Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
137 subscribers
716 photos
264 videos
2 files
115 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
Uchishni to'xtatma – Les Ailes yangi nostandart roliklar e'lon qildi

Les Ailes fast-fud tarmog'i "Uchishni to'xtatma" slogani bilan qator yangi roliklar e'lon qildi. Unga "Abstract Visuals" asoschisi Bekzod Abduvaliyev, bloger va o'qituvchi Teacher Azam, reper Konsta va xonanda Xayriniso Akbarova jalb qilingan.

To'g'ri, boshqa bloglar aytganidek, fast-fud brendi nega birdan motivatsion roliklar ishlagani, nega aynan bunday messej yubormoqchi bo'lgani biroz tushunarsiz, lekin pazl butun bo'lishi uchun bundan keyingi qadamlarni kutish kerak.

Shu holida ham roliklarning darajasi, prodakshni tahsinga loyiq. Siz nima deysiz?

Oxirgi yillarda videoprodakshn sohasi juda xam qattiq rivojlandi a?

❤️ - Xa, juda yuqori darajada
🔥 - Yo’q xali past darajada

@nodirbek_abdulhaev
Uber qanday qilib taksi sohasini o'zgartirdi?

Odamlar bir paytlar taksi topish uchun ko'chalarda vaqt yo'qotgan bo'lsa, bugun barchasi oddiy: bir necha tugmani bosish orqali avtomobil darvoza oldida kutib turadi.

Uber qanday qilib butun dunyo bo'ylab transport xizmatlarini yangi darajaga olib chiqdi?

2008-yil. Parijdagi sovuq qish kechasi. Garrett Kamp va Travis Kalanik taksi topolmay qolib ketishdi va shu vaqtda ularda mobil ilova orqali avtomobil buyurtma qilish g‘oyasi tug‘ildi. Oddiy fikr milliard dollarlik startapga aylandi va butun dunyo bo'ylab mashhur bo‘ldi.

Nega Uber shu darajada muvaffaqiyat qozondi?

Uber nafaqat qulay va arzon xizmatlarni taklif etdi, balki yo'lovchilar va haydovchilar uchun ishonchli tizim yaratdi. Yo'lovchi mashina kelishini real vaqt rejimida kuzatadi, haydovchilar esa moslashuvchan soatlar va qo'shimcha daromadga ega bo'ladi. Har ikki tomon uchun ham qulay va manfaatli hamkorlik edi.

Bugungi kunda Uber 70 mamlakatda 131 milliondan ortiq foydalanuvchiga xizmat ko'rsatmoqda.

@nodirbek_abdulhaev
OUTSIDERS Social signals.pdf
30.7 MB
Kontent va ijtimoiy tarmoqlar uchun

Ushbu taqdimot global bozorlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ingliz tilida ko‘plab misollar va tadqiqotlar bilan to‘ldirilgan.

Ba’zi misollar bizning mahalliy kontekstga mos kelmasligi mumkin, ammo ular bizga media sanoatning qayerga qarab ketayotganini ko‘rsatadi.

Bu global ko‘rinish bizni yangiliklarga ilhomlantirib, o‘z hududimizning ehtiyojlariga mos ravishda raqobatbardosh bo‘lishga yordam beradi.

Umumiy xulosa: ushbu trendlar bilan hamnafas bo‘lish raqamli dunyoda temada bo‘lib qolishning kalitidir.

@nodirbek_abdulhaev
#news

"Bukmeyt" endi "Yandex Kitoblar" deb nomlanibdi

Rebrending faqat vaqt masalasi edi - Yandex uzoq vaqtdan beri platformani kitobxonlar uchun aqlli tavsiyalar va indivuduallashtirish orqali takomillashtirib kelmoqda. Yaqinda xizmat hatto Plyus ekotizimining barcha foydalanuvchilari uchun asosiy obuna doirasida qo'shilgandi.

Yozda ular virtual hikoyachi xizmatini qo‘shishgandi. Menimcha bu rebrendingdan maqsad – kitobxonlarning qurilma va formatlar orasidan muammosiz o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lishlari, ya'ni xuddi Apple yoki Google kabi sinxronlashtirishdir.

O'zim Bukmeytdan foydalanaman va ruscha ham o'qiydiganlar uchun juda ajoyib platforma deb bilaman.

@nodirbek_abdulhaev
Kalmar o’yini haqidagi siz bilmagan moliyaviy ma’lumotlar!

Bu serialni ko’rganmisiz?
1
🔻 Har doim noliydigan insonlardan uzoqroq yurishga intiling. Ular diqqatni o‘ziga qaratadi va rahm-shafqat tuyg‘usini uyg‘otadi, chunki ular bunday insonlarga havas qilinmaydi, balki yordam ko‘rsatiladi deb o‘ylashadi.

🔻 Haqiqatan ham dardli va baxtsiz odamlarga yordam beriladi, lekin keling, kelajakka qaraylik. Keling, muvaffaqiyatlarimizdan zavq olaylik va yutuqlarimiz bilan faxrlanaylik — bu biz uchun ancha samaraliroq bo‘ladi.

So‘zlarimga qo‘shilsangiz "❤️" ni bosishni unutmang!

Obuna bo‘lishni unutmang: 👇
@nodirbek_abdulhaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Agar boshqalar sizni kim bilandir taqqoslayotgan bo'lsa, qanday munosabat bildirish kerak?

🔹 Bu manipulyatsiyaning keng tarqalgan usullaridan biri bo'lib, eng muhimi, xotirjam bo'ling va qarshingizdagi odamga ichki noqulayligingizni bildirmaslikka harakat qiling. Chunki ular aynan shu reaksiyani kutishadi.

🔻 O'zingizni tinch tutib, asta-sekinlik bilan shunday deng: "Har doim bizdan ko'ra ustun insonlar bo'ladi, lekin men buni o'z ustimda ishlash uchun imkoniyat deb bilaman, taqqoslash uchun emas."

🔻 Misol: Agar sizga "Qarang, Anvar qanday muvaffaqiyatli, sen bo'lsa shunday oddiy odamsan" deb aytsa, siz shoshilmay shunday javob berishingiz mumkin: "Ha, Anvarning muvaffaqiyatlarini hurmat qilaman, lekin men o'zimning maqsadlarim ustida ishlashni afzal ko'raman va o'zimning rivojlanish yo'lim bor."

🔻 Shu gap bilan siz o'z yo'lingiz bilan bandligingizni ko'rsatgan bo'lasiz va boshqalarning hayotiga ortiqcha e'tibor bermayotganingizni ifoda etasiz. Suhbatdoshingiz sizdan farqli ravishda boshqalarni taqqoslashga o'ralashib qolganini tushuntirasiz.

Agar sizni ham taqqoslashgan bo'lsa, "🔥" belgisi bilan fikr bildiring!

Obuna bo'lishni unutmang: 👇
@nodirbek_abdulhaev