TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.32K subscribers
10.2K photos
1.31K videos
6 files
6.34K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
▪️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish tartibi belgilandi ▪️

📃 Hukumat qarori (409-son, 22.08.2023 y.) bilan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

📝 Nizomga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish (har 3 yilda kamida bir marta) Kadastr agentligining Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

➡️ Shunga ko‘ra, Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari malaka oshirish muddati kelishidan 15 kun oldin Markazga xat yuboradi.

🗓 Markaz xat kelib tushgan kundan 5 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazuvchini malaka oshirish kursiga qabul qiladi yoki uni rad etadi.

O‘quv kurslarining eng ko‘p hajmi 72 soatni tashkil qiladi.

👔 Kurslar tamomlangach, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar test sinovidan o‘tkazilib, testdan muvaffaqiyatli o‘tganlarga sertifikat beriladi.

☑️ Malaka oshirish davrida ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlanadi.

📌 Bundan tashqari, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar har 3 yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi (suhbat shaklida).

❗️ OTMni tugatgan va egallagan mutaxassislik bo‘yicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar, agar ular mazkur mutaxassislik bo‘yicha 2 yildan kam ishlagan bo‘lsa, attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
▪️Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar qarzdorlik mavjud emasligi tekshirilgandan so‘ng tasdiqlanadi▪️

💸Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–278, 15.08.2023 y.) qabul qilindi.

📃 Qarorga ko‘ra, respublikadagi chegaralari belgilanmagan ko‘p kvartirali uylarning tutash yer uchastkalari chegaralari belgilanib, “YERELEKTRON” axborot tizimiga kiritiladi.

📆 2024-yil 1-yanvardan:

◾️ ko‘p kvartirali uylardagi ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar notariuslar tomonidan mulkdorning majburiy badallar yoki to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligi tekshirilgandan keyin tasdiqlanadi;

◾️ majburiy badallarning yoki to‘lovlarning eng kam miqdori Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilanadi;

📃 Qaror bilan shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga quyidagi qo‘shimcha vakolatlar beriladi:

◾️ ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari va joylar mulkdorlari tomonidan issiqlik ta’minotidan foydalanishda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

◾️ ko‘p kvartirali uylardagi umumiy mol-mulk va ularga tutash yer uchastkalarida amalga oshirilgan ta’mirlash-tiklash ishlarining qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2