonroq ishlashi keltirilmoqda.

@nodirbek_abdulhaev
Uchishni to'xtatma – Les Ailes yangi nostandart roliklar e'lon qildi

Les Ailes fast-fud tarmog'i "Uchishni to'xtatma" slogani bilan qator yangi roliklar e'lon qildi. Unga "Abstract Visuals" asoschisi Bekzod Abduvaliyev, bloger va o'qituvchi Teacher Azam, reper Konsta va xonanda Xayriniso Akbarova jalb qilingan.

To'g'ri, boshqa bloglar aytganidek, fast-fud brendi nega birdan motivatsion roliklar ishlagani, nega aynan bunday messej yubormoqchi bo'lgani biroz tushunarsiz, lekin pazl butun bo'lishi uchun bundan keyingi qadamlarni kutish kerak.

Shu holida ham roliklarning darajasi, prodakshni tahsinga loyiq. Siz nima deysiz?

Oxirgi yillarda videoprodakshn sohasi juda xam qattiq rivojlandi a?

❤️ - Xa, juda yuqori darajada
🔥 - Yo’q xali past darajada

@nodirbek_abdulhaev
Uber qanday qilib taksi sohasini o'zgartirdi?

Odamlar bir paytlar taksi topish uchun ko'chalarda vaqt yo'qotgan bo'lsa, bugun barchasi oddiy: bir necha tugmani bosish orqali avtomobil darvoza oldida kutib turadi.

Uber qanday qilib butun dunyo bo'ylab transport xizmatlarini yangi darajaga olib chiqdi?

2008-yil. Parijdagi sovuq qish kechasi. Garrett Kamp va Travis Kalanik taksi topolmay qolib ketishdi va shu vaqtda ularda mobil ilova orqali avtomobil buyurtma qilish g‘oyasi tug‘ildi. Oddiy fikr milliard dollarlik startapga aylandi va butun dunyo bo'ylab mashhur bo‘ldi.

Nega Uber shu darajada muvaffaqiyat qozondi?

Uber nafaqat qulay va arzon xizmatlarni taklif etdi, balki yo'lovchilar va haydovchilar uchun ishonchli tizim yaratdi. Yo'lovchi mashina kelishini real vaqt rejimida kuzatadi, haydovchilar esa moslashuvchan soatlar va qo'shimcha daromadga ega bo'ladi. Har ikki tomon uchun ham qulay va manfaatli hamkorlik edi.

Bugungi kunda Uber 70 mamlakatda 131 milliondan ortiq foydalanuvchiga xizmat ko'rsatmoqda.

@nodirbek_abdulhaev
OUTSIDERS Social signals.pdf
30.7 MB
Kontent va ijtimoiy tarmoqlar uchun

Ushbu taqdimot global bozorlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ingliz tilida ko‘plab misollar va tadqiqotlar bilan to‘ldirilgan.

Ba’zi misollar bizning mahalliy kontekstga mos kelmasligi mumkin, ammo ular bizga media sanoatning qayerga qarab ketayotganini ko‘rsatadi.

Bu global ko‘rinish bizni yangiliklarga ilhomlantirib, o‘z hududimizning ehtiyojlariga mos ravishda raqobatbardosh bo‘lishga yordam beradi.

Umumiy xulosa: ushbu trendlar bilan hamnafas bo‘lish raqamli dunyoda temada bo‘lib qolishning kalitidir.

@nodirbek_abdulhaev
#news

"Bukmeyt" endi "Yandex Kitoblar" deb nomlanibdi

Rebrending faqat vaqt masalasi edi - Yandex uzoq vaqtdan beri platformani kitobxonlar uchun aqlli tavsiyalar va indivuduallashtirish orqali takomillashtirib kelmoqda. Yaqinda xizmat hatto Plyus ekotizimining barcha foydalanuvchilari uchun asosiy obuna doirasida qo'shilgandi.

Yozda ular virtual hikoyachi xizmatini qo‘shishgandi. Menimcha bu rebrendingdan maqsad – kitobxonlarning qurilma va formatlar orasidan muammosiz o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lishlari, ya'ni xuddi Apple yoki Google kabi sinxronlashtirishdir.

O'zim Bukmeytdan foydalanaman va ruscha ham o'qiydiganlar uchun juda ajoyib platforma deb bilaman.

@nodirbek_abdulhaev