Jalilov. Qaydlar
4.08K subscribers
1.44K photos
17 videos
22 files
2.27K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Maktabgacha maktab taʼlimi vaziri hamda jimjitlik

"Mezonlarga asoslangan" deyilayotgan baholash tizimi haqida ota-onalardan biri yozmoqda:

Сегодня только слушала проклятия одной мамы в адрес создателей системы, у которой дочь стала хроническим астматиком, т.к. не имеет возможности нормально подлечиться в санатории или даже просто в домашних условиях, т.к. без конца надо бежать за этими СОР и СОЧ.

Вот только не надо парировать тем, что можно пересдать. Н... нам не нужны эти пересдачи и беготня, извините за моветон, но уже наболело.

Семья этой девочки даже на каникулах не смогла отправить ребёнка в санаторий на 5 дней, т.к. были вынужденные пропуски по болезни и ребенок бегал на каникулах сдавал хвосты.

И теперь уже масса таких детей, которые идут в школу с бесконечным насморком, кашлем и т.д. У кого-то начинаются осложнения, хронический гайморит, отит и т.д.

Вы что творите?


Vazir nega jim? Nega chiqib izoh bermaydi, ota-onalarning savollariga javob bermaydi? Nega muammolarga sabab boʻlayotgan tizimning qay darajada qonuniyligi, amaldagi normalarga mosligi boʻyicha izoh bermaydi? Televideniyedagi koʻrsatuvlardan noqulay ovozlarni kesib tashlagan bilan muammo yoʻq boʻlib qolmaydi-ku?
👍36😱2
Yuqoridagi post eʼlon qilingan guruhda boshqa shu (yuqorida iqtibos keltirilgan) postga javoban boshqa bir foydalanuvchi yozyapti:

У моего ребенка в классе, девочка в итоге с воспалением легких. Потому что, заболев перебивались, то одним днем, то двумя днями пропусков. Итог : воспаление легких.

Мой ребенок гундосит, горло, ежедневно приходит парит ноги, обрабатываем, пьем лекарство, чтобы не пропустить конец четверти. При этом 3-4 дня было отключено отопление в школе, и всё равно посещали, из-за этих проклятых СОРОВСРОЧЕЙ. ...

Массово после зимних каникул надо их продлить в знак протеста. Просто оставить школы государственные пустые.

Yangi baholash tizimining tahliliga bagʻishlangan maqolamda tizimning oʻquvchilar ruhiy salomatligiga taʼsiri boʻyicha mutaxassis fikri keltirilgan edi. Lekin tizimning bolalar jismoniy salomatligiga taʼsiri ham alohida, mutaxassislar va bolalar huquqlari bilan shugʻullanuvchi idoralar (masalan, Bolalar ombudsmani) eʼtibor qaratishi kerak boʻlgan masalaga oʻxshaydi.
👍13👎1
Alisher Qodirov
Bugundan boshlab amaldagi harflarga qaytaman, 4 ta harf bo’yicha esa rasmiy qarorni kutamiz.
O'zbekiston parlamenti qabul qilgan qonunni mensimay kelayotgan O'zbekiston parlamenti vakili va nihoyat qonunga qaytishga qaror qilgan ko'rinadi.

Shunchaki mulohaza:

"Qolaversa, ş, ç, ö, ğ Cholpon va Qodiriylar qo’llagan harflar edi".
Bir gapda ikkita xato:

1. Qodiriy va Cho'lponlar arab imlosida yozishgan. Masalan, Cho'lponning yaqinda yangi topilgan asari ham arab imlosida yozilganligi aytilmoqda.

2. 1929-1939 yillarda qo'llanilgan lotin alifbosi Qodirov ishlatib kelgan alifbodan tubdan farq qiladi. Xususan, unda "ç" "ch"ni emas, "j"ni ifodalagan. Masalan, bu maqolada keltirilgan "Yangi yo'l" jurnalining 1933-yilgi sonidan olingan e'longa yoki mana bu maqolada keltirilgan Fitratning "Sarf" kitobidan sahifalarga e'tibor bering va o'qib ko'rishga urining.

Tarixni va adabiyotni sal yaxshiroq o'qish kerak ...
🔥24👍5
Har safar "tubiga yetib kelibmiz, bundan battar boʻlishi mumkin emas" deb oʻzingni ovutganingda .... Pragadan yangi video chiqadi.
🔥22🤯4😢4🤬1
NOVA24 — LIVE
Делегация Узбекистана ознакомилась с Кембриджской учебной программой и обсудила перспективы внедрения международных стандартов в школах республики.
O'zbekiston delegatsiya Kembrij o'quv dasturi bilan tanishib, maktablarda xalqaro standartlarni joriy qilish istiqbollarini muhokama qilgani aytimoqda.

"Fin" va "Singapur "tajriba"laridan hali o'ziga kela olmayotgan jafokash O'zbekiston ta'lim tizimini yangi tajribalar kutmoqdami?
😱26👍7🤯1
Bugun soat 15:00da "Yoshlar ijod saroyi"da "1000 kitob" loyihasi birinchi bosqichi yakunlari va keyingi yilga rejalar yuzasidan uchrashuv boʻlib oʻtadi.

Oldingi postlarda yozganimdek, ushbu loyihaning 1-bosqichi doirasida taʼlim nazariyalariga bagʻishlangan "Oʻrganish yoʻllari" kitobi ham mening tarjimamda nashr etiladi.
👍15🔥1
O'ylab ko'ring: Ozoda Nursaidovaning "Lada" qo'shig'iga ishlangan klipni ko'pchilik ko'rgan bo'lsa kerak. Shu klip oxiridagi klip bosh qahramoni va jurnalist Otabek Mahkamov dialogida so'z qo'llash bilan bog'liq qanday muammo bor?
"Malapropizm" hodisasi haqida eshitganmisiz? "Malaproprizm" so'zi XVIII asr ingliz-irland dramaturgi Sheridan asarlaridan biri qahramoni Malaprop xonim nomidan olingan. Sheridan bu qahramon ismini fransuzcha "noto'g'ri joylashgan" ma'nosini bildiruvchi mal à propos birikmasidan yasagan. Malaprop xonim o'z nutqida aytmoqchi bo'lgan so'ziga talaffuz jihatdan yaqin, biroq aslida mavjud bo'lmagan so'zlarni ishlatgan.

Klip so'ngidagi dialogda "realitet mashinalar" degan jumla ishlatiladi. Tushunimcha, aslida "raritet mashinalar" demoqchi. "Raritet" - qadimiy va qimmatbaho narsa. "Realitet" degan so'z esa mavjud emas. Bu, nazarimda, malaproprizm hodisasiga misol bo'la oladi - talaffuzi ishlatilmoqchi so'zga yaqin, biroq aslida mavjud bo'lmagan so'z ishlatilgan. Bu komik effekt hosil qilish uchun ataylab qilingan bo'lishi ham mumkin.
👍19🔥4🤯3
Davlat yaratayotgan va kuchaytirayorgan tengsizlik

"Asosan matematika, ingliz tilidan prezident maktabiga tayyorlashar ekan. Shunisi qiziq bo‘lib turib, Rakat mahalladagi filialiga olib bordim. Baxtiyor degan bola kutib oldi, “prezident maktabida unday bo‘ladi, bunday bo‘ladi”, deb rosa maqtadi. Nima bo‘lsa ham bolalarning o‘qishiga deb rozilik berdik".


Kun.uz nashri oʻquv markazlaridan biri atrofidagi mojaro haqida chop qilgan maqoladan olingan yuqoridagi parchaga eʼtibor bering. Ota-ona oʻquv markazi farzandini prezident maktabiga tayyorlab berishiga qiziqib, roʻzgʻoridan, boshqa farzandlaridan orttirib yiliga 12 mln soʻm toʻlashga tayyor. Bu - ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar (prezident, ixtisoslashtirilgan, ijod maktablari) yaratayotgan va kuchaytirayorgan tengsizlikka bir misol.

Umuman, prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar atrofida katta industriya - "shadow education" shakllangani sir emas. ("Shadow education" - "soyadagi taʼlim" - bu atama ilmda kurslar, repetitorlik xizmatlari singari pullik qoʻshimcha taʼlim xizmatlari uchun ishlatiladi). Bunday maktablarning katta konkursidan oʻtish uchun maxsus tayyorgarlik kerak, buning uchun oilaning moddiy imkoniyatlari koʻtarishi kerak. Yaʼni, bunday maktablar boshidan imkoniyatlari boshqalarnikiga qaraganda koʻproq oilalar farzandlarini qabul qiladi va umumiy oʻrta taʼlimning oxiriga borib ularning imkoniyatlari orasidagi farq yana ham kattalashadi. Vaholanki, umumiy oʻrta taʼlim tizimi barcha uchun teng ravishda sifatli taʼlim olish imkoniyatini taʼminlashi, bunday imkoniyat oilaning moddiy imkoniyatlari va boshqa omillarga bogʻliq boʻlmasligi kerak.
👍17🔥5👏3😢1
Netflix'ning eng katta yutugʻi

"Yolgʻizlikning yuz yili" asosida ishlangan serialni koʻrayotib negadir xayolimga bir fikr keldi:

Netflix'ning eng katta yutugʻi - unda "maʼnaviyatchi"lar yoʻqligi boʻlsa kerak. Tasavvur qiling, Netflix'da "maʼnaviyatchi"lar va "maʼnaviyat ekspertizasi" boʻlganida .... "Yolgʻizlikning yuz yili" ham, "Kalmar oʻyini" ham, boshqa dunyo miqyosida xitga aylangan filmlar va seriallar ham yaratilmas edi.
👍24🔥6👏1
O'zbekistonda nimalar bo'layotganini chet el OAVlaridan bilish ... odat tusiga kirmoqdami?

"В Кремле объявили, какие страны станут партнерами БРИКС с 1 января. Подтверждения о готовности стать государством - партнером объединения поступили от Белоруссии, Боливии, Индонезии, Казахстана, Кубы, Малайзии, Таиланда, Уганды и Узбекистана, отметил помощник президента РФ Юрий Ушаков", deb yozmoqda Rossiyaning TASS axborot agentligi.

Qiziq. O'zbekistonning bir haftadan keyin ayrimlar "Putinning G'arbga qarshi klubi" yoki "Xitoy qanoti ostidagi loyiha" deya baho berayotgan BRICS tashkiloti "hamkori"ga aylanishi haqida nega yana xorij OAVlaridan bilib olyapmiz? Yoki O'zbekiston rasmiy manbalari va OAVlari bu haqida xabar berganmidi?
🤬19👍4
Iqtisodchi Yuliy Yusupov va Profi Universiteti nodavlat universiteti asoschisi Bektosh Hatamov nodavlat OTMlarga talabalar toʻlayotgan kontrakt pullarining 4%i miqdorida soliqmi, oʻlponmi solishni maʼqullovchi "protokol" haqida yozishdi. Albatta, bu "soliq" / "oʻlpon" noqonuniy - qonunchilikka muvofiq, har qanday majburiy toʻlovlar faqat parlament tomonidan qonun bilan kiritilishi kerak. Va albatta, bu Oʻzbekistonda biznes yuritish (farqi yoʻq, qaysi sohada - oliy taʼlim boʻlishi shart emas) maqsadi boʻlgan ichki yoki tashqi investor uchun yomon signal - istalgan tashkilot istalgan vaqtda bitta "protokol" bilan oʻlpon joriy qila oladigan muhitda biznes yuritish - halol investor uchun juda katta risk.

Masalaning boshqa tomoni. Bunday "oʻlpon" noqonuniy boʻlgani bilan nodavlat OTMlar uning ustidan shikoyat qilishi dargumon. Chunki nodavlat OTMlariga litsenziyani beradigan tashkilot - Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi. Vazirlik "oʻlpon" toʻlashdan bosh tortgan va shikoyat qilgan nodavlat OTM ustidan biron bahona bilan litsenziyani bekor qilish boʻyicha sudga murojaat qilmasligiga kafolat yoʻq. Shu paytda ena va qozi haqidagi sal qoʻpolroq, lekin topib aytilgan xalq ogʻzaki ijodi namunasi esga tushadi.

Qizigʻi, bu protokol bilan faqat nodavlat OTMlariga "oʻlpon" joriy qilinmagan. Protokol bilan OTMlar rahbarlari va professor-oʻqituvchilari oyligidan ham ushlab qolish rejalashtirilgan (16-bandga qarang). Aftidan, protokolni tuzganlar modomiki yuridik shaxslarga "oʻlpon" joriy qila olar ekanmiz, nega jismoniy shaxslar oyligidan ham ushlab qola olmasligimiz kerak, deb oʻylashgan shekilli. Oʻzbekistonda qaysi organ soliq solish vakolatiga egaligini aniq-tiniq belgilab bergan Konstitutsiya buzilgandan keyin, xodimning oyligiga daxl qilishni taqiqlovchi Mehnat kodeksi nima boʻlibdi?
🤬13👍10😱4
"Наболело! Сегодня у меня 8 класс писал СОЧ по геометрии на бумаге. Так вот, они все сдали быстрее, чем я бы прочитал хотя бы половину из заданий. Этот класс был мой самый любимый два года. А теперь весь класс просто в ...опе. Все перестали учиться! А зачем? В конце четверти же все будет где-то в сети все ответы. Зачем напрягаться в течении четверти, слушать, делать домашку? До этого я им сам сочинял контрольные, брал из того же учебника, но был уверен, что они их увидят впервые прям на контрольной, а не за день или два до СОЧа. Еще не проверял, но уверен, что все написали на 40 из 40" (Oʻqituvchi)

"у нас такая же ситуация, сына взбесило, что те кто списывал у него же, получили больше баллов, чем он сам. как так? И знаете каков результат? Теперь он решил забить на самостоятельные решения и говорит, что тупо спишет и все. Вот что тут поделать? у меня нет доводов в противовес этому. Говорю, главное твои знания, а не оценки, а он говорит, ну тогда можно вообще забить школу, мои знания от репетитора, а не от школы"
(Ota-ona)

Yuqoridagilar - yangi baholash tizimi haqida ijtimoiy tarmoqlardan olingan fikrlar edi.

Hali bu tizimning haqiqiy "meva"larini bir necha yil oʻtib totamiz. Lekin oʻshanda kech boʻladi. Vazirlik esa keyingi yil bu tizim joriy qilinadigan maktablar sonini 2 baravarga koʻpaytirmoqchi.
😢32👍2😱2
Yuqoridagi postga qoʻshimcha. Kanalga kelgan izohlardan (izoh muallifi imlosi va uslubi saqlangan):

Ассалому алейкум, ман 2 фарзанднинг онасиман, болаларим бири 9 синф бири 5 синф. Тугрисини айтаман икала фарзандим хам йиллик бахосида 4 бахоси йук эди, хаммаси 5 эди. Шу йили 1 чорекда икки фарзандимни бахоси тушиб кетди хатто кичкина фархандимни чореги 3 хам чикди. Ман икаласига тушунтирдим, манга сизларни бахоилар керак эмас манга билиминг мухим деб... натижа нима булди биласизларми... хозир икала фарзандим хам факатгина Сор-Сочни кур курона жавобини бир икки кун олдин шпаргалка таерлашяпти, мактабга бормаслиги купайган. Айтишадики "Ман ундан кура шу вактимни кушимча дарсларимга сарфлайман мактабга сарфлайдиган бекорчи вактим йук" деб бу фикрига 100% кушиламан. Мани имкониятим бор Худо хохласа кушимчаларда болаларим билим олишини давом эттиришади, лекин имконияти йуклар канча... Нима демокчиман, бу системани йулга куймаслигилар учун кучимни сарфламайман ахволни куриб турибман .... шунчаки МАКТАБНИ СИСТЕМАСИНИ ДАБДАЛА КИЛИБ ТАШЛАДИЛАР,БОЛАЛАРНИ ИНТИЛИШИНИ, КИЗИКИШИНИ, ИШОНЧИНИ йук килдилар...

Xullas, bu "mezonlarga asoslangan" deyilayotgan gʻayri ilmiy baholash tizimi davom etaversa, oqibati xayrli boʻlmaydi - bir nechta avlodni boy beramiz. Nahotki bu holat "tepa"dan hech kimni tashvishga solmayapti?
😱15👍9
"Ma'rifat" gazetasining kechagi sonida e'lon qilingan "Adabiy ta’lim tamoyillari va baholashning yangi tizimi" maqolasida bir qiziq fikrga ko'zim tushdi: "Adabiyot darsi oʻquvchiga bilim bermaydi, unda koʻngil tarbiyalanadi". Keling, shu fikrni tahlil qilib ko'raylik.

Adabiyot darslarida o'quvchi asosan badiiy matn bilan ishlaydi: uni tahlil qiladi, unga munosabat bildiradi, undan o'z xulosalarini chiqaradi. Badiiy matnni tahlil qila olish uchun u qanday qonuniyatlar asosida tuzilishi haqida muayyan bilimlar kerak: masalan, badiiy matn boshqa turdagi (axborot, ilmiy va hokazo) matnlardan qaysi jihatlari bilan farq qiladi, badiiy matnning tur va janrlari bir-biridan qaysi xususiyatlariga ko'ra farq qiladi, badiiy matnda qanday tasvir vositalari ishlatiladi va ular qanday maqsadlarga xizmat qiladi va hokazo va hokazo. Misol uchun, yangi 5-sinf adabiyot darsligining boshida berilgan Abdulla Oripovning "Tilla baliqcha" she'ri aslida qandaydir ko'lmakda yashaydigan qandaydir bitta baliq haqida emasligini tushunish uchun ham obrazlilik, ramz, majoz haqida muayyan bilimlar kerak. Bunday bilimlarsiz o'quvchi asarni tahlil qila olmaydi, unga munosabat bildira olmaydi, shunchaki "aravani quruq olib qochadi", xolos. Badiiy matnni tushunish va tahlil qilish uchun kerakli bilimlar va ko'nikmalar asosiy obyekti badiiy matn bo'lgan adabiyot darslarida berilmasa, qaysi darslarda berilishi kerak?

Ushbu postga ilova qilingan sxemaga qarang. Unda ta'lim jarayoni soddalashtirilgan ko'rinishda aks etgan: ta'limiy maqsadlar qo'yiladi, maqsadga mos vositalar (o'quv materiallari, metodika va hokazo) tanlanadi, qo'yilgan maqsadlarga qay darajada erishilgani baholash orqali aniqlanadi. Ta'lim jarayoni samarali bo'lishi uchun mana shu uch asosiy element (maqsad - vosita - baholash) uyg'un ishlashi, bir-biriga mos bo'lishi kerak. Mutaxassislar (masalan: 1, 2) ta'limiy maqsadlar imkon qadar aniq belgilanishi, o'quvchi ta'lim jarayoni so'ngida bajara olishi kerak narsalarni tasvirlashi kerakligiga urg'u berishadi. Aniq maqsadlar qo'ymasdan ta'lim jarayonining samarasini ta'minlash imkonsiz, zero hayotda ham qayerga borishingiz kerakligini aniq bilmasangiz, ko'zlagan manzilingizga yetib bormaysiz.

"Adabiyot darsi oʻquvchiga bilim bermaydi, unda koʻngil tarbiyalanadi" deyish esa, nazarimda, adabiyot fanini aniq maqsadsiz, "oldi-qochdi" fanga aylantiradi, chunki "ko'ngilni tarbiyalash" - mavhum gap: siz o'qituvchi sifatida "ko'ngilni qanday tarbiyalash" kerakligini va ta'lim jarayoni yoki uning bir qismi nihoyasida "ko'ngilning qay darajada tarbiyalanganligiga" qanday baho berish kerakligini aniq tasavvur qila olasizmi? Adabiyot alohida fan sifatida o'qitiladigan yoki ona tili tarkibida o'qitiladigan davlatlar o'quv dasturlarini tahlil qilsangiz, adabiyot fani uchun konkret maqsadlar - o'quvchillar egallashi kerak bo'lgan bilim va ko'nikmalar belgilanganini ko'rishingiz mumkin. Masalan, Maktabgacha va maktabgacha ta'lim vazirligi andoza olishga harakat qilayotgan Singapur ta'lim vazirligi tasdiqlagan o'rta maktab adabiyot dasturini ko'rsangiz, unda 4 yo'nalish bo'yicha aniq ta'limiy maqsadlar qo'yilganining guvohi bo'lasiz. Masalan, uchinchi yo'nalish bo'yicha (syujetga baho berish) o'quvchilardan syujet strukturasini (misol uchun, ekspozitsiya, kulminatsiya, yechim), syujet vositalarini (masalan, flashback - asardagi voqealardan oldin bo'lgan voqealarga ishora qilish, flashforward - keyinroq bo'ladigan voqealarga ishora qilish, twist - kutilmagan burilishlar) hamda konfliktning syujet rivojidagi ahamiyatini tahlil qila olishi kutiladi. Maktabni bitirish imtihonida ham shu ko'nikmalar tekshiriladi. Bu ko'nikmalarni egallash uchun esa, tabiiyki, muayyan bilimlar (masalan, syujet nima, uning qanday elementlar bor va hokazo) egallanishi kerak.

Ta'lim jarayoni samarali bo'lishi uchun aniq maqsadlar kerak. Bunday maqsadlarni belgilaydigan hujjatlar esa amalda yo'q. Shunday ekan, ta'lim samarasi haqida gapirish mantiqsizlikdir. Balki aniq maqsadlar yo'qligi uchun ham "ko'ngilni tarbiyalash" singari mavhum maqsadlar bilan o'zimizni aldayotgandirmiz?
👍9