TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.32K subscribers
10.3K photos
1.33K videos
6 files
6.41K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
#Kadastr #xatlov #Qonun_937 #Uchtepa
UCHTEPA TUMANIDAGI XATLOV ISHLARI

⭐️Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonuniga binoan 📍Toshkent shahri mahallalarida ham xatlov ishlari qizg‘in davom etmoqda.

▶️ Foto: Uchtepa tumani, “Sharq guli” MFY.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌2👍1
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #xatlov #Qonun_937
XATLOV JARAYONLARINING ADOLATLI OLIB BORILISHI TA'MINLANMOQDA

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari Sh.Ro‘zmatov, T.Yuldashev 📍Shayxontohur tumanidagi “Beltepa” MFYda tasdiqlangan reja-jadval asosida olib borilayotgan xatlov jarayonlarini yaqindan o‘rgandilar. Kadastr xodimlariga o‘z vazifalarini mas’uliyat bilan bajarishlari yuzasidan ko‘rsatma berildi.

◾️Aholi bilan muloqotda “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonunga binoan tashkil etilayotgan xatlov ishlaridan ko‘zlangan maqsad - aholining qonunda belgilangan yer uchastkalari va ko‘chmas mulklariga nisbatan egalik huquqlarini qonuniy e’tirof etilishi ekanligi tushuntirildi.

◾️Shuningdek, fuqarolarga xatlov jarayonida firibgarlik, manfaatlar to'qnashuvi, poraxo'rlik kabi holatlarga duch kelganlarida rahbariyat va tegishli tashkilotlarga murojaat qilishlari mumkinligi haqida ma’lumot taqdim etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Kadastr #konstitutsiya
KONSTITUTSIYA - HUQUQLARIMIZ KAFOLATI

◾️Har kim ta’lim olish huquqiga ega.

◾️Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.

◾️Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

◾️Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir.

◾️Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir.

◾️Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi.

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 50-modda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Kadastr #huquqiy_asos #Qonun_937
HUQUQNI E’TIROF ETISH UCHUN ASOSLAR

◼️Fuqarolarning bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududida joylashgan turar joylariga bo‘lgan mulk huquqini hamda ular egallagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos bo‘ladi, agar:

fuqaro bog‘dorchilik va uzumchilik shirkati a’zosi bo‘lsa;

mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;

mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;

mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

🌏“Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O‘RQ 937-sonli Qonun, 8-modda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
❗️❗️❗️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"Korrupsiya-taraqqiyot dushmani" videoroliklar tanlovining FINAL bosqichi bo'lib o'tdi.

➡️Oldin xabar berganimizdek "9-dekabr xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan 🌟Kadastr agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar o'rtasida o'tkazilayotgan "Korrupsiya-taraqqiyot dushmani" videoroliklar tanlovining FINAL bosqichi bo'lib o'tdi.

Mazkur tanlovda 20 dan ortiq videoroliklar kelib tushgan bo'lib FINAL bosqichga 10 ta rolik g'oliblik va sovrinlar uchun ishtirok etdi.

Finalda ishtirokchilarni O'zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas'ul xodimlari hamda rejissyor, prodyuser, jurnalist Sardor Komilov (Sayyod) va aktrisa, shoira, teleboshlovchi Mahliyo Asqaraliyevalar baholadilar.


Tanlovning yakuniy natijalariga muvofiq:

1️⃣-o'rin - Andijon viloyati;
2️⃣-o'rin - Respublika aerogeodeziya markazi;
3️⃣-o'rin - Toshkent viloyati qo'lga kiritdi.

Nominatsiyalar bo'yicha:

🔘Eng yaxshi g‘oya muallifi - Toshkent shahri;
🔘Eng yaxshi ijodiy ish muallifi - Xorazm viloyati;
🔘Eng yaxshi ssenariy muallifi - Qoraqalpog'iston Respublikasi;
🔘Eng yaxshi operatorlik ishi -Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati;
🔘Eng yaxshi montaj ishi - Namangan viloyati;
🔘Faol ishtiroki uchun nominatsiyalarini Sirdaryo viloyati hamda Respublika aerogeodeziya markazi Xorazm viloyat bo'linmalari egalladi.

🌟Kadastr agentligi jamoasi g'olib va sovrindorlarni samimiy qutlaydi va kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

#Kadastr_agentligi #tanlov_final #korrupsiya

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1