Jalilov. Qaydlar
4.06K subscribers
1.44K photos
17 videos
22 files
2.27K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
"Barcha imtiyozlaringiz oʻzingizga va atrofingizdagi xushomadgoʻylarga siylov". Fahriddin Nizomov (Faxriyor) Yozuvchilar uyushmasidan chiqishi haqida.

Oʻzi Stalin davrida tuzilgan, asosiy maqsadi ijodkorlarni va ularning ijodini nazorat qilish, asosiy vazifasi esa "partiya liniyasi"dan chiqmaydiganlarni imtiyozlar bilan siylab, itoatsizlarni "savalash" boʻlgan (adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori Boris Pasternak keysini eslang) bunday uyushmalar bizga kerakmi?

Balki shunday "uyushmalar" borligi tufayli ham adabiyotimiz haligacha dunyo miqyosiga chiqa olmayotgandir?
👍22👏7🤔1
"Zakovat"ga byudjetdan 50 mlrd?

Har xil faktlarni yodlab olib, buni "intellekt" deb oʻylaydiganlarga nima uchun soliq toʻlovchilar hisobidan pul ajratilishi kerakligini kimdir tushuntirib bera oladimi?
👎132👍71🤬67🔥6🤯6
Yuqoridagi postga izohlardan birida "Eng yaxshi sarmoya ilmga tikilgan sarmoya" deb yozishibdi.

"Zakovat" oʻyinini ilm va unga byudjetdan ajratiladigan pullarni "ilmga sarmoya" deb jiddiy aytilyaptimi? "Zakovat" NNTga alohida eʼtiborning asl sababini uning "ilmga aloqasi bor"ligidan emas, oʻtgan yilgi ayrim bayonotlardan va keyinroq klubning PR vositasiga aylan(tiril)ganidan qidirish kerak emasmikan?
👍87👎37🔥2🤬1
Umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim tizimlarida (maktab, litsey) faoliyat yuritayotgan ona tili va adabiyot o'qituvchilari uchun so'rovnoma

Hurmatli ustozlar! Ona tili va adabiyot fanlarini o'qitishda qo'llanilayotgan baholash usullarining ta'lim samaradorligiga ta'sirini o'rganish hamda ta'lim samaradorligini oshirishi mumkin bo'lgan baholash usullarini taklif qilishga qaratilgan ilmiy tadqiqot doirasida so'rovnoma o'tkazilmoqda. So'rovnomani to'ldirish uchun bir oz vaqtingizni ayamasdan, tadqiqotga hissa qo'shishingizni iltimos qilaman.

So'rovnoma doirasida yig'ilgan barcha ma'lumotlar faqat umumlashtirilgan holda ilmiy ish doirasida ishlatiladi. Ilmiy etiket qoidalariga muvofiq, so'rovnomada qatnashganlarning shaxsini aniqlashga yordam berishi mumkin bo'lgan ma'lumotlar oshkor qilinmaydi.

So'rovnoma havolasi: https://xalqtaliminfo.uz/questionnaires/14/uform
👍11🤬1
Oʻzbekiston taʼlimi dunyoda eng oxirgi oʻrinlarda...mi?

Xabaringiz bor, oxirgi yillar Oʻzbekiston oʻquvchilari taʼlim sifatini oʻlchashga qaratilgan bir nechta xalqaro tadqiqotlarda qatnashdilar: PIRLS, PISA, TIMMS. Va bu tadqiqotlardagi natijalarimiz, afsuski, Oʻzbekistonda maktab taʼlimi obrazli qilib aytganda, ogʻir bemor emas, balki oʻlib boʻlganligini koʻrsatmoqda. Eng achinarlisi - Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ahvolni oʻnglash uchun ilmiy asoslangan qadamlar tashlash oʻrniga biratoʻla taʼlimning janozasini oʻqib qoʻya qolmoqchi koʻrinadi.

Oʻzbekiston maktab taʼlimida nimalar boʻlyapti va nimalar boʻlmasligi kerak - agar siz uchun bu mavzu befarq boʻlmasa, koʻring, fikr bildiring.
👍12🔥4🤬1
"Tanaffus" podkastining kecha eʼlon qilingan soni tagida qoldirilgan izohlardan.

"Mezonlarga asoslangan" deyilayotgan yangi baholash tizimi taʼlimning samarasiga xizmat qilmasligini, aksincha, bolalarni faqat BSB va CHSBlarning tayyor javobini koʻchirib baho olishga oʻrgatayotgani, oʻqishdan sovutayotganini vazirlik tushunishni istamayapti. Vazirlik mutasaddilari bilan dialogga urinishlar foyda bermadi - ular har qanday argumentga "bu sizning shaxsiy fikringiz, bizdagi maʼlumotlar boshqacha" deya javob berishni maʼqul koʻrmoqda. Vazirlik haqiqatdan ham taʼlimning biryoʻla "janozasini oʻqimoqchi" koʻrinadi.
👍18😱4🔥2🤬1
Kobul Dusovning yozishicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumanida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi tomonidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ustidan sudga daʼvo arizasi kiritilgan. Daʼvo oʻqituvchilar attestatsiyasiga oid. Ariza Beruniy tumanlararo sudi tomonidan koʻrib chiqilishi kutilmoqda.
👍24🔥6👏3🤬1
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova oʻzining yangi yil tabrigida yana islohotlar vaʼda qilmoqda. Taʼlim sohasiga begona boʻlmaganlar esa "islohot" desa yuragi bezillaydigan boʻlib qolgan.

Kelayotgan yangi yilda vazirlikning mantiqsiz va maqsadsiz islohotlari va nihoyat barham topib, taʼlim normal izga qaytishini, taʼlim sohasi vakillari "koʻksiga shamol tegishini" tilab qolaman.

Kirib kelayotgan yangi, 2025-yil muborak boʻlsin!
🔥35👍6🤬1
"Inson qadri uchun, inson baxti uchun birgalikda harakat qilamiz", degan soʻzlar bilan boshlangan yangi yilning birinchi voqeasi.

Welcome to the old Uzbekistan we all were accustomed to.
😢46👍8🤬5🔥1
Turli "faollar" "inson qadri uchun, inson baxti uchun" degan shior bilan boshlangan yangi yilni qamoqda kutib olishga majbur boʻlgan Gʻayrat Doʻstovning oilaviy muammolari haqida maʼlumotlar tarqata boshlashdi. "Metodichka" ishga tushdi shekilli. Lekin ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarga qaraganda, bu ham teskari effekt berganga oʻxshaydi - koʻpchilik bunday maʼlumotlar nima maqsadda tarqatilayotganini anglab yetdi. Xullas, bu keysda davlat yutqazdi.

Umuman, hukumat va kuch ishlatar tizimlar sal aqlni ishlatsa boʻlardi. Balki ularga tarix fanidan ozgina darslar olish, "tepa" va "past" oʻrtasida qayta aloqaning yoʻqilishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini konkret keyslarda oʻrganib koʻrish kerakdir. Masalan, Mariya Antuanetta keysidan tortib Muhammad Buazizi keysigacha bir nechta shunday tarixiy voqealar tahlil qilib koʻrilsa, zarar qilmasdi, nazarimda.

Bu voqea, menimcha, yana bir narsani koʻrsatdi. Hokimiyatlarning real boʻlinishi - xalqdan mandat olgan va qoʻlidan tugmacha bosishdan koʻra kattaroq ishlar keladigan deputatlar yigʻilgan jonli parlament hamda mustaqil sud naqadar kerakligini. Hamda haqiqiy legal muxofilat - "muxolifat" rolini oʻynashga tayinlanganlar emas - qanchalik muhimligini. Bu "tepa"dagilarning oʻzi uchun ham zarur. Chunki tizginsiz ijro hokimiyatini soʻroqqa tuta oladigan parlamentdagi muxolifat mana shunday noroziliklarni qonuniy va nisbatan xavfsiz yoʻllarga kanallashtira oladi.
👍44🔥7👏4🤬1
Tushunmadim. Apellyatsiya sudi tanqid qilish mayda bezorilik ekanini tasdiqladimi?

Va buning nimasi "xatolarning toʻgʻrilanishi"?
👍16🤬4
Ha shu "islohot"lardan biri, Singapur "ta'limi" sabab  dam olish kunlarini ham kompyuter qarshisida o'tkazdim. Nima emish o'quvchilar cerebry platformasida 100% natijaga ega bo'lishi kerak emish. Shu talabni bajarish uchun har bir o'quvchi profilidan kirib o'zimiz yechib chiqyapmiz testlarni.

Kanaldagi va mana bu podkast tagidagi izohlarga qaraganda, "Cerebry" platformasi ham koʻzboʻyamachilikka aylangan. Vazirlik shunday koʻzboʻyamachilik bilan PISAning keyingi siklida Oʻzbekistonning sharmandali oʻrnini yaxshilashga bel bogʻlagan koʻrinadi.
👍21😱13👎3
Bugungi kundan xulosam: whistleblowing.

Agar hushtak chalinganda bu hushtakka reaksiya bildirishi kerak boʻlganlar bu ishni qilmasa, keyingi safar hushtak chaladigan topilmasligi mumkin.
👍32🔥10👎1
Izoh: ushbu post "1000 kitob" loyihasi haqida edi. Hushtak chalingan edi va bugun bu hushtak sabablari oʻrganilishi, reaksiya bildirilishi kerak edi. Afsuski, bunga kimlardadir imkon, kimlardadir istak boʻlmadi.

Hayot davom etadi.
😱10👍4👎1
Ko'pchiligimizga audiokitoblari va shu kunlardagi "Usta va Margarita"ning jonli o'qilishi bilan tanish Madina Musayeva Artur Konan Doyl qalamiga mansub "Sherlok Xolms" turkumidan "Mallalar uyushmasi" hikoyasini audiolashtiribdi. Mazkur asar 6-sinfning 3-choragida o'qishga tavsiya qilingan.

Hikoya uchun o'ziga xos muqovani esa, Madina Musayevaning yozishicha, uning farzandi ishlagan. Darvoqe, adabiyot darslarida asar uchun muqova yoki illyustratsiya ishlash topshirig'i ham o'quvchilarni asarga chuqurroq kirishni chorlovchi samarali usul bo'lishi mumkin.

Umuman, 6-sinf uchun adabiyot darslari uchun tavsiya qilingan asarlar Madina Mussayeva ijrosida mana bu yerda jamlangan.
👍35
Yuqorida yozganimdek, Madina Musayevaning telegram kanalida "Usta va Margarita" romani mutolaa qilinyapti. Romanni oʻqimaganlarga bu buyuk asar bilan tanishish, oʻqiganlarga esa yana bir marta qayta murojaat qilish, oʻzini goh 1930-yillar Moskvasida, goh milodning boshlaridagi Iudeyada his qilish, muhabbat va xiyonat, yaxshilik va yozuvlik, jinoyat va jazo singari mangu mavzular ustida mushohada yuritish uchun yaxshi imkoniyat.

Esingda boʻlsa, asar ikki kishining - adabiy jurnal muharriri Berlioz va shoir Bezdomniyning dim oqshom chogʻidagi suhbati bilan boshlanadi. Shu payt ularning suhbatiga bir ajnabiy aralashadi. Suhbatdan keyin esa (uchinchi bobda), xuddi ajnabiy bashorat qilganidek, Berliozning boshi tanasidan judo qilinadi.

Romanning birinchi bobida zukko kitobxon muallif mohirona ishlatgan bir badiiy usulni payqagan boʻlishi mumkin. Hali ajnabiy paydo boʻlmasidan oldin Berliozning yuragi oʻtmas igna qadalganday zirqirab ogʻriydi, uning vujudini kuchli bir dahshat chulgʻab boradi. Keyinroq esa, ajnabiy bilan suhbat paytida, u bilan "mangu vidolashayotgan" quyoshning siniq shuʼlalarini deraza oynalarida koʻradi. Sal oʻtib esa ajnabiy unga "sizning boshingizni tanangizdan judo qilishadi" deydi.

Kuchli qoʻrquv, manguga xayrlashayotgan quyosh, keyin esa ajnabiyning soʻzlari. Bularning hammasi Berliozning halokatiga ishora qiladi. Badiiy asarda keyinroq sodir boʻladigan voqealarga bunday ishoralar "foreshadowing" deyiladi. Bu usul oʻquvchining diqqatini ushlab turish, hayajonni (suspense) oshirishga yordam beradi.

* Bilishimcha, "foreshadowing" atamasining oʻzbekcha muqobili mavjud emas.

Illyustratsiya sifatida rassom Pavel Orinyanskiy ishlagan suratdan foydalanildi.
👍17
Xabarlarga qaraganda, shu kunlarda umumtaʼlim maktablarida "cerebry'bozlik" - oʻquvchilarni Cerebry platformasida testlar yechishga majburlash(ga oʻqituvchilarni majburlash) avj olgan. Aytishlaricha, bu navbatdagi PISA tadqiqotlariga tayyorgarlik bilan bogʻliq - vazirlik Oʻzbekistonning PISA tadqiqotlaridagi natijalarini yaxshilash boʻyicha yuqori idoralarga kiritgan takliflari ichida mazkur platformani mahalliylashtirish va undan foydalanish ham boʻlgan.

Aftidan, vazirlik PISA - bu DTM testlariga oʻxshagan "trenirovka" qilinadigan test emas, taʼlim sifatini oʻlchaydigan tadqiqot ekanligini esdan chiqargan koʻrinadi.
👏18👍8🔥3