TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.31K subscribers
10.2K photos
1.31K videos
6 files
6.32K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 Kadastr agentligi tizimidagi inson resurslari mutaxassislari malakasi oshirilmoqda

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF–158-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 81-bandi hamda “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasida davlat xizmatchilarining o‘z kasbiy kompetensiyalarini muntazam oshirib borishi va har uch yilda bir marotaba malaka oshirib, sertifikatga ega bo‘lishi belgilangan.

🔹Mazkur talablar asosida, Agentlik tizimida inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish masalalariga mas’ul bo‘lgan jami 80 nafar mutaxassis uchun “Yurist va Kadr” nodavlat ta’lim muassasasi tomonidan tashkil etilgan 36 soatlik (5 kunlik) qisqa muddatli malaka oshirish kurslari boshlab yuborildi.

📍 Malaka oshirish ishlari quyidagi tartibda amalga oshirilmoqda:

🟪 1-guruh: 2025-yil 23–27-iyun kunlari – Toshkent shahar va Toshkent viloyati hududlaridagi mutaxassislar ishtirokida, “Yurist va Kadr” NTMda;
🟪 2-guruh: 30-iyun – 4-iyul kunlari – Farg‘ona viloyati Kadastr boshqarmasida;
🟪 3-guruh: 7–11-iyul kunlari – Samarqand viloyati Kadastr boshqarmasida;
🟪 4-guruh: 14–18-iyul kunlari – Buxoro viloyati Kadastr boshqarmasida.


📚 Ayni paytda 1-guruh mutaxassislari uchun Toshkent shahridagi o‘quv kurslari davom etmoqda. Ular “Mehnat kodeksi bo‘yicha kadrlar xizmati faoliyatida qonun hujjatlari talablariga rioya qilish hamda mehnatga oid hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish” mavzusida malakalarini oshirmoqda.

Ushbu tadbirlar kadrlar salohiyatini oshirish, huquqiy bilimlarini mustahkamlash hamda inson resurslari boshqaruvi samaradorligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

#Kadastr_agentligi #inson_resurslari #malaka_oshirish

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1