Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
138 subscribers
711 photos
260 videos
2 files
111 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
#news

"Bukmeyt" endi "Yandex Kitoblar" deb nomlanibdi

Rebrending faqat vaqt masalasi edi - Yandex uzoq vaqtdan beri platformani kitobxonlar uchun aqlli tavsiyalar va indivuduallashtirish orqali takomillashtirib kelmoqda. Yaqinda xizmat hatto Plyus ekotizimining barcha foydalanuvchilari uchun asosiy obuna doirasida qo'shilgandi.

Yozda ular virtual hikoyachi xizmatini qo‘shishgandi. Menimcha bu rebrendingdan maqsad – kitobxonlarning qurilma va formatlar orasidan muammosiz o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lishlari, ya'ni xuddi Apple yoki Google kabi sinxronlashtirishdir.

O'zim Bukmeytdan foydalanaman va ruscha ham o'qiydiganlar uchun juda ajoyib platforma deb bilaman.

@nodirbek_abdulhaev
#news

Ispaniyada ish haqi saqlangan holda ish haftasi 40 soatdan 37,5 soatga qisqartirilmoqda

Endi ofislardan 30 daqiqa oldin ketiladi. Qonun hamma uchun, shu jumladan, xususiy biznes uchun ham majburiydir.

Qonunda boshqa yoqimli bonuslar ham bor: masalan, ish vaqtidan tashqarida ishdan kelgan xabarlarni umuman e’tiborsiz qoldirish huquqi. Kompaniyalar aldamasligi uchun ish vaqtini raqamli nazorat qilish joriy etiladi.

Bu xabarni haftasiga 6 kun ishlaydigan doʻstingizga joʻnatib qoʻying!

@nodirbek_abdulhaev