Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
Surishtiruvsiz aybdor deb topish to‘g‘rimi?!
Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan “Kadastr muhandisi 300 mln so‘m bilan qo‘lga olindi” xabarlari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va masala yuzasidan Kadastr agentligi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda yaxshi o‘rganilmasdan ko‘proq ovoza qilish maqsadida tayyorlangan postdagidek sotilmoqchi bo‘lgan yer uchastkasi davlat zaxirasi yeri bo‘lmagan. Ushbu yer uchastkasi Oltinsoy tuman hokimining 1999 yildagi tegishli qaroriga asosan fuqaro Sh.N. ning yakka tartibda uy-joy qurish uchun ajratilgan (shaxsiy) yer maydoni hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olgan umumiy 0.65 gektar yer maydoni bo‘lgan, ammo, ushbu qaror davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan.
Hozirda Sh.N.ning o‘g‘li fuqaro M.N foydalanib kelayotgan ushbu yer maydonini boshqa bir fuqaroga sotmoqchi bo‘lib, hududiy kadastr muhandisi, hozirda sobiq xodim A.N.dan yordam so‘ragan. M.N. yerni sotib olmoqchi bo‘lgan fuqaro bilan uchrashib, xatlovdan o‘tkazib, qaror chiqqanidan so‘ng xujjat qilinishi mumkinligini aytgan.
❗️ Diqqat qiling, ushbu vaziyatda oldi-sotdi holati fuqaro tomonidan sodir etilgan bo‘lib, sobiq xodim A.N yer uchastkasining kadastr xujjatlari faqat qonun doirasida rasmiylashtirilishini va to‘lovlar faqat davlat tomonidan belgilanishini bildirgan.
Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoq faollaridan surishtiruvsiz, yaxshi o‘rganmasdan bir inson sha’nini toptash orqali “zo‘r post” tayyorlash, sud qarori bo‘lmasdan turib bir yurtdoshimiz nomini qora qilish ham tegishli javobgarlikka sabab bo‘lishini bildiramiz. Zero tergov ishlari hali davom etmoqda.
#Kadastr_agentligi #rasmiy_munosabat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM