Jalilov. Qaydlar
4K subscribers
1.44K photos
17 videos
22 files
2.26K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga Oʻzbekiston Konstitutsiyasini buzish huquqi berilganmi?

Ayollar va bolalarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurashuvchi Не молчи.уз loyihasi Facebook tarmogʻidagi postdan:

"Недавно в нашей школе была проверка. Пришли люди из минобразования и из органов. Они сказали, что будут смотреть наши телефоны. Нас даже не спросили — просто сказали открыть телефоны и показать, что там есть. Я совершеннолетняя. Я взрослый человек, и мой телефон — это моя личная жизнь. ... Я считаю подобную проверку очень унизительной..."

Ilgariroq Toshkentdagi maktablarda oʻquvchilarning mobil telefonlari ommaviy tekshirilayotgani haqida xabar berilgan, Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi bunday tekshiruvlar har hafta oʻtkazilishini tasdiqlagan edi.

"Ushbu tadbirlar doirasida maktab Ota-onalar kuzatuv Kengashi vakili, ichki ishlar xodimi, o'qituvchi guvohligida o'quvchilarning yot g'oya va salbiy ta'sirlardan himoya qilish maqsadida ularning mobil aloqa vositasini tekshirish ham ko'zda tutilganligini bildiramiz", degan edi boshqarma tarqatgan rasmiy xabarda.

Maktablarda oʻquvchilarning telefonlari tekshirilayotgani haqida xatto rasmiy nashr boʻlgan "Yangi Oʻzbekiston" ham yozgan edi. Qizigʻi, nashr bunday amaliyotning qay darajada qonuniyligi masalasini koʻtarmagan.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga koʻra, har bir shaxs shaxsiy hayot daxlsizligi huquqiga ega. Har kim yozishmalari, telefon orqali so‘zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega.

Yaʼni, oʻquvchilarning shaxsiy telefonlari hech qanday sud qarorisiz begona shaxslar tomonidan ommaviy ravishda tekshirilishi - Konstitutsiyada belgilangan shaxsiy hayot daxlsizligi huquqining buzilishidir. Yuridik.uz nashri ham bir necha yil oldin xuddi shunday xulosani bergan edi.

Hech qanday "yaxshi niyat" ("oʻquvchilarni yot gʻoyalardan saqlash" va hokazo) mamlakat qonunlari, xususan, asosiy qonuni buzilishini oqlay olmaydi. "Oʻquvchilarni yot gʻoyalardan asrash" maqsad boʻlsa (oʻzi "yot gʻoyalar" deganda nima nazarda tutilmoqda?), maktab psixologi har bir oʻquvchi bilan alohida ishlashi kerak, ota-ona va sinf rahbari bilan hamkorlikda. Birovning telefonini ommaviy titkilash - yechim emas. Bu nafaqat noqonuniy amaliyot, balki oʻquvchilarning qadr-qimmatini kamsitadigan, ularga psixologik travma beradigan jarayon.
🔥12👍8
Hamma teng, kimlardir yanada tengroq?

Jurnalist Ibrat Safo yozmoqda:

Sirdaryoda bitiruv kechasini o‘tkazayotgan o‘smirlarga ov uyushtirilyapti ekan. To‘g‘risi, chetdan qaraganda bu qandaydir satirik filmga o‘xshaydi. Ayg‘oqchi xodimlar mashinalarini sekinlatib, kafema-kafe yurib o‘quvchilarni video va suratlarga olib uzatayotganda yonida bo‘lgim keldi. Bir o‘qituvchining menga yozgani:
“Bugun maktab tadbirimizga IIV, Milliy gvardiya, FVV xodimi, YPX kabi xodimlar kelib, bitiruv tadbirini tugat deb turib oldi. Bir soatdan oshmasin ekan. Vals, chet el qo‘shiqlari mumkinmas. Zo‘rg‘a valsga ko‘ndirdik ularni.”

Tortinchoq (va bekorchi?) IIV, MG, FVV, YPX xodimlarini vals tushishga ko‘ndirishibdimi deb aniqlashtirsam, afsuski yo‘q - shunchaki ruxsat berishga ko‘ndirishibdi. Tasavvur qildim o‘quvchilar qaltirab-qaltirab pogonli akalar oldida vals tushayotganini. O‘qituvchi davom etadi:

“Shaharda maktab bitiruvchilarni ushlab reyd qilmoqda. Mana shunday kafelar oldiga atayin turib, mashina ichidan o‘quvchilarni rasmga tushiryapti. Kafelar ichiga kirib o‘quvchilar o‘ynaganini videoga olib chiqib ketgan. Qaysi maktabdanligini surishtirib erta-indin chora ko‘rarkan.”

O‘zbekiston haliyam shaxsiyat inqirozidan chiqa olmayapti - men kimman o‘zi, degan savolni psixolog divanida yotib so‘ramagan. Dunyoviymanmi, diniy? Diniy bo‘lsam, nega diniy olimlarni qamayapman va soqollarni qirdiryapman, dunyoviy bo‘lsam - nega o‘quvchilar valsiga qarshiman? Bu ruhiy mavhumlikda o‘sgan o‘smirlar ruhiyatini-ku, gapirmasa ham bo‘ladi.


Ilgariroq "Xalq ta'limi info" nashri Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi so'nggi qo'ng'iroq bo'yicha maktablarga yuborgan maxfiy (!) hujjatida tadbirlar ertalab o'tkazilib, bir soat davom etishi kerakligi haqida ko'rsatma berganini yozgan edi. Nashrning yozishicha, ko'rsatmada, shuningdek, "Bitiruv oqshomlari"ni o'tkazmaslik bo'yicha qat'iy ogohlantirish berilgan.

Vazirlik umumta'lim maktablarini "Bitiruv oqshomlari" o'tkazmaslik to'g'risida ogohlantirayotgan, kuch ishlatar tuzilmalar esa xursandchilik qilmoqchi bo'lgan maktab bitiruvchilarini "ovlayotgan" bir paytda, xabarlarga qaraganda, vazir Hilola Umarova boshqargan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli maktablarda "Bitiruv oqshomlari" kechki payt katta dabdaba bilan, estrada yulduzlari ishtirokida nishonlanmoqda. Ixtisoslashtirilgan maktablarda olingani aytilayotgan videolarda katta ekranda "Prom night-2025" ("Bitiruv kechasi-2025") yozuvini hamda agentlik logotipini ko'rish mumkin. Oldingi yillarda ham agentlik maktablari "Bitiruv kechalari" umumta'lim maktablariga izn berilmaydigan dabdaba bilan nishonlangan edi.

P.S. Albatta, muammo hayotidagi quvonchli kunni katta tantana bilan nishonlayotgan ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilarida emas. Muammo, nazarimda, bunday huquqni hamma bitiruvchilarga ham ravo ko'rmaydigan va aftidan, o'quvchilarni "elita" va "oddiy"ga bo'lishni norma deb biladigan vazirlik rahbariyatida. Katta hayotga qadamini bunday tengsizlik bilan boshlagan yuz minglab bitiruvchilarning "Yangi O'zbekiston"ga munosabati qanday bo'ladi deb o'ylaysiz?
👍45🔥19🤬17🤯6😢6👎2
Nuriddin Uktamov |Nuriddin O'ktamov
Назаримда ХТВ икки тоифадаги мактабларга айри кайфиятда қараб, Зумрад ва Қиммат авлодларни етиштириб қўяётганини кўриб-билиб турганларига ишонаман.
Har xil sharoitlar yaratib berilgan Zumradlar va Qimmatlar ertaga bir jamiyat boʻlishini, yagona maqsad yoʻlida birlashishini kutish - yo soddalik, yoki ahmoqlikdir

Pedagog Nuriddin Oʻktamov Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining "elita" va "oddiy" maktablarga munosabatini mashhur ertakdagi Zumrad va Qimmatga boʻlgan munosabatga oʻxshatibdi.

Oʻylab qarasangiz, oʻxshatishga jon bordek. Ertakda oʻz farzandi bilan yangi xonadonga kelgan ayol shu xonadonning farzandini yoqtirmaydi, ikkalasiga ikki xil munosabatda boʻladi. Yangi vazirlikka oʻz "farzandlari" (agentlik maktablari) bilan kelgan vazir va uning atrofidagilarda (eʼtibor bering: vazirlikdagi asosiy lavozimlarga agentlikdan kelganlar tayinlangan) "oʻzlariniki boʻlmagan" ("oltin fond"ga kirmaydigan, "oddiy" oʻquvchilar oʻqiydigan) maktablarga munosabati oʻzgacha. Bu munosabat nafaqat har yili 25-mayda bilinadi: "elita" maktablariga imtiyozlar, sharoitlar, hatto oddiy maktablarga ravo koʻrilmagan laborantlar - bular hammasi "Zumrad va Qimmat" munosabatining inʼikosi, nazarimda.

Lekin vazirlik bir narsani tushunyaptimi, yoʻqmi, bilmayman. Har xil munosabat koʻrgan bu "Zumrad" va "Qimmat"lar ertaga birlashib bir jamiyat boʻla olmaydi. Chunki ular orasida sovuqlik, nainki sovuqlik, balki nafrat, jarlik boʻladi. Oʻz yurtida, Konstitutsiyasi "hamma teng" deb turgan bir paytda bolaligidan tengsizlik koʻrganlardan ertaga "vatanga muhabbat" degan narsalarni kuta olasizmi?

UPD. Ha, Zumradlar va Qimmatlarni birlashtirib turadigan hech narsa boʻlmaydi. Eslab koʻring, ertakdagi Qimmat va uning onasini ilonmi, ajdarmi yutganda Zumrad zarracha achinmaydi.
🔥45👍11👎6😱3👏2
BASTION
Таълим раҳбарлари ҳақиқий ислоҳотлар ўрнига, давлат раҳбари олдида ҳисоб бериш, "очко тўплаш" ҳаракатида юрибди, деб тушунишга асослар етарли.
Bir necha ming kuzatuvchiga ega "Bastion" telegram kanalida eʼlon qilingan murojaatga koʻra, oʻqituvchilarning dam olishga boʻlgan huquqlari buzilayotgan boʻlishi mumkin. Ilgariroq "Xalq taʼlimi info" kanali ham "Dolzarb 90 kunlik" doirasida ta'lim muassasalarida turli xil o'quv kurslari, to'garaklar tashkil etilib, barcha o'quvchilar ta'lim jarayoniga to'liq qamrab olinishi va bu tadbirlar kelgusi oʻquv yiliga boshlanishigacha (sentyabrgacha) davom etishi reja qilinayotgani haqida yozgan edi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari pedagoglari uzaytirilgan - 56 kunlik mehnat taʼtili olish huquqiga ega. Mehnat Kodeksiga koʻra, barcha xodimlar, shu jumladan, oʻrindoshlar ham har yilgi mehnat taʼtiliga chiqish huquqiga ega (216-modda). Xodimni yillik mehnat taʼtilidan chaqirib olishga faqat xodimning yozma roziligi bilangina yoʻl qoʻyiladi (232-modda).
👍30
"Fon bilan yozamiz"

- Bugun vazir nutqi bor ekan, shunga zalni to'ldirib turish uchun fon kerak.
- Fonni qayerdan olamiz?
- Doktorantlarimiz, ilmiy tadqiqotchilarmiz bor-ku!
- Ularning vazifasi ilmiy tadqiqot qilish emasmi?
- Oldin fon bo'lib bersin, tadqiqoti qochib ketmaydi.

(Suhbat badiiy to'qima mahsuli bo'lib, barcha o'xshashliklar tasodifiydir)
👍28🤯17👏7🔥2😢1
Gazeta.uz jurnalisti Shuhrat Latipov (qarang: 1, 2) va tahlilchi Azamat Shomuzaffarov (qarang: 3) AOKA tomonidan ishlab chiqilgan "Onlayn-platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi bog'liq jiddiy muammolar - o'ta mavhum ta'riflar, AOKA vakolatlarining haddan tashqari kengayishi, senzuraning kuchayishi haqida yozishdi. Ilgariroq jurnalist Ilyos Safarov ham suhbatdoshlari bilan "Vatandosh" ko'rsatuvida AOKAga total "raqamli 1984" oʻrnatish huquqini beradigan qonun loyihasini muhokama qilgan edi.

Eldar Asanov yozmoqda: "Bundan buyog‘i butun dunyoda dezinformatsiyaga qarshi kurash, internetni tartibga solish kuchayib boraveradi va buni kimlardir so‘z erkinligini cheklash deb baholayveradi". Lekin mavhum, istalgan vaziyatda vakolatli organ yoki amaldor foydasiga talqin qilish mumkin bo'lgan, yoqmaydign har qanday postni o'chirishni talab qilish va hatto shaxsiy yozishmalargacha kirib borish imkonini beradigan normalar bilan dezinformatsiyaga qarshi kurashilmaydi. Loyihani qo'llab quvvatlayotgan blogerlar bir narsani hisobga olishmayapti: o'zingiz yoqlab bergan "oybolta" istalgan payt o'zingizga ham qarshi ishga solinmasligiga kafolat yo'q.
👍29🔥5
Oʻzbekiston qonunlari ajoyib, sud tizimi undan-da ajoyib. Masalan, haqorat bor, lekin ... haqorat yoʻq.

"Ekspert 7 ta postning barchasida haqorat, obro‘sizlantirish, ishchanlik obro‘siga putur yetkazish borligini asoslab berdi. Xususan, jurnoja*ab so‘zi haqorat, deb topilgan. Hamma postlar bir-biriga bog‘liq va ular Anora Sodiqovaga qaratilgan, degan xulosa chiqarilgan. .... Biroq sudya lingvistik ekspertiza xulosasini nomaqbul dalil, deb topgan".
"Siz iflos vijdon bilan gʻolibsiz, men toza vijdon bilan magʻlubman" degan edi Abdulla Qodiriy oʻz qahramonlaridan biri tilidan. Lekin bu ishda magʻlub Anora Sodiqova emas, magʻlub - Oʻzbekistonning tobora boʻgʻilib borayotgan jurnalistikasi va Anora Sodiqova mardlarcha himoya qilishga harakat qilib kelayotgan millat manfaatlari.

Oʻzbekiston huquq tizimida pretsedent: endi sud, kerak boʻlsa, "bu - qora, lekin ... qora emas" deb hukm chiqarishi mumkin. Endi istalgan erkin soʻz aytayotgan jurnalistni yoki faolni haqorat qilib, suvdan quruq chiqish mumkin.

Yangi Oʻzbekiston va Uchinchi Renessansga xush kelibsiz!

#JeSuisAnoraSodiqova
🤬18👍16👎6😱4🤯2
Konstitutsiya va qonunlarda belgilanmagan institutlarga va shaxslarga davlar boshqaruvi bo'yicha vakolatlar berish ijtimoiy kontraktni bir tomonlama buzish bo'lib, davlatga nisbatan ishonchni va oxir-oqibat legitimlikni yo'qqa chiqaradi.
👍12😢4🔥1
Dilshooda
Endi yana o'sha savollarga qaytsak, qaysi nuqtada xato qilyapmiz? Nima qilishimiz kerak? Va qachon bu to'g'rilanadi?
Qaysi nuqtada - aniqrogʻi, nuqtalarda - xato qilayotganimizni tushunish uchun, nazarimda, velosipedni qayta ixtiro qilish shart emas. Rivojlangan va (deyarli) har bir Oʻzbekistonlik koʻchib ketishni, farzandlari yashashini orzu qiladigan davlatlar allaqachon bu savollarga javob berishgan:

- Hokimiyatning almashinuvi. Bu almashinuvning sababi faqat biologik jarayonlar boʻlishi kerak emas. Asosiy qonunda belgilangan vakolat muddatining tugashi, xalq erkin fikr bildiradigan va real tanlash imkoniyatiga ega saylovlar vositasidagi almashish.

- Hokimiyatning uch boʻgʻini bir-biridan mustaqil ishlashi, bir-birini nazorat qila olishi va tiya olishi. Parlament va sud ijro hokimiyatining qosh-qovogʻiga, har bitta aytgan gapiga qarab qolmasligi, xalq bergan mandat va qonunlar asosida ish yuritishi.

- Meritokratiya. Davlat lavozimlariga tayinlashda kimning oʻgʻli-qizi, doʻsti-dugonasi, jiyani boʻlish yoki sadoqatiga emas, lavozim vazifalarini bajarish uchun kerakli bilim, kompetensiyalar va tajribaning bor-yoʻqligiga qaralishi.

Mana shu yuqorida aytilgan narsalar boʻlsa, siz aytgan - qonun va qarorlarning imi-jimida qabul qilinmasligi ham, hamma uchun sifatli taʼlim va tibbiyot uchun imkoniyatlar ham, sifatli infratuzilma ham va boshqa koʻplab narsalar ham boʻlaveradi. Yuqoridagi uch narsa boʻlmasa - har safar qisqa muddatli eyforiya davridan keyin "birinchi maʼmuriyat" davriga qaytaveramiz. Va har safar "2017-yilimni (yoki boshqa, eyforiya boshlangan istalgan raqam) qaytaring" deb oʻtiraveramiz. Agar shunday deyishga ruxsat berishsa, albatta.
👍19🔥2🤯2
"Bizdagi maktab ta’limidagi eng katta kamchilik — yodlashga qaratilgan bilim berish usuli. Afsuski, bu narsa universitetda ham saqlanib qoladi. Masalan, oraliq nazoratda bir oy avval o‘tilgan narsa so‘raladi. Yoddan javob berish birinchidan quyi ko‘nikma, ikkinchidan, odam faqat yodlash bilan shug‘ullanishi fikrlash ko‘nikmasini cheklaydi. Oqibatda shpargarkalar, ko‘chirmakashliklar paydo bo‘ladi. Afsuski, talabalar ham miyasini qotirib tahliliy narsa yozib bergandan ko‘ra bir yarim soat o‘tirib, u yoqdan, bu yoqdan ko‘chirib berishni ma’qul ko‘radi. Bu narsani hech bo‘lmaganda universitetda yo‘qotishga harakat qilishi kerak. Biz ona tili darsliklariga kommunikativ yondashuvni kiritganimizdan maqsad ham fikrlashga turtki bo‘lish edi".

Filologiya fanlari nomzodi Iroda Azimova

Juda qiziq suhbat boʻlibdi. Tavsiya qilaman. Iroda Azimova oʻz hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda foydali tavsiyalar berganlar.

Biz Iroda Azimova bilan, adashmasam, Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tashkil qilinayotgan paytda tanishganmiz. Har ikkalamiz ham universitetni tashkil qilish boʻyicha komissiya raisi, oʻsha paytdagi Bosh vazir (hozirgi davlat rahbari) suhbatiga kafedra mudirlari lavozimiga nomzodlar sifatida kirib, tasdiqlanganmiz va bizga til, adabiyot oʻqitish metodikasini tubdan yangilash vazifasi qoʻyilgan edi. Keyinchalik Respublika taʼlim markazida Milliy oʻquv dasturi va bu dasturlar asosidagi darsliklar yaratishda birga ishladik. Garchi har xil fanlar yuzasidan dasturlar va darsliklar ustida ishlagan boʻlsak-da, oʻylayman, taʼlimdagi muammolar va ularni qanday hal qilish mumkinligi borasidasi fikrlarimizda mushtarak oʻrinlar koʻp. Umuman, Iroda Azimovadagi men juda hurmat qiladigan ikki jihat - prinsipiallik va muammoning ildizini koʻra olish. Aynan shu jihatlar, nazarimda, qarshiliklarga qaramasdan, oʻrta taʼlimda ona tilini oʻqitishga, oliy taʼlimda esa boʻlajak oʻqituvchilarni tayyorlashga yangi yondashuvlarni olib kirishlariga yordam berdi.

Xullas, suhbatni oʻqishni yoki videosini koʻrishni tavsiya qilaman.
👍17👏1
Umuman, oxirgi paytlar bir narsani koʻp oʻylayman.

Oʻzimning yoshligim oʻzimda boʻlsaydi, AQSHdan qaytib kelmaslik harakatini qilardim.

Fotoda: men oʻqigan va dars bergan Kolumbiya universiteti (New York) 2007-yil qishida. Shaxsiy arxivdan.
😢49🔥11👍7
Yaxshi yangilik.

"1000 kitob" doirasida “O‘quv dasturi. Asoslar, tamoyillar va muammolar” (“Curriculum: Foundations, Principles, and Issues”) kitobi tarjima qilinar ekan. O'tgan yili "1000 kitob" eksperti sifatida faoliyat yuritganimda ta'limga oid tarjima qilinishi kerak bo'lgan kitoblar bo'yicha fikr so'rashganida shu kitobni ham tavsiya qilgandim va tavsiyam qabul qilingani uchun rahmat. Bu yo'nalish - o'quv dasturlari o'zi nima, ularni yaratishning ilmiy asoslari, yondashuvlari bo'yicha o'zbek tilida adabiyot umuman yo'q. Balki shuning uchun ham Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligi har ikki-uch yilda "o'quv dasturlarini takomillashtirish"ni "xobbi" qilib olgandir.

Umuman, ta'lim, pedagogika, metodika sohasida va uning alohida yo'nalishlari (masalan, ta'lim falsafalari siyosati va nazariyalari, o'quv dasturlari va darsliklar yaratish, alohida ehtiyojlari bor bolalar ta'limi, ta'limda baholash, yosh bolalar yoki kattalar ta'limining o'ziga xos xususiyatlari va hokazo) bo'yicha o'zbek tilida adabiyotlar yo'q. Pedagogika va metodika bo'yicha o'zbek tilida mavjud adabiyotlar esa, afsuski, aksar hollarda yoki oldi-qochdi gaplardan yoki hozirgi zamon talablariga javob bermaydigan, sovet ideologiyasi ta'sirida shakllangan qarashlardan iborat. Shu jihatdan, masalan, o'tgan yili loyiha doirasida tarjima qilingan "Ta'lim" va "O'rganish yo'llari" kitoblari ham tezroq o'quvchilar qo'liga yetib borishi juda zarur.
👏16🔥6
Va xavotirga soladigan yangilik.

"Стороны обсудили сотрудничество в информационной сфере, подготовку кадров и взаимодействие пресс-служб двух стран. Речь шла об обмене профессиональным опытом, подходах к стратегическим коммуникациям и развитии компетенций сотрудников в условиях стремительно меняющейся медиасреды и роста влияния цифровых платформ. Также они говорили о запуске совместных медиапроектов и укреплении партнёрства в области информационной политики".


Qiziq, urush girdobiga tobora "tomi ketayotgan" Rossiyadan "axborot siyosati" sohasida nimani oʻrganish mumkin? Ijtimoiy tarmoqlarni "ekstremistik" deb topishnimi? Hukumatga (aniqrogʻi, bitta odamga) yoqmaydigan har qanday fikrni "diskreditatsiya" ("feyk") deb eʼlon qilish va fikr bildirganni qamoqqa tiqishnimi? Yoki yoqmaydigan har qanday shaxs yoki tashkilotga "xorij agenti" yorligʻini yopishtirishnimi?
🔥11👍5
Onlayn-platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhim masalalarni qamrab olgan. Biroq qonundagi istalgancha talqin qilish xavfini tug‘diradigan ayrim mavhum jumlalarni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi, deb yozadi “Gazeta.uz” kolumnisti Komil Jalilov.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/30/column/

Telegram | Instagram | YouTube
🔥7👍4👏2
Tarixga nazar tashlasak, dastlabki sivilizatsiyalar asosan suv boʻyida paydo boʻlgan. Bu bejiz emas - suv bu sivilizatsiyalar uchun tom maʼnoda hayot-mamot masalasi boʻlgan. Va iqlimi tobora oʻzgarib, yashash uchun noqulay boʻlib borayotgan Markaziy Osiyo, xususan, Oʻzbekiston uchun daryolar va suv havzalarining ahamiyati hali ham beqiyos. Shu jihatdan, Afgʻonistonda legitimligi tan olinmagan toliblar hukumati qurdirayotgan Qoʻshtepa kanalining bizga taʼsiri qanday boʻlishi mumkin? Jurnalist Ilyos Safarov ekspertlar bilan birga bu muhim savolga javob izlaydi.
👍9👏1
"Lekin bu ishda mag‘lub Anora Sodiqova emas, mag‘lub — O‘zbekistonning tobora bo‘g‘ilib borayotgan jurnalistikasi".

'Vaziyat ayollarning tahqirlanishini qonuniylashtirgandek tuyillmoqda”.

"Nega bunday holatlarda avvallari so‘z erkinligi, jurnalistlar huquqi haqida baralla gapirgan tashkilotlar jim?"

"Aholida sud idoralariga ishonchsizlik kayfiyati ko‘payib boraveradi".

Faollar Anora Sodiqovaga oid sud qarorini qanday qarshi oldi?

Qizigʻi, maqolada ayollar va bolalar huquqlari faoli Irina Matviyenkoga tayanib yozilishicha, ilgariroq xuddi shu bloger tomonidan boshqa jurnalistga nisbatan tahdid boʻlgan va "hech narsa" boʻlmagan ekan. Juda qiziq. Ayrimlar boshqalarga nisbatan tengroqdirlar?

#JeSuisAnoraSodiqova
🔥16