🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🌟 Kadastr agentligi tizimidagi inson resurslari mutaxassislari malakasi oshirilmoqda🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi
PF–158-son Farmoni bilan tasdiqlangan
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 81-bandi hamda
“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasida davlat xizmatchilarining o‘z kasbiy kompetensiyalarini muntazam oshirib borishi va
har uch yilda bir marotaba malaka oshirib, sertifikatga ega bo‘lishi belgilangan.🔹Mazkur talablar asosida, Agentlik tizimida
inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish masalalariga mas’ul bo‘lgan jami
80 nafar mutaxassis uchun “Yurist va Kadr” nodavlat ta’lim muassasasi tomonidan tashkil etilgan
36 soatlik (5 kunlik) qisqa muddatli malaka oshirish kurslari boshlab yuborildi.📍 Malaka oshirish ishlari quyidagi tartibda amalga oshirilmoqda:🟪 1-guruh: 2025-yil 23–27-iyun kunlari – Toshkent shahar va Toshkent viloyati hududlaridagi mutaxassislar ishtirokida, “Yurist va Kadr” NTMda;
🟪 2-guruh: 30-iyun – 4-iyul kunlari – Farg‘ona viloyati Kadastr boshqarmasida;
🟪 3-guruh: 7–11-iyul kunlari – Samarqand viloyati Kadastr boshqarmasida;
🟪 4-guruh: 14–18-iyul kunlari – Buxoro viloyati Kadastr boshqarmasida.
📚 Ayni paytda 1-guruh mutaxassislari uchun Toshkent shahridagi o‘quv kurslari davom etmoqda. Ular
“Mehnat kodeksi bo‘yicha kadrlar xizmati faoliyatida qonun hujjatlari talablariga rioya qilish hamda mehnatga oid hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish” mavzusida malakalarini oshirmoqda.
✅ Ushbu tadbirlar kadrlar salohiyatini oshirish, huquqiy bilimlarini mustahkamlash hamda
inson resurslari boshqaruvi samaradorligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
#Kadastr_agentligi #inson_resurslari #malaka_oshirish📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt