Jalilov. Qaydlar
4.1K subscribers
1.45K photos
17 videos
22 files
2.27K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Ma’naviyat markazi tele- va radiokanallar, ijtimoiy tarmoqlar uchun tayyorlanayotgan mediamahsulotlar “ma'naviyat ekspertizasi"dan o‘tkazilishini e’lon qildi. Komil Jalilovning fikricha, bu — senzura. “Ular “senzura o‘rnatmaymiz” deyapti, lekin senzura o‘rnatishini tan olyapti”, — deb yozadi u o‘z maqