Yangi loyihaga Milliy sertifikat imtihonlariga tayyorlash tajribasiga ega o'qituvchilar taklif qilinadi.
🔎 Yo‘nalishlar:
– Ingliz tili
– Matematika
– Ona tili va adabiyoti
✅ Talablar:
– Milliy sertifikatga tayyorlash bo‘yicha tajriba
– Mavzuni oddiy, tushunarli tilda tushuntirish ko‘nikmasi
– Mas’uliyat, natijaga ishlash va o‘z ustida ishlashga tayyorlik
Nima taklif qilinmoqda:
- Yuqori ish haqi (ish hajmiga qarab)
- Qiziqarli va kelajakka qaratilgan loyiha
- O'zingiz va metodikangiz haqida katta auditoriyaga gapirish imkoniyati
- Kelajakdagi karyerangiz uchun kuchli portfolio
- Uzoq muddatli hamkorlik
📥 Ro‘yxatdan o‘tish uchun bu yerga bosing.

👍10
"Xalq ta'limi info" kanalining yozishicha, attestatsiya natijalaridan norozi bir guruh o'qituvchilar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligini sudga bergan. Pedagoglar tomonidan sudga kiritilgan da’vo arizasida attestatsiya jarayonlariga oid 9 ta e’tirozli holat keltirilgan bo‘lib, ulardan eng asosiy urg‘u test savollarining murakkablik darajasi belgilangan vaqt me’yoriga mutanosib emasligi hamda savollar tuzish jarayonida validlik va testologiya qoidalariga rioya etilmaganligiga qaratilgan. Shuningdek, da’vo arizasida keltirilishicha, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi Apellyasiya komissiyasi tomonidan pedagoglarning shikoyatlari asosli, huquqiy va daliliy baholanmasdan, “asossiz” deya topilib, rad etilgan.
Da'vi arzizasi kiritgan pedagoglar pedagog kadrning bilimi noto‘g‘ri baholanganligi, o‘quv fani bo‘yicha test va malaka sinovi materiallarida xato va kamchiliklar borligi, shuningdek, sinovlarni o‘tkazish jarayonida tashkiliy-texnik jihatdan kamchiliklar bo‘lganligi sababli Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga attestatsiya imtihonlarini qayta o‘tkazish majburiyatini yuklash, shuningdek pedagoglarga yetkazilgan ma’naviy zararni undirish kabi talablarni qo'yishgan.
Bilishimcha, bu safar sudga individual o'qituvchi murojaat qilmayapti, balki konkret da'vogarlar ortida attestatsiya jarayonlari va natijalaridan qoniqmagan o'qituvchilarning katta guruhi turibdi. Va ular asosiy e'tiborni konkret test topshiriqlarining to'g'ri yoki noto'g'riligiga emas, attestatsiya bilan bog'liq tizimli muammolarga qaratishmoqda.
Umid qilamanki, bu safargi sud jarayoni "Dovud va Goliaf" kurashi bo'lmaydi. Sud har ikkala tarafga teng huquq va imkoniyalar berishiga, ishni ko'rayotgan sudya esa masalaga formal, yuzaki yondashmasdan, mohiyatni o'rganishga vaqt, hafsala va jur'at topishga umid qilaman. Zero, adolatga bo'lgan oxirgi umidning sinishi (sindirilishi) oqibatlari fuqaro uchun ham, jamiyat uchun ham, davlatchilik uchun ham yaxshi bo'lmasligi aniq.

👍53
Fact checking: "Britaniyada ham bunday oylik yoʻq"mi?
"Maʼrifat" gazetasi telegram kanalidagi bir qiziq maʼlumot eʼtiborimni tortdi. Xabarda yozilishicha, Surxondaryoda 11 ta o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani ma'lum qilindi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi.
Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo ta'lim boshqarmasi boshlig‘idan: “Jaydari tilda menga tushuntir: agar harakat qilsa, Surxondaryoda domla ming dollar olishi mumkinmi-yo‘qmi?” deya so‘radi. Husniddin Mamadiyev viloyatda ming dollardan ko‘p oylik olayotgan 600 ga yaqin o‘qituvchi borligini, yana 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotganini aytdi.
dedi davlat rahbari.
Bu xabarni aslida kun.uz nashri may oyida yozgan ekan, lekin negadir "Maʼrifat" gazetasi kanalida endi qoʻyilibdi.
Xabardagi qiziq va eʼtiborni tortadigan jihati - "Britaniyada ham bunday oyliklar yoʻq"ligi. Haqiqatdan ham shundaymi?
Britaniya hukumatiga tegishli gov.uk sayti maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil 1-sentyabrdan eʼtiboran, mahalliy hokimliklar tomonidan moliyalashtiriladigan maktablarning (yaʼni davlat maktablarining) boshlangʻich va oʻrta sinflar oʻqituvchilari minimal yillik ish haqi 31650 funt sterlingni tashkil qiladi. Bu degani - oyiga 2637 funt degani. (Poytaxt Londonda minimal oylik bundan koʻproq boʻladi).
Google'ning aytishicha, bugungi oʻrtacha kurs bilan AQSH dollariga oʻgirganda bu summa 3602 dollarni tashkil qiladi. Eslatma: bu - oʻqituvchining hech qanday ustamalar, sertifikatlar va hokazo talablarsiz oladigan minimal boshlangʻich oyligi.
Maʼlumotlarni fact checking qilib turish hech qachon va hech kimga zarar qilmaydi.

“Britaniyada ham bunaqa oylik yo‘q”,

Telegram
“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani ma'lum qilindi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi.
Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo ta'lim boshqarmasi boshlig‘idan: “Jaydari tilda menga tushuntir: agar harakat qilsa, Surxondaryoda…

👍32🤬12🔥5👎2🤯1
Attestatsiya natijalaridan norozi pedagoglar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ustidan sudga daʼvo arizasi kiritgani xabar berilgan edi. "Xalq taʼlimi info" nashrining yozishicha, O‘zbekistonning ko‘zga ko‘ringan yana bir nechta advokatlari vazirlik bilan bo'lib o'tadigan sudda pedagoglar huquqlarini himoya qilish maqsadida attestatsiya bilan bog'liq sud ishida ko‘ngilli ravishda ishtirok etish istagini bildirgan.
👍56🔥6👎2
Men oʻylayman, bu sudga taʼlim masalalarini yoritadigan jurnalistlar va blogerlarni taklif qilish, jarayonning keng yoritilishini taʼminlash kerak. Attestatsiya - davlat siri yoki shaxsiy hayot emas va sudning ochiqligi, jarayonning keng yoritilishiga toʻsqinlik qiladigan holatlar koʻrmayapman. Shunda, balki, jarayonning natijasi oldindan maʼlum "Dovud va Goliaf jangi" boʻlishining oldini olish mumkin boʻlar.
P.S. "Xalq taʼlimi info" nashri ham jarayonni yoritishga tayyorligini aytgan edi.

Jalilov. Qaydlar
Attestatsiya natijalaridan norozi pedagoglar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ustidan sudga daʼvo arizasi kiritgani xabar berilgan edi. "Xalq taʼlimi info" nashrining yozishicha, O‘zbekistonning ko‘zga ko‘ringan yana bir nechta advokatlari vazirlik…
👍23👏6🔥1
Forwarded from Farengeyt Press
Do‘stlar, Usborne “Boshlang‘ch saboqlar” turkumidan oltita kitobni o‘zbek tilida nashrga tayyorlash ishlari boshlangani haqida avval xabar bergan edik. Shulardan uchta kitob (kimyo, biologiya, fizika) chop etishga tayyor holga keldi. Qolgan uchtasi jarayonda. Sentabr oyidan birin-ketin barcha kitoblar bozorga chiqadi.
Avvaldan buyurtmalar ham qabul qilinadi, bu haqda keyinroq xabar beramiz.
Bu kitoblar asosan o‘smirlar uchun deb aytilsa-da, aslida barcha qiziquvchilar uchundir. Ayniqsa, qiziquvchan farzandining savollariga javob berishda qiynaladigan ota-onalar uchun ayni muddao. Ilmiy-ommabop kitoblar o‘qishga chog‘langan kitobxonlar uchun ham yaxshi boshlang‘ich bilim beradi degan umiddamiz.
Quyida fizika, kimyo va biologiya kitobidan olingan parchalar.
#FarengeytPress #boshlangich_saboqlar #Usborne_Kimyo #Usborne_Fizika #Usborne_Biologiya #IlmSoddaTilda
Facebook | Instagram | X

👍25🔥8👏4
Dilshooda
Qo'ng'iroqlar taklifini kim bergan, bilmayman. Yo buning ustida ishlovchi maslahatchilar, mutaxassislardan voz kechish kerak yoki tizim umuman yangilanishga muhtoj.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga savol: Pragaga ham telefon qila olasizlarmi?
Qong'iroqlar qo'ng'iroq qilayotgan(lar)ning o'z tashabbusi bo'lsa-chi? Muammo haqida gapirayotganlarning ovozini o'chirish - muammoni "hal qilish"ning yagona chorasi, deb bilishsa, boshqacha yo'lni ko'rishmasa-chi, o'sha qo'ng'iroq qilayotganlar?
Manbalar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi muammolarni olib chiqayotgan, gapirayotganlarga qarshi "kampaniya" boshlanganini iddao qilishmoqda. Aytishlariga qaraganda, davlat tizimida ishlaydigan xodimlardan birining rahbariyatiga Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligidan qo'ng'iroq bo'lgan va xodimni ishdan bo'shatish sharti qo'yilgan. Natijada xodim "o'z xohishi bilan" ishdan bo'shatilgan. Boshqa ayrim shaxslar yuzasidan ham qo'ng'iroqlar bo'lgan, bu shaxslar xususiy sektorda faoliyat yuritgani uchun ularning rahbariyati vazirlikdan bo'lgan qo'ng'iroqlarga qanday reaksiya bildirgani ma'lum emas.
Xullas, maktabgacha maktab ta'limi tizimida bizga "islohot" deya taqdim etilayotganlari ko'zbo'yamachilik va shishirilgan pufak ekanligi tobora oshkor bo'lib bormoqda. O'lda-jo'lda o'quv dasturlari, har yili pala-partish almashtirilayotgan darsliklar, tobora chuqurlashib borayotgan tengsizlik, muammoli baholash tizimi, PISA atrofidagi mashmashalar, puxta o'ylanmagan "dolzarb falon kunlik"lar, attestatsiyadagi muammolar ..
Shu darajaga yetdiki, ota-onalar birlashib, vazirlik qo'shni davlatdan ko'r-ko'rona ko'chirib joriy qilgan va "ilg'or davlatlar tajribasi" deya taqdim etgan "yangi baholash tizimiga qarshi birlashib, vazirlikning qarshiliklari va qo'l ostidagilarni trollikka majburlashiga qaramasdan petitsiya ko'rib chiqilish uchun kerakli ovozlar sonini yig'ishdi. Odatda eng "yuvosh" qatlam bo'lgan o'qituvchilar esa o'z vazirligiga qarshi sudgacha borish uchun birlashishdi. Bular ham vazirlik olib borayotgan "islohotlar"ning samarasi emasmi?
Maktabgacha va maktab ta'limining "islohotlari" O'zbekistondagi har bir xonadonga kirib boradi. Chunki O'zbekistonda oila yo'qki, u yoki bu darajada ta'limga aloqador bo'lmasin. Har bir oilada kimdir bog'chaga yoki maktabga chiqadi, kimdir shu tizimda ishlaydi. Va bu "islohotlar" hammamizning nafaqat bugunimiz, balki ertamizga ham bevosita daxl qiladi. Muammolar ko'paygani, ularning ko'lami kengaygani va chuqurlashgani sayin odamlarning ovozini o'chirish shunchalik qiyin bo'lib boraveradi. Bugun tarmoqlarda yozishadi, podkastlarda chiqishadi, "Ozodlik" bilan gaplashishadi, sudga borishadi. Lekin muammolar hal qilinmasa, gazak otaversa ... keyin nima bo'lishi mumkin, o'ylab ko'rdinglarmi?
Darvoqe. Vazirlikdagi(lar), Pragaga ham telefon qildinglarmi? Oxirgi paytlar Pragadagilar ham "islohotlarni noto'g'ri talqin qilishyapti" ...
P.S. Nazarimda, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bir narsani yaxshi qila olyapti: "pichoq borib suyakka qadalgan"larni birlashtira olyapti. O'ziga qarshi. Ota-onalar, o'qituvchilar bunga misol. Aholisi aksar holda inert bo'lgan O'zbekistonda bu ham katta natija.

Kutilgan, ammo men kutmagan teskari yurish
Hamma sohadan ham ko'ra maktab ta'limi va uni boshqarayotgan tizim rahbarlari meni ko'proq tashvishga solyapti.
Oxirgi vaqtlarda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mayda-chuyda masalalarda izoh berib, qolganlarida…

👍18👏2🤯1🤬1
Gazeta.uz ning yozishicha, 11-iyuldan O‘zbekistonda ingliz tili darajasi bo‘yicha xalqaro sertifikat — IELTS uchun qog‘ozda imtihon topshirish amaliyoti vaqtinchga to‘xtatilmoqda. Imtihon topshiruvchilar endi faqat kompyuterda testdan o‘tadi. Bu holat shu vaqtgacha qog‘ozda topshirilgan test javoblarining internetga sizdirilishi fonida yuz berdi.
Bizning "o'zimizga xos" xususiyatimiz - to'g'ri yo'lni emas, har xil "tuynuklar" topishimiz yaxshi oqibatlarga olib kelmasligiga bir misol.

Газета.uz
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish amaliyoti to‘xtatildi
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish vaqtincha to‘xtatildi. Bu mazkur yo‘nalishda test javoblarining internetda tarqalgani fonida yuz berdi. Qog‘ozda imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tganlar uni kompyuterda yechish turiga o‘tkazishi yoki…
👍8👎5🔥3😢2
Qonunchilik palatasi deputatlari 90 kun yoki undan ortiq muddat chet elda bo‘lib qaytgan o‘zbekistonliklar va ishlashga kelgan xorijliklarni OIVga majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ko‘zda tutilgan qonunni qabul qildi.
Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi, 12-modda: Hech kimning shaxsiy va oilaviy hayotiga o’zboshimchalik bilan aralashish, uy-joyi daxlsizligiga, uning yozishmalaridagi sirlarga yoki uning nomus va sha’niga o’zboshimchalik bilan tajovuz qilinishi mumkin emas. Har bir inson xuddi shunday aralashuv yoki tajovuzdan qonun orqali himoya qilinish huquqiga ega.
Международный пакт о гражданских и политических правах, статья 17: Никто не может подвергаться произвольному или незаконному вмешательству в его личную и семейную жизнь, произвольным или незаконным посягательствам на неприкосновенность его жилища или тайну его корреспонденции или незаконным посягательствам на его честь и репутацию.
Всеобщая декларация о биоэтике и правах человека, статья 6: Любое медицинское вмешательство в профилактических, диагностических или терапевтических целях должно осуществляться только с предварительного, свободного и информированного согласия соответствующего лица на основе надлежащей информации. Согласие в соответствующих случаях должно быть явно выраженным и может быть отозвано соответствующим лицом в любое время и по любой причине без негативных последствий или ущерба.
Deputatlarimiz qonunlar qabul qilayotgan xalqaro huquq normalarini va O'zbekiston o'z bo'yniga olgan xalqaro majburiyatlarni ham o'rganib qo'yishsa zarar qilmasdi.

Deputatlar xorijdan qaytganlarni majburiy OIV tekshiruvidan o‘tkazish ko‘zda tutilgan qonunni qabul qilib, Senatga yubordi
Qonunchilik palatasi deputatlari 90 kun yoki undan ortiq muddat chet elda bo‘lib qaytgan o‘zbekistonliklar va ishlashga kelgan xorijliklarni OIVga majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ko‘zda tutilgan qonunni qabul qildi. Qonunda, shuningdek, xususiy bandlik…
🤬1
“Ikki qavatli eskirgan uylarda yashovchi aholi o‘z uylarining narxini qimmat baholashmoqda. Investorlar aholi bilan narxlarni kelishishda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda", deydi qurilish vaziri o‘rinbosari Ozoda Joʻrayeva.
Mulk egasi oʻz mulkini oʻzi xohlaganday tasarruf qilishga haqqi bor: xohlasa tekinga sovgʻa qilib yuboradi, xohlasa - osmon narx qoʻyadi. Bizning amaldorlarga shunday oddiy haqiqatni tushunish qiyinmi?

