Jalilov. Qaydlar
4.1K subscribers
1.44K photos
17 videos
22 files
2.27K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Jalilov. Qaydlar
upl.uz nashri eʼlon qilgan materialda eʼtiborga molik yana bir jihat: Нет, всё осталось без изменений. Мы также распечатываем всё за свой счёт, оплачивая как бумагу, так и краску для принтера. Некоторым учителям пришлось даже приобрести принтеры в кредит…
CHSB - BSBlarning xarajati uchun pullar maktablarga yetib boryaptimi?

Mana bu postga izohlardan:

Hech qanday qog‘oz ham, printer ham berilmagan. Haligacha o‘z yonimizdan chiqaryapmiz. Uyalmasdan, raddiya berishibdi tag‘in( ("raddiya" deganda vazirlik telegram kanalidagi "BSB-CHSBlarning qog'ozini vazirlik ta'minlab beryapti", mazmunidagi post nazarda tutilgan ko'rinadi)

Boshqa bir guruhda ota-onalar izohlaridan:

Мы тоже купили принтер для школы и кучу бумаги, чтобы учитель мог распечатать все эти СОР и СОЧ. Хотя это обязанность школы предоставить детям контрольные работы раз уж их ввели. Бардак полнейший.

У меня родственница работает учителем в школе и она так же распечатки делает со своего кармана. О каких средствах выделенных говорит МНО? И где эти средства? Почему учителя это делают сами?

Нас на собрании просили не афишировать информацию о необходимости классу приобретать за свой счет бумагу!!!


Savol tug'iladi: vazirlik, yozganidek, "qogʻoz mahsulotlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sohasida islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi" bo'lsa, "qolgan maktablarga ajratiladigan nazorat materiallari oʻrnatilgan tartibda chop etib kelinmoqda" bo'lsa, nega o'qituvchilar o'z yonidan xarajat qilyapti, nega ota-onalardan pul yig'ilyapti? Agar mablag' (va/yoki qog'oz) qayerdadir o'z-o'zidan yo'qolib qolayotgan bo'lsa, bu bilan kimdir (tegishli organlardan) qiziqib ko'rishi kerak emasmi?
👍16
Avtomaktablar, avtoraqamlar, maktab darsliklari ... ... ... ?

Gazeta.uz nashri O‘zbekistonda transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashga ixtisoslashgan nodavlat o‘quv muassasalari 2024-yil fevralidan beri to‘laqonli ishlamayotgani haqida yozmoqda. O‘zbekistonda 1400dan ortiq nodavlat avtomaktabdan bor-yo‘g‘i 80dan ortig‘i faoliyatini davom ettiryapti, ayrim viloyatlarda “prava” olishga tayyorlovchi biror xususiy muassasa ishlamayapti. Buning sababi - avtomaktablar endi xuddi imtihon markazlaridagidek jihozlangan 1 gektarlik avtodromi bo‘lishi yoki shunday avtodromni ijaraga olishi kerak.

Nashr xuddi shu maqolada 2022-yil 4-fevraldan boshlab Toshkentning Sergeli tumanida Autodriver Study kompaniyasining birinchi yagona imtihon markazi faoliyatini boshlaganini, Yagona imtihon markazi asoschisi Komil Allamjonov o‘sha paytda monopoliya ayblovlarini rad etganini ham eslatib qo'ygan.

Bakiroo yozmoqda:

"Avtomaktablar yopilayotganiga sabab imtihon markazlariga mo‘ljallangan "og‘ir talablar"ning qo‘llanila boshlanganiga borib taqaladi. Bu talablarga qaysi korchalonning “biznesi” javob bera olishini va nega ayni shu mezonlar kiritilganini tushungandirsiz? ... O‘zbekistonni talayotgan oligarxiya u ismi va “biznes”i qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, xalqni talash modeli bitta: muammo yaratiladi, to‘siq va cheklov qo‘yiladi, narxlar sun’iy ravishda oshiriladi va pul oqimi bir cho‘ntakka qarab kanallashtiriladi".

Qizig'i, orginfo.uz dagi ochiq ma'lumotlarga ko'ra, "Autodriver Study" MCHJning ("Yagona imtihon markazi") hozirgi ta'sischisi - "GID Systems Tashkent" MCHJ. "GID Systems Tashkent" ta'sischisi - "GID FZE". "GID FZE" - avtomobil uchun davlat raqami olganingizda to'lovning katta qismini oladigan "GID License Plate"ning ham ta'sischisi. "GID FZE", shuningdek, maktab darsliklarini chop qilish ishonib topshirilgan "Novda Edutainment"ning ta'sischisi - "GID Tashkent"ning ham ta'sischisi.

Darvoqe, "Novda" chiqargan boshlang'ich sinf darsliklarini tasdiqlab bergan Ta'limni rivojlantirish Respublika markazining hozirgi rahbari vazifasini bajaruvchi (bundan oldin esa - rahbar o'rinbosari) Yuliya Risyukova ham markazga direktor o'rinbosari etib tayinlanishidan oldin Yagona imtihon markazi rahbari bo'lgan.

Mana shunaqa gidlar, uzr, gaplar ...
😢17🤬5👍4
"CHSB va BSB: qog‘oz qayerda ? Rasmiylar ayblovlarni inkor qilmoqda, lekin ota-onalar to‘lovlardan shikoyat qilmoqda", deb yozadi vaib.uz nashri va muammoning ikkita yechimini keltiradi:

1. Ta’minotda shaffoflik:

Vazirlik nafaqat qog‘oz sotib olinganligini, balki uning qayerga yuborilganini ham ko‘rsatishi kerak. Jamoatchilik resurslarni qanday taqsimlanayotganini ko‘rishi lozim.

2. Hisob palatasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tekshiruvi:

Agar muammo qog‘oz tarqatish bilan shug‘ullanuvchi vositachilarda bo‘lsa, bunday holatlarni maxsus organlar aniqlashlari kerak. Savol chuqur audit va nazoratni talab qiladi.

Nashr keltirgan bu ikki yechim - faqat qog'oz ta'minoti bilan bog'liq muammoning yechimlari, xolos. Aslida yangi baholash tizimi (CHSB va BSBlar) bilan bog'liq muammoning ko'lami kengroq va agar oldi olinmasa, ta'lim uchun natijasi halokatli bo'ladi.

gazeta.uz dagi maqola tagida 42 yillik tajribaga ega pedagog qoldirgan izohga e'tibor bering:

Обратите внимание: во всех этих тестах нет ни слова об учениках. Словно мы имеем дело не с живыми детьми, а с отвечающими механизмами. Какая оценка знаний?! Какая оценка работы учителя?! Сплошная калькуляция! Я 42 года проработала в школе, и проверяя работы учеников, я ставила оценку, в первую очередь, самой себе. Например, если у всего класса одинаковые ошибки, значит, материал не усвоен, надо ещё раз (а может. и не раз) объяснить, дать какие-то упражнения для тренировки и т.д. Обсуждая оценки по устному экзамену, мы обязательно отмечали старательность ребёнка, его способности и успехи. Приходилось и ученикам объяснять, почему одна и та же отметка имеет разный вес: для одного четвёрка — достижение, для другого — халтура. И родители учеников нам доверяли. А тут.. В общем, вся эта механическая калькуляция. нужна не учащимся, не родителям, и уж, конечно, не учителям, а чиновникам от образования для составления отчётов. А что, очень удобно: учителя подготовят все цифры, ученики закрасят кружочки, а вышестоящий чиновник засунет всё это в компьютер — и вот он отчёт, готов! Только людей за цифрами не видно.
👍17
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi baholash tizimi — yangi muammo…mi?

2024-2025-o‘quv yilida mamlakatimizdagi 1500 ta maktabda yangi baholash tartibi joriy qilindi, bu esa ta’lim tizimida yangi muammolarni keltirib chiqardi, deya ta'kidlanmoqda.

Bu orada yangi baholash tizimidan norozi bo‘lgan jamoatchilik faollari vazir Hilola Umarovaga ham murojaat yo‘lladi.

Xo‘sh, yangi baholash tizimidan nega ko‘pchilik norozi bo‘lmoqda? Qayerda xatolarga yo‘l qo‘yildi?

Bu mavzudagi muhokamalarga chek qo‘yish maqsadida xalqtaliminfo.uz vazirlik, ta’lim bo‘yicha ekspert va o‘qituvchini “Tanaffus” podkastida bir nuqtaga jamladi.

“Tanaffus” podkastning bu galgi soni juda ham bahslarga boy bo‘ldi. Podkastni YouTube sahifamizda hoziroq tomosha qiling!

▶️ To'liq video — https://youtu.be/hH_B1k1Va-U

Telegram I Facebook I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12
Ulug‘bek Po‘latov
O’ziyam, juda uzooooq yondi-da… Judayam bahs bo’lib ketti bu safargi soni.
Ha, Ulugʻbek Poʻlatov aytgandek, "uzoq yondi" - oʻzi ham salkam uch soat gaplashibmiz. Juda qiziq joylari ham boʻldi, har ikki taraf oʻzining "tilida" gapirib, ikkinchi tarafni tushunmayotganday taassurot qoldiradigan joylari ham boʻldi.

Xullas, koʻring, baho bering va oʻzingiz xulosa chiqaring.
Kanal kuzatuvchilaridan biri, baholash boʻyicha ilmiy ish qilgan mutaxassis yozmoqda:

Assalomu alaykum. Podkastning bir qismini ko‘rdim. Komil aka, sizni "yeb qo'yishibdi". Tashkiliy masalalarga burilib ketibdi. Yangi tizimning ilmiy jihati asoslab berilishi, ilmiy tomoniga ko'proq e'tibor berilishi kerak emasmidi? Validlik, ishonchlilik, shaffoflik, obyektivlik kabi masalalar haqida so'rash kerak edi.

Ha, suhbat davomida diskussiyani tizimning ilmiy tarafiga, qay darajada ilmiy asoslanganligiga burishga harakat qilsam-da, koʻproq tashkiliy masalalarga "burilib" ketaverdi. Shuning uchun ham yuqorida "ikki taraf ikki tilda gaplashganday boʻldi" deb yozdim.

Tizimning ilmiy tarafini Gazeta.uz dagi maqolamda tahlil qilishga harakat qilganman va markazga bir qancha savollarni qoʻyganman. Markaz rahbari Dilrabo Davidova bu savollarga javob berishni vaʼda qilgan. Javob kelishi bilan eʼlon qilinadi.
🔥8👍2👏1🤬1
"Hurriyat" gazetasi Madaniyat vaziriga qarshi?

"Maʼnaviyat ekspertizasi" niqobi ostida joriy qilinayotgan hamda Konstitutsiya va qonunlarda taqiqlangan senzurani olqishlab chiqayotgan "Hurriyat" gazetasi yozadi:

Ҳар жойда янграётган бемаъни қўшиқлар сон-саноқсиз… Шоу-бизнесменларнинг сохта маҳсулотлари маънавий хаётимизда асл мусиқий санъат асарлари ўрнини тобора кўпроқ эгаллаб бормоқда… Уларнинг бемаъни, савиясиз, бачкана, енгил-елпи мусиқасимон шовқин шаклидаги “ижод” маҳсулотлари телерадиоканаллар, интернет, ижтимоий тармоқлар, концертлар, оммавий тадбирлар, тўю томошалар, кўча-кўйда, кафе-ресторанларда, барча жамоат жойларида тақдим этилиб, тарғиб, реклама қилиниб, инсонларнинг мусиқий дидини тубанлаштирмоқда, улар онгини заҳарламоқда, маънавиятини емирмоқда.

Мисоллар: “Атрофингда шаҳзодалар кўп. Кел, ўшалар олдида мен ғарибни битта ўп” деб куйланадиган шоу-бизнес маҳсулоти ҳалигача “хит” асар бўлиб қолмоқда…

Ozodbek Nazarbekov, "maʼnaviyat ekspertlari" ertaga sizning ham "bemaʼni, saviyasiz, bachkana, yengil yelpi" qoʻshiqlaringizga "zapret" qoʻyishiga qanday qaraysiz? Axir, "soxta mahsulot" deya misol keltirilgan "Men gʻaribni bitta oʻp" - sizning ijod mahsulingiz shekilli? Senzura Madaniyat vazirining ijodigacha yetib borsa ... qiziq tomosha boʻladi lekin.
😱14🔥8👍5👏1😢1
Modomiki bir foydalanuvchiga beriladigan kartalar soni cheklanar ekan, unda foydalanuvchilar "bank qulligidan" ozod qilinishi zarur. Ayni paytdagi amaliyot shundayki (bu nima bilan bog'liq, bilmayman - rasmiy talabmi, injiqlikmi yoki boshqa) foydalanuvchi ish yoki o'qish joyining bankiga avtomatik tarzda "qaram" qilinadi. ya'ni foydalanuvchiga hisob raqam va karta u istagan bankda emas, ish (o'qish) joyiga (yuridik shaxs) xizmat ko'rsatadigan bankda ochiladi. Nega foydalanuvchi o'zi tanlagan va hisob raqam ochgan bankka uning ish haqi, stipendiya, pensiyasini o'tkazish mumkin emas - ochig'ini aytsam, haligacha tushunmayman.
👍15🔥4
Har safar serialning navbatdagi qismini koʻrganda yurakda qandaydir ogʻriq, iztirob turadi.

Koʻk boʻri kezgan sarhad itlarga talosh endi .... (Najmiddin Ermatov)

Bu vatanni talosh qilayotgan itlarning ham son-sanogʻi yoʻq shekilli...
😢26👍6
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi "mezonlarga asoslangan" deyilayotgan baholash tizimini joriy qilishdan koʻzlangan maqsadlardan biri - obyektivlikni taʼminlash ekanligini aytib kelmoqda.

"Централизованная проверка заданий исключает влияние личностного фактора и обеспечивает справедливость оценивания", deyiladi vazirlikning Gazeta.uz nashrida eʼlon qilingan javob xatida.

Lekin oʻqituvchi(lar) 1-chorak oxirida olingan CHSBlarni markaz tekshirmay, 2-chorakning yarmi oʻtib ketgandan maktabga qaytarib yuborganini iddao qil(ish)moqda.

Vazirlik va yangi tizimni joriy qilayotgan markazdan oʻqituvchiga ishonish yoki ishonmasliklaringizni aniqlab olishni iltimos qilardim. Oʻqituvchi qoʻyadigan bahoga ishonilmaydigan boʻlsa, nazorat ishlarini oʻqituvchilarga "oʻzlaring tekshiringlar" deb qaytarib yuborishdan nima maʼno? Oʻqituvchiga ishoniladigan boʻlsa, CHSB oʻtkazishdan nima maʼno - oʻqituvchi chorak oxirida oʻzi nazorat ishi oʻtkazib oʻquvchilarini baholayvermaydimi?

Yoki maqsad - "joʻshqin faoliyat imitatsiyasi"mi?
👍16👏5
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi telegram kanalida eʼlon qilingan mana bu videoga ishonilsa, "progressiv, ijobiy fikrlaydigan" oʻqituvchilar yangi baholash tizimini qabul qilyapti, "qoloq, ota-onani gij-gijlaydigan" oʻqituvchilar bu tizimni qabul qila olmayapti.

Umuman, yangi tizim boʻyicha norozililiklar koʻpayishi bilan, nazarimda, vazirlik asosiy urgʻuni muammoning ildizini hal qilish oʻrniga propagandaga berayotgandek: vazirlik kanalida yangi tizimni targʻib qiluvchi videolar va postlar koʻpayib qoldi, maktablarda rasmiylar uchrashuvlar oʻtkazishmoqda.

Va tushunishimcha, yana bir strategiya tanlangan: kichik yon bosishlar bilan norozilarning "koʻnglini olish". Masalan, birinchi chorak CHSB baholaridan norozi boʻlgan oʻquvchilarga qayta topshirishni ruxsat beradigan xat vazir oʻrinbosari Sardor Rajabov imzosi bilan quyi tashkilotlarga yuborildi, BSB - CHSB topshiriqlarini imkon qadar soddalashtirish topshirilgani ham aytilmoqda.

Lekin bu qadamlar tizimning fundamental muammosini hal qilmaydi. Fundamental muammo esa, oldin ham yozganimdek (1, 2) har biri oʻz vazifasiga ega baholash turlarining (formativ, summativ; ichki, tashqi) faqat bitta baholash turi bilan almashtirilganida.

Maktabda oʻqituvchi oʻquvchiga beradigan bahoning (formativ va summativ) bir qancha funksiyalari bor. Shulardan eng muhimi - taʼlim jarayonini taʼminlash. Yaʼni, oʻqituvchi qoʻyadigan baho jarayonda keyingi qadamlarni belgilash, yuz berayotgan xatolarni toʻgʻrilab ketishga qaratiladi.

Mana bu podkastda tushuntirishga harakat qilganimdek, oshpaz osh pishirayotganida har zamonda tuzini tekshiradi, suvini nazorat qiladi, guruchini koʻradi va vaziyatga qarab osh yaxshi chiqishi uchun toʻgʻrilab ketadi. Agar siz oshpazga ishonmasdan, tashqaridan komissiyasi yuborsangiz, u komissiya har 10 minutda qozonni ochtirib, zirvagini tekshiramiz, guruchini sanaymiz, goʻshtini tarozida tortamiz, deb oʻtirsa, yaxshi oshpaz "shunchalik aqlli boʻlsalaring, oʻzlaring pishiringlar" deb ketib qoladi. Oshpaz ketib qolmagan taqdirda yaxshi osh chiqmaydi, chunki jarayon buzilib boʻldi. Hozir vazirlik joriy qilayotgan tizim xuddi shunga - oshpazning tepasida turib, har 10 minutda qozonni ochtirishga oʻxshaydi.

Vazirlikning asosiy argumenti - shunday qilsak, baho obyektiv boʻladi, deyilmoqda. Yoʻq, baho obyektiv boʻlmaydi, chunki siz tizimni qanchalik koʻp siquvga olsangiz, tizim shunchalik qattiq qarshilik koʻrsatishni boshlaydi: koʻchirtiradi, yodlattiradi, xullas, "kerakli" baholarni "yasab berish" yoʻllarini qidiradi.

Umuman, dunyoning hech qaysi mamlakatida oʻqituvchi qoʻyadigan baho asosida taʼlim sifatiga baho berilmaydi, maktablar bir-biri bilan solishtirilmaydi. Chunki oʻqituvchi qoʻyadigan baho, yuqorida tushuntirganimdek, jarayonni taʼminlash uchun kerak. Va istaymizmi, yoʻqmi, maktab yoshidagi bolalar uchun bahoning yana bir funksiyasi - motivatsiya (ragʻbat).

Taʼlim sifatiga baho berish, maktablarni bir-biri bilan solishtirish, umuman, tizim darajasida muhim qaror qabul qilish uchun tashqi summativ baholash natijalariga qaraladi. Tashqi summativ baholash esa, yuqorida yozganimdek, tez-tez oʻtkazilsa, jarayonni izdan chiqaradi. Dunyodagi istalgan taʼlim tizimini oling, tashqi summativ baholash bir necha yilda bir marta oʻtkaziladi. Chunki tizim darajasida qaror qabul qiluvchilarni, masalan, oʻquvchi darslikning 1-bobidagi maʼlumotlarni qay darajada eslab qolgani qiziqtirmasligi kerak. Tizim darajasida qaror qabul qiluvchilarni kattaroq kartina, yirikroq maqsadlarga qay darajada erishilgani qiziqtirishi kerak.

Shuning uchun hozir joriy qilinayotgan tizim gʻayri ilmiy: pedagogikaning ham, testologiyaning ham bazaviy tamoyillarini buzadi. Hozirgi norozililiklar vaqt oʻtishi bilan tinchishi mumkindir, maydaroq yonbosishlar bilan tinchitish mumkindir, lekin kimdir "tepa"ga "tizim zoʻr" deb taqdimot qilib qoʻygani uchungina oʻjarlik bilan joriy qilishda davom etaverish - taʼlimni barbod qilish deganidir.
👍27
Kanalning qayta aloqa botiga kelgan xabarlardan:

Assalomu alaykum.

ChSB va BSB larni qaytarish mayli-ku, yangi tizimga doir hisobotni ham bizga qildirishyapti. Avvaliga har bir sinf kesimida, har bir o‘quvchining ChSB va BSB testlaridagi qaysi savolga to‘g‘ri, qaysi savolga noto'g'ri javob belgilaganiga doir hisobot so‘rashdi. Bitta BSB'da 40ta savol bor, bitta sinfda esa o‘rtacha 32-35ta o‘quvchi. Bu juda katta vaqtni o‘g‘rilaydi.

Keyinchalik, BSB va ChSBning baho foizlarini so‘rashdi.

O‘qituvchini konspekt, ish reja va paxtadan ozod qilganmiz deb ko'krak kerishadi-yu, qog'ozbozlikka ko‘mib qo‘yishgan. Ishlash chorakdan chorakka og‘irlashib bormoqda.

Ta‘lim vazirligiga ham bolalarning bilimi emas, hisobotdagi raqamlari muhimdek. Vaholanki, bizdagi statistika va hisobot raqamlariga doim ham ishonch yo‘q.
👍31🤯3
Yuqoridagi postga ilova.

Har bir BSBdan keyin shunday koʻrinishdagi jadval toʻldirish kerakligi aytilmoqda.
🤯10👍7🔥3😱3
Yuqoridagi postda yangi baholash tizimining, mening nazarimda, fundamental muammosi haqida yozdim. Bu muammo - maqsadlari, mohiyati har xil boʻlgan baholash turlarining (formativ, summativ; ichki, tashqi) oʻrnini faqat bitta baholash turi egallagani. Lekin taʼlim jarayonida har bir baholash turining oʻz funksiyasi (funksiyalari) borligini unutilmoqda.

Va ikkinchi katta muammo, nazarimda , "mezonlarga asoslangan baholash" degan ilmiy terminning notoʻgʻri talqini. "Maʼrifat" gazetasida eʼlon qilingan mana bu maqolamda tushuntirganimdek, baholash natijalarini nimaga qarab solishtirishimizga qarab baholashning uch turi mavjud va ularning biri boshqalariga nisbatan yaxshiroq, degan qarash xato - har birining oʻz qoʻllash oʻrni mavjud. Shuning uchun vazir oʻrinbosari Sardor Rajabovning "Shlyayxer eng toʻgʻri baholash - mezonlarga asoslangan baholash, deb aytdi" mazmunidagi bayonoti meni, ochigʻi, ajablantirdi - bu darajadagi mutaxassis (Shlyayxer) har bir baholash turi oʻz vazifasini bajarishini bilmasligi mumkin emas deb oʻylayman. (Afsuski, Shlyayxerdan aynan shu gapni aytgan yoki aytmaganligini soʻrash imkoni mavjud emas). Qolaversa, Shlyayxer boshchiligida oʻtkaziladigan PISA ham normaga asoslangan test hisoblanadi.

Xullas, mezonlarga asoslangan baholash tizimi ishlashi uchun butun respublika bir xil testlarni ishlashi yoki bir xil topshiriqlarni bajarishi shart emas. Bunday tizim ishlashi uchun oʻquvchilar egallashi kutilayotgan koʻnikmalar va bu koʻnikmalarni baholash mezonlari ochiqlanishi kerak.

Misol uchun: ona tilidan 6-sinf oʻquvchisi 2-chorak oxiriga borib vizual maʼlumotni (grafik, diagramma) soʻzlar yordamida tahlil qila olishi kerak. Bu - koʻnikma (standart). Endi buni baholash mezonlari: masalan, grafikda ifodalangan maʼlumotlarni toʻgʻri tahlil qila oldi, soʻzlardan toʻgʻri foydalandi, grammatik xatolarga yoʻl qoʻymadi - "aʼlo" baho; grammatik xatolari koʻp emas va bu xatolar mazmunni tushunishga xalal bermaydi - "yaxshi" qabilida.

Maktab oʻqituvchilari mana shu maqsaddan kelib chiqib topshiriqlar tuzishlari va mezonlar asosida baholashlari mumkin. Hamma maktablardagi hamma oʻquvchilar bir xil topshiriqlarni bajarishi shart emas - asosiysi, topshiriq tekshirilishi kerak boʻlgan koʻnikmani tekshirish imkonini berishi va bir xil mezonlar asosida tekshirilishi.

Hozirgi holatda esa konkret test yoki topshiriqni tekshirib, baholash mezonlari (masalan, "1-savolning javobi A, oʻquvchi toʻgʻri topsa, 1,6 ball beriladi" qabilida) bir xilligi "mezonlarga asoslangan baholash" deb talqin qilinayotgandek taassurot paydo boʻlmoqda. Aslida bu "mezonlarga asoslangan baholash"ning oʻta tor talqinidir.

Shuning ham, men oʻylayman, birinchi navbatda umumiy oʻrta taʼlim maqsadini, oʻquvchilar egallashlari kerak boʻlgan kompetensiyalarni belgilaydigan aniq bir hujjat ishlashi kerak. Qayta va qayta aytaman - hozirda bunday hujjat mavjud emas yoki u ishlamayapti. Har xil sinflar har xil davrlarda, har xil dasturlar asosida (yoki aniq dasturlarsiz) yaratilgan darsliklar asosida oʻqishmoqda: boshlangʻich sinflar - psevdo-fin darsliklari, 5-6 sinflar - ayrim fanlardan Singapur darsliklari, ayrim fanlardan "Novda" darsliklari, ayrim fanlar - MOʻD darsliklari, 7-11 sinflar ham "kasha". Bunday sharoitda "mezonlarga asoslangan baholash" tizimini joriy qilishga harakat qilish - mantiqsizlik va mablagʻlarni, energiyani behuda sarflashdir. Oldin taʼlimning asos hujjatini yoʻlga qoʻyib olaylik, oʻrtoqlar.
👍24🔥3
Koʻrinishidan, CHSB va BSB mavzusiga ixtisoslashgan Test-uz.ru kanalining yangi baholash tizimini joriy qilayotgan Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi direktori oʻrinbosari Iroda Solihboyevaga havola berib iddao qilishicha, ikkinchi chorak uchun markazlashtirilgan CHSB fanlari va test topshiriqlari soni kamaytiriladi. Kanal bu qadam yangi tizim atrofidagi noroziliklar bilan bogʻliq ekanligiga ishora qilmoqda.

* Ikkinchi chorak CHSB boʻyicha oʻzgarishlar rasman tasdiqlanmagan, shuning uchun yuqorida "iddao qilishicha" deb yozildi.

Oʻylaymanki, yangi tizim bilan bogʻliq mojarolar - ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlar, Oliy Majlis va boshqa yuqori tashkilotlarga arizalar diqqat bilan monitoring qilinmoqda va yuqori aytilayotgani kabi oʻzgarishlar (agar tasdiqlansa) bunday noroziliklarni tinchitish uchun amalga oshirilayotgan boʻlishi mumkin. Biroq, yuqoriroqda yozganimdek (1, 2), bunday kosmetik oʻzgarishlar tizimning fundamental muammolarini hal qilmaydi.

Darvoqe. Ayrim ota-onalar shu kunlarda ayrim fanlardan oʻtkazilayotgan BSBlar shu kanaldagi topshiriqlar bilan bir xil ekanligini aytishmoqda. Bu topshiriqlar juda qiziq - testologiya talablariga javob berishi nuqtayi nazaridan alohida tahlil qilishga arziydi.
👍9
Kelinglar, CHSB - BSB mavzusidan chalgʻiylik ...

Bir-birimizni tushunishimizni taʼminlaydigan til (oʻzbek tili, ingliz tili, istalgan jonli til) oʻta murakkab iyerarxik tizim ekanligini hech oʻylab koʻrganmisiz? Qanday qilib 4-5 yoshga kelib bola bu murakkab tizimni hech kim unga ataylab oʻrgatmasa ham oʻrganib oladi? Biz gaplarni va matnlarni miyamizda qayta ishlayotganimda (processing) semantikasini (maʼnosini) alohida, grammatikasini alohida qayta ishlaymizmi yoki bir paytning oʻzida? Koʻp maʼnoli soʻzlarning kontekstda aynan qaysi maʼnosi kelayotganini miyamiz qanday aniqlaydi?

Shunga oʻxshagan qiziq savollarning ayrimlariga men eshitishni boshlagan mana bu "Kognitivistikaga kirish" deb nomlangan maʼruzalar turkumida javoblar bor ekan - turkumning dastlabki bir necha maʼruzasi psixologingvistikaga bagʻishlangan.

Nega "ayrimlariga" dedim? Chunki, maʼruzachi, Michigan universiteti professori Thad Polkning taʼkidlashicha, fan hali yuqoridagi kabi savollarning hammasiga ham javob topa olganicha yoʻq.

Siz ham yuqoridagi savollarga oʻz javobingizni oʻylab turing, maʼruzalardan olgan javoblarim bilan keyinroq boʻlishaman.

Darvoqe. Ushbu maʼruzalar turkumi "The Teaching Company"ning "The Great Courses" turkumiga kiradi. Bu turkumda ilm-fanning turli sohalarida turli darajalardagi maʼruzalarni topish mumkin. Qiziq, nega bunday maʼruzalar turkumlarini oʻzbek tilida yozish mumkin emas? "Mutolaa"chilarga (yoki istalgan boshqa qiziqqan jamoaga) oʻtlab koʻrish uchun gʻoya. Oʻylaymanki, bizda ham oʻz sohasini chuqur biladigan, qiziq tadqiqotlar olib borgan va katta auditoriyaga foydali narsalar bera oladigan olimlar topiladi. (Masalan, "psixolingvist" kanalini kuzatayotganlar biladiki, kanal muallifi, filologiya fanlari nomzodi Iroda Azimova psixolingvistikani aynan oʻzbek tili misolida yaxshi tahlil qilib bera oladilar. Oʻz sohasini chuqur biladigan bunday olimlar, oʻylayman, koʻp). Balki ularning ilmini shu yoʻsinda tarqatish haqida ham oʻylab koʻrish kerakdir?
👍16