🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🌟 Kadastr tizimidagi Jamoatchilik bilan aloqalar xodimlari uchun maxsus o‘quv kursi boshlandi!➡️ Axborot siyosati samaradorligini oshirish, davlat organlarining ochiqligi va fuqarolar bilan samarali muloqotini ta'minlashda matbuot kotiblarining roli tobora ortib bormoqda.
Shu maqsadda,
🌟Kadastr
agentligi tizimida
Jamoatchilik bilan aloqalarni yurituvchi xodimlar
uchun
amaliy va nazariy mashg‘ulotlardan iborat malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
🔹 O‘quv dasturi quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:— Davlat axborot siyosatining ustuvor yo‘nalishlari
— PRning ko'rinmas qahramonlari: EQ, Think, Create. Copywriting — xaridorgir matnlar yaratish qoidalari. "Insoniy PR: kichik kontent, katta ta'sir".
— Antikrizis kommunikatsiyasi va tezkor axborot yetkazish texnikasi
— Foto va video kontent yaratish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar
— Ijtimoiy tarmoqlarda brend imidji va vizual uslubni shakllantirish
— OAV bilan ishlashda samarali PR strategiyalari
🎙 Mashg‘ulotlarda malakali mutaxassislar, media sohasidagi ekspertlar va kommunikatsiya bo‘yicha amaliyotchi trenerlar ishtirok etmoqda.📌 Ushbu kurs matbuot kotiblarining kasbiy mahoratini oshirish, jamoatchilik bilan samarali aloqa o‘rnatish hamda
Kadastr agentligi tizimining ochiqligi va shaffofligini ta'minlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.#Kaadastr_agentligi #malaka_oshirish_2025📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt