TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.33K subscribers
10.2K photos
1.31K videos
6 files
6.34K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2025-yil 1-aprel holatiga Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yer uchastkalari to‘g‘risida ma'lumot

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ҳудудларнинг туризм салоҳиятини янада ошириш ҳамда хорижий ҳамкорлар билан амалга оширилаётган инвестиция лойиҳаларини жадаллаштириш юзасидан видеоселектор йиғилиши бўлиб ўтди.

💠 Давлатимиз раҳбари дунё иқтисодиётида ҳозир фавқулодда вазият кузатилаётганини, уч-тўрт кун ичида халқаро молия бозорларида 10 триллион доллар маблағ йўқотилганини кўрсатиб ўтди.

💠 Сўнгги йилларда туризм экспорти 1,6 карра ошиб, 3,5 миллиард долларга етди. Бу соҳада 2 мингдан ортиқ янги тадбиркор иш бошлади. Муҳими – ўтган йили хорижий сайёҳлар оқими илк бор 10 миллионлик маррадан ўтди. Ҳудудларда туризм ва сервис инфратузилмаси жуда тез ривожланаётгани таъкидланди.

💠 Сайёҳлар Хоразм, Бухоро, Қашқадарё ва Сурхондарёдан ўтган магистрал ва ички йўллар аҳволидан норозилиги қайд этилди. Мутасаддиларга “туризм ҳалқаси”га кирган йўлларни таъмирлаш бўйича ҳисоб-китоб қилиб, ишларни бошлаш топширилди.

💠 Бирорта чегара пунктида юртимиз туризм салоҳиятини кўрсатадиган “туризм бурчаги” ташкил этилмагани танқид қилинди.

💠 Президентимиз замонавий туризм маршрутларини ташкил этиш бўйича вазифаларни белгилаб берди.

💠 Мутасадди вазирлик ва идораларга бу имкониятдан унумли фойдаланиб, қаерга нечта рейс қўйиш ва қанча сайёҳ олиб келишни ҳозирдан ҳисоб-китоб қилиш топширилди.

💠 Миллий туризм ягона платформасини ишга туширишни тезлаштириш, унда чипта олиш ва электрон виза бериш имкониятларини яратиш вазифаси қўйилди.

💠 Ёшлар ўртасидаги мусобақа ғолибларига “Ўзбекистон бўйлаб саёҳат” йўлланмасини совға қилиш йўлга қўйилади.

💠 Республиканинг барча тарихий обидаларига кириш имконини берадиган “ягона туристик карта” жорий қилиниши белгиланди.

💠 Дуал таълим бўйича ҳудудларда ҳам яхши тажрибаларни кўпайтириш, жорий йилда 500 нафар талабани туризм бўйича амалиёт ўташ ва ишлашга юбориш муҳимлиги таъкидланди.

💠 Андижон, Жиззах, Навоий, Сурхондарё, Тошкент вилоятида 1 тадан, Қашқадарёда – 2 та ва Бухорода – 3 та туризм қишлоғини ташкил қилиш устувор вазифалар этиб белгиланди.

💠 Жорий йилнинг биринчи чорагида мамлакатимизга 8 миллиард 600 миллион доллар инвестиция келди.

💠 Хусусийлаштириш бўйича муҳим қарорлар қабул қилиниши кутилмоқда. Бунда 15 та йирик давлат корхонаси евробонд чиқариб, IPOга қўйилади, 49 та корхонадаги давлат улуши халқаро бозорда сотилади.

💠 Халқаро молия институтлари билан ишлашнинг янги тизими туфайли йил бошидан 706 миллион долларлик ишлар бажарилди.

💠 Ҳозирда халқаро молия ташкилотлари билан энергетика, транспорт, аграр, коммунал ва ижтимоий соҳаларда 20 миллиард долларлик лойиҳалар амалга оширилмоқда.

💠 Йиғилиш давомида туризм соҳасида намунали фаолият юритаётган тадбиркорлар билан мулоқот қилинди, тармоқ ва ҳудудлар раҳбарларининг ҳисоботлари тингланди.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
KORRUPSIYA – TARAQQIYOT DUSHMANI

⚖️ Pora olish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo‘lishi, — BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 210-modda.

#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌇🌇🌇🌇 🗂🗂🗂🗂

🌏 O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillar infografika ko'rinishida.

#Kadastr #infografika #Qonun_937

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
📢50 ta fuqarolarning uy-joyga nisbatan huquqlari e’tirof etildi.

🏠 SAMARQAND va ANDIJON viloyatlarida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun asosida bir qator uy-joylar rasmiylashtirildi!

📌Xalq deputatlari Samarqand va Andijon viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida: Samarqand shahar va tumanlardagi jami 30 ta, Andijon viloyatidan jami 20 ta uy-joyga nisbatan uy-joy egalarining mulk va ijara huquqlari rasman e’tirof etildi.

👨‍👩‍👧 Endilikda fuqarolar o‘z uy-joylari va yer uchastkalari ustidan qonuniy huquqlarga ega bo‘lishdi!

📄 Ushbu qonun — yillar davomida barpo etilgan yashash joylarini huquqiy jihatdan mustahkamlash, fuqarolarimiz uchun esa barqarorlik va ijtimoiy ishonch kafolatidir!

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎬🎬🎬🎬 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

OAV XATLOV ISHLARI HAQIDA


💠 “Huquq” gazetasining 10.04.2025-yildagi 15-sonida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ijrosi yuzasidan maqola e’lon qilindi.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Azimov Toshkent shahrida olib borilayotgan xatlov ishlari haqida ma’lumot berdi.

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #Qonun_937 #xatlov2025 #gazeta

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📝📝📝📝

SAYYOR QABUL – AHOLI MANFAATLARI UCHUN


◾️Kuni kecha⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mutasaddilari ishtirokida poytaxtimizning 📍Chilonzor tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, meros hamda yerni xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglandi. E’tiborlisi, kelib tushgan aksariyat masalalar joyida hal etildi.

O‘rganilishi vaqt talab qilgan murojaatlarning ijrosi alohida nazoratga olindi.


▶️ Shuningdek,🌏“Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-937-sonli Qonuni bo‘yicha egalik huquqlarini e'tirof etish jarayonlari, bosqichlari, shartlari, tasdiqlangan reja-jadval asosida olib borilayotgan xatlov ishlariga ham toʻxtalib oʻtildi.

#Kadastr #sayyor_qabul #Chilonzor

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2