MKBANK
15K subscribers
3.07K photos
445 videos
1.63K links
🏦 Mikrokreditbank ATB rasmiy telegram kanali

🌏 Bizning sahifalarimiz: http://linktr.ee/mkbank
☎️ Telefon: 1285, +998555036363

FAROVON HAYOT POYDEVORI!
Download Telegram
#tavsiya

Non pishirib soting

Bankdan kredit olib, uni qanday sarflash mumkinligi haqidagi tavsiyalarimizni davom ettiramiz😉.

Non kundalik hayotimizdagi eng zarur mahsulotlardan biri. Aholi zich joylashgan manzillarda esa nonga talab har doim bo`ladi. Demak, Siz non pishirib sotish orqali daromad olishingiz mumkin.

👉Buning uchun nonvoyxona kerak. Nonvoyxona uchun tandir, doimiy qoplarda un, gaz yoki boshqa isitish uslubi, non yasash uchun asbob-uskunalar va yaxshi nonvoy lozim.

Narx-navo bilan solishtirib, kerakli mahsulot hamda xarajatlarni hisobga olgan holda aytadigan bo`lsak, agar Siz kuniga 2 qop undan non tayyorlab sotsangiz, o`rtacha 200 000 so'mdan ziyod foyda olasiz.

Choyxona, do'kon, restoranlarga yetkazib berish sizga doimiy va yaxshigina daromad olib keladi.

Ishchilarni ko'paytirib, nonvoyxona faoliyatini kengaytirsangiz foydangiz ham shunga yarasha bo`ladi.

#mikrokreditbank #yangi_imkoniyatlar #bizsizbilan

Telegram | Facebook| Instagram | You tube
💡 Do‘stlar! Siz uchun «Qadrdon bankingizni qay darajada bilasiz?» mavzusida qiziqarli test tayyorlab qo‘ydik.

Bu testni ishlash uchun bizning Instagramdagi "stories"imizga o‘ting va Mikrokreditbank haqidagi faktlarni qay darajada bilishingizni tekshirib ko‘ring va o`zingiz uchun qo`shimcha ma’lumotlarga ega bo`ling. 😉

Instagram 👉 https://www.instagram.com/mikrokreditbank_uz/?hl=ru
🔰Biz bilan bog'lanish endi yanada oson!

Call-markazimizning yangi raqamini ishga tushirdik — 71 202 99 99.

U yanada sodda va qulayroq bo'ldi. Endi, ushbu raqamni terish kifoya va biz siz bilan aloqadamiz. 🤳

Eslab qoling, saqlab qo'ying va bizning bankimiz hamda xizmatlarimiz bilan bog'liq savollar bo'yicha murojaat qiling. Yordam berishdan doimo mamnunmiz. ⠀
——————————
🔰 Связаться с нами стало еще проще!

Мы запустили номер нашего колл-центра — 71 202 99 99.

Он стал ещё проще и удобнее. Теперь достаточно набрать эти цифры и мы с вами на связи. 🤳

Запоминайте, сохраняйте и обращайтесь по вопросам, связанными с нашим банком и услугами. Всегда рады помочь.
23/02/2021

#kurs_valyuta
Kutganmidingiz?

Ijtimoiy tarmoqlarda aksiya 😱

Bunaqasi hali bo’lmagan!

Batafsil
bilib olish uchun bizning Facebook/Instagram tarmog'imizga o'ting 👇
24/02/2021

#kurs_valyuta
#motivation

Tanishing! Surxondaryolik Biznes-Lady hikoyasi 🙋🏻‍♀️

Nazokat 27 yoshda. Uning oilasida hamma harbiy - dadasi ham, aka va ukasi ham. Qiz bolaga yaxshi kasb tikuvchilik deb, yoshlikdan bo'lg'usi tadbirkorimiz shu hunarni o'rganadi.

Hammaga o'xshab faqat tikuvchilik bilan shug'ullanish tabiiyki Nazokatga yoqmaydi. Qo'shimcha kurslarga borib, harbiy kiyimlar tikishni o'rganadi.

Shunday qilib, 2019- yilning o'zida bankka tashrif buyurib, 14 mln miqdorida kredit oladi va o'zining shaxsiy faqat HARBIYLAR uchun mo'ljallangan Atelyesini ishga tushiradi.

👉 Vatanimiz sarhadlarini himoya qilayotganlar uchun kiyim tikishning mas'uliyatini bilgan ishbilarmon xonimning ayni paytda 3 ta yordamchi-tikuvchisi bor.

Siz hozir ham qo'limdan kelmaydi desangiz adashasiz! Boshlang, qo'lingizdan keladi. Bunda biz Sizni qo'llab-quvvatlaymiz!

#ozingizni_kashf_qiling #mikrokreditbank #bizsizbilan
MKBANK pinned a photo
🔰Har qanday ehtiyoj uchun qulay, qisqa muddatli kredit

Divanni yangilash istagi tug'ildi, muzlatkich ham yo'q! Noutbuk, mikroto'lqinli pech va kir yuvish mashinasi ham kerakmi? Hammasini va birdaniga xohlaymiz!

Buning yechimi oson! Sizga nima kerak ekanligini bilamiz — Mikrokreditbankdan mikroqarz!

Miqdori: 50 mln. so'mgacha;
Muddati: 1 yil
Stavkasi: yillik 27%
——————————-
🔰 Удобный краткосрочный кредит для любых нужд

Хочется обновить диван, и холодильник нет! Лучше ноутбук, а может, микроволновку и стиральную машину? Хочется все и сразу!

Простое решение! Мы знаем, что вам нужно — микрозайм в Mikrokreditbank!

Сумма — до 50 млн. сумов;
Срок — до 1 лет;
Ставка — 27% годовых;

Telegram | Facebook| Instagram | You tube
26/02/2021

#kurs_valyuta
#tavsiya

“Bistro” kafe ochib, biznesingizni yo`lga qo`ying.

Bankdan kredit olib, uni qanday sarflash mumkinligi haqidagi tavsiyalarimizni davom ettiramiz😉.

“Bistro” kafe – bu kichik tanovul maskani bo'lib, o`z-o`ziga xizmat ko`rsatish va "tez oziq-ovqat" tamoyilida ishlaydi. Aytishimiz mumkinki, bu juda foydali va istiqbolli biznes, ayniqsa, ochish va tashkil etish katta xarajat talab qilmasligi ayni muddao.

👉 O`z mahoratingiz yoki professionallar ko`magida mijozlarni o'ziga tortuvchi interyer dizayn qilinsa, ish yanada rivojlanadi. Bunday zamonaviy kafelar hozirda ko`p emas. Mahoratli oshpazlarni jalb qila olishingiz ham katta ahamiyatga ega. Yetkazib berish xizmatini qo'shish mijozlar ortishiga olib keladi.
Bunday kafelarning kundalik daromadi doimiy mijozlar va joylashuv manziliga bog`liq holda o`sib borishini ham inobatga oling.

Mikrokreditbank kreditlari bilan o`z biznesingizni rivojlantiring

#mikrokreditbank #yangi_imkoniyatlar #bizsizbilan

Telegram | Facebook| Instagram | You tube
Channel photo updated
01/03/2021

#kurs_valyuta
🔰 Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatingizni amalga oshirish uchun barcha rejalar-u, maqsadlaringiz tayyor, biroq mablag` masalasida to`siqlarga duch kelayapsizmi? Mikrokreditbank Sizga bu borada yordam berishga tayyor!

♻️ Kredit muddati –oʼn ikki oy muddatga;
♻️ Kredit miqdori – 2 000 000 (ikki million) soʼm mijozning omonat hisobraqamiga oʼtkazib beriladi.

Mazkur mikroqarzlar “labor-migration” dasturiy majmuasida roʼyxatdan oʼtgan mehnat migrantlariga taqdim etiladi. Qarz oluvchi mikroqarz olish boʼyicha arizalarni elektron tizim orqali taqdim etishi mumkin.

Batafsil

Telegram | Facebook| Instagram | You tube
02/03/2021

#kurs_valyuta
#motivation

Tanishing! Bugun sizga oliy ma’lumotga ega, tadbirkor ayolning biznesi haqida hikoya qilamiz. 🙋🏻‍♀️

Feruza opa 37 yoshda. Maktabda ingiliz tilidan dars beradi. Shunday bo’lsada 10 yildan beri tadbirkorlik bilan shug’ullanadi.

“Faqatgina oylik maosh bilan boyib bo’lmas”ligini yaxshi bilgan bo’lajak tadbirkorimiz, universitetda o’qib yurgan paytlari qo’shimcha hunarni – stilistlikni o’rganadi. "O‘zimdan kelib chiqib, aytamanki, orzularim qisqa va lo‘nda bo‘lgan, ya'ni yaxshi stilist bo‘lish va o‘z salonimni ochish", - deydi Feruza opa. ☺️

👉 Shunday qilib, 2019- yilda bankka tashrif buyurib, 25 mln miqdorida kredit oladi. Shijoatkor “bussines women” o'zining go’zallik hamda kelin ko'ylaklar uchun mo'ljallangan salonini ochadi.

Ayni paytda Feruza opa maktabdan bo’sh vaqtida go’zallik salonida kelinlarning chiroyli obrazga ega bo’lishida harakat qilmoqda.

Siz hozir ham qo'limdan kelmaydi desangiz adashasiz! Boshlang, qo'lingizdan keladi. Bunda biz Sizni qo'llab-quvvatlaymiz!
03/03/2021

#kurs_valyuta
Izoh sizdan - sovg'asi bizdan

Bahor - bu yaxshi kayfiyat, negotivlardan uzoqlashish va yangi energiyalarga to'lish fasli. 🌺

Shu sababdan ham Mikrokreditbank tomonidan ijtimoiy tarmoqdagi faol hamyurtlarimiz uchun aksiya tashkil etildi.

Unga ko’ra, bankning Instagram va Facebookdagi tarmoqlariga obuna bo’lishingiz va eng oxirgi post tagida Mikrokreditbank haqida fikr (komentariya) bildirishingiz lozim.

Mikrokreditbank haqida eng yaxshi komentariya qoldirgan hamyurtlarimiz bankning estalik sovg’alari bilan taqdirlanadi👍

👉 Aksiya 8- martga qadar davom etadi.

Bu safar sovg’aning o’zi uyingizga boradi. 😱😍
🔰 Bugungi kunda “Mikrokreditbank” oʼzining xorijiy kredit liniyalari orqali jalb qilingan mablagʼlari bilan iqtisodiyotning real sektori korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashga doir investitsiya loyihalarini moliyaviy qoʼllab-quvvatlash maqsadlariga qaratilgan investitsiya jarayonlarida faol ishtirok etib kelmoqda.

“Mikrokreditbank” tomonidan moliyalashtirilgan Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi “NEO OSIYO GRAND” MChJga bir guruh respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida press-tur tashkil etildi.

Press-tur davomida ishtirokchilar xoʼjalik mollari ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati bilan bevosita yaqindan tanishish imkoniga ega boʼlishdi.

Batafsil

Telegram | Facebook| Instagram | You tube