Jalilov. Qaydlar
3.99K subscribers
1.43K photos
17 videos
22 files
2.25K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Majburlash kampaniyasi davom etmoqda

"Hurmatli direktorlar va direktor oʻrinbosarlari, yangi baholash tizimi boʻyicha hamma qarshi ovoz berganini skrinshot qilib tashlab bersin, iltimos, toʻgʻri tushuninglar, yana hech qayerga chiqib ketmasin".

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri davlat rahbariga "baholashning xalqaro usullari joriy qilinmoqda" deb taqdimot qilayotgan bir paytda, yangi baholash tizimining bekor qilinishi talab qilingan petitsiyaga qarshi ovoz berishga majburlash kampaniyasi davom etmoqda. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi "tuyaqush" pozitsiyasiga oʻtib olgan - hech qanday izoh bermaslikni maʼqul koʻrmoqda. Vazirlar mahkamasi nima deydi? Parlament-chi? Nimadir chora koʻradimi? Majburiy yoʻl bilan yigʻilgan qarshi ovozlar ham hisobga olinadimi?
Oldingi postga audio ilova.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Darvoqe, suveren davlatga jamoat joylaridagi yozuvlar qaysi tilda bo'lishi kerakligi haqida aql o'rgatmoqchi bo'lgan Lavrov, o'zining boshlig'i bilan bir qatorda, Haagadagi maxsus xalqaro tribunal gumonlanuvchisi hisoblanadi. Munosabatlarda ham gigiyena muhimligini unutmasak yaxshi bo'lardi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi baholash tizimining bekor qilinishi talab qilingan petitsiya koʻrib chiqilishi uchun yetarli ovoz oldi. Ayni paytda petitsiyani qoʻllab ovoz berganlar soni 10400dan oshiq.

"Mening fikrim" portali orqali jamoaviy murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga koʻra, zarur ovozni yigʻgan murojaatlar moderator tomonidan keyingi ish kunidan kechiktirmay vakolatli davlat organiga yuborilishi kerak. Demak, endi moderator murojaatni Oliy Majlisga yoki Vazirlar Mahkamasiga yuborishga majbur.

Ayni paytda murojaatni qoʻllab quvvatlab va unga qarshi ovoz berganlar soni deyarli teng. Lekin bu yerda ikki muhim jihatni hisobga olish kerak. Birinchidan, nizomda qarshi ovozlar hisobga olinishi haqida hech narsa deyilmagan, faqat murojaat vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqish uchun yetarli ovoz yigʻishi kerakli aytilgan. Bu murojaat esa kerakli ovozlarni yigʻdi.

Ikkinchidan - eng muhimi - qarshi ovozlar (va yangi baholash tizimini yoqlab qoldirilgan izohlar) majburiy yoʻl bilan yigʻilgan va bu majburlash ortida shunchaki Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining quyi boʻgʻinlari emas, vazirlikning oʻzi turganligini taxmin qilish uchun yetarli asoslar bor, nazarimda. Demak, murojaatni koʻrib chiqayotgan organ bu petitsiya va umuman, yangi baholash tizimi bilan bogʻliq muammolar "tepa"ga yetib bormasligidan qanday manfaat koʻzlanganini ham tahlil qilishi kerak boʻladi. Shunchaki taklif qilinayotgan tizimning baland-pastini oxirigacha oʻrganmasdan, tizim yuzaga keltirgan jiddiy muammolarni ilmiy tahlil qilmasdan davlat rahbariga "tizim yaxshi" deb taqdimot qilib qoʻyilgani uchun endi "uzr, xato qilibmiz" deb tushuntirish berishdan qoʻrquvmi yoki boshqa bizga koʻrinmayotgan sabablar ham bormi? Har qanday holatda ham bu parlament va / yoki hukumat Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi rahbariyati harakatlariga va kompetensiyasiga tegishli baho uchun yetarli asos boʻladi. Menimcha.
Aspekt.uz telegram kanali shu kunlarda bo'layotgan pedagoglar attestatsiyasi jarayonidan norozi o'qituvchilar videosini hamda ona tili va adabiyot fani o'qituvchilarining mutasaddi tashkilotlarga murojaatini e'lon qildi. Ilgariroq attestastsiya jarayonida X-variantlar va tanish-bilishchilik haqidagi iddaolar yangragan edi. Bundan oldinroq geografiya fani o'qituvchilari attestatsiya jarayonlaridan ommaviy tarzda norozilik bildirayotgani haqida xabarlar chiqqan edi. Pedagog Shokir Tursun attestatsiya jarayonida ishlatilayotgan test topshiriqlari validligini savol ostiga qo'ymoqda va vazirlik rasmiylarini ochiq debatga chaqirdi.

Bularning hammasi pedagoglar attestatsiyasi tizimida jiddiy muammolar borligi haqida signal bermoqda. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi attestatsiya jarayoni bilan bog'liq ayrim holatlarga rasmiy munosabat bildirdi. Vazir o'rinbosari Sardor Rajabov tarmoqlarda ko'tarilayotgan muammolarni "hayp" deb atadi. Vazirlikning Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Rahimboyev ham vaziyatga "sizlarga faqat shov-shuv kerak, oʻtolmadimmi demak nimadir notoʻgʻri deyish qulayroq", deya munosabat bildirdi va attestatsiya jarayonidan mamnun o'qituvchilar fikrlarini e'lon qildi. Ya'ni, nazarimda, attestatsiya bilan bog'liq tizimli va fundamental muammolarni xaspo'shlab, attestatsiya jarayoni bilan bog'liq noroziliklarni shunchaki "testdan o'ta olmaganlarning muammosi" sifatida taqdim qilishga harakat qilinmoqda.

Hurmatli ustozlar! Pedagoglar attestatsiyasi va u bilan bog'liq muammolar (attestatsiyaning asl maqsadi, jarayonda ishlatilayotgan test topshiriqlarining sifati, jarayondagi tashkiliy masalalar va hokazo) haqida tahliliy material ustida ishlayapman. Attestatsiyaga kirib chiqqan va fikr bildirmoqchi bo'lgan ustozlardan izohlarda o'z fikrlaringizni qoldirishingizni va / yoki men bilan bog'lanishni iltimos qilaman (qayta aloqa boti orqali xabar yuborishingiz ham mumkin). Siz bergan ma'lumolar faqat tahlil uchun ishlatilishi va shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi. Umid qilamanki, birgalikda pedagoglar attestatsiyasi tizimining ilmiy jihatdan to'g'ri yo'lga qo'yilishiga hissa qo'sha olamiz.
Tuzatish

Oldingi postda havola berilgan va Aspekt.uz telegram kanaliga joylangan video ayni kunlarda boʻlayotgan oʻqituvchilar attestatsiyasi jarayoniga oid boʻlmagani uchun uzr soʻrayman hamda Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish boshqarmasi boshligʻi Sardor Rahimboyevga konstruktiv muloqot uchun minnatdorchilik bildiraman.

Shu bilan birga, oldingi postdagi pedagoglarga murojaat oʻz kuchida qoladi: attestatsiya jarayonlarini ilmiy tahlil qilishga yordam beradigan maʼlumotlaringiz, fikrlaringiz boʻlsa, izoh sifatida yoki aloqa boti orqali yuborishingizni soʻrayman. Shaxsiy maʼlumotlaringiz oshkor qilinmasligi kafolatlanadi.
Tubning tubi

Qiziq, birovning yurtiga bostirib kirish, birovning yerini egallash maqsadida tinch aholi ustiga raketalar yogʻdirish, ayollar va bolalarni oʻldirishni maktab darsligiga "qahramonlik namunasi" sifatida kiritish uchun odam kim boʻlishi kerak? Bundan qariyb ikki asr muqaddam Turkistonda ham bularning askarlari "qahramonlik koʻrsatgan" deb oʻrgatiladimi maktab oʻquvchilariga?
Maktabgacha va taʼlimi vazirligi Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish boshqarmasi boshligʻi Sardor Rahimboyev "Xalq taʼlimi info" kanaliga bergan intervyusida oʻqituvchilar bilim darajasi haqida gapiribdi. Yaʼni, shunday mujda berilganki, attestatsiyadan oʻta olmagan oʻqituvchining bilim darajasi past: "Mening ishimning mahsuli - oʻqituvchilarning toifasi oshishi, ... lekin bu degani har qanday bilim darajasiga toifa tarqatish degani emas-da".

Keling, bir narsani aniqlab olaylik. Oʻqituvchining "bilim darajasi" deganda vazirlik nimani tushunadi? Oʻzi dars oʻtadigan fan boʻyicha maktablarda ishlatilayotgan darsliklarda va vazirlik roʻyxatga kiritib qoʻygan pedagogika boʻyicha qoʻllanmalarda berilgan har qanday maʼlumotni yodlab olishmi? Oʻqituvchi maʼlumotni yoddan bilsa, uning darsi samaraliroq oʻtadimi? Masalan, kim onasi chaqirganda bormaganini yoki Mauglining onasining ismi nima boʻlganini yodlab olgan ona tili va adabiyot oʻqituvchisi yaxshiroq dars oʻtadi-yu, shuni eslab qolmagan (yoki test paytida yodiga tushira olmagan) oʻqituvchi yomonroq dars oʻtadimi? Agar oʻqituvchidan kutilayotgan yagona mezon - maʼlumotni eslab qolish boʻlsa, Sardor Rahimboyevning oʻzi intervyuda misol sifatida keltirgan ChatGPTni oʻqituvchilikka qoʻyaylik - har qanday maʼlumot massivini muammosiz eslab qola oladi.
Sardor Rahimboyev intervyuda attestatsiya tizimining xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgani haqida gapiribdi. Uzr-ku, lekin qaysidir Amerika tashkiloti mana bunday spetsifikatsiyalarni (masalan: 1, 2) va bunday test topshiriqlarini normal deb qabul qilib, "xalqaro akkreditatsiya"dan oʻtkazib bergan boʻlsa, bilmadim. Bir paytlar bir fin tashkiloti ham metodik va ilmiy sifati doston boʻlgan boshlangʻich sinf darsliklarini "fin standartlari asosida" deb "akkreditatsiya"dan oʻtkazib bergan edi.
Yana bir muhim narsa. Intervyuda attestatsiya natijalaridan norozi oʻqituvchiga faqat bitta yechim taklif qilingan: apellyatsiyaga ariza berish.

Lekin bu yerda bir narsa inobatga olinmayapti: apellyatsiyada faqat test topshirigʻining shakl va mazmun jihatdan toʻgʻri yoki notoʻgʻri tuzilganligi qaraladi, uning validligi emas. Testologiya ilmining muhim bitta muhim, bazaviy qoidasi bor: testning sifati faqat uning validligi bilan oʻlchanadi. Validlik talablariga javob bermaydigan testlar yordamida kimnidir baholash, xulosa chiqarish, qarorlar qabul qilish mumkin emas. Apellyatsiyaga boradigan oʻqituvchi esa testolog emas - u vazirlik bilan testning validligi yuzasidan bahsga kirisha olmaydi.

Test mazmun jihatdan toʻgʻri tuzilgan boʻlishi mumkin, yaʼni undagi maʼlumotlar toʻgʻri, kalit (toʻgʻri javob) ham toʻgʻri qoʻyilgan boʻlishi mumkin. Bu hali testning validligini anglatmaydi. Mazmunan toʻgʻri test ham validlik talablariga javob bermasligi mumkin. Testning validligiga baho berish uchun esa birinchi navbatda bu testning maqsadi nima, bu test orqali nimani oʻlchamoqchimiz? degan savolga javob berish kerak. Vazirlikning oʻzida bu savolga aniq javob boʻlmasa, validlik haqida gapirish befoyda.

P.S. Uzr, lekin test validlik talablariga javob bermasa, shuncha kameralar, ratsiyalar, face IDlar, shuncha texnika, shuncha mablagʻ, shuncha odamni ovora qilish - hammasi bir tiyin.
#ilm_fan nima deydi?

Yuqoridagi postda pedagog kadrlar attestatsiyasidagi testlarining validligi masalasi ko'tarilgan edi. O'zi "validlik" nima? Test tuzish va o'tkazish, test asosida muhim qarorlar chiqarish bilan shug'ullanadigan tashkilotlar uchun asosiy manbalardan biri, dasturil-amal bo'lib xizmat qiladigan "Pedagogik va psixologik baholash standartlari"ga ko'ra, validlik - har qanday testni ishlab chiqish, uning sifatiga baho berish va qo'llashdagi eng fundamental omil bo'lib, testning maqsadidan kelib chiqqan holda, test natijalari asosida chiqariladigan xulosalarning qay darajada nazariy va empirik jihatdan asosli ekanligidir. Ya'ni, validlik - testning belgilangan maqsad uchun qay darajada yaroqli ekanidir.

Testologiya ilmi nuqtayi nazaridan, baholash - bu o'lchash. Ya'ni, baholash jarayoni orqali abstrakt tushunchalar (konstruktlar) - muayyan bilim, ko'nikma, kompetensiya o'lchanadi. Va bu konstruktlar biron-bir maqsadda o'lchanadi. To'g'ri o'lchash uchun to'g'ri (maqsadga mos) baholash instrumenti tanlanishi kerak. Masalan, og'irlikni o'lchash uchun metr yoki chizg'ichdan foydalanmaysiz-ku, to'g'rimi? Demak, test (baholash instrumenti) o'lchanishi kerak bo'lgan konstruktni to'g'ri o'lchab bera olishi kerak. Va test natijalari asosida to'g'ri xulosalar chiqarish va to'g'ri qarorlar qabul qilish mumkin bo'lishi kerak.

Attestatsiya misolida tushuntiradigan bo'lsak, Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomga ko'ra, umumiy o'rta ta'lim muassasalari attestatsiyasidan maqsad - pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi hamda pedagogik mahoratini aniqlash. O'zi o'qituvchining bilimi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga nima uchun qiziq? O'qituvchi darsini qay darajada yaxshi (samarali) o'ta olishini aniqlash uchun. Attestatsiya testlari natijalariga qarab pedagogning qay darajada samarali dars bera olishi olishi haqida xulosalar chiqariladi va shu xulosalar asosida pedagogning toifasi oshiriladi, o'zgarishsiz qoladi yoki tushiriladi. Demak, attestatsiya testlarini valid (validlik talablariga javob beradi) deya olishimiz uchun test pedagogning samarali dars o'ta olishi haqida asosli xulosalar chiqarish imkonini berishi kerak.

Oldingi postlardan birida "Masalan, kim onasi chaqirganda bormaganini yoki Mauglining onasining ismi nima boʻlganini yodlab olgan ona tili va adabiyot oʻqituvchisi yaxshiroq dars oʻtadi-yu, shuni eslab qolmagan (yoki test paytida yodiga tushira olmagan) oʻqituvchi yomonroq dars oʻtadimi?" degan savol bekorga qo'yilmadi. Kim onasi chaqirganda bormaganini yoki Mauglining onasining ismini eslay olmahgan o'qituvchi o'zi dars beradigan fanni bilmaydi va toifaga noloyiq, degan xulosaga kelish qay darajada to'g'ri? O'qituvchining vazifasi darslikdagi ma'lumotlarni eslab qolish emas-ku. Har qanday normal o'qituvchi darsga kirishdan oldin darsga tayyorlanish, darsni rejalashtirish maqsadida hech bo'lmaganda birrov darslikka ko'z yugurtirib chiqadi.

Yoki postga ilova qilingan va o'qituvchilar ayrim telegram guruhlarda qoldirgan izohlarga e'tibor bering. 10-sinf adabiyot darsligida Kafkadan yoki Mayakovskiydan parchalar XX asrning birinchi yarmida paydo bo'lgan yangi oqimlar, yangicha izlanishlar, yangicha shakllar haqida tasavvur berish uchun keltirilgan. "Evrilish"dagi "kommivoyajer" so'zining ma'nosini bilmagan o'qituvchi, masalan, modernizm haqida tasavvuri yo'q deya xulosa bera olamizmi? Yoki bunday test topshiriqlarini tuzgan (agar shunday topshiriqlar ishlatilgan bo'lsa) vazirlik huzuridagi markaz jalb qilgan ekspertlarning o'zlari darslikdagi bu parchalarning nima uchun keltirilganini tushunmay test tuzib ketavergan, degan xulosa chiqarsak adolatliroq bo'ladimi?

Test shaklan yoki mazmunan to'g'ri bo'lishi, kalitining to'g'ri qo'yilgani - hali u validlik talablariga javob beradi, degani emas. Va apellyatsiya ham bu yerda yechim emas. Vazirlik attestatsiyada ishlatilgan test topshiriqlarining validlik talablariga javob berishi haqidagi dalillarni ommaga taqdim qilishi kerak. Zero validlik dalillarini taqdim etish ham test oluvchi tashkilotning vazifasi.
58ta maktab qurish va "oʻquv dasturlarini takomillashtirish" soliq toʻlovchilarga qanchaga tushadi?

Oldinroq Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ITB tomonidan grant ajratilishi haqida kelishuvga erishilgani va mablagʻlar 58ta maktab qurish, oʻquv dasturlarini takomillashtirish va boshqa yoʻnalishlarni oʻz ichiga olgan loyihaga sarflanishi haqida xabar bergan edi.

Qizigʻi, rasman eʼlon qilingan hujjatdan anglashiladiki, grant mablagʻlari - bu aysbergnning koʻrinib turgan uchi, xolos. Bilasiz, aysbergnning juda katta qismi suv ostida yashirin boʻladi. Bu loyihada ham soliq toʻlovchilar gardanidagi shundoq ham kattagina qarzning ustiga olinadigan yaxshigina qarz qismi bor ekan.

Hujjatga koʻra, vazirlik taklif qilgan loyihani amalga oshirish uchun jami 160 mln dollar qarz jalb qilinadi. Foizi va xizmat koʻrsatish xarajatlari bilan birga bu qarz kamida 256 mln dollarga tushar ekan. Loyiha uchun yoʻnaltiriladigan grantlar hamda soliq va bojxona imtiyozlari bilan birga loyiha jami 316,2 mln dollarga tushishini taxmin qilish qilish mumkin.

Loyiha doirasida oʻquv dasturlarining Nchi marta takomillashtirilishini qoʻyib turaylik - shu paytgacha vazirlik qaysi oʻquv dasturini tizimga oxirigacha, toʻliq, izchil joriy qilganini eslay olmadim. Aftidan, oʻquv dasturlarini "takomillashtirish" va buning ortidan darsliklarni yangilash vazirlik uchun "xobbi" koʻrinadi. Faqat bu "xobbi"ning tovonini kim toʻlashini oʻzingiz yaxshi bilasiz.

Loyihaning boshqa mavhum, samarasini baholash qiyin boʻlgan komponentlarini qoʻyib turaylik-da, "quruq qoldiq"da ("сухой остаток") qolishi kerak boʻlgan natijasini - maktablar binolari va oʻquvchi oʻrinlari sonini koʻraylik.

Loyiha natijasida 72 ming oʻrinli 58ta maktab qurilishi kerak ekan. Loyihaning jami qiymatini maktab kesimida olsak, bir maktab oʻrtacha 5,4 million dollarga tushar ekan. Oʻquvchi oʻrni kesimida olinsa, bir oʻquvchi oʻrni yaratish qiymati qariyb 4,4 ming dollar. Loyihaning boshqa komponentlari va "koʻzda tutilmagan xarajatlar" uchun ajratilgan ulushi (taxminan 30%) chiqarib tashlanganda ham, bir maktab 3,7 millionga tushyaptimi?

OTB vakili 2023-yilda Oʻzbekistonga 2000 maktab qurish uchun 2 mlrd dollar kerak boʻladi, degan ekan. Bu - bir maktab uchun 1 million dollar degani. Qiziq, oʻtgan 2 yil ichida narxlar shunchalik oʻzgardimi? Loyihani tasdiqlashdan oldin undagi xarajatlar va raqamlarning qanchalik asoslanganligini kimdir tahlil qilib koʻrganmi?