Spot
“Renovatsiyaga tushgan eski uylar aholisi narxlarni qimmat aytyapti” — Qurilish vaziri o‘rinbosari
Ozoda Jo‘rayeva Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risidagi qonun loyihasi Adliya vazirligida ekspertizadan o‘tkazilayotganini ma’lum qildi. Hujjatda aholi va davlat manfaatlari hisobga olinadi.
🔥27👍6
Deputatlar kitoblarga senzura joriy qilmoqchimi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi telegram kanalining yozishicha, parlamentda "Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida" qonunga oʻzgartirish kiritish harakati boshlangan. "Qonun loyihasi ... nashr etilayotgan kitoblarning sifati oshishiga, xuquqiy, ma’naviy-ma’rifiy va estetik talablarga mos kelmaydigan adabiyotlar chop etilishining oldini olishga, adabiyotlardagi tarixiy, ilmiy va ommaviy ma’lumotlar yanada aniq va ishonchli bo‘lishiga ... qaratilgan", deyiladi rasmiy xabarda.
"Maʼnaviy maʼrifiy va estetik talablar" deganda nima nazarda tutilmoqda? Bu talablarni kim, qaysi mezonlar asosida belgilaydi? Kimningdir "maʼnaviyati"ni "shokka tushirishi" mumkin boʻlgan asarlar (masalan, Nobel olgan Saramagoning "Koʻrlik" yoki Xan Ganning "Vegetarian ayol" romanlari singari) asarlar taqiqlanadi deganimi? Balki "1984" yoki "Buzrukning kuzi" singari asarlar"maʼnaviy" yoki "estetik" mezonlarga toʻgʻri kelmay qolar?
"Tarixiy, ilmiy, ommabop maʼlumotlar aniqligi" nima degani - qabul qilingan (mainstream) qarashlarga mos kelmaydigan (masalan, zolimni zolim, diktatorni diktator deydigan) kitoblar taqiqlanadimi?
Men soliq toʻlovchi sifatida bu deputatlarga mening nimani oʻqishimni senzura qilishlari uchun pul toʻlaymanmi?

🔥55🤬13😢6😱1
Yuqoridagi postga izohlardan:
Sal kitob oʻqigan odamdan qoʻrqadi bular. Ongsizlashtirish siyosati ketyapti, televideniyeda ham, mediada ham.
Sal kitob oʻqigan odamdan qoʻrqadi bular. Ongsizlashtirish siyosati ketyapti, televideniyeda ham, mediada ham.
Telegram
Jalilov. Qaydlar
Deputatlar kitoblarga senzura joriy qilmoqchimi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi telegram kanalining yozishicha, parlamentda "Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida" qonunga oʻzgartirish kiritish harakati boshlangan. "Qonun loyihasi ... nashr etilayotgan kitoblarning…

🔥25
Forwarded from 📚 Madina Musayeva 🎧
Цензура, цензуражон, цензурақизғалдоқ. Айниқса “эстетик талаблар” деган қисми ўта саволли. Эстетика — субъектив, шахсий фикр ва дидга боғлиқ нарса, унинг мезонлари ноаниқ. Дейлик, машҳур “Шайтанат” асари шахсан мен учун ноэстетик ва дидсиз, лекин бу уни тақиқлаш керак дегани эмас-ку.
Беҳзод Ҳошимов “Учинчи Ренессанс” деган иддаоли даврдан аввал “Why Nations Fail” (“Мамлакатлар таназзули сабаблари”) китобини олиб келишда Ўзбекистон ҳақидаги саҳифаларни йиртиб ташлашга мажбур бўлганини айтиб берарди.
Журналист Питер Померанцевнинг “This is Not Propaganda: Adventures in the War Against Reality” китобида Совет давридаги аёвсиз китоб цензураси тасвирланади. “Самиздат” нашр этган китобларни одамлар пойабзал қутисига яшириб ўқишган. Померанцевнинг онаси шундай китобни уйга олиб келганида, бувиси йиғлайди: “Сени қамашади, эмизикли боланг қолиб кетади”…
Дежавю. Бир қадам олдинга, ўн қадам ортга.
👉@madnifique👈
https://t.me/jalilovqaydlar/3288

👍8🔥4