Jalilov. Qaydlar
4K subscribers
1.44K photos
17 videos
22 files
2.26K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Konstitutsiyada va qonunlarda belgilab qoʻyilgan aybsizlik prezumpsiyasiga muvofiq, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs (qaysi jinoyatda ayblanayotganidan qatʼiy nazar) uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi yo‘li bilan isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanadi. Ayblanuvchiga o‘zini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar ta’minlanishi kerak. Shu jumladan, protsessual huquqlari buzilayotgani aytilayotgan Mubashshir Ahmadga ham oʻzini qonuniy himoya qilish imkoniyati toʻliq taʼminlanishi shart. Aks holda huquqiy davlat haqida bong urishdan maʼno yoʻq.
👍32🔥5
Xalq ta'lim Info iqtibosi

"Ta’lim – usti chiroyli, tagi esa gazak olib yotgan masaladir..."

Hamid Sodiq
Siyosatshunos


Batafsilhttps://youtu.be/FBozrrgJmLU

Telegram l Facebook l YouTube
👍19🔥5🤯3
Zafarbek Solijonov
У-бу дейсизлару, таълимдаги натижаларимиз анча мақтангулик бўлиб қолибди.

Масалан, Президент мактаблари битирувчилари шу пайтгача жами $5,687,425 доллар грант ютишибди.
Usti yaltiroq, ichi qatiroq yoxud shishirilgan pufaklar

Oxirgi ikki kun qiziq bir tendensiya kuzatilmoqda: Parijdagi OECD shtab kvartirasidan Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova X ijtimoiy tarmog'ida bergan bayonoti noto'g'ri ekanligini ko'rsatuvchi bir emas, ikki javob kelganidan beri ayrim telegram kanallarda (masalan, 1, 2, 3) qandaydir maqtash kampaniyasi boshlangandek. Bu postlar mualliflari bir muhim narsani yoki tushunmayapti, yoki tushunmaganlikka olyapti: bundan keyin vazir yoki uning matbuot xizmati berayotgan qaysi ma'lumotlarga ishonish kerak, qanday ishonish kerak? Ha, ba'zan sukut yaxshiroq.

Ayrim hollarda bunday postlar faktlar yoki bayonotlar bilan manipulyatsiya qilinayotgandek ham taassurot qoldiradi. Masalan, "PISA testida natijalarimiz yaxshilanadi — javob!" sarlavhali postdagi mana bu ma'lumotga e'tibor bering:

"U-bu deysizlaru, ta’limdagi natijalarimiz ancha maqtangulik bo‘lib qolibdi. Masalan, Prezident maktablari bitiruvchilari shu paytgacha jami $5,687,425 dollar grant yutishibdi. Hali bu 2025 yilning natijalari qo‘shilmagani. Hozircha bu yil hisobidan yana 24 ta bitiruvchi 100 foizlik grant olgani aniq".

Prezident maktablari bitiruvchilari yutgan grantlar va PISA tadqiqoti o'lchaydigan mamlakatdagi umumiy o'rta ta'lim sifati o'rtasida bog'liqlik bor, deyish juda qiyin. Mamlakatdagi 14ta Prezident maktabi va 10 mingdan oshiq umumta'lim maktabi o'rtasida yer bilan osmondek farq borligini bilmaslik mumkin emas. O'tgan safargi PISA tadqiqotlari ko'rsatib bergan muammolardan birontasi yechilgani yo'q. Ta'lim haligacha "usti chiroyli, tagi esa gazak olib yotgan" masala bo'lib qolmoqda. Umumiy manzara qo'rqinchli, biz esa pala-partish "islohotlar"-u hali u davlatdan, hali bu davlatdan koʻr-koʻrona "oʻrganib" joriy qilinayotgan "tajribalar" bilan bandmiz. Va PISAga o'xshagan xalqaro tadqiqotlar bergan tavsiyalarning teskarisini qilishda davom etyapmiz.

Shu o'rinda, nazarimda, bir muhim narsaga e'tibor qaratish kerak. "Falon million dollar grant yutdi" degani - O'zbekistonga shuncha pul kirib keldi yoki kimdir o'quvchiga (uning oilasiga) shuncha pul berdi, degani emas. Universitetlar reytinglarini tuzishda muhim mezonlardan biri - bu universitetlarning xorijlik talabalar uchun jozibadorligi, universitetda tahsil olayotgan chet elliklar ulushi. Shuning uchun ham ko'p universitetlar xorijlik talabalarni ko'proq jalb qilish uchun ularga grantlar ajtatadi. Bu grantlar o'qish uchun to'lovdan (tuition fee) chegirma shaklida taqdim qilinadi va ayrim hollarda, yashash xarajatlarini qisman qoplash uchun stipendiyani ham o'z ichiga olishi mumkin.

Yana bir narsa. Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi bot-bot "o'quvchimiz falon ming grant yutdi" degan xabarlar bilan maqtanishni yaxshi ko'radi. Ha, bir o'quvchiga har xil universitetlardan o'qish uchun takliflar kelishi, bu universitetlar har xil chegirmalar taklif qilishi mumkin. Lekin o'quvchi universitetlardan bittasini tanlay oladi (bir paytning o'zida o'nlab universitetlarda o'qiy olmaydi-ku). Ya'ni, bu grantlarning (chegirmalarning) faqat bittasidan foydalana oladi, xolos. Demakki, "o'quvchi(lar)imiz falon ming (million) grant yutdi" degan xabarlar - mohiyatan shishirilgan pufak, xolos.

Va eng muhimi, bunday maqtov postlar bitta eng asosiy faktni o'zgartira olmaydi: vazir ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoatchilikka noto'g'ri ma'lumot berdi.
👏35👍23🔥9👎1
Kichik soʻrovcha natijalari. Sizningcha, maktab taʼlimida nimani oʻzgartirish kerak?
👍16🔥11👏3
Bu safargi PISA tadqiqotlari ajib bir tomosha boʻlyapti shekilli.
🤯11🔥7👍1
Forwarded from Farengeyt Press
“Farzandim telefonidan bosh ko'tarmaydi, haqiqiy hayotdan uzilib, qandaydir begona hayotda yashayotgandek. Doim behalovat, besabr, jizzaki, sababini bilolmay boshimiz qotgan."

Shu holat sizga ham tanishmi? Biz bilgan, ko'chalarni changitib, o'rtoqlaring bilan o'ynab ulg‘ayish, baxtiyor bolalik endi sarobmi? Nega o‘smirlar beqanoat, nimadandir mudom norozi?

Farengeyt Press nashriyoti taniqli psixolog Jonatan Haidtning “Behalovat avlod” bestsellerini o‘zbek tiliga o‘girish uchun tarjima huquqini olish jarayonida. Qator mashhur insonlar tavsiya etayotgan mazkur kitob smartfonlar, ijtimoiy tarmoqlar va yoshlardagi ruhiy salomatlik inqirozi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish bo‘yicha ancha batafsil tadqiqotdir. “Behalovat avlod” o‘zbekzabon ota-onalar, pedagoglar va, ayniqsa, o‘smirlar ta’limi va salomatligiga mas’ul davlat va nodavlat tashkilotlarning mavzuga e‘tibori va jiddiy muhokamasiga, yechimlarni birgalikda izlashimizga turtki berishiga ishonamiz.

#jonatan_haidt #anxious_generation #behalovat_avlod #tarjima_huquqi

⬇️ Bizni ijtimoiy tarmoq sahifalarimizda kuzating va ushbu postni do'stlaringiz bilan ulashing!

Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥7
PISAning Oʻzbekiston boʻyicha milliy koordinatori, ayni paytda Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti rektori Abduvali Ismoilovdan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan shunga oʻxshash iddaolar yuzasidan izoh kutib qolamiz.

Abduvali aka, oldingi PISA tadqiqotlarida bunday gaplar yoʻq edi shekilli? (Har qalay men eslay olmadim). Nega bu safargi tadqiqotlar atrofida har xil gaplar yuribdi?
😱8🔥7🤔3👍2👎1
60% o'qituvchi bilimsizmi?

"Xalq ta'limi info" nashrining Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi matbuot xizmati o'tkazgan brifingga tayanib yozishicha, aprel - may oylarida pedagog kadrlar attestatsiyasida qatnashgan 177 mingdan oshiq o'qituvchilarning qariy 60%i attestatsiyadan o'ta olmagan. Bu - juda katta katta raqam. Bundan oldin davlat rahbarligidagi selektorda ham "o'qituvchilar bilimsiz" degan mujda berilgan edi. Bundan qanday xulosalar chiqarish mumkin? Respublika bo'ylab o'qituvchining aksariyati bilimsiz ekan, degan xulosani chiqara olamizmi?

Bunday xulosani chiqarishimiz mumkin bo'lardi, agar pedagog kadrlar attestatsiyasida ishlatilgan testlarning validligi ta'minlangan bo'lsa, buning uchun esa:

- attestatsiya jarayonida o'qituvchining qaysi bilim va ko'nikmalari sinovdan o'tkazilishini aniq belgilaydigan spetsifikatsiyalar bo'lsa hamda testlarni tuzish va o'tkazish jarayonida ularga qat'iy rioya qilingan bo'lsa;

- test topshiriqlari aprobatsiyan o'tkazilgan, har bir test topshirig'ining sifati (qiyinlik darajasi, diskriminatsiya indeksi va boshqa parametrlari) hamda har bir test variantining sifati bo'yicha ko'rsatkichlar (standart xato, standart og'ish, Kronbax alfa singari) testologiyada qabul qilingan standartlarga mosligiga ishonch hosil qilingan bo'lsa;

- test jarayonini o'tkazish bo'yicha qat'iy, testning validligiga xavf soluvchi omillarni bartaraf qiladigan protokollar ishlab chiqilgan bo'lsa va test jarayonining barcha ishtirokchilari bu protokollarga qat'iy amal qilgan bo'lsa;

- test natijalarida fanlar, hududlar, test topshirish kunlari, maktablarning turlari va boshqa ko'rsatkichlar bo'yicha nostandart og'ishlar aniqlanmagan bo'lsa;

- test natijalari xom ball asosida emas, ilmiy asoslangan metodika asosida yagona, solishtirish mumkin bo'lgan shkalaga o'girilgan holda e'lon qilingan bo'lsa;

- o'tish ballari testologiyada qabul qilingan ilmiy metodikalar asosida ("osmondan" emas) belgilangan bo'lsa.

Vazirlik butun respublikaga "60% o'qituvchilar bilimsiz" deb e'lon qilishdan oldin, yuqorida sanalgan qadamlarni bajardimi? Bularni bajarganligini tasdiqlaydigan dalillar taqdim qila oladimi? Agar yo'q bo'lsa, shuncha o'qituvchini "bilimsiz" deb e'lon qilish - o'qituvchilarga nisbatan haqoratdir va sudda vazirlik yetkazgan ma'naviy zarar masalasi ham ko'tarilishi kerak, deb o'ylayman.
👍20😢12🔥5👎1🤔1
Vazirlik oʻtkazgan brifingda maʼlum qilinishicha,

attestatsiyada foydalanilgan sinov materiallari soha mutaxassislari, olimlar, amaliyotchi pedagoglar ishtirokida xalqaro testologiya me’yorlari asosida ishlab chiqilgan.


Endi ... bilasizmi, masalan, men Marsga uchib qaytib kelganman, deb iddao qilishim mumkin. Dalil qani? Vazirlik yuqoridagi postda koʻtarilgan savollarga javob beradigan hujjat eʼlon qila oladimi? Attestatsiyada ishlatilgan test topshiriqlari va test variantlarining sifatini koʻrsatuvchi statistik parameterlarni ochiqlay oladimi? Aslida, bular maxfiy maʼlumotlar emas, muhim qarorlar qabul qilish uchun asos boʻladigan testlarni yaratish va oʻtkazish bilan shugʻullanuvchi har qanday tashkilot shundoq ham, biz talab qilmasdan (by default) eʼlon qilishi shart boʻlgan maʼlumotlardir.

Agar eʼlon qila olmasa - "xalqaro testologiya mezonlari" degan choʻpchakni yigʻishtirish kerak.
👍24😢4
👍29🔥10👏3
"Bizkim, eksperti olam..."?

Iye, qiziq-ku? Ekspert, masalan, oqni qora desa, u qora boʻlib qoladimi?

Test topshirigʻi notoʻgʻri tuzilgan va bu test topshirigʻi tushgan ingliz tili oʻqituvchilari natijalari qayta hisoblanishi shart. Umuman, ekspertlar notoʻgʻriligi koʻrinib turgan test topshirigʻini toʻgʻri deb turib olishi va vazirlik rasmiysining "ekspertlarimiz toʻgʻri dedimi - demak, toʻgʻri" qabilidagi javobi ham attestatsiya natijalarining validligiga shubhalarni battar kuchaytiradi.
👍27🤬11
Vazirlik rasmiysiga maslahat

Shu oʻrinda vazirlik rasmiysi Sardor Rahimboyevga bir maslahat bermoqchiman.

Testologiyada test topshirigʻining sifatini tahlil qilishda bir qancha parameterlarga eʼtibor beriladi. Shulardan biri - distraktorlar (muqobil javob variantlari) statistikasi tahlili.

Agar yuqori guruh (testda yuqori natija qayd etgan test topshiruvchilarning 27%i) kalitni (yaʼni tizimga toʻgʻri javob sifatida kiritilgan javobni) emas, boshqa javobni tanlagan boʻlsa, tizimga kiritilgan kalit xato boʻlishi mumkin.

Agar yuqori guruhda bir nechta distraktorlarni tanlaganlar ulushi bir-biriga yaqin boʻlsa, test topshirigʻi munozarali (masalan, toʻgʻri javob yoʻq) boʻlishi mumkin.

Attestatsiyada ishlatilgan test topshiriqlarini shunday tahlil qilib koʻrganmisizlar? Baʼzan bunday tahlil oqni qora deydigan ekspertlardan koʻra koʻproq maʼlumot beradi.
🔥29👍17👏3
Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
Maktab bitiruvchilariga shahodatnoma va xorijiy oliygohlarga kirish imkonini beruvchi xalqaro ta’lim dasturi diplomi beriladi. Qolaversa, ularning xorijda o‘qishi uchun kvotalar ajratiladi.
Umumiy oʻrta taʼlimni tabaqalashtirish, hokimiyat "iqtidorli" deb topganlarga - hamma sharoitlar, "iqtidorsiz" deb hisoblaganlarga - hech narsa, tamoyilini izchil roʻyobga chiqarish davom etadi.

Qiziq, bunday yondashuvning sababi nima boʻlishi mumkin? "Sadoqatli intelektual elita"ni tarbiyalash istagimi, oson, lekin samarasiz yechimlar bilan "islohot" illyuzisiyasini yaratishga urinishmi yoki taʼlim tizimini boshqarayotganlarda umumiy oʻrta taʼlimning maqsad va vazifalari haqida shunchaki bazaviy tasavvur yoʻqligi?
👍20😢6
Suverenitetga tahdid. Bizning rasmiylarimiz nimadir deydimi?

Rossiya prezidenti va ayni paytda Haagadagi Xalqaro jinoiy sud gumonlanuvchisi Vladimir Putinning yordamchisi Anton Kobyakovga koʻra, "SSSR de-yure mavjud" va Rossiyaning suveren Ukrainaga bosqini "ichki jarayon" sifatida baholanishi lozim.

Agar "Kobyakov Ukraina haqida gapirgan, Oʻzbekistonga aloqasi yoʻq", deb oʻylasangiz, adashasiz. Rossiyaning yuqori lavozimli rasmiysi tilidan xalqaro yuridik forumda yangragan bu bayonot, mohiyatan bir paytlar SSSR tarkibida boʻlgan barcha respublikalar, jumladan, Oʻzbekiston suverenitetini inkor qiladi va "SSSR tarkibida boʻlgan har qanday davlat - bizning hudud va biz istaganiga hujum qilishga haqqimiz bor" degan mujda beradi.

Rasmiylarimiz Oʻzbekiston suverenitetini ochiqdan-ochiq inkor qiladigan bu bayonotga biron-bir javob berishadimi? Yoki imperiyani qon bilan boʻlsa-da, qayta tiklash kayfiyatida yurganlar bilan osh-qatiq boʻlish, imperiyachi propagandasining bir qismi boʻlgan harbiy paradlarida qatnashish va ertaga oʻzimizga qarshi shantaj vositasi sifatida ishlatilishi mumkin boʻlgan AES qurilishini ishonib topshirishda davom etaveramizmi?
🔥21😱11👍4🤬3👏1
Forwarded from Ikboljon Sobirov
Agar sizga eshik ochib berilsa, lekin oʻrindiqqa oʻz ilm va qobiliyatingiz bilan yetib borsangiz — bu networking.

Ammo na ilmingiz, na qobiliyatingiz ahamiyatga ega boʻlib, eshikni ham ochib, oʻrindiqqa oʻtirgizib qoʻyishsa — bu tanish-bilishchilik.
👍31🔥10
Tanish-bilishchilik (ilmiyroq til bilan aytganda, nepotizm) oʻz yoʻliga, lekin yurtimizda madaniyat, taʼlim, siyosat, bolalar kontenti singari turli sohalarni uddalay oladigan serqirra talantlar ham yoʻq emas. Shunday talantlar koʻpayaversin serquyosh oʻlkamizda.
👍17😢3😱1
Abdurahmon Tashanov toʻgʻri aytyaptilar: agar "boʻldi, spektakl tugadi" boʻlsa - buni ochiq aytish kerak, shundan keyin har qanday cheklovchi, taqiqlovchi, "temir toʻsiq" oʻrnatuvchi qonunlar loyihalari olib chiqilsa va tasdiqlab beruvchilar tasdiqlab bersa ham - indamaylik yoki boshqa choramizni koʻraylik.

Jurnalist Ilyos Safarov va studiyadagi suhbatdoshlari juda muhim, tasdiqlansa ertaga har birimizning hayotimizga daxl qiladigan, AOKAga total "raqamli 1984" oʻrnatish huquqini beradigan qonun loyihasini muhokama qilgan. Qonun loyihasi muhokamasi uchun belgilangan vaqt kam qoldi va har birimiz oʻz pozitsiyamizni bildirishimiz kerak.

Va qonun loyihasini yoqlab chiqayotgan ayrim blogerlarga: agar siz "yoʻq, bu qonun menga daxl qilmaydi, men kooptatsiya yoʻlini tanlaganman" deb oʻylasangiz - adashasiz. Qoʻshimcha vositalar odatda ishlatib boʻlingandan keyin tashlab yuboriladi.
👍26🔥3
Ilyos Safarov
Unda sudya Nilufar Usmonova bloger Mirsaid Haydarovga qarshi Uzdiplomat.uz ta'sischisi tomonidan kiritilgan davo arizasini qanoatlantirmay, javobgar “so‘z erkinligi”dan foydalangan degan xulosa bergan edi.
Qiziq, demak, kimnidir ijtimoiy tarmoqlar orqali "j...b" degan soʻzlar bilan haqorat qilib, keyin "men soʻz erkinligidan foydalandim" deb iddao qilsa boʻladimi?

Yoki "soʻz erkinligi" degan imtiyozdan foydalanish uchun qandaydir alohida toifaga mansub boʻlish kerakmi?
😱9👍6🔥3