Bakiroo "darsliklar ijarasi uchun toʻlov qayta tiklansa, tejalgan milliardlar kimnidir choʻntagiga ketadi?" degan savolni qoʻymoqda. Haqli savol. Lekin boshqa savol ham berilishi kerak: "darsliklarni yangilash" uchun oxirgi bir necha yillar ajratilgan trillionlar qayerga ketgan?
Yangi baholash tizimidan norozi ota-onalar tashkil qilgan guruhda "darsliklar yoʻq" degan jumla bilan qidiruv berilganda chiqib kelgan natijalarga eʼtibor bering: bittasida bu yil Singapurning "Novda" tarjima qilib chop qilgan (qilishi kerak boʻlgan?) "Tabiiy fanlar" darsligi yoʻq, boshqasida - informatika, yana bittasida - tarix va hokazo. Ota-onalar darsliklarni farzandlariga oʻzlari chop qilib berishyapti, yoki har xil telegram kanallarda aylanib yurgan darsliklar parchalarini yigʻib bolalariga dars qildirishyapti, yoki umuman dars qildirishmayapti, chunki darslikning tagi yoʻq - na elektron va na bosma. CHSB - BSBlar esa yangi darsliklardan olinib yotibdi.
Umumiy oʻrta taʼlim tizimi hech qachon Umarova va uning jamoasi boshchiligidagi boshqaruvning uchinchi oʻquv yilidagidek darajadagi "bardak"ni koʻrmagan boʻlsa kerak.

👍64🔥11👎3🤬3
IEA tashkilotining xabar berishicha, ertaga Toshkent vaqti bilan soat 14:00da 4 va 8 sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlar boʻyicha koʻnikmalarini baholaydigan TIMSS tadqiqotining 2023-yilgi natijalari eʼlon qilinadi. Natijalarni eʼlon qilish tadbiri IEA tashkiloti YouTube kanalida jonli efirga uzatiladi.
TIMSS-2023 tadqiqotida 72 davlat, shu jumladan, Oʻzbekiston qatnashgan. Qiziq, tadqiqot Oʻzbekistonda matematika va tabiiy fanlarni oʻqitish sifati haqida qanday xulosalar berarkin?
Maʼlumot oʻrnida. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻqish savodxonligini baholaydigan PIRLS tadqiqotida Oʻzbekiston 57 mamlakat orasida 49-oʻrinni egallagan, 15 yashar oʻquvchilarning koʻnikmalarini baholaydigan PISA tadqiqotida oxirgi oʻntalikka kirgan edi.

👍9🤬5
Oldingi postda xabar berilganidek, bugun 4 va 8 sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlar boʻyicha koʻnikmalarini baholaydigan TIMSS tadqiqotining 2023-yilgi natijalari eʼlon qilinmoqda. Tashkilot saytida hali to'liq hisobot e'lon qilinmadi, lekin infografika shaklida e'lon qilingan ma'lumotlardan O'zbekiston natijalari haqida tasavvur hosil qilish mumkin.
Ballarni tushunish uchun: TIMSS shkalasi bo'yicha 400-475 ball - quyi daraja hisoblanadi - o'quvchilar fan bo'yicha bazaviy bilimlarga egaligini yoki ayrim faktlarni bilishini anglatadi. Oʻzbekistonlik 4 va 8 sinf oʻquvchilari matematika va tabiiy fanlar boʻyicha quyi darajani qayd etishgan.

👍4😢4
Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
Janubiy Koreya mudofaa vaziri Kim Yon Xyon harbiy holat joriy etilishi bilan bog‘liq vaziyat uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi va iste’foga chiqishi haqida bayonot berdi. Aynan u prezidentga mamlakatda harbiy holat e’lon qilishni taklif etgandi, deb yozdi Yonhap.
Qiziq, bizda ham oqibati o'ylanmagan masalahatlar va takliflar uchun javobgarlikni zimmasiga olishga jur'at qiladigan vazirlar bormi?
Masalan, ta'limni olaylik. Shu kunlarda muhokamalarga sabab bo'layotgan, ota-onalar, o'quvchilar va mutaxassislar "noto'g'ri" deb baho berayotgan yangi baholash tizimi "tepa"ga "zo'r" deb taqdimot qilingan, buni joriy qilish davlat dasturlariga kiritilgan. Deylik, vazirlik "bu maslahatimiz noto'gri bo'lgan ekan, mana bunday oqibatlarini hisobga olmagan ekanmiz" deb mas'uliyatni o'z bo'yniga ola oladimi? Yoki muammoning yechimi maktabma-maktab turne qilib va har xil video roliklar e'lon qilib, ota-onalarni tinchlashtirishda ko'rilyaptimi?

Газета.uz
«Стало невозможно ни учиться, ни работать». К чему привело внедрение «критериальной» системы оценивания в школах?
«Нет сил, ребёнок отказывается учиться». «Оценивание ради оценивания». «Система тотального и мелочного контроля». Почему «критериальной» системой оценивания в школах недовольны и родители, и педагоги? Насколько она правильно устроена с точки зрения науки?…
👍30👎3
"Mutolaa"da bitta kitobni boshlab qoʻygan boʻlsam-da, bir necha kundan beri kirmayotgan edim. Bugun kirsam - qiziq yangilik: "Asaxiy kitoblari" toʻplami qoʻshilibdi. Unda "Asaxiy Books" loyihasi doirasida nashr etilgan kitoblar jamlangan. Ayrim kitoblarning audio varianti ham bor.
Toʻplamdagi kitoblarni oʻqish yoki tinglash uchun Premium obunasi kerak. Bu, albatta, tushunarli: bu kitoblarning tarjima huquqini sotib olish, tarjima va nashr qilish uchun nashriyot xarajat qilgan.
Shunda, adashmasam, "Mutolaa" obuna modeli asosida yangi kitoblarni oʻqish imkoniyatini taqdim qilayotgan birinchi (va hozircha yagona?) ilova boʻlyapti. Masalan, Asaxiy'ning oʻz ilovasida kitoblarni alohida sotib olish kerak (yoki ASaxiyda qogʻoz shaklida sotib olingan kitobning elektron varianti tekin beriladi).
Obuna modeli asosidagi kitobxonlikning kirib kelishi - juda yaxshi yangilik. Bunday modelning ham rivojlanishini, boshqa noshirlar ham qoʻshilishini, kerak boʻlsa, "Mutolaa"ga raqobatchilar ham paydo boʻlishini ("Mutolaa"chilar, xafa boʻlmanglar, raqobat - yaxshi narsa :) tilab qolaman.
Umuman, intellektual mulk ham pul turishiga qanchalik tez koʻniksak, shunchalik kreativ industriya tezroq rivojlanadi, deb oʻylayman.

👍27🔥14👏2
Mana bu postga izohlarda qaysi ballar qaysi darajani ifodalashi soʻralmoqda. Ballar taqsimotini mazkur postga ilova qilinayotgan suratda koʻrishingiz mumkin (bu yerda 4-sinf matematika misolida berilgan, lekin har ikkala fan va sinf uchun bu taqsimot bir xil):
400-475 - quyi daraja;
475-550 - oʻrta daraja;
550-625 - yuqori daraja;
625+ - rivojlangan daraja.
TIMSS - 2023 natijalaridan koʻrish mumkinki, tadqiqotda qatnashgan Oʻzbekistonlik 4 va 8 sinf oʻquvchilari na matematikadan va na tabiiy fanlardan oʻrta darajaga erishmagan. Eng past natijani 8-sinflar tabiiy fanlardan qayd etishgan:
4-sinf matematika: 443 ball;
4-sinf tabiiy fanlar: 412 ball;
8-sinf matematika: 421 ball;
8-sinf tabiiy fanlar: 396 ball.

😱7👍3😢1
Umuman olganda, bunday natijalar kutilgan edi.
Bir tarafdan, bular - taʼlimda yillar davomida yigʻilgan va yigʻilayotgan muammolar natijasi.
Ikkinchidan, masalan, PISAda matematika va tabiiy fanlardan past natijalar qayd etgan oʻquvchilarimiz xuddi shu fanlardan TIMSSda yaxshi natijalar qayd etsa, menda, masalan, bu natijalarning ishonchliligi boʻyicha katta savollar paydo boʻlar edi.
Eng achinarlisi, taʼlimdagi hozirgi olib borilayotgan gʻayri ilmiy (nafaqat gʻayri ilmiy, balki oddiy mantiqqa ham toʻgʻri kelmaydigan) siyosat, masalan, hali aniq bir taʼlim standartlari va oʻquv dasturlari tasdiqlanmay turib darsliklarning paydar-pay almashib yotishi ("otdan oldin arava" siyosati), taʼlimda tengsizlikka urgʻu berilayotgani va nihoyat, tizim ishtirokchilarining tizimni muttasil aldashini (aldashga urinishini) ragʻbatlantiruvchi yangi baholash tizimi - bu muammolarni koʻpaytirsa koʻpaytiradi-ki, aslo yechmaydi.

Telegram
Jalilov. Qaydlar
Mana bu postga izohlarda qaysi ballar qaysi darajani ifodalashi soʻralmoqda. Ballar taqsimotini mazkur postga ilova qilinayotgan suratda koʻrishingiz mumkin (bu yerda 4-sinf matematika misolida berilgan, lekin har ikkala fan va sinf uchun bu taqsimot bir…
👍14👏1
nuz.uz nashri taʼlimdagi doimiy tajriba-sinovlar va yangi baholash tizimini qiynoq usuliga qiyoslamoqda:
... Регулярные эксперименты с образованием — особо изощренный метод пытки.
.. Наибольшая часть родителей подопытных школьников недовольны нововведением СОР, СОЧ и 100-балльной системы, но, почему-то это не волнует тех, кто принимал решение без всякого голосования. Почему не спросили нас? И как получилось, что наши бабушки и дедушки очень грамотные люди?
Может потому, что в их времена не были в тренде эксперименты над детьми, а просто готовили грамотных, умных педагогов? Потому, что учителя не только учили, но и сами учились? По желанию, а не по причине отправки на дообучение?
https://nuz.uz/2024/12/04/kto-vinovat-v-tom-chto-nervy-pedagogov-stabilno-neadekvatny/

nuz.uz
Кто виноват в том, что нервы педагогов стабильно неадекватны? - Новости Узбекистана сегодня: nuz.uz
Только за последние полгода в Узбекистане произошло немалое количество скандалов в школах, в основном с участием педагогов и учеников. К примеру, в
👏18👎2👍1
Zabonsizlik ham shuncha boʻlurmu, hay-hay? Oʻzbekiston parlamentarizmida (agar buni parlamentarizm deb atash mumkin boʻlsa) yangi tubmi yoki hali bundan-da battarini koʻramizmi?
Gazeta.uz ning yozishicha, yangi saylangan (kim saylagani qiziq, masalan, men saylovda bularning bariga qarshi ovoz berganman) deputatlar 3 o‘qishda vazirlik va idoralarning 2024-yildagi xarajatlarini 9,98 trln so‘m yoki 775,8 mln dollarga oshirishni ma’qullagan. Jarayon atigi 9 daqiqa davom etgan. Hech kim xarajatlarini oshirish zarurligini asoslab bermagan, hech kim savollar bermagan, hech kim qarshi ovoz bermagan.
Deputatlarni, masalan, Konstitutsiyasining 1-moddasida ijtimoiy deb belgilangan davlatda kam taʼminlangan oilalar va bolalardan iqtisod qilinadigan 2 trln soʻm qayerga ketishi qiziqtirmagan.
Deputatlarni maktablar va bog‘chalarni ta’mirlash va qurish uchun ajratilgan qariyb 423 milliard so‘m qaysi maqsadlarga yo‘naltirilgani ham qiziqtirmagan.
Deputatlarni darsliklar uchun ajratilgan 1,3 trln qayerga ketgani, ota-onalar va oʻqituvchilar nega ijtimoiy tarmoqlarda hali u fandan, hali bu fandan darsliklar yoʻq deb bong urishayotgani, nega darsliklarni oʻz hisoblaridan chiqarishga majbur boʻlishayotgani ham qiziqtirmagan.
Deputatlar, masalan, 10ga yaqin maktab qurish mumkin boʻlgan summa nima uchun qaysidir bank aksiyalarini qimmatga sotib olish uchun ishlatildi, deya savol qoʻyishmagan.
Deputatlar homiladorlik va tug‘ish nafaqalari to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar nega qisqarishini ham soʻroqqa olishmagan.
Lekin, masalan, menda Oʻzbekiston fuqarosi, soliq toʻlovchisi, Konstitutsiyada "hokimiyatning yagona manbai" deb tan olingan xalqning bir vakili sifatida savollar bor: Bu "oʻlik" deputatlarni "saqlash" uchun nega men xarajat qilishim kerak? Ular kimning manfaatlarini ifoda etmoqda? Nega parlamentda "nega?" deya oladigan bitta ham tirik jon yoʻq?
Oʻzbekiston xalqiga eng qimmatga tushayotgan narsa - "oʻlik" parlament hamda oʻzaro tiyib turish va nazorat (checks and balances) mexanizmining yoʻqligi.

Muhokama va savollarsiz. Deputatlar davlat organlari xarajatlarini deyarli 10 trln so‘mga ko‘paytirishni ma’qulladilar
O‘zbekiston deputatlari 3 o‘qishda vazirlik va idoralarning 2024-yildagi xarajatlarini 9,98 trln so‘m yoki 775,8 mln dollarga oshirishni ma’qulladi. Ular hujjatni muhokama qilmadi, savollar va qarshi ovoz bermadi. Jarayon atigi 9 daqiqa davom etdi. Hech kim…
😢20🔥9🤬8🤯2👍1😱1
Yana yangi baholash tizimi haqida
Kanaldagi izohlarda ayrim kimligini niklar ortiga yashirishni maʼqul koʻradigan foydalanuvchilar (odatda yollangan trollar shunday qilishadi) Al-Xorazmiy maktabi telegram kanalidagi mana bu postga ishora qilib, "Shu yerda yangi baholashga o'tilayotganda hurmatli Jalilovni o'zlari ham bosh qosh bo'lgan ekanlar" qabilidagi fikrlar bildirishmoqda.
"Seminarda ishtirok etish" - bu "bosh-qosh boʻlish" yoki hatto "qoʻllab-quvvatlash" degani ham emas. Al-Xorazmiy maktabi kanalini titkilab bu postni topganlar shu postni topishga yordam berganlardan, yoki tizimni joriy qilayotgan hozirgi markaz rahbarlaridan, yoki hatto oʻshandagi Agentlik rahbari - hozirgi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziridan oʻshanda hali bitta - shart-sharoitlari, resurslari va boshqa jihatlari "oddiy" maktablardan tubdan farq qiladigan - ixtisoslashtirilgan maktabda va hali tajriba-sinov sifatida joriy etilayotgan tizim boʻyicha bildirilgan fikrlar va xavotirlar haqida ham soʻrab olishlari mumkin.
Kanaldagi izohlarda ayrim kimligini niklar ortiga yashirishni maʼqul koʻradigan foydalanuvchilar (odatda yollangan trollar shunday qilishadi) Al-Xorazmiy maktabi telegram kanalidagi mana bu postga ishora qilib, "Shu yerda yangi baholashga o'tilayotganda hurmatli Jalilovni o'zlari ham bosh qosh bo'lgan ekanlar" qabilidagi fikrlar bildirishmoqda.
"Seminarda ishtirok etish" - bu "bosh-qosh boʻlish" yoki hatto "qoʻllab-quvvatlash" degani ham emas. Al-Xorazmiy maktabi kanalini titkilab bu postni topganlar shu postni topishga yordam berganlardan, yoki tizimni joriy qilayotgan hozirgi markaz rahbarlaridan, yoki hatto oʻshandagi Agentlik rahbari - hozirgi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziridan oʻshanda hali bitta - shart-sharoitlari, resurslari va boshqa jihatlari "oddiy" maktablardan tubdan farq qiladigan - ixtisoslashtirilgan maktabda va hali tajriba-sinov sifatida joriy etilayotgan tizim boʻyicha bildirilgan fikrlar va xavotirlar haqida ham soʻrab olishlari mumkin.
Газета.uz
«Стало невозможно ни учиться, ни работать». К чему привело внедрение «критериальной» системы оценивания в школах?
«Нет сил, ребёнок отказывается учиться». «Оценивание ради оценивания». «Система тотального и мелочного контроля». Почему «критериальной» системой оценивания в школах недовольны и родители, и педагоги? Насколько она правильно устроена с точки зрения науки?…
👍14👎1👏1🤬1
"Jamiyat" gazetasi ham Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov qoʻshiqlari "maʼnaviy ekspertiza", yaʼni senzura qilinishi tarafdori?
Ilgariroq "Hurriyat" gazetasida "Maʼnaviy ekspertiza - qonun talabi" degan maqola eʼlon qilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri, Oʻzbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov qoʻshiqlarini bachkanalikda ayblagan iqtisodiyot fanlari nomzodi Farhod Qurbonboyev xuddi shu maqolasini "Jamiyat" gazetasida boshqa sarlavha ostida "Jamiyat" gazetasida chop etibdi. Qizigʻi, bu maqolada ham "bachkana", "maʼnaviyat ekspertizasi"dan oʻtmasligi kerak boʻlgan qoʻshiqlarga misol sifatida Ozodbek Nazarbekov qoʻshigʻi keltirilgan.
Bitta maqolani ikki emas, ikki yuzta maqolada qayta chop etgan bilan noqonuniy narsa qonuniy boʻlib qolmaydi. Adliya vazirligi "maʼnaviyat ekspertizasi" haqidagi hujjat kuchga kirdimi yoki yoʻq, kuchga kirgan boʻlsa senzurani taqiqlovchi Konstitutsiya va qonunlar normalari nima boʻldi - rasmiy izoh berishi shart.

👍11
https://www.gazeta.uz/ru/2024/12/06/timss-2023/
TIMSS-2023 tadqiqoti natijalari haqida yozgan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi quruqqina qilib faqat oʻrtacha ballar haqida xabar berdi. Biroq bu ballar nimani anglatishi haqida indamadi. Lekin prosentillar boʻyicha ballar taqsimotiga qaralsa, xavotirli manzara yuzaga keladi: tadqiqotda qatnashgan 4 va 8 sinf oʻquvchilarning kamida 25%i oʻrganilayotgan fan (matematika, tabiiy fanlar) haqida bazaviy bilimga ega emas. Tadqiqot natijalari bilan batafsilroq Gazeta.uz da tanishishingiz mumkin.

TIMSS-2023: Четверть учащихся не имеют базового представления об изучаемом предмете
Школьники Узбекистана по итогам исследования качества образования по математике и естественным наукам TIMSS показали в среднем низкий уровень владения этими предметами. Анализ также показал взаимосвязь разных факторов (посещаемость, статус родителей, дисциплина…
👍2🤯1
"The Diplomat" O'zbekistonda femisid haqida
"O'zbekiston qonunchiligida "femisid" tushunchasiga ta'rif berilmagan. O'zbek jamiyatidagi patriarxal normalar nafaqay ayollarning o'ldirilishiga imkon yaratadi, buni oqlaydi va ko'rmaganga oladi, balki aybni ham qurbonga ag'daradi", deyiladi "The Diplomat" nashri e'lon qilgan "O'zbek erkaklari ayollarni qanday o'ldiradi? Impulsiv, shafqatsizlik bilan va asosan uyda" sarlavhali maqolada.
Maqola mualliflari oxirgi 10 yil davomida 334 kishi qurbon bo'lgan 304 femisid holatini o'rganishgan va hujjatlashtirishgan. Tadqiqot mualliflarining xulosalariga ko'ra, aksar quronlar erkaklar tomonidan (shunda ham ko'pchiligi yaqin qarindoshlari - erlar, otalari, aka-ukalari tomonidan) va uyida o'ldiriladi. Aksar hollarda ayollar pichoq bilan yoki urib o'ldiriladi. Mualliflar fikricha, buning sabablaridan biri - erkaklar ayollarni "shaxsiy mulk" sifatida ko'rishi. Mualliflar keltirgan bir misolda ayol ikki oylik kasal farzandiga tez yordam chaqirgani fojia bilan tugaydi - er ayoliga 16 marta pichoq uradi.
Og'riqli maqola. Og'riqli tadqiqot. Og'riqli xulosalar.

Thediplomat
How Do Uzbek Men Kill Women? Impulsively, Brutally, and Often at Home
In Uzbekistan, women are often killed by men close to them – intimate partners and family members – and usually at their own homes, a space meant to be safe. Here is what our recent research reveals.
😱9🔥5👍4
bakiroo
Бюджетда маълумотлари акс этмаган жамғармалардан бири бу Республика мақсадли китоб жамғармаси.
Бу нима учун муҳим?
Муҳимлиги шундаки, келаси йилда дарсликлар ижараси пулли бўладими ёки бепул қоладими, билиш учун Китоб жамғармаси даромад ва харажатларига қараш керак.
Лекин Китоб жамғармаси 2025 йил бюджети мундарижасида акс этмаган ёки шунчаки ёпиб қўйилган.
Хўп, бюджетда кўрсатмапсизлар, ҳеч қурса айтинглар: 2025 йилда дарсликлар ижараси бепул қоладими ёки пулли қиласизларми?

bakiroo kanali qo'yayotgan savolga javob:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi "Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni 2-ilova 4-bandiga muvofiq:
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab maktab darsliklarining ijara to‘lovi to‘liq Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplash hamda o‘quvchilarga darsliklarni bepul foydalanishga berish tizimi joriy qilinganligi munosabati bilan budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi faoliyati tugatiladi.
Darsliklar ijara to'lovini tiklash uchun hujjatning ushbu bandini bekor qilish kerak bo'ladi, aks holda huquqiy kolliziya yuzaga keladi: ijara to'lovini tiklash haqidagi hujjat ushbu farmonga zid kelib qoladi.