Dilshooda
Endi yana o'sha savollarga qaytsak, qaysi nuqtada xato qilyapmiz? Nima qilishimiz kerak? Va qachon bu to'g'rilanadi?
Qaysi nuqtada - aniqrogʻi, nuqtalarda - xato qilayotganimizni tushunish uchun, nazarimda, velosipedni qayta ixtiro qilish shart emas. Rivojlangan va (deyarli) har bir Oʻzbekistonlik koʻchib ketishni, farzandlari yashashini orzu qiladigan davlatlar allaqachon bu savollarga javob berishgan:
- Hokimiyatning almashinuvi. Bu almashinuvning sababi faqat biologik jarayonlar boʻlishi kerak emas. Asosiy qonunda belgilangan vakolat muddatining tugashi, xalq erkin fikr bildiradigan va real tanlash imkoniyatiga ega saylovlar vositasidagi almashish.
- Hokimiyatning uch boʻgʻini bir-biridan mustaqil ishlashi, bir-birini nazorat qila olishi va tiya olishi. Parlament va sud ijro hokimiyatining qosh-qovogʻiga, har bitta aytgan gapiga qarab qolmasligi, xalq bergan mandat va qonunlar asosida ish yuritishi.
- Meritokratiya. Davlat lavozimlariga tayinlashda kimning oʻgʻli-qizi, doʻsti-dugonasi, jiyani boʻlish yoki sadoqatiga emas, lavozim vazifalarini bajarish uchun kerakli bilim, kompetensiyalar va tajribaning bor-yoʻqligiga qaralishi.
Mana shu yuqorida aytilgan narsalar boʻlsa, siz aytgan - qonun va qarorlarning imi-jimida qabul qilinmasligi ham, hamma uchun sifatli taʼlim va tibbiyot uchun imkoniyatlar ham, sifatli infratuzilma ham va boshqa koʻplab narsalar ham boʻlaveradi. Yuqoridagi uch narsa boʻlmasa - har safar qisqa muddatli eyforiya davridan keyin "birinchi maʼmuriyat" davriga qaytaveramiz. Va har safar "2017-yilimni (yoki boshqa, eyforiya boshlangan istalgan raqam) qaytaring" deb oʻtiraveramiz. Agar shunday deyishga ruxsat berishsa, albatta.

👍19🔥2🤯2
"Bizdagi maktab ta’limidagi eng katta kamchilik — yodlashga qaratilgan bilim berish usuli. Afsuski, bu narsa universitetda ham saqlanib qoladi. Masalan, oraliq nazoratda bir oy avval o‘tilgan narsa so‘raladi. Yoddan javob berish birinchidan quyi ko‘nikma, ikkinchidan, odam faqat yodlash bilan shug‘ullanishi fikrlash ko‘nikmasini cheklaydi. Oqibatda shpargarkalar, ko‘chirmakashliklar paydo bo‘ladi. Afsuski, talabalar ham miyasini qotirib tahliliy narsa yozib bergandan ko‘ra bir yarim soat o‘tirib, u yoqdan, bu yoqdan ko‘chirib berishni ma’qul ko‘radi. Bu narsani hech bo‘lmaganda universitetda yo‘qotishga harakat qilishi kerak. Biz ona tili darsliklariga kommunikativ yondashuvni kiritganimizdan maqsad ham fikrlashga turtki bo‘lish edi".
Filologiya fanlari nomzodi Iroda Azimova
Juda qiziq suhbat boʻlibdi. Tavsiya qilaman. Iroda Azimova oʻz hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda foydali tavsiyalar berganlar.
Biz Iroda Azimova bilan, adashmasam, Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tashkil qilinayotgan paytda tanishganmiz. Har ikkalamiz ham universitetni tashkil qilish boʻyicha komissiya raisi, oʻsha paytdagi Bosh vazir (hozirgi davlat rahbari) suhbatiga kafedra mudirlari lavozimiga nomzodlar sifatida kirib, tasdiqlanganmiz va bizga til, adabiyot oʻqitish metodikasini tubdan yangilash vazifasi qoʻyilgan edi. Keyinchalik Respublika taʼlim markazida Milliy oʻquv dasturi va bu dasturlar asosidagi darsliklar yaratishda birga ishladik. Garchi har xil fanlar yuzasidan dasturlar va darsliklar ustida ishlagan boʻlsak-da, oʻylayman, taʼlimdagi muammolar va ularni qanday hal qilish mumkinligi borasidasi fikrlarimizda mushtarak oʻrinlar koʻp. Umuman, Iroda Azimovadagi men juda hurmat qiladigan ikki jihat - prinsipiallik va muammoning ildizini koʻra olish. Aynan shu jihatlar, nazarimda, qarshiliklarga qaramasdan, oʻrta taʼlimda ona tilini oʻqitishga, oliy taʼlimda esa boʻlajak oʻqituvchilarni tayyorlashga yangi yondashuvlarni olib kirishlariga yordam berdi.
Xullas, suhbatni oʻqishni yoki videosini koʻrishni tavsiya qilaman.

Газета.uz
“Sening yoshliging menda bo‘lsaydi…”. Lingvist Iroda Azimova tavsiyalari – O‘zbekiston yangiliklari – Gazeta.uz
'Gazeta.uz' yoshlar uchun mo‘ljallangan 'Sening yoshliging menda bo‘lsaydi…' nomli loyiha boshladi. Unda el-yurt orasida hurmatga sazovor kishilar o‘z yoshligini eslab, hozirgi zamon nuqtai nazaridan yoshlarga tavsiyalar beradi. Navbatdagi mehmon — filologiya…
👍17👏1
Yaxshi yangilik.
"1000 kitob" doirasida “O‘quv dasturi. Asoslar, tamoyillar va muammolar” (“Curriculum: Foundations, Principles, and Issues”) kitobi tarjima qilinar ekan. O'tgan yili "1000 kitob" eksperti sifatida faoliyat yuritganimda ta'limga oid tarjima qilinishi kerak bo'lgan kitoblar bo'yicha fikr so'rashganida shu kitobni ham tavsiya qilgandim va tavsiyam qabul qilingani uchun rahmat. Bu yo'nalish - o'quv dasturlari o'zi nima, ularni yaratishning ilmiy asoslari, yondashuvlari bo'yicha o'zbek tilida adabiyot umuman yo'q. Balki shuning uchun ham Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligi har ikki-uch yilda "o'quv dasturlarini takomillashtirish"ni "xobbi" qilib olgandir.
Umuman, ta'lim, pedagogika, metodika sohasida va uning alohida yo'nalishlari (masalan, ta'lim falsafalari siyosati va nazariyalari, o'quv dasturlari va darsliklar yaratish, alohida ehtiyojlari bor bolalar ta'limi, ta'limda baholash, yosh bolalar yoki kattalar ta'limining o'ziga xos xususiyatlari va hokazo) bo'yicha o'zbek tilida adabiyotlar yo'q. Pedagogika va metodika bo'yicha o'zbek tilida mavjud adabiyotlar esa, afsuski, aksar hollarda yoki oldi-qochdi gaplardan yoki hozirgi zamon talablariga javob bermaydigan, sovet ideologiyasi ta'sirida shakllangan qarashlardan iborat. Shu jihatdan, masalan, o'tgan yili loyiha doirasida tarjima qilingan "Ta'lim" va "O'rganish yo'llari" kitoblari ham tezroq o'quvchilar qo'liga yetib borishi juda zarur.

👏16🔥6
Va xavotirga soladigan yangilik.
Qiziq, urush girdobiga tobora "tomi ketayotgan" Rossiyadan "axborot siyosati" sohasida nimani oʻrganish mumkin? Ijtimoiy tarmoqlarni "ekstremistik" deb topishnimi? Hukumatga (aniqrogʻi, bitta odamga) yoqmaydigan har qanday fikrni "diskreditatsiya" ("feyk") deb eʼlon qilish va fikr bildirganni qamoqqa tiqishnimi? Yoki yoqmaydigan har qanday shaxs yoki tashkilotga "xorij agenti" yorligʻini yopishtirishnimi?
"Стороны обсудили сотрудничество в информационной сфере, подготовку кадров и взаимодействие пресс-служб двух стран. Речь шла об обмене профессиональным опытом, подходах к стратегическим коммуникациям и развитии компетенций сотрудников в условиях стремительно меняющейся медиасреды и роста влияния цифровых платформ. Также они говорили о запуске совместных медиапроектов и укреплении партнёрства в области информационной политики".
Qiziq, urush girdobiga tobora "tomi ketayotgan" Rossiyadan "axborot siyosati" sohasida nimani oʻrganish mumkin? Ijtimoiy tarmoqlarni "ekstremistik" deb topishnimi? Hukumatga (aniqrogʻi, bitta odamga) yoqmaydigan har qanday fikrni "diskreditatsiya" ("feyk") deb eʼlon qilish va fikr bildirganni qamoqqa tiqishnimi? Yoki yoqmaydigan har qanday shaxs yoki tashkilotga "xorij agenti" yorligʻini yopishtirishnimi?
Газета.uz
Саида Мирзиёева провела встречи с руководством Администрации президента России в Москве
Помощник президента Узбекистана Саида Мирзиёева в Москве обсудила с представителями администрации президента России партнёрство двух стран в гуманитарной, информационной и молодёжной сферах, а также борьбу с фейками, ответственную журналистику и формирование…
🔥11👍5
Forwarded from Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
Onlayn-platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhim masalalarni qamrab olgan. Biroq qonundagi istalgancha talqin qilish xavfini tug‘diradigan ayrim mavhum jumlalarni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi, deb yozadi “Gazeta.uz” kolumnisti Komil Jalilov.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/30/column/
Telegram | Instagram | YouTube

🔥7👍4👏2
Tarixga nazar tashlasak, dastlabki sivilizatsiyalar asosan suv boʻyida paydo boʻlgan. Bu bejiz emas - suv bu sivilizatsiyalar uchun tom maʼnoda hayot-mamot masalasi boʻlgan. Va iqlimi tobora oʻzgarib, yashash uchun noqulay boʻlib borayotgan Markaziy Osiyo, xususan, Oʻzbekiston uchun daryolar va suv havzalarining ahamiyati hali ham beqiyos. Shu jihatdan, Afgʻonistonda legitimligi tan olinmagan toliblar hukumati qurdirayotgan Qoʻshtepa kanalining bizga taʼsiri qanday boʻlishi mumkin? Jurnalist Ilyos Safarov ekspertlar bilan birga bu muhim savolga javob izlaydi.
YouTube
Qo'shtepa kanali: tahlilchilardan eng muhim savollarga javoblar
Qo'shtepa kanali Afg'onistonning shimolida Tolibon hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan yirik infratuzilma loyihasi bo'lib, uning asosiy maqsadi Amudaryosuvi orqali cho'l yerlarini o'zlashtirishdan iborat.
Kanal loyihasi 2022-yilda boshlanib, hozirda…

👍9👏1
"Lekin bu ishda mag‘lub Anora Sodiqova emas, mag‘lub — O‘zbekistonning tobora bo‘g‘ilib borayotgan jurnalistikasi".
'Vaziyat ayollarning tahqirlanishini qonuniylashtirgandek tuyillmoqda”.
"Nega bunday holatlarda avvallari so‘z erkinligi, jurnalistlar huquqi haqida baralla gapirgan tashkilotlar jim?"
"Aholida sud idoralariga ishonchsizlik kayfiyati ko‘payib boraveradi".
Faollar Anora Sodiqovaga oid sud qarorini qanday qarshi oldi?
Qizigʻi, maqolada ayollar va bolalar huquqlari faoli Irina Matviyenkoga tayanib yozilishicha, ilgariroq xuddi shu bloger tomonidan boshqa jurnalistga nisbatan tahdid boʻlgan va "hech narsa" boʻlmagan ekan. Juda qiziq. Ayrimlar boshqalarga nisbatan tengroqdirlar?
#JeSuisAnoraSodiqova

“O‘zbek jurnalistikasi yutqazdi”. Faollar Anora Sodiqovaga oid sud qarorini qanday qarshi oldi? – O‘zbekiston yangiliklari – Gazeta.uz
Sud jurnalist Anora Sodiqovaning bloger Mirsaid Haydarovga nisbatan da’vosini qanoatlantirmagach, holat muhokamalarni keltirib chiqardi. Ayrimlar bu ishda mag‘lub O‘zbekiston jurnalistikasi bo‘ldi demoqda, ba’zilar buni ayollarga qarshi nafrat tilining e’tiborsiz…
🔥16
Qoʻshilaman.
"Tilla baliqcha"ni 5-sinf darsligiga kiritishni yoqlagan (yoki kiritgan?) olimlardan biriga, "5-sinfda bu asar bilan qanday ishlashni tavsiya qilasiz, oʻquvchida asarni tahlil qilish uchun na adabiyot nazariyasi boʻyicha va na asarning konteksti haqida yetarlicha bilim yoʻq-ku?" deb savol berganimda "Chuqur kirilmaydi, asarning kontekstini tushuntirilmaydi" deb javob bergan edi. Lekin "chuqur kirilmasa", "kontekst tushuntirilmasa" - bu asarni 5-sinf oʻquvchisiga berishdan qanday maqsad koʻzlangan oʻzi, yuqoriroq sinflarga, oʻquvchi asarni tahlil qilish uchun yetarli bilimga ega boʻlgan paytda bergan maʼqulroq emasmi, degan savolni javobsiz qoldirgan edi.

👍23
Асанов формати
Буларнинг барчаси онлайн платформалар ва веб-сайтлар фаолиятини тартибга солувчи норматив-ҳуқуқий базани мустаҳкамлаш, интернет маконидаги хавфсизликни таъминлаш, тизимли чора-тадбирларни кучайтириш заруратини кўрсатмоқда.
Eldar aka, uzr-ku, bunday manipulyatsiyaning nima keragi bor? xuddiki muammoli qonun loyihasisiz Oʻzbekistonda qurol-yaroq, psixotrop moddalar targʻiboti yoki pornografiyaga ruxsat berilganday.
Amaldagi "Axborotlashtirish toʻgʻrisidagi"gi qonunni ochib qarang, siz yozgan narsalarning hammasi qonunning 12-1 moddasi bilan taqiqlangan.
Oʻsha gap: siz bugun yoqlab berayotgan oybolta ertaga oʻzingizga ham qarshi ishlatilishi mumkinligini yodda tuting.

👍40🔥7👏4👎2🤔1🤯1
Ha, onlayn platformalarning barcha foydalanuvchilari blogerlardir
Umuman, AOKA muammoli qonun loyihasi bo'yiicha e'tirozlar va savollarga o'z javobini beribdi.
AOKAning tushuntirishicha, ha, taklif qilinayotgan loyiha bo'yicha, ijtimoiy tarmoqlarning har qanday foydalanuvchisi bloger bo'ladi va har qanday shaxsiy yozishmalar "kontent tarqatish" deb qabul qilinadi. Lekin bunday yondashuv "blog", "bloger", "kontent" tushunchalarining buzib talqin qilinishidir. Blog" (inglizcha "web-log" - "internet-jurnal" so'zidan) - bu muallifning (blogerning) omma uchun ochiq qaydlari (masalan, qarang: Kembrij lug'ati, rus tilining katta lug'ati). "Kontent" deganda ham ommaga mo'ljallangan ma'lumot tushunilishi kerak. Ijtimoiy tarmoqlarda akkaunti bor har bir foydalanuvchini (bu akkaunt yopiq bo'lsa ham) "bloger" toifasiga kiritish, tarmoqlar orqali amalga oshirilayotgan har qanday shaxsiy yozishmalarni "kontent tarqatish" deb hisoblash nashidga layk bosishdan ko'ra xatarliroq oqibatlarga olib keladi va istalgan yoqmaydigan shaxsni shaxsiy fikri, foto yoki videosi uchun taqib qilish uchun qonuniy zamin yatarib beradi.
AOKA o'z javobida "kontent jamoat tartibi va xavfsizligiga tahdid solsagina noqonuniy hisoblanadi", demoqda. Lekin, birinchidan, loyihaga ko'ra, jismoniy yoki yuridik shaxs yolg'on axborotni o'chirish talabi bilan murojaat qilishi mumkin, influyenserlar va OAVlar esa "yolg'on" degan maxsus belgi qo'yishi kerak. Maqolada yozganimdek, "yolg'on axborot" tushunchasining loyihada berilgan ta'rifi g'ayriilmiydir va qaysidir davlat organi yoki amaldorga yoqmagan istalgan axborotni "yolg'on" deb e'lon qilish imkonini beradi. Qolaversa, loyihadagi mavhum ta'riflar AOKAga, masalan, davlat yashirmoqchi bo'lgan har qanday voqea-hodisa, falokat haqidagi ma'lumotlarni "jamoat tartibi va xavfsizligiga tahdid soladigan" (demak, noqonuniy) deb e'lon qilish imkonini beradi. AOKA o'z bayonotida keltirgan misol ham bu xavotirni qaysidir ma'noda tasdiqlaydi.
"Ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi yoki faktlarni buzib ko‘rsatishi mumkin, ammo u oddiy hazil yoki kinoya va hokazo bo‘lgani uchun shaxs, narsa, voqea, hodisa va jarayon haqida noto‘g‘ri taassurot qoldirmaydi", deyiladi AOKA bayonotida. Oldinroq ham yozganimdek, har qanday "taassurot" subyektiv bo'ladi, ya'ni ma'lumotni qabul qiluvchiga bog'liq - bu ilmiy isbotlangan. Shunday ekan, taassurotning "to'g'ri" yoki "noto'g'ri"si bo'lmaydi. (Umuman, "taassurot"ni "to'g'ri" yoki "noto'g'ri" deb tasniflash har qanday fikrni nazorat qilishga intiladigan totalitar jamiyatlarga xos xususiyatdir). Subyektiv tushunchalarni qonunchilikka olib kirish qonunni istagan tarafga burish imkonini yaratadi va har birimiz uchun xavfli oqibatlarga olib keladi.
Aslida, bu loyiha "Onlayn-platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida" deb nomlangan bo'lsa-da, foydalanuvchilarga qandaydir amaldagi qonunchilikda mavjud bo'lmagan huquqlar yoki himoya mexanizmlari bermaydi. Amaldagi qonunchilikda shundoq ham, masalan, ayrim blogerlar (taklif qilinayotgan loyiha bo'yicha - influyenserlar) yoqlab chiqayotgan jihatlar tartibga solingan. Tushunishimcha, bu loyiha kimgadir har qanday fikr ("kontent") ustidan total nazorat o'rnatish uchun kerak.

Ha, onlayn platformalarning barcha foydalanuvchilari blogerlardir. AOKA qonun loyihasi bo‘yicha e’tirozlarga munosabat bildirdi
AOKA onlayn platformalar to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha e’tirozlarga munosabat bildirdi. Ular onlayn platformalarning barcha foydalanuvchilari shundoq ham blogerlar hisoblanishini ta’kidlab, kontent 'faqat jamoat tartibi va xavfsizligiga tahdid solsagina'…
🤯9👍5
Dilshooda
Hukumat va xalq turli axborot makonida yashashni boshlagan.
Ha, buning boshlanganiga ancha bo'lgan. Masalan, "onlayn platformalar" to'g'risidagi qonun loyihasi - go'yoki "onlayn-platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish"ni va'da qilsa-da, aslida hukumat hatto shaxsiy muloqotlar va yopiq akkauntlardagi "partiya liniyasi"ga mos kelmaydigan fikrlarga toqatsiz bo'lib borayotganini ko'rsatmoqda. Va hukumat real muloqot, dialog o'rniga, tobora g'ashga tegib borayotgan PRni kuchaytirish bilan ovora.
"Chegara bilmas muxbirlar" tashkilotining 2025-yilgi matbuot erkinligi indeksida O'zbekiston 180 davlat orasida 148-o'rinni saqlab qoldi, biroq ball hisobida ko'rsatkichlar yomonlashdi (35,24; bir yil oldin - 37,27). Tashkilot ekspertlarining qayd etishicha:
- "kam sonli mustaqil jurnalistlar qatag'on sharoitida ishlashmoqda" - shunday kam sonli jurnalistlarning birining arizasi bilan bo'lib o'tgan sud natijalari, jurnalistlarni haqorat qilib, suvdan quruq chiqishning qonuniylashtirilishi "pul"ga (inglizcha "pool" so'zidan) kirmaydigan jurnalistlarga munosabatni ko'rsatdi.
- "hokimiyat yoppasiga blogerlarni sotib olmoqda" - qizig'i, "metodichka"ning manbasi bitta ekanligini yashirishga ham urinmay qo'yishdi.
Tashkilot Markaziy Osiyoda Rossiya propagandasining tobora kuchayishi ham vaziyatni yanada og'irlashtirganini qayd etgan. Bunday sharoitda agressor davlat bilan "axborot siyosati" sohasida hamkorlikning kuchaytirilishi to'g'risidagi xabarlar xavotirga solmay qo'ymaydi.
Umuman olganda, bu tendensiyalarni kutilmagan ham deyish qiyin, menimcha. Ikki yil oldingi konsertlarni eslang.

🔥11
Hilola Umarova
Maktabda o‘quvchilarga uch yil davomida xalqaro standartlar asosida ta’lim berilib, xorijdagi eng nufuzli “Top-10” universitetlarga kirishlari uchun imkoniyat yaratiladi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova umumiy oʻrta taʼlimni yanada tabaqalashtirish, "biz tanlagan elitaga - hamma narsa, qora xalqqa - hojatxonasi yoʻq maktablar" tamoyilini izchil amalga oshirish yoʻlidagi yana bir qadam haqida yozmoqda.
😢28🔥5👍2👎1
bakiroo
Мактабларнинг маош учун харажатларидан ҳам тежалганми? Тақдим этилган инфографикадан мактабларнинг маош учун харажатлари, эҳтимол, бу соҳада ҳам мақбуллаштириш юз бергани учун, тушириб қолдирилган (ҳеч қурса депутатларга маълумот учун берилгандир). Муҳокама…
Ta'lim vazirligiga MCHJlar va DUKlar nima uchun kerak?
Bakiroo Iqtisodiyot va moliya vazirligi taqdim etgan infografikada maktab o'qituvchilari oyligi bo'yicha ma'lumotlar aks etmaganiga e'tibor qaratmoqda va "maktablarning maosh uchun xarajatlaridan ham pul tejalganmi?" degan savol qo'ymoqda. Bu savolga, nazarimda, Bakiroo'ning o'zi ilgariroq taqdim qilgan tahlilda javob bor: "Ta’lim va tibbiyotda maoshlarning nisbiy kamayishi to‘xtagani yo‘q. Xususan, 1 aprel holatiga maktab o‘qituvchilarining o‘rtacha maoshi O‘zbekistonliklarning o‘rtacha maoshidan 32,5%ga ortda qolmoqda (o‘tgan yilning shu davrida ortda qolish 31,2% edi)". Ya'ni, ha, tibbiyot sohasi bilan bir qatorda o'qituvchilar oyligidan ham tejash davom etmoqda, degan xulosaga kelish mumkin.
Umuman, "ma'muriy islohotlar" deya taqdim etilgan "va-va-vazirliklar" tuzish va har xil agentliklar-u qo'mitalarni bu "matryoshka" vazirliklar ichiga yaxshirish boshlanganida "ijro etuvchi hokimiyat organlari shtat birliklari, shu jumladan rahbar lavozimlarini 30 foizgacha maqbullashtirish", "rahbarlarning aholi takliflari asosida faoliyatini yo‘lga qo‘yish va jamoatchilik oldida hisobdorligini kuchaytirish" kabi natijalar va'da qilingan edi. Lekin, masalan, o'sha "ma'muriy islohotlar" e'lon qilingan va Maktabgacha va maktab vazirligi tuzilgan 2022-yil oxiridan beri vazirlik shishishdan to'xtagani yo'q, hisobdorlikdan esa darak yo'q.
Maktabgacha va maktab vazirligining, uning markaziy apparati va vazirlik tarkibidagi hukumat "elita" deb ajratib olgan bolalarni alohida, "qora xalq"ning tushiga ham kirmaydigan sharoitlarda o'qitish uchun mo'ljallangan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassalari agentligining strukturasiga e'tibor bering. Maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari, nomi har safar "islohot" qilib o'zgartiriladigan Avloniy instituti boshchiligidagi malaka oshirish institutlari ("pedagogik mahorat markazlari"), nomi o'zgartirilgan Qori-Niyoziy nomidagi ilmiy tadqiqot instituti, Puchon va Gersen universitetlari filiallari, yaqinda vazirlik tasarrufiga o'tkazilgan oliy ta'lim muassasalaridan tashqari, bir qancha oromgohlar, markazlar, DUKlar va MCHJlar. Hali bu grafiklarda oxirgi paytlarda tashkil etilgan "Fan olimpiadalari markazi" kabi "matryoshka" tashkilotlar aks etmagan.
"Ma’lumotlari ochiqlanmaydigan MChJ va turli markazlar, ularning nevaralari, chevaralari kabi bolalab ketgan va ehtimolki, bolalashda davom etadi (har bir davlat korxonasi bu qaysidir chinovnik uchun yem oxuri)", deb yozgan edi Bakiroo. Qiziq-da, masalan, vazirlikka MCHJ shaklidagi bir emas, naq ikkita nashriyot nimaga kerak? Har yili paypoqday almashtiriladigan va o'quvchilar qo'liga vaqtida yetib bormaydigan "fin-Singapur-Somali" darsliklariga trillionlarni sovurish uchunmi? Hech qaysi normal davlatda ta'lim vazirligi darslik yaratish va ularni chop qilish bilan shug'ullanmasligini, vazirlik "xorij tajribasi" deb yopishib olgan o'sha Kembrijlar-u Finlyandiyalarda ham shundayligini vazirlik bilmaydi deysizmi?
Yoki "Axborot va pedagogika innovatsion markazi" deb nomlangan MCHJ nima ish bilan shug'ullanadi, shu paytgacha nima ish qildi? Nega soliq to'lovchilar bunday nima ish qilishi va qanday ijtimoiy ne'mat yaratishi noma'lum bo'lgan MCHJlarni saqlab turish uchun pul to'lashi kerak? Vazirlik tarkibidagi son-sanoqsiz DUKlar nima qiladi?
Umuman, kambag'algina, o'qituvchisi o'rtacha hisobda 300$ oylik olib-olmaydigan davlatga bunday "monstr" ta'lim vazirligining nima keragi bor? Bunday ulkan vazirlik bilan ta'lim sifatimiz gullab-yashnab ketdimi? "Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish"ni ixchamgina vazirlik bilan sifatli amalga oshirish mumkin-ku - o'sha vazirlik serqatnov bo'lib qolgan Finlyandiya, Singapur yoki Kembrijlarda shunday shekilli?

👍25
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova "elita" va "prezident farzandlari" deb ajratib olinadiganlar uchun oddiy maktablarni yanada sharoitdan qisish evaziga (byudjet rezina emas-ku axir) yaratiladigan sharoitlarni reklama qilmoqda.
Har qanday davlatda umumiy oʻrta taʼlimning vazifasi kimnidir "top" universitetlarga maqsadli tayyorlash emas, yurtning barcha farzandlariga oʻz iqtidorlarini namoyish qilishlari, kelajak uchun kerakli fundamental bilim va koʻnikmalarni egallashlari uchun teng sharoitlar yaratib berish ekanligini taʼlim sohasini boshqarayotganlar tushunib yetgandagina qandaydir oʻzgarishlardan umid qilsa boʻladi.

Telegram
Hilola Umarova
Davlatimiz rahbarining “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi mazmuni va yo’nalishlari qanday?
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatida ta’lim jarayonlari qanday tashkil etiladi?
Videoda ushbu savollarga mutaxassislarimiz batafsil javob bergan.…