TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.33K subscribers
10.3K photos
1.33K videos
6 files
6.43K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
#Kadastr #oliy_ta_lim_hamkorlik_aloqalari
TALABALAR KADASTR IDORALARIDA

◼️Bugungi kunda mamlakatimizda malakali kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida eʼtibor qaratilayotgani munosabati bilan 🌟Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasida ham ayni yo‘nalishda tizimli ishlar tashkil etilmoqda.

◼️Boshqarma binosida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti kafedrasi filiali faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mazkur oliygohning Geodeziya, kartografiya va kadastr yo‘nalishida tahsil oluvchi 4-bosqich talabalari uchun “Ko‘chmas mulk kadastri” fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslari olib borilmoqda.

◼️Navbatdagi darsda universitetning tajribali dotsenti I.Tuychiyeva hamda boshqarma mas’ullari tomonidan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonun mazmun-mohiyati, unda nazarda tutilgan tartib-taomillar haqida talabalarga ma’lumot berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Kadastr #xatlov #Qonun_937 #Shayxontohur
SHAYXONTOHUR TUMANIDAGI XATLOV ISHLARI

⭐️Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonuniga binoan Toshkent shahri mahallalarida ham xatlov ishlari qizg‘in davom etmoqda.

▶️ Foto: Shayxontohur tumani, “Beltepa” MFY.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ❗️❗️❗️

❗️O'RAB QO'YILGAN LEKIN QURILISH QILINMAGAN YERNI YANGI QONUN BILAN HUJJATLARINI QILIB OLSA BO'LADIMI?

🌟Kadastr agentligi direktorining matbuot kotibi N.Atamuratov bu haqda to'liq ma'lumot berdi.

📩 Telegram kanalga a'zo bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏1
#Kadastr #huquqiy_asos #javobgarlik
YER UCHASTKALARINI O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLISH

◾️Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 229-modda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ijrochi vazirlik idoralari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

🌟Kadastr agentligida “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O‘RQ-937-sonli Qonunda belgilangan ustuvor vazifalarni muddatida va sifatli bajarish, shu bilan birgalikda "E'tirof" AAT dasturidan foydalanish tartib-tamoyillari to'g'risida mas'ul vazirlik idoralar xodimlari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

😎Uchrashuv davomida har bir vazirlik va idoralarning mas’ullariga “E’tirof” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish, ma’lumotlarni va hujjatlarni kiritish, hududlarda mazkur amallarni bajaruvchi xodimlarga moderatorlik (dostup) ruxsatnomalarini shakllantirish bo'yicha tushunchalar berib o'tildi.

#Kadastr_agentligi #Qonun_937

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "А.Н. Ариповни Ўзбекистон Республикасининг Бош вазири лавозимига тайинлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О назначении Арипова А.Н. на должность Премьер-министра Республики Узбекистан"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1
#Kadastr #bizning_manzillar #Sergeli
BIZNING MANZILLAR: SERGELI TUMANI FILIALI

⭐️Kadastr agentligi va🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Sergeli tumani filiali

📃 Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

◾️ Manzil: Sergeli tumani, Saadiy ko‘chasi, 1-uy.

📍 Lokatsiya.

📞 Murojaat uchun telefon: (+99871) 231-03-04.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Kadastr #Qonun_937 #korrupsiyaga_qarshi_kurash #Sergeli
KORRUPSIYA – TARAQQIYOTGA TOʻSIQ

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari Sh.Ro‘zmatov hamda T.Yuldashev tomonidan 📍Sergeli tumani filialida xodimlar uchun profilaktik tadbir o‘tkazildi.

◾️Unda “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonun ijrosini amalga oshirish jarayonida korrupsiya, poraxo‘rlik, firibgarlik, tamagirlik, manfaatlar to‘qnashuvi kabi salbiy holatlarga yo‘l qo'ymaslik yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

◾️Shuningdek, “Alfakon Systems” loyiha koordinatori Sh.Alaxodjayev Sifat menejmenti tizimlari (ISO 9001) hamda Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlaridan foydalanish bo‘yicha talablar va ko‘rsatmalar (ISO 37001) mavzusida muhim ma’lumotlar taqdim qildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1