MKBANK
14K subscribers
3.07K photos
444 videos
1.63K links
🏦 Mikrokreditbank ATB rasmiy telegram kanali

🌏 Bizning sahifalarimiz: http://linktr.ee/mkbank
☎️ Telefon: 1285, +998555036363

FAROVON HAYOT POYDEVORI!
Download Telegram
MKBANK pinned a video
18/03/2021

#kurs_valyuta
🔰Kartada jamgʼarilgan mablagʼlaringiz daromad keltirishini istaysizmi?

Buning uchun MKBmobile ilovasidagi "Omonatlar" boʼlimida onlayn depozit hisobvaragʼi ochib, unga zarur mablagʼni oʼtkazsangiz kifoya. Shu orqali har oyda bankka kelmasdan turib qoʼshimcha daromad olishingiz mumkin.

📲Qulay xizmatdan foydalanishni istasangiz, mobil ilovamizni yuklab oling.

Onlayn omonatlar haqida batafsil
—————————
🔰 Дистанционные онлайн-вклады!
Хотите, чтобы накопленные на карте средства приносили доход?

Для этого достаточно открыть онлайн депозитный счёт с помощью раздела «Вклады» в приложении MKBmobile и перевести на него нужную сумму. Так вы сможете ежемесячно получать дополнительную прибыль, не приходя в банк.

📲 Скачивайте наше мобильное приложение, чтобы воспользоваться удобным сервисом.

Подробнее об онлайн-депозитах

Telegram | Facebook| Instagram | You tube
19/03/2021

#kurs_valyuta
🔰Kreativ grafik dizaynerlarni ishga taklif etamiz! Yuqori malakali Web-dizayner mutaxassisi izlanmoqda.

Majburiyatlar:

- Jamoada ishlash koʼnikmalari;
- Android, iOS mobil ilovalarning va WEB-ilovalarning interfeysini loyihalashtirish va prototiplash;
- Coral Draw va Adobe Photoshop dasturlarida erkin ishlash;
- Dizaynda zamonaviy tendensiyalarni va stillarni bilish;
- Ranglar, shriftlar, rasmlar bilan ishlash bilimlari;
- Stilni his etish, dizaynga zamonaviy yondashuv.

Buning natijasida Siz:

- Barqaror ish haqi;
- Doʼstona va malakali jamoada ishlash;
- Qiziqarli va ajoyib vazifalar;
- Ijodiy gʼoyalarni tatbiq qilish imkoniyati;
- Zamonaviy innovatsion loyihalar doirasida oʼzini koʼrsatish;
- Oʼz-oʼzini anglash va malakaliy oʼsish imkoniyatlariga ega bo'lasiz!

Ish haqi: Suhbat natijalari boʼyicha yakka tartibda aniqlanadi. Tajriba va koʼnikmalarga bogʼliq.

Batafsil

Telegram | Facebook| Instagram | You tube
💐Mikrokreditbank jamoasi barchangizni yangilanish va yasharish ayyomi - Navroʼz bayrami bilan samimiy qutlaydi.

Sizlarga baxt va omad, tinchlik-xotirjamlik hamda mustahkam sog'lik tilaydi. Boshlagan ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar yor boʼlsin, azizlar!
———————————
💐Микрокредитбанк искренне поздравляет всех с Наврузом - весенним праздником обновления и молодости.

В эти праздничные дни желаем вам счастья и благополучия, мира и спокойствия. Удачи во всех начинаниях, дорогие друзья!
23/03/2021

#kurs_valyuta
#tavsiya

Sport markazini tashkil qilib, bir yilda 165 mln so`mgacha sof foyda olish to`g`risida tavsiyaviy biznes-reja

Bankdan kredit olib, uni qanday sarflash mumkinligi haqidagi tavsiyalarimizni davom ettiramiz😉.

Sport markazini ochish uchun sizga avvalambor, maxsus joy hamda turli jihozlar kerak bo`ladi. Mazkur kerakli anjomlarni xarid qilish maqsadida Mikrokreditbankdan 140 mln so`m kredit olib, ishni boshlab olishingiz mumkin.
Dizayn hamda kerakli shart-sharoitlar (dush-kabina, kiyinish xonalari, havo aylanish tizimi) o`z o`rnida yaratilsa hamda mazkur loyiha bo`yicha to`liq quvvatda ish olib borilsa, yil davomida umumiy 1 960 kishiga xizmat ko`rsatish mumkin.

Marketingga ham alohida e’tibor berish talab etiladi – bunda mashhurlar hamda blogerlar xizmatidan foydalansangiz yanada muvaffaqiyatli bo`ladi.

Mikrokreditbank kreditlari bilan o`z biznesingizni rivojlantiring!

#mikrokreditbank #yangi_imkoniyatlar #bizsizbilan

Telegram | Facebook| Instagram | You tube
🔰"Bank agentlari" saralanmoqda

17-18-mart kunlari Аndijon viloyatining Yoshlar agentligi markazi bilan hamkorlikda bank agenti boʼlish maqsadidagi 127 nafar nomzod yoshlarga seminar-trening oʼtkazildi. Unda bank agentlarining ishlash tartibi toʼgʼrisida maʼlumot berildi hamda nomzodlar bilan suhbat oʼtkazilib, 94 ta vakil tanlab olindi.

Shulardan, 67 ta nomzod bilan “Аgentlik” shartnomasi imzolandi.

Bundan tashqari, 19-20-mart kunlari Fargʼona viloyatining Fargʼona va Qoʼqon shaharlarida ham yoshlarga bank agentligi toʼgʼrisida seminar oʼtkazildi. Unda ishtirok etgan 91 ta nomzoddan 29 tasi tanlab olindi. Hozirda shartnoma imzolash jarayonlari davom etmoqda.

👉 Joylardagi mehnatga layoqatli, mahallani biladigan hamda yoshlarni oʼz ortidan ergashtira oladigan bank agentlarini viloyatlararo saralash jarayonlari davom etmoqda.

Bu boʼyicha yangiliklarni rasmiy saytimiz hamda ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Telegram | Facebook| Instagram |You tube
#motivation

Sizga 33 yoshli Alina Vladimirovnaning kashta biznesi haqida aytib bermoqchimiz.

Alina opa yoshligida buvisidan kashtachilikni o’rganadi. Kun kelib, bolalikda olgan bilimlari uni muvaffaqiyatli tadbirkorga aylantirishi hayoliga ham kelmagan bo’lsa kerak😊

Bo’lg’usi tadbirkorimiz yoshlikdagi hobbisini foydali kasbga aylantirish maqsadida “milliy hunarmadchilikni rivojlantirish” uchun bankdan 50 million so’m miqdorida kredit oladi.

👉 U hozir uy sharoitida kashtachilik bilan shug’ullanib, ustoz-shogird an’analarini davom ettirmoqda. Ishbilarmon ayolning qo’lida bugungi kunda 15 ta shogirdi bor. 150 turdagi kashtachilik mahsulotlarini tayyorlaydi.

“Yaqin kunlarda faoliyatimizni kengaytirib, oilaviy korxona ochish niyatimiz bor”, deydi "business woman".

Siz hozir ham qo'limdan kelmaydi desangiz adashasiz! Boshlang, qo'lingizdan keladi. Bunda biz Sizni qo'llab-quvvatlaymiz!

#ozingizni_kashf_qiling #mikrokreditbank #bizsizbilan

Telegram | Facebook| Instagram |You tube
25/03/2021

#kurs_valyuta
“Mikrokreditbank” Jomboy tumanida yangi Bank xizmatlari markazini ochdi

Jomboy mini-banki oʼrnida tashkil etilgan ushbu bank xizmatlari markazining mijozlari soni bugungi kunda 1045 ta boʼlib, shundan 184 tasi yuridik tashkilotlar hisoblanadi.

👉 Mazkur bank muassasasi kelgusidagi faoliyati davomida «bank va mijoz» uzviy zanjirining ravnaqi yoʼlida xizmat qiladi.

“Mikrokreditbank”ning Samarqand viloyat filiali tomonidan yil yakuniga qadar yana 7 ta bank xizmat markazlari ochilishi rejalashtirilgan.

Bunday ofislar banklarda tezkorlik hamda sifatlilik prinsiplariga mos keladi.

Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
26/03/2021

#kurs_valyuta
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔰 Kam harajatli va foydali biznes

Mikrokreditbank Quyonchilikni rivojlantirish uchun qulay kredit turlarini taqdim etadi. Farovonligingizning yangi sahifasini ochish imkoniyatiga ega bo'ling!

- Parhezbop go'sht
- Sifatli mo'yna terisi
- Mayin tivitga doimiy talab sizga foyda keltirishi aniq.

👉 Daromadli biznes uchun qulay imkoniyatlarni qo'ldan boy bermang!

Telegram | Facebook | Instagram | You tube

#mikrokreditbank #quyonchilik #bank_krediti
🌏 Dunyo boʼylab “Global Money Week” – “Umumjahon pul haftaligi” oʼtkazilmoqda!

Shu munosabat bilan “Mikrokreditbank” ham oʼzining “Noyob bank xizmati” tanlovini eʼlon qiladi! Tanlovning o’ziga xos jihati shundaki, unda yosh chegaralanmagan, ya'ni istagan hamyurtlarimiz ishtirok etishi mumkin.

Unga ko’ra Siz:

👉 bank tomonidan aholiga koʼrsatilishi mumkin boʼlgan biroq hozirda amaliyotga joriy qilinmagan noyob va oʼziga xos xizmat turi gʼoyasini oʼylab toping;
👉 oʼylagan kreativ gʼoyangizni Word yoki PowerPoint dasturida batafsil (xizmat turining afzalliklari, foydaliligi) yoriting va uni 28- mart kech soat 21:00 ga qadar telegram messenjeri orqali @mkb_chat_bot manziliga yuboring.

Tanlovda gʼolib boʼlgan 3 ta eng yaxshi gʼoya egalariga alohida sovg’alarimiz bor. 🤩

1- oʼrin uchun smartfon;
2- oʼrin uchun aqlli qoʼl soati;
3- oʼrin uchun simsiz quloqchin.

Tanlov gʼoliblari 29- mart kuni soat 15:00da eʼlon qilinadi.

Aynan siz g’olib bo’lishingiz mumkin. Imkoniyatni qo’ldan boy bermang.

Batafsil
27/03/2021

#kurs_valyuta
🔰Plastik kartalar - hayotni ahamiyatli darajada osonlashtiradi.

Qog`oz pullar allaqachon ikkinchi darajali bo`lib qolgan. Hozir plastik kartalar davri.

Biz plastik kartalarning quyidagi turlari boʼyicha xizmatlarni taklif etamiz:

♻️ jismoniy shaxslarga debet plastik kartalari;
♻️ miliy valyutadagi korporativ plastik kartalar;
♻️ xususiy tadbirkorlarga milliy valyutadagi plastik kartalar;
♻️ Visa – Visa Classic xalqaro toʼlov tizimi kartochkalari.

Siz bankimizning plastik kartasidan foydalanasizmi?
—————————-
🔰 Пластиковая карточка значительно облегчает жизнь.

Бумажные деньги уже давно ушли на второй план. Сейчас эра пластиковых карточек.

Мы предлагаем услуги по следующим видам пластиковых карточек:

♻️ физическим лицам дебетовые пластиковые карточки;
♻️ корпоративные пластиковые карточки в национальной валюте;
♻️ частным предпринимателям пластиковые карточки в национальной валюте;
♻️ Visa – Visa Classic в иностранной валюте.

Вы пользуетесь пластиковой картой нашего банка?
29/03/2021

#kurs_valyuta
🌏 Dunyo boʼylab “Global Money Week” – “Umumjahon pul haftaligi” oʼtkazilmoqda!

Shu munosabat bilan o'tkazilayotgan “Noyob bank xizmati” tanlovining muddatini uzaytirdik! Tanlovning o’ziga xos jihati shundaki, unda yosh chegaralanmagan, ya'ni istagan hamyurtlarimiz ishtirok etishi mumkin.

Unga ko’ra Siz:

👉 bank tomonidan aholiga koʼrsatilishi mumkin boʼlgan biroq hozirda amaliyotga joriy qilinmagan noyob va oʼziga xos xizmat turi gʼoyasini oʼylab toping;
👉 oʼylagan kreativ gʼoyangizni Word yoki PowerPoint dasturida batafsil (xizmat turining afzalliklari, foydaliligi) yoriting va uni 5- aprel kech soat 21:00 ga qadar telegram messenjeri orqali @mkbank1103 manziliga yuboring.

Tanlovda gʼolib boʼlgan 3 ta eng yaxshi gʼoya egalariga alohida sovg’alarimiz bor. 🤩

1- oʼrin uchun smartfon;
2- oʼrin uchun aqlli qoʼl soati;
3- oʼrin uchun simsiz quloqchin.

Tanlov gʼoliblari 7- aprel kuni eʼlon qilinadi.

Aynan siz g’olib bo’lishingiz mumkin. Imkoniyatni qo’ldan boy bermang.

Batafsil
30/03/2021

#kurs_valyuta