Jalilov. Qaydlar
3.98K subscribers
1.43K photos
17 videos
22 files
2.25K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan validlik talablari buzilgan test topshiriqlariga misollar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish boshqarmasi boshligʻi Sardor Rahimboyev "Yangi Oʻzbekiston" nashriga intervyu bergan pedagoglarning e'tirozlardan biriga javob berish maqsadida o'z telegram kanalida ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari attestatsiyasida ishlatilgan test topshiriqlari namunalari va o'qituvchi e'tirozlariga ekspetning javobini e'lon qilibdi.

Qizig'i, Sardor Rahimboyev keltirgan misollar attestatsiyada ishlatilgan testlarning validlik talablariga javob bermasligini tasdiqlaydi. Testologiyada test topshiriqlarini tuzishga talablar bor - ularga rioya qilmaslik testning validligini jiddiy shubha ostiga qo'yadi. Shunday qoidalardan biri - yopiq test topshirig'ining o'zagida (savolida) test topshiruvchidan faqat bir narsa so'ralishi kerak. Sodda qilib aytganda, bitta yopiq test topshirig'iga bir nechta savolni (masalani, muammoni) kiritish mumkin emas. (Qarang, masalan: 1, 2, 3) Sardor Rahimboyev keltirgan misollarning har ikkisida ham bu qoida buzilgan.

O'sha gap: test topshirig'ining mazmun jihatdan toʻgʻriligi hali testning validligini anglatmaydi. Validlik talablariga javob bermaydigan testlar asosida xulosalar chiqarish va qarorlar qabul qilish mumkin emas.
Yana attestatsiya testlari validligi haqida

"Ushbu rasm boshlanĝich sinflar tarbiya darsligining milliy hunarmandchiligimizga oid mavzuda keltirilgandi. Attestatsiyaga tayyorlanayotgan ustozlar har ehtimolga qarshi deb qaysi lagan qaysi viloyatga tegishliligini bilib qo'yaylik deb,naqshlariga qarab,yod olishgandi. Bugun shu savol tushibdi. Buni qarangki,savol qaysi laganlarning rangi berilib( hech yo'qsa,o'zini rasmi ham emas),qaysi viloyatga tegishli ekanligini moslashtirish tushibdi. Judayam mantiqsizlik".

Manba
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Taʼlim sifatini taʼminlash bilan taʼlim menejmentini, pedagogikani mutaxassis sifatida oʻrgangan, taʼlim sifati boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borgan mutaxassislar shugʻullanishi kerak. Bu - har qanday menejer boshqara oladigan soha emas. Aks holda jarayon teskari samara beradi.
Oliy taʼlimda sirtqi taʼlim oʻrniga "part time" taʼlim joriy qilinadi

Bugun eʼlon qilingan Taʼlim sifatini taʼminlash agentligi tuzish haqidagi farmonda bir qiziq narsa koʻzda tutilgan. Sirtqi taʼlim shakli tugatilib, oʻrniga muqobil taʼlim shakllari, xususan, part time taʼlim joriy qilinadi.

Part time nima degani? Kredit tizimi asosida ishlaydigan oliy taʼlim tizimida akademik darajani (bakalavr, magistr) yoki ilmiy darajani olish uchun maʼlum bir kreditlar sonini yigʻish kerak. Masalan, siz bakalavriatda full time oʻqiyotgan talaba boʻlsangiz, bu kreditlarni yigʻish va diplom olishingiz uchun uch (yoki toʻrt) yil ketadi. Part time talaba esa oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib bir semestrda kamroq fan oʻqiydi (va kamroq kredit yigʻadi), shuning hisobiga u full time oʻqiyotgan talabadan koʻra uzoqroq muddatda diplomini oladi.

Oliy taʼlimning part time shakli boshqa majburiyatlari ham bor (masalan, ishlaydigan, oilali) talabalar uchun qulay va shu bilan birga oʻqish jarayoni full time bilan bir xil (talaba bir semestrda oʻzlashtirayotgan fanlar sonini hisobga olmaganda) boʻlgani uchun, sifatni nazorat qilish imkonini beradi.

Masalan, men oʻqigan UCL universitetida "Taʼlimda baholash" (testologiya) yoʻnalishi boʻyicha magistraturani full time oʻqib bir yilda yoki part time oʻqib ikki yilda olish imkoniyati bor.
Farmonda yaxshi narsalar koʻzda tutilgan, lekin bitta muhim jihat bor.

"Normativ huquqiy hujjatlar" toʻgʻrisidagi qonunga koʻra, qaror va farmonlar (qonunosti hujjatlari) qonunlarga zid boʻlishi mumkin emas. Farmonda esa amaldagi "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonunga zid oʻrinlar bor:

1. Farmon bilan taʼlim sohasida yangi vakolatli davlat organi tuzilyapti. "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonunda esa taʼlim sohasida vakolatli davlat organlari va ularning vakolatlari aniq belgilab berilgan.

2. Farmon bilan sirtqi taʼlim bekor qilinmoqda va oʻrniga boshqa taʼlim shakllari (masalan, part time) joriy qilinmoqda. Bunday qadam ortidagi motivlarni tushunish mumkin, lekin qonunda sirtqi taʼlim ham taʼlim shakli sifatida belgilab qoʻyilgan.

3. Qonunda nodavlat oliy taʼlim muassasasi litsenziya olgan kunidan boshlab taʼlim faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin, lekin farmon mazmunidan shu narsa anglashiladiki, taʼlim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazmasdan turib bu dasturlar (taʼlim yoʻnalishlari) boʻyicha talaba qabul qilish mumkin emas. Yaʼni de-fakto nodavlat oliy, oʻrta maxsus yoki professional taʼlim muassasasi litsenziya olgan kunidan faoliyat boshlay olmaydi.

Niyat yoki maqsad qanchalik yaxshi boʻlmasin, oʻzimiz belgilagan qoidalarga amal qilishimiz kerak: qonunosti hujjatlari qonunlar asosida qabul qilinadi, qonun qonunosti hujjatlariga moslashtirilmaydi.
Kecha eʼlon qilingan farmonda, mening nazarimda, bir qancha yaxshi yangiliklar bor. Shulardan biri part time taʼlimga imkon berilishi. Bu qanday taʼlim shakli ekanligi haqida yuqoriroqda yozgandim. Profi universiteti taʼsischisi Bektosh Hatamov ham bu haqda tushuntirib beribdi.

Farmondagi eng muhim oʻzgarish - oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari uchun program accreditation joriy qilinadi. Program accreditation - taʼlim dasturi akkreditatsiyasi degani - taʼlim muassasasi oʻqitmoqchi boʻlgan yoʻnalishning oʻquv dasturi akkreditatsiyadan oʻtkaziladi. Masalan, universitet pedagog tayyorlamoqchi. Bu yoʻnalishda oʻqiydigan talabalar qaysi dastur boʻyicha oʻqiydi, bitiruvchilar qaysi bilim va koʻnikmalarga ega boʻlib chiqib ketadi, ularning haqiqatda bu bilim va koʻnikmalarni egallaganligi qanday usullar bilan baholanadi, yoʻnalishda oʻqitiladigan fanlar bu bilim va koʻnikmalarni egallash imkonini beradimi, bu fanlarni oʻqitish uchun taʼlim muassasasida salohiyat va imkoniyat bormi - bularning hammasi tekshiriladi. Har qalay, nazariyada shunday. Bir necha yil oldin Toshkentdagi xususiy oliy taʼlim muassasalaridan birining xorijiy organdan akkreditatsiya olishga tayyorgarlanishi va akkreditatsiya olishi jarayonida qatnashganman va aytishim mumkinki, agar akkreditatsiya jarayoni toʻgʻri tashkil qilinsa, taʼlim muassasasiga biron-bir yoʻnalish ochishdan oldin oʻsha yoʻnalishni bitiradigan mutaxassislar sifati haqida oʻylashga yordam beradi.

Farmonda yana bir narsa. Taʼlim dasturlari akkreditatsiyasi hamma oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari uchun majburiy boʻladi. Davlatniki uchun ham, nodavlatniki uchun ham. Umid qilamanki, bu davlat OTMlarini ham bir-biri bilan raqobat qilishga majbur qiladi. Masalan, filolog tayyorlaydigan hamma davlat OTMlari bir xil qolipdagi dasturlar asosida oʻqitmasligi kerak. Universitet oʻz salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib oʻziga xos taʼlim dasturi taklif qilishi, boʻlajak talabada har xil dasturlarni solishtirib tanlash imkoniyati boʻlishi kerak. Oʻzim Britaniyada baholash (testologiya) boʻyicha magistrlik dasturlari taklif qiladigan bir qancha universitetlarning dasturlarini solishtirib (garchi hammasi bir xil mutaxassislik uchun oʻqitsa-da, ularning taʼlim dasturlari farq qilgan), keyin bittasini tanlaganman.

Va farmonda nodavlat akkreditatsiya tashkilotlari faoliyatiga imkon berilgani ham, nazarimda, ijobiy holat. Oliy taʼlimi kuchli davlatlarda koʻplab nodavlat akkreditatsiya organlari faoliyat olib boradi. Biron-bir yoʻnalishdagi (masalan, tibbiyot, huquq va hokazo) taʼlim dasturlarini akkreditatsiya qilishga ixtisoslashgan akkreditatsiya organlari ham bor (masalan, qarang).

P.S. Lekin baribir oʻsha gap: oʻzimiz chiqargan "oʻyin qoidalari"ga oʻzimiz amal qilishimiz kerak. Hozir qonunosti hujjati qonunga zid boʻlib qoldi, endi dastyor parlamentimiz qonunni farmonga "podgon" qilib beradi. Bunday boʻlishi kerak emas - qonun bilan (qonunosti hujjati emas) hal qilinadigan masalalar qonun bilan hal qilinishi kerak. Masalan, bu farmonni tayyorlashda ishtirok etganlar bu oʻzgarishlar zaruratini deputatlarga tushuntirishi va qonunga tegishli oʻzgartirishlar kiritishga ishontirishi kerak edi. Menimcha.
Yana attestatsiya Hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi sukuti haqida

"Savollarni ham bildik: fan doirasida, spetsifikatsiya va adabiyotlardan chetga chiqmagan holda tuzilganini va o‘qituvchilarni "mulohaza qilish" ko'nikmasi hali uncha shakillanmaganini ham bildik. Sizlardan esa bitta javobni eshitmadik, xolos — testlarning validligi (ya'ni testning yaroqliligi, testning haqiqiylik darajasi, o‘lchovning maqsadga muvofiqligi) to‘g‘risida javobni.

O‘qituvchilar noto‘g‘ri shubhaga borishayapti. Komil aka, siz adashayapsiz. Fact-checking qilib ko‘ring: test unday emas, bunday bo‘ladi. Mana bu xorijiy davlatda attestatsiya testi (dalili bilan) bunday o‘tkaziladi. Mana bu testologiya kitobida (dalili bilan) bunday deyilgan. Mana bu olim ilmiy ishida (dalili bilan) test bunday tuziladi, mana bu maqolada (dalili bilan) bunday deyilgan. Biz shularga asoslanib shunday qilgandik, deyish nahotki shunchalar mushkul bo‘lsa? Test tuzishni bizning 5-sinf o‘quvchilarimiz ham biladi. Ammo testologiya faninichi?"

Manba
"School English Teachers" kanalida (tushunishim bo'yicha, attestatsiya jarayonida) "ko'pchilik e'tiroz bildirayotgan savollardan biri" deya bir test topshirig'i tahlil qilingan. Kanal muallifining yozishicha, bu test topshirig'ida to'g'ri javob yo'q. Manbalar "vazirlik izohi" deya bir izohni ham berishdi. Berilgan test topshirig'i va izohni (bu izoh haqiqatdan ham vazirlik tomonidan taqdim qilingan yoki yo'q - aniq bilmaymiz) tahlil qilib ko'ramiz.

Match the underlined words and phrases in the text with the headings.

This spring, I participated in a community garden project. The goal of the project was to transform an unused plot of land into a vibrant garden that would provide fresh vegetables for local families. We worked together to plant tomatoes, peppers, and cucumbers and also built raised beds to make the gardening process easier. The project brought the community together, and it was fulfilling to see the garden flourish throughout the season.

1 project name: _________________ 2 activity focus: _________________
3 community benefit: ____________ 4 plant focus: ______________
5 goal: __________________ 6 time: _____________________

Rostini aytsam, g'alati test topshirig'i ekan. G'alatiligi shundaki, mavhum (ambigious) va bitta so'ralayotgan elementga bir nechta javob tushishi mumkin bo'lgan joylari bor. Agar maqsad o'qib tushunish (reading comprehension) ko'nikmasini tekshirish bo'lsa, bunday test topshirig'ini ishlatishni tavsiya qilmagan bo'lardim.

G'alatiligi shundaki,

1) activity focus bilan goal ning aniq nima farqi borligi tushunarsiz: maqsad bo'sh yerni bog'ga aylantirish bo'lgan va bu maqsadga erishish uchun bog' yaratilgan, sabzavotlar ekilgan. Ya'ni activity focus to transform a plot of land into a garden bo'lishi ham, to plant tomatoes, peppers, and cucumbers bo'lishi ham mumkin.

2) community benefit - garden ham, fresh vegetables ham bo'lishi mumkin (chunki loyiha natijasida mahalliy aholini sabzavotlar bilan ta'minlaydigan bog' yaratilgan).

3) plant focus - vegetables ham, tomatoes, peppers, and cucumbers ham bo'lishi mumkin (chunki "tomatoes, peppers, and cucumbers" "vegetables"ga kiradi).

Agar faqat tagiga chizilgan so'zlarni berilgan 1-6 elementlarga moslashtirish kerak, deb olib test topshirig'ida so'ralayotgan narsalarni tahlil qilib ko'rsak:

1. Project name (loyihaning nomi) - bu matnning 1-gapida berilgan: community garden.

2. Activity focus (loyihada qanday faoliyat, ish asosiy bo'lgan, ya'ni loyiha qanday ishni bajarish orqali amalga oshirilgan) - bu matnning 3-gapida berilgan: gardening. Loyiha ekin ekish orqali amalga oshirilgan.

3. Community benefit (mahalliy aholining loyihadan olgan foydasi) - bu matnning 2-gapi oxirida berilgan: fresh vegetables. Loyihaning mahalliy aholi uchun foydasi - aholi bog'dan oladigan barra sabzavotlar.

4. Plant focus (loyihada qanday o'simliklarga urg'u berilgan) - bu 3- gaplarda berilgan: tomatoes, peppers, and cucumbers.

5. Goal (loyihaning maqsadi) - buni 2-gapda aniq qilib bergan: to transform an unused plot of land into a vibrant garden.

6. Time (loyiha amalga oshirilgan vaqt) - bu 1-gapda berilgan: this spring.

Demak:

1. Project name: community garden. 2. Activity focus: gardening. 3. Community benefit: fresh vegetables.
4. Plant focus: tomatoes, peppers, and cucumbers. 5. Goal: to transform an unused plot of land into a vibrant garden. 6. Time: this spring.

Bunday javob yo'q. Demak, test topshirig'ida to'g'ri javob mavjud emas.

Quyida ilova qilingan suratda keltirilgan, "vazirlikdan berilgan" deyilayotgan izohda A javob to'g'ri javob sifatida keltirilgan ekan. Bu javob hech qanaqasiga to'g'ri javob bo'la olmaydi: loyihaning maqsadi "kartoshka, qalampir, bodring" emas, balki "bo'sh yerni bog'ga aylantirish". Buni 2-gapda ochiq-oydin aytib qo'yibdi. Qolaversa, "goal" (maqsad) fe'l bilan (to do smth) ifodalanishi kerak.

(davomi quyida)
(davomi)

Agar attestatsiyada shu test topshirig'i tushgan bo'lsa va A javob varianti to'g'ri javob (kalit) deb olingan bo'lsa, bu test topshirig'i tushgan barcha ingliz tili o'qituvchilari natijalari qayta hisoblanishi shart. Va umuman, yuqorida ham yozganimdek, attestatsiya jarayonida ishlatilgan testlarning validligi masalasi qo'yilishi, vazirlik bu savolga aniq javoblar berishi shart.

P.S. Test topshirig'i mana bu yerdan olingan ko'rinadi.

P.P.S. Testologiyadagi test topshiriqlarini yaratish qoidalariga ko'ra, bunday shakldagi test topshiriqlari testning validligiga salbiy ta'sir qiladi (masalan, qarang: 124-126-betlar).
Yuqoridagi postlarga (1, 2) ilova: "vazirlikdan berilgan" deya iddao qilinayotgan izoh
Yana attestatsiya mojarosi

Qoraqalpogʻistonlik oʻqituvchilardan kelgan ikki murojaat (tahrirsiz eʼlon qilinmoqda). Eʼtibor bersangiz, har ikki oʻqituvchi ham kuzatuvchilar test topshiriladigan kompyuterlarni oʻchirib chiqishganini va ular (oʻqituvchilar) testni qaytadan topshirishga majbur boʻlishganini iddao qilishmoqda.

Assalomu alaykum! Men ... Qoraqalpog'iston Respublikasi To'rtko'l tumani ... maktabning boshlang'ich sinf o'qituvchisi bo'laman. Sizga murojaatim shundan iboratki, attestatsiya sinovlari haqqoniy va shaffof bo'lmadi degan fikrdaman. Va bularga quyidagilarni asos deb bilaman.

1. Attestatsiya sinovlarida kompyuterimizda 49 ta savol bo'lgan va buni kuzatuvchilar vaqtida payqashmagani. O'qituvchi qattiq hayajon va qo'rquv bilan buni sezmasligi tabiiy hol. O'zimda ham shu holat ro'y berdi.

2. Men berilgan 49 ta savolni 2 soat muddatda bajarib bo'ldim. Va savol 49 ta ekanini bildim. Kuzatuvchilar esa kompyuterimizni o'chirib tashlashdi. Ishlagan testlarim barchasi kuyib ketdi.

3. Yarim soat o'tgach kompyuterimizni yoqib berishdi. 50talik testni yechish uchun yana 2 soat kompyuter oldida o'tirdik. Va albatta savollar bazasi o'zgarib ketgan.

4. Havo ancha issiq,hammamiz chanqaganmiz. Va eng achinarlisi 4.5-5 soat kompyuter oldida o'tirdik. Ko'pchilik o'qituvchilarning mazasi qochib,charchab qoldik. Men 1-toifali o'qituvchiman. Va yomon natija bilan qaytmadim 74 ball oldim. Ammo, oldingi 49 ta savolni deyarli hammasini to'liq ishlagandim va 90 ball oldim deb bemalol ayta olaman. Bu ro'y bergan voqealar texnik nosozlikmi yoki o'qituvchilarni ruhan sindirishmi? Sizdan shaxsan o'zimning va bir nechta o'qituvchilar nomidan ham iltimos qilaman, attestatsiya sinovlari qaytadan o'tkazilishi uchun yordam so'rayman!

* * *

Assalomu alaykum men Qoraqalpog'iston Respublikasi To'rtko'l tumani ... maktabning boshlang'ich sinf o'qituvchisiman. Men 2025-yil 3-may kuni attestatsiya test sinovida ishtirok etdim va bundan judayam xafa bo'ldim. Sizga shuni aytmoqchiman-ki bu test jarayoni umuman shaffof holda bo'lib o'tmadi. Gap shundaki 2,5-3 soatlik yo'l yurib borib 12 :00 da test jarayoniga kirib testni boshladik. Men vaqtdan oldin testni bajarib bo'lgandim va o'zimga ishongan holda ayta olamanki 80 ballni olgan bo'lar edim.

Test tugashiga 20,30 daqiqa qolganida kuzatuvchilar kimning testi 49 deb barchaning kompyuterlarimizni òchirib chiqishdi. Biz savol berdik bizlar barchasini ishlab bo'lgandik yana o'sha joyidan davom qiladimi deya, ular ha degan javobni aytishdi. Yana 30 daqiqa kutib o'tirdik, havo issiq suv yo'q tashqariga chiqarishmadi.

Endi aytingchi yana qayta yangi savollarni ishlashga  inson qayerdan energiya, kuch, ishonch oladi.  Charchaganidan bilgan savollari ham esidan chiqib ketadi xato javoblarni belgilab qo'yadi bu inson psixologiyasiga qanday ta'sir ko'rsatadi. Aynan menda shunday bo'ldi asabiylashganimdan savollarni ham tushunmay qoldim. Chunki 5 soatlab kompyuter oldida qolib ketdik. Buning ustiga savollarda xatoliklar bor mazmuni bir-biriga to'g'ri kelmaydi, o'ta darajada qiyin. Bu boshlang'ichlarni ustidan kulishmi yoki ularni bila turib yiqitishmi. Ta'lim tizimi shunchalikmi 49 savol tushib qolibdi qayta beramiz degan gapni aytadigan darajaga kelgani.

Men e'tiroz bildiraman shaxsan mening e'tirozim, arizam bilan alohida shug'ullanishlarini so'rayman.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Va yuqoridagiga qo'shimcha.

G'alabaning bizda deyarli eslanmaydigan qiymati (cost) haqida:

"Ammo sovetlarning g‘alabasi ... juda katta qurbonlar evaziga qo‘lga kiritildi va g‘oliblar ulkan sinovlardan o‘tdilar. Nemislar mag‘lub etilgach, sovet davlati o‘z g‘azabini hamkorlikda ayblanganlarning ustiga yog‘dirdi. Ayblov jamoaviy edi – sotsialistik vatanga xiyonatda alohida shaxslar emas, balki butun milliy guruhlar ayblandi va jazolandi. Ayblanuvchi millatlarning butun aholisi surgun qilindi va ularning respublikalari tugatildi. ... Sovet davlati qaytib kelgan harbiy asirlarga ham shubha va katta shafqatsizlik bilan munosabatda bo‘ldi. Urush boshida Sovet Armiyasi Oliy Bosh Qo‘mondonligi Stalinning imzosi bilan mashhur 270-sonli buyruqni chiqargan edi. Unga ko‘ra, “jang paytida o‘z nishonlarini yirtib tashlab, orqaga qochadigan yoki dushmanga taslim bo‘ladigan qo‘mondonlar va siyosiy zobitlar qasamyodini buzgan va vatanga xiyonat qilgan yovuz qochqinlar deb hisoblanib, oilasi bilan hibsga olinishi kerak” edi. Asirlikka tushishni dezertirlik va xoinlik bilan tenglashtiradigan bu qarash hech qachon o‘zgarmadi. Qaytib kelgan harbiy asirlar “filtrlash lagerlari”dan o‘tib, siyosiy politsiyani hamkorlik qilmaganliklariga ishontirishlari kerak edi. Ularni qayta chaqirishlari, ishchi batalyonlariga jo‘natishlari yoki hatto Gulagga yuborishlari mumkin edi. Ayrim O‘rta Osiyolik asirlar, Turkiston legionida jang qilganlar ham, qilmaganlar ham, repatriatsiyadan qochishga muvaffaq bo‘lishdi. Ular Turkiya, Saudiya Arabistoni va G‘arbiy Yevropadagi kichik Markaziy Osiyo diasporasiga qo‘shildi".

Adib Xolid: "Markaziy Osiyo: Imperiyalar bosqinlaridan hozirgi kungacha boʻlgan yangi tarix" kitobidan
Tarixchi, pedagog, "xorijiy agent" Tamara Eydelman yozadi:

РАЗГОВОР С БЕЗНАДЁЖНЫМИ ДВОЕЧНИКАМИ

Президент Трамп сообщил миру, что Соединённые Штаты выиграли Вторую Мировую войну. В Америке мало кто удивился, потому что множество людей там так думает.

Президент Путин не раз сообщал миру, что Вторую Мировую войну выиграл Советский Союз. В последние годы как-то всё яснее звучит добавление к этой фразе — иногда в подтексте, а подчас и открыто: во главе с Иосифом Виссарионовичем Сталиным. В России, думаю, мало кто этому удивляется, потому что множество людей уже очень давно привыкли думать именно так.

Так и хочется спросить: президенты, почему вы не учите историю???

Дональд, иди-ка к доске! Ну-ка расскажи про Московскую, Сталинградскую, Курскую битвы. Не знаешь? Садись, два!

Вовочка, ты там опять пакостничаешь на последней парте? Отвечай быстро, как англичане остановили немецкие танки под Эль-Аламейном и не дали Гитлеру захватить Суэцкий канал и ближневосточную нефть? А как американцы сражались у атолла Мидуэй? Как бились на Филиппинах? Сражались за Иводзиму?

Не знаешь? Придётся и тебе влепить двоечку.

А помните ли вы, что с лета 1940 по лето 1941 в мире была только одна страна, противостоявшая Гитлеру — и это не была ни Америка, ни СССР, а Великобритания?

Что были ещё партизаны по всей Европе: в Польше, в Югославии, во Франции? Товарищ Сталин, кстати, сильно им мешал — французских коммунистов, жаждавших сражаться против захватчиков, огорошил пактом Молотова-Риббентропа, Армии Крайовой нанёс смертельный удар, обеспечив разгром фашистами Варшавского восстания…

Да и вообще, Вовочка, неплохо бы вспомнить, как товарищ Сталин сначала сговаривался с Гитлером о том, как им разделить Европу, и только после, когда на него напали, запел про «Священную войну»?

А то, какую огромную, просто исполинскую роль в победе сыграли американские поставки по ленд-лизу, Вовочка, ты помнишь? И нет, Дональд, Рузвельт не грабил СССР так, как ты собираешься ограбить Украину.

А товарищ Сталин, Вовочка, сначала разгромил собственную армию, потом ещё в 41-м нашёл виноватых среди собственных генералов и их расстрелял, потом отрёкся от своих пленных, поставил позади собственных войск заградотряды с пулемётами, всех — от солдата до маршала — затерроризировал смершевцами, загубил намного больше своих солдат, чем нужно было для победы, а потом ещё приучил нас гордиться числом погибших, как будто это великое достижение, а не позорное преступление.

И неужели, жалкие двоечники, вы никак не можете понять, что фашизм, как и любое другое зло, побеждают все вместе? Что вся суть заключалась как раз в том, что советские солдаты героически сражались в Европе, а американцы — на Тихом океане, британцы — в Африке? Что это были объединённые усилия?

Ну посмотрели бы мои лекции по истории Второй мировой, что ли?
Forwarded from Shokir Tursun qarashlari
Hurmatli ustozlar!

Bugun biz o‘zgarish arafasidamiz. Biz, oddiy o‘qituvchilar, ta’lim tizimida adolat va sifat uchun birlashdik. Test tizimidagi nohaqlik, ilmiy asoslardan yiroq savollar va faqat yodlashga asoslangan baholash – bular ta’lim kelajagini xavf ostiga qo‘ymoqda.

Bilaman, bizni kuzatayotgan ayrim fikr egalari: “Endi hech narsani ortga qaytarib bo‘lmaydi, bizning qo‘limizdan hech narsa kelmaydi, endi kuzgi attestatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish kerak”, degan fikrdalar. Ammo bir narsani unutmaylik: kuzgi attestatsiyada ham ayni holat takrorlanmasligiga kim kafolat beradi? Siz tayyorlandingiz deylik, lekin bu tayyorgarlik jarayoni nimaga asoslanadi? Kitobning boshidan oxirigacha yod olishgami? Bu bilimmi? Bu holatda bor bilimimizni ham, matn bilan ishlash ko‘nikmamizni ham yo‘qotamiz-ku!

Bizning maqsadimiz isyon emas, balki yechim topishdir. Shu bois bizga Respublika markazidan o‘z bilimiga ishongan professional advokatlar yordam bermoqda. Har bir viloyatdan bittadan o‘qituvchiga davlat tomonidan order ajratilmoqda. Bu order uchun to‘lov advokatga emas, balki bankga amalga oshiriladi.

Huquqiy kurashni davom ettirish uchun ixtiyoriy tarzda moliyaviy yordam yig‘moqdamiz. Bu har birimizning kelajagimizga qo‘shgan hissamiz bo‘ladi. Biz minimal miqdorni 20 ming deb belgilagan edik. Ammo 10 ming bo‘lsa ham, 15 ming bo‘lsa ham – sizning qo‘llab-quvvatlovingiz zarur.

Kecha maktabdagi ikki kasbdoshim ham quyidagi hisob raqamga: 9860 1201 8338 8343 pul o‘tkazishdi. Ularning biri nafaqaga chiqishiga ikki yil qolgan, yaqinlashayotgan attestatsiyalarda qatnashmaydi. Ammo millat kelajagiga befarq bo‘lmadi.

Befarq bo‘lmang!

Sud jarayoni bu kurashning muhim bosqichidir. Agar biz sudgacha borsak va sud ijobiy qaror chiqarsa, test tuzish hamda baholash tizimini isloh qilish majburiyati yuklatilsa, o‘qituvchilar quyidagi yutuqlarga erishishlari mumkin:

Shaffoflik oshadi – Test natijalari qanday aniqlanayotgani, ballar qanday qo‘yilayotgani aniq va tushunarli bo‘ladi. Bu o‘qituvchilarga o‘z o‘quvchilari bilimini adolatli baholash imkonini beradi.

Testlar sifatli bo‘ladi – Testologiya talablariga mos tuzilgan testlar:

noto‘g‘ri javoblar bilan chalg‘itmaydi, balki bilim darajasini aniqlaydi;

murakkablik darajasi muvozanatlangan bo‘ladi;

faqat eslab qolishga emas, balki fikrlash, tahlil qilish, qo‘llay olishga yo‘naltiriladi.


Sohaviy mutaxassislar ishtiroki – Testlar amaliyotchi o‘qituvchilar, olimlar va fan mutaxassislari ishtirokida yaratiladi. Bu esa test savollarining mazmunan chuqur va dolzarb bo‘lishini ta'minlaydi.

O‘qituvchining maqomi oshadi – Baholash tizimiga nisbatan ishonch ortadi. Natijada, o‘qituvchilar o‘z mehnatining haqiqatda to‘g‘ri baholanayotganini ko‘radi.

Ta’lim sifatining oshishiga hissa qo‘shadi – O‘qituvchilar bilim berish jarayonini faqat faktlarni yodlash emas, balki chuqur tushunishga asoslangan tarzda tashkil qilishga rag‘batlantiriladi.

Jamoatchilik nazorati yo‘lga qo‘yiladi – Bunday holat boshqa test(faqat ona tili va adabiyot emas) jarayonlarida ham ochiqlik va islohotlarga yo‘l ochadi. Tizim doimiy ravishda jamoatchilik ishtirokida takomillashadi.

Va eng muhimi – bu bizning kasbiy sha’nimizni tiklaydi!

Karta raqami:
9860120183388343

https://t.me/tilchilardan_murojaat