Jalilov. Qaydlar
4.01K subscribers
1.44K photos
17 videos
22 files
2.26K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
So‘nggi oylarda O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirganlarning (paper based) javoblari qayta tekshirilmoqda, ayrim natijalar ommaviy bekor qilindi. Bu test javoblarining internetga sizdirilayotgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Gazeta British Council va IDP bilan bog‘lanib, vaziyatni o‘rgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/23/ilets/

Telegram | Instagram | YouTube
🔥5
"Bu yerda begonalar yurmaydi"

Vikipediya ochiq ensiklopediyasidagi taʼrifga koʻra, nepotizm - bu qarindoshlarga yoki doʻstlarga kasbiy koʻnikma va qobiliyatlaridan qat’iy nazar (masalan, ishga qabul qilishda) imtiyozlar berish tizimi.

Kun.uz bundan bir necha yil oldin, "yangi Oʻzbekiston" endi boshlangan paytlarda qarindosh- urugʻchilik - nepotizm haqida qiziq bir maqola tayyorlagan ekan. Bu maqolada nepotizm korrupsiyaning eng xavfli koʻrinishlaridan biri deb atalgan va "boshlangan islohotlar" bu illatni yoʻq qilishiga umid bildirilgan.
🔥15👏1
"Tarix - oʻqituvchi emas, nazoratchi. U hech narsaga oʻrgatmaydi, lekin saboq olmaganlarni qattiq jazolaydi".

Vasiliy Klyuchevskiy, XIX asr rus tarixchisi
👍23👏3
"Axir oʻlmasman-ku, oʻlmas"

Oleg Tabakov Kashshey rolida, "Qizil qor yoqqanda" filmidan
🔥21
Ilyos Safarov
maktab darsliklarida bo’lgani kabi jamoatchilik orasida e’tirozli loyihalar
Umuman olganda, "fin" deya taqdim etilgan darsliklarining Finlyandiyaga aloqasi yo'qligi oshkor bo'lganidan keyin tegishli xulosalar chiqarilishi va "fin darsliklari" haqidagi tezisni eng yuqori minbarlardan yangraydigan nutqlarga kiritganlarning bunday fiasko uchun javobgarligi ta'minlanishi kerak edi, nazarimda.
👍12🔥6
#ilm_fan nima deydi?

Nepotizm va PISA natijalari o'rtasida bog'liqlik bormi?

Demak, nepotizm - bu ishga olish, lavozimga tayinlash yoki lavozim bo'yicha ko'tarishda lavozim uchun kerakli bilim, ko'nikma, malaka, tajribani emas, ijtimoiy munosabatlarni (qarindoshlik, do'stlik singari) asosiy mezon qilib olish. Xalqaro tashkilotlarga ko'ra, nepotizm - korrupsiyaning bir ko'rinishidir.

Germaniyalik tadqiqotchilar Perez-Alvarez va Strulikning aniqlashicha, nepotizm va inson kaptali, xususan, mamlakat o'quvchilarining PISAdagi natijalari o'rtasida bog'liqlik bor ekan. Olimlarning yozishicha, qabul qilingan (perceived) nepotizm indeksining bir standart og'ishga oshishi o'rtacha PISA natijalarining 0,16 standart og'ishga pasayishiga olib kelar ekan. Tadqiqotchilar Singapur va Livanni misol sifatida keltirishadi: oxirgi o'n yilliklarda nepotizmga qarshi qoidalar mvaffaqiyatli ishlayotgan Singapur PISAda yuqori o'rinlarni egallab kelmoqda, Transparency International'ga ko'ra nepotizm keng tarqalgan Livan esa PISA tadqiqotlarida past natijalarni qayd etgan. Bu degani - nepotizm mamlakatdagi inson kapitaliga - o'quvchilarning kognitiv qobiliyatlari va maktabdagi sa'y-harakatlariga (effort) salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, nepotizm qobiliyatlilarning mamlakatdan chiqib ketishiga va o'z qobiliyatlarini nepotizm darajasi kamroq bo'lgan joylarda ishga solishiga olib keladi.

Qiziq xulosalar. Balki O'zbekistonning PISAdagi ayanchli natijalari sabablaridan biri ham lavozimlarga qobiliyat va tajriba asosida emas, balki kimningdir o'g'li - qizi, jiyani, do'sti - dugonasi va hokazo bo'lgani uchun tayinlash amaliyotidir?
👍18🔥4
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ELTUZ
10та менежер учун программа нархи - 860.000$
Alisher Sa'dullayev va uning jamoasining Stenford SEP dasturida qatnashishi xarajatlari soliq to'lovchilar gardanidami?

Na Yoshlar ishlari agentligi va na Alisher Sa'dullayevning o'zi mana bu savolga hali javob bergani yo'q, lekin orada yangi savollar paydo bo'lmoqda.

Eltuz'ning iddao qilishicha, Stenfordning 86 ming dollar (o'rtacha O'zbekistonlikning 18,5 yillik ish haqi!) turadigan "Executive Program" (SEP) dasturida o'qish uchun Alisher Sa'dullayev bilan birga agentlikdan 10 nafar kishi yo'l olgan. Agar ularning ham bu dasturda o'qishini agentlik (ya'ni soliq to'lovchilar) to'layotgan bo'lsa, bu - 860 ming (ya'ni, sal kam bir million) AQSH dollari degani. (Yo'lkira va yashash xarajatlarisiz).

Yoshlar ishlari agentligi va Alisher Sa'dullayevning o'zi Stanfordning asosan yirik biznes boshqaruvchilari uchun mo'ljallangan va shaxsiy portfoliosini kuchaytirishga xizmat qiladigan o'ta qimmat bu dasturida kimlar qatnashayotgani va bu xarajatlar kimning hisobidan moliyalashtirilayotganini ochiqlashi kerak. Zero, soliq to'lovchilar ularning soliqlari nimalarga sarflanayotganini bilishga haqli, davlat xizmatchilari esa hokimiyatning yagona manbai deyiladigan xalq oldida hisobdordirlar.
🔥41👍26👏3
Yuqoridagi postga izoh.

Alisher Sa'dullayevning yozishicha, Stenford SEP dasturida faqat u o'qimoqda va ha, uning o'qishini soliq to'lovchilar (ya'ni biz-u siz) to'lab bermoqda. Alisher Sa'dullayev o'z postida jamoa a'zolarining Stenfordda yurganiga izoh bermagan. Shuningdek, uning bu dasturda qatnashishi soliq to'lovchilarga nima berishiga ham oydinlik kiritilmagan.

Sa'dullayev, shuningdek, o'z postida PF-77 son farmoniga havola qoldirgan, lekin bu farmonda "Istiqbolli mutaxassislarning xorijiy universitetlar, ilmiy markazlar, kompaniya va tashkilotlarda maqsadli stajirovkasini tashkil etish tartibini ishlab chiqish" 2025-yil iyul oyiga belgilangan. Ya'ni, Sa'dullayevning SEP dasturida o'qishi "El-yurt umidi" tomonidan hali ishlab chiqilmagan "tartib" asosida to'lanmoqdami, yoki uning uchun qandaydir maxsus istisnoli hujjat qabul qilinganmi - bu ham ochiq qoldirilgan.
🤬32👍14🔥9👏2🤔2👎1
"Dolzarb 90 kun" qanday o'tmoqda?

"Ozodlik"ning O'zbekiston va jahonda bo'layotgan voqealarga bag'ishlangan kundalik "OzodNews" axborot dasturining kechagi - 25 iyun sonida jurnalistlar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining "Dolzarb 90 kun" tadbiri haqida tahliliy material tayyorlashibdi. Jurnalistlar suhbatlashgan manbalarning iddao qilishicha, "dolzarb 90 kun" tadbiri pedagoglarning Mehnat kodeksida belgilangan dam olishga bo'lgan huquqlarini buzish, asosan rasmga tushib, hisobotlar qilish va ko'zbo'yamachiliklar bilan o'tmoqda, ko'p maktablarda yozning issig'ida bolalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish uchun sharoitlar ham mavjud emas. "Ozodlik" jurnalistlari suhbatlashgan sobiq O'zbekiston parlamenti deputati, yozuvchi Jahongir Muhammadning fikricha, bunday tadbirlarning ildizi davlatning hamma sohani nazorat qilish istagiga borib taqaladi va real samara bermaydi.
👍23🔥10😱3
Hindistonda tug'ilgan Amerikalik jurnalist va tahlilchi, CNN telekanalidagi siyosiy-tahliliy ko'rsatuv muallifi, "The Washington Post" gazetasi kolumnisti, Yel va Harvard universitetlari bitiruvchisi Farid Zakariyaning "Erkin ta'lim himoyasida" kitobini o'qiyapman. Muallif ko'pchilik asosiy e'tiborini axborot texnologiyalari, biznes singari "amaliy" ("tezroq pul keltiradigan") sohalarga qaratayotgan bir paytda liberal (erkin) ta'limning ahamiyati haqida fikr yuritadi.

Stiv Jobsning iPad'i yoki Zakerbergning Facebook'i yoki Google nima uchun global miqyosda muvaffaqiyatga erishdi? Nima uchun PISA singari xalqaro tadqiqotlarda Singapurday unchalik ham hayratlanarli natijalarni ko'rsatmaydigan Amerika kreativ iqtisodiyot va texnologiyalarda yetakchi? Umuman, Bilim iqtisodiyotidan Yaratuvchanlik iqtisodiyotiga o'tish uchun nimalarga e'tibor berish zarur? Tobora o'zgaruvchan bo'lib borayotgan, biz bilgan ko'p kasblar yo'qolib borayotgan dunyoda raqobatbardosh bo'lish uchun nimalar kerak?

Muallifning bu savollarning javobini liberal ta'limdan va u insonga bera oladigan (va afsuski, bizning ta'lim tizimimiz - na maktab va na oliy ta'lim - bermayotgan) uch muhim ko'nikmadan qidiradi. Agar bu qaysi ko'nikmalar ekanligi va liberal ta'limga qanday aloqasi borligi sizni qiziqtirsa, kitobni o'qib chiqishni tavsiya qilaman.

Qizig'i, kitob esse (essay) janrida (biz ko'proq o'rgangan badiiy esse emas) yozilgan. Bilishimcha, o'zbek tilida bunday janrdagi kitoblar deyarli tarjima qilinmagan va "Tirilish" nashriyotining bu boradagi jur'ati ham alohida e'tiborga sazovor. Kitobni qog'oz formatda kitob do'konlaridan so'rashingiz, elektron yoki audio formatni ma'qul ko'rsangiz - "Mutolaa" ilovasida sotib olishingiz mumkin.
👍26🔥4
Bugun oxirgi yillarning eng shov-shuvli seriallaridan biri - "Kalmar oʻyini" oxirgi, 3 fasli namoyishi boshlandi.

Shunchaki qiziq. Serial joylashtirilgan Oʻzbekiston onlayn platformalari uni namoyish qilish huquqini "Netflix"dan sotib olganmi? Yoki ... qaroqchilikmi?

Maʼlumot oʻrnida. Oʻzbekiston mualliflik huquqining himoya qilinishini nazarda tutuvchi Bern konvensiyasiga qoʻshilgan.
🔥11