Xalqaro sanksiyalarga tushgan shaxsga Oʻzbekiston ordeni
Rossiyalik aktyor Sergey Bezrukov Oʻzbekistonning ""Doʻstlik" ordeni bilan taqdirlanibdi. Bezrukov Rossiyaning Ukrainaga bosqinini, undan ham oldinroq Ukrainaning Qrim avtonom respublikasi Rossiya tomonidan noqonuniy anneksiya qilinganini qoʻllab-quvvatlab chiqqan edi. Bezrukov bosqinchilik urushini qoʻllab-quvvatlagani uchun Yevropa Ittifoqining sanksiyalar roʻyxatiga kiritilgan.
Rossiya prezidenti, Xalqaro jinoyat sudi tomonidan harbiy jinoyatlarda gumonlanib hibsga olinishi uchun order berilgan Vladimir Putin ham, oʻz navbatida, Oʻzbekistonlik ikki xonandani taqdirlagan. Umid qilamizki, bu Oʻzbekistonliklarga orden suveren davlatga bosqinni qoʻllab-quvvatlashgani uchun berilmagan. Umuman, xalqaro jinoyatchidan orden olish qay darajada sharaf, bilmadim ...

Газета.uz
Mirziyoyev S.Bezrukov va A.Liyepani taqdirladi, Putin — F.Zokirov va S.Nazarxonni
O‘zbekiston prezidenti ikki nafar rossiyalik artist — Sergey Bezrukov va Andris Liyepani 'Do‘stlik' ordeni bilan taqdirladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa o‘zbekistonlik san’atkorlar Farrux Zokirov va Sevara Nazarxonni Do‘stlik ordeni bilan taqdirladi.
😱8🔥5🤬4👏2👍1
"Samarqand viloyati hokimining qarori.
Shahar aholisi va turistlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, shaharning iqtisodiy imkoniyatlaridan to'laqonli foydalanish maqsadida ... xorijiy investorlarning Samarqand shahridagi Registon maydonida joylashgan obidalarni, ilovada nomlari keltirilgan boshqa obidalar bilan birga, shahardan tashqariga ko'chirish hamda bo'shatilayotgan maydonga "Registan city" ko'p qavatli turar joy majmuasi va biznes markazi qurish to'g'risidagi takliflari ma'qullansin. Qaror Samarqandshunoslar ilmiy kengashi bilan kelishilgan".
Antiutopiya deysizmi? Bo'lishi mumkin emas deysizmi?
Bugun Boburshunoslar Andijondagi Bobur o'rniga "dom" qurishni ma'qullab turgan bir paytda, ertaga, masalan, Samarqandshunoslar Registonni, Buxoroshunoslar Buxoro Arkini "yaxshi niyatlar" bilan ko'chirishga rozilik berishiga (umuman, "yaxshi niyatlar" bilan shunday takliflar chiqishiga va qarorlarga kiritilishiga) ishonmaysizmi? "O'lmagan qul" shunday kunlarni ham ko'rganda esa kulishdan boshqa choramiz qolmaydi, chunki bugunimizni ham, ertamizni ham sotib bo'lgan "beklar" uchun o'tmish muqaddas deb o'ylasangiz adashasiz.

🤬23😢9👍7
"Sauver Samarcande!" - bong urmoqda fransuzlar. Biznikilar jim
Albatta, oldingi postdagi "qaror" matni badiiy to'qima mahsuli edi, biroq ... Samarqand va boshqa tarixiy shaharlar o'z tarixiy qiyofasini yo'qotib, qandaydir qiyofasiz shaharlarga, didsiz "korobka"larga aylanayotgani bor gap. Masalan, Gazeta.uz Samarqand haqida bir necha marta yozgan edi (1, 2), lekin bizning "chinovnik"larni hozir va shu yerda kelayotgan daromaddan boshqa hech narsa qiziqtirmaydi shekilli - tarix, "madaniy meros" degan tushunchalar ular uchun quruq so'z xolos.
Vaziyat shu darajadaki, nufuzli Hachette nashriyoti o'zining O'zbekistonga bag'ishlangan va sayyohlar uchun chiqargan kitobiga "Sauver Samarcande!" - "Samarqandni qutqaring!" deb nomlangan alohida "bo'limcha" qo'shgan (suratda o'sha "bo'limcha" va uning rus tilidagi avtomatik tarjimasini ko'rishingiz mumkin - o'zbek tilidagi tarjima unchalik tushunarsiz chiqqani uchun rus tilida qo'yoshga majbur bo'ldim). Tasavvur qiling: fransuzlar "Samarqandni qutqaring!" deya bong urmoqda, biz esa Samarqandni (va boshqa tarixiy shaharlarimizni) "siti"lashtirishda davom etyapmiz.
Ha, oldingi postdagi "qaror" matni badiiy to'qima mahsuli edi ... hozircha?

🤬11👍1
Yangi parlament - eski qiyofalar
"Prezident taklifiga binoan Tanzila Narbayeva uchinchi bor Oliy Majlis Senati raisi etib saylandi. Sodiq Safoyev esa uning birinchi o‘rinbosari, Amanbay Orinbayev o‘rinbosari bo‘ldi.
... Senat raisi prezidentning taklifiga binoan palata tuzilgandan keyingi birinchi majlisda uning a’zolari orasidan senatorlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan yashirin ovoz berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadi. O‘tgan yili yangilangan Konstitutsiyaga ko‘ra, bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq raislik qila olmaydi".
Darvoqe. 116-modda nima boʻldi?

Tanzila Narbayeva Senat raisi etib qayta saylandi
Prezident taklifiga binoan Tanzila Narbayeva uchinchi bor Oliy Majlis Senati raisi etib saylandi. Sodiq Safoyev esa uning birinchi o‘rinbosari, Amanbay Orinbayev o‘rinbosari bo‘ldi.
🤯16👍1
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 116-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasiga muvofiq, hukumat iste'foga chiqdi. Demak, tushunishimcha, hozir hukumat a'zolari - Bosh vazir, uning o'rinbosarlari, vazirlar "v.v.b" ("vaqtincha vazifasini bajaruvchi") maqomida.
Demak, vazirlikka nomzodlarning harakatlar rejalarini va parlamentda ularning tayinlanishidagi qizg'in debatlarning jonli efirini kutib qolamiz

O‘zbekiston hukumati iste’foga chiqdi
19-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan amaldagi hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qildi. Amaldagi hukumat yangi tarkibdagi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilguniga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib…
🤔6👍1👎1
Rasmiy munosabat
Andijon viloyati Andijon shahri markaziga oʻrnatilgan Bobur haykalining boshqa joyga koʻchirilishi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlardagi koʻplab muhokamalarga Andijon viloyati hokimligi matbuot kotibi Muslim Ibrohimovning munosabati (qisqacha mazmuni):
"Kim nima desa deyaversin (yozsa yozaversin), biz baribir bilganimizdan qolmaymiz".
"Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir" deyilganmidi Konstitutsiyada?

Oyina.uz
Andijondagi Bobur haykalining koʻchirilishi yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi
🤯3
Senat oldida turgan ustuvor vazifalardan biri - ijro organlari ustidan nazorat, deyilmoqda.
Savol: joylardagi ijro hokimiyati rahbarlari - hokimlar bir ovozdan Senatga saylangan boʻlsa, Konstitutsiyadagi "hokimiyatlar boʻlinishi" tamoyili buni koʻrib boshini qayerga urishni bilmay oʻtirgan boʻlsa, Senat qanday qilib ijro organlarini nazorat qilishi mumkin?

Prezident yangilangan Senat uchun sakkizta ustuvor vazifani e’lon qildi
Prezident Senatning avvalgi tarkibi xizmatini yuqori baholadi, shuningdek, yangi tarkib oldida turgan sakkizta dolzarb vazifani sanadi. Kengashlarni qonun ijodkorligi jarayoniga jalb qilish, ijro organlari faoliyati ustidan nazorat, korrupsiyaga qarshi kurashishda…
🔥11👍1👎1
Davletovuz kanalining yozishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tmoqda. "Vazirlar Mahkamasi" to'g'risidagi Qonunning 7-moddasiga binoan, Bosh vazir lavozimiga nomzod Qonunchilik palatasida uning nomzodi ko‘rib chiqilayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini taqdim etadi.
Savol: nega bunday muhim jarayon biron-bir manbada (na Oliy Majlisning YouTube kanalida, na "O'zbekiston 24"da va na boshqa manbada) jonli efirga uzatilmayapti? "Hokimiyatning yagona manbai" bo'lgan xalq uni boshqaradigan hukumatning yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan rejalaridan xabardor bo'lishga, o'zini nimalar kutayotganini bilishga haqli emasmi?

Telegram
davletovuz
Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг Бош вазир лавозимига номзодни кўриб чиқишга бағишланган мажлиси бўлиб ўтмоқда.
🔥9
"O'zbekiston 24" kanalining ayni paytdagi efiri.
Men, masalan, jurnalistlarning balandparvoz gaplardan iborat izohlarini emas, davlat rahbari nutqini va Bosh vazir lavozimiga nomzodning dasturini eshitishni xohlardim.

👍18
Oʻzbekiston parlamenti deputati, huquqshunos - hokimiyatning bir-biridan mustaqil, oʻzaro bir-birini tiyib tura oladigan va nazorat qila oladigan (checks and balances tizimi ishlaydigan) tarmoqlarga boʻlinishi haqida.
Telegram
Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
Deputat Akmal Saidov Qonunchilik palatasining yangi tarkibidagi birinchi majlisida Shavkat Mirziyoyevni Yangi O‘zbekiston parlamenti me’mori, deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, prezidentning butun faoliyati davomida parlament har doim uning diqqat markazida…
🤬13🤯2
Xabar berishlaricha, Hilola Umarova O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga ma'qullandi.
"Vazirlar Mahkamasi" to'g'risidagi Qonunning 7-moddasiga muvofiq, vazirning nomzodi Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilayotganda va ma’qullanayotganda taqdim etishi kerak bo'lgan harakatlar rejasi haqida ma'lumot berilmadi. Umarovaning o'zi ham bunday rejani biron-bir ochiq manbada e'lon qilganicha yo'q. Bu, albatta, bunday rejaning o'zi mavjud bo'lganmi? degan savolni tug'dirmay qolmaydi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
Hilola Umarova O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga ma`qullandi
Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO

👎40🔥5🤬5👍3😢1
"Farqini top" turkumidan: RTMga plagiat yarashaveradi .. mi?
Postga ilova qilingan suratlardagi matnlarni solishtirib ko'ring. Ranglilari - filologiya fanlari doktori Zulxumor Mirzayeva va Komil Jalilov (men) tomonidan 2022-yilda yaratilgan 10-sinf "Adabiyot" darsligidan sahifalar. Oq-qora rangdagilari - RTMning rasmiy kanalida e'lon qilingan "tanlov sinflari uchun adabiyot o‘quv fani yuzasidan ilk bor ishlab chiqilgan o'quv qo‘llanma". Nechta farq topa olasiz?
Psixolingvist, filologiya fanlari nomzodi, Milliy o'quv dasturi asosidagi ona tili darsliklari muallifi Iroda Azimova o'z kanalida shunday yozadi:
"Ko‘chirish - bu birovning gapini aynan olib o‘z matniga qo‘shish va gapning asl muallifni ko‘rsatmaslik demakdir. Bu hajm ko‘paytirish uchun qilinadimi, o‘z matnini "ilmiylashtirilish" uchun qilinadimi ahamiyati yo‘q. Siz birovning gapini o‘zingizniki qilib ko‘rsatyapsiz degani. Bu yolg‘on, bu o‘g‘irlik demak! "Gapni qo‘shtirnoqqa olib havola bermagan bo‘lsam ham, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida berganman-ku", deb o‘zingizni oqlashga shoshilmang. U o‘z nomi bilan "FOYDALANGAN adabiyotlar ro‘yxati", "ko‘chirilgan adabiyotlar ro‘yxati" emas. Adabiyotni o‘qib, undagi bilimni o‘zlashtirish kerak, muallifning gaplarini emas".
Bu - plagiat. Manbani "foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati"da ko'rsatish sizga butun-butun matnlar, mavzularni birovning kitobidan olib o'zingiznikiga qo'shish va bu matn muallifi sifatida o'zingizni ko'rsatish huquqini bermaydi. Shunday ekan, bunday plagiat "qo'llanma" rasmiy manbadan olib tashlanishini va ko'chirilgan manbalar mualliflaridan (tushunishimcha, u yerda boshqa manbalardan ham ko'chirilgan, faqat biznikidan emas) uzr so'ralishini talab qilaman.

👏14👎9🤬5🤯3
JIDU (diplomatiya) universitetida bizga "Diplomatiya tarixi" fanidan taniqli professor, bir qancha darsliklar muallifi Goga Hidoyatov dars berganlar. Baʼzan mavzudan chetlashib qiziq voqealar yoki siyosiy latihalar aytib berardilar. Shunday latifalardan biri:
Nikson va Brejnev tortishyapti. Nikson Brejnevga:
- Nima desangiz deng, bizning (AQSHning) eng katta yutugʻimiz - bu demokratiya. Sizlarda demokratiya yoʻq.
Brejnev: "Demokratiya" deganda nimani tushunasizlar oʻzi?
Nikson: Qanday tushuntirsam ekan ... Mana, masalan, kimdir Oq uy oldiga kelib, "Nikson - ahmoq!" deb baqirsa, unga hech narsa boʻlmaydi.
Brejnev: "Demokratiya" deganlaringiz atigi shumi? Bizda ham bor shu demokratiya. Kreml oldiga kelib kimdir "Nikson - ahmoq" desa unga hech narsa qilmaydi.
Bu shunchaki talabalik davri hangomalari edi. Bugungi xabarlarga aloqasi yoʻq.

Ta’lim vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyevni haqorat qilgan sobiq deputat Kobul Dusovning ozodligi 1 yilga cheklandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning o‘rinbosari Farhod Boqiyev sobiq deputat va bloger Kobul Dusov ustidan sudga ariza berdi. Birinchi instansiya sudi blogerni vazir o‘rinbosarini haqorat qilgani uchun 1 yilga ozodlikdan chekladi.
👍9👎8🔥5
Yana bugungi xabar haqida.
Latifa oʻz yoʻliga, lekin xabarda bir jihat eʼtiborimni tortdi: Dusovni javobgarlikka tortish uchun asos qilib olingan modda (JK 140-moddasi: jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda haqorat qilish).
"O‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda haqorat qilish" deganda nimani tushunamiz? Buning oddiy "haqorat qilish"dan qanday farqi bor? Va buning oʻz xizmat burchini (vazifasini) bajarishi munosabati bilan davlat xizmatchisini (amaldorni) tanqid qilishdan qanday farqi bor?
Masalan, shunday gipotetik vaziyatni tasavvur qilaylik: men "Umarova olib borayotgan taʼlim "islohotlari" taʼlimni goʻrga tiqyapti" deb yozsam, "oʻz xizmat burchini (vazifasini) bajarayotgan" amaldor "meni oʻz xizmat burchim (vazifamni) bajarishim munosabati bilan haqorat qildi" deb sudga bera oladimi? Bizning ijro hokimiyatidan toʻla mustaqilligi shubha ostida boʻlgan (masalan, shaxsan men uchun) sudlarimiz ijro hokimiyatining bir aʼzosi, amaldor va oddiy fuqaro oʻrtasidagi bunday tortishuvda adolatli hukm chiqarishiga umid bormi? Bunday "ajoyib modda" bizning amaldorlarni "oʻz xizmat burchini bajarishi munosabati bilan" tanqid qilib boʻlmaydigan "sacred cow"ga aylantirib qoʻymasligiga kafolat bormi? Masalan, Dusov vazir oʻrinbosarini haqorat qilgani uchun jazolandimi yoki ... vazirlikdagi pul masalalari bilan bogʻliq qator iddaolari uchunmi, degan savol, oʻylaymanki, faqat menda tugʻilmadi.
Yana bir narsa. Fikrimcha, shaxs siyosatga kiryaptimi, public person boʻlishni istayaptimi, tanqidlar va baʼzan qattiqroq gaplarni koʻtarishga tayyor boʻlib kirishi kerak. "Sirkangiz suv koʻtarmaydigan" boʻlsa, siyosatga kirishning nima keragi bor - ommaga koʻrinmaydigan biron-bir ish bilan shugʻullanib yurish kerak.
Va jurnalist Ilyos Safarov koʻtargan ikki standartlilik masalasiga qoʻshilmay iloj yoʻq. Nega qonun himoyachilarimiz faqat amali yoʻqlarning harakatlariga huquqiy baho berishda hozir-u nozir, amalga egalar esa shunday va undan badtar harakatlari uchun suvdan quruq chiqaveradi? Yoki ular haqiqatdan ham sacred cow'mi?

🔥11👍7👏1🤯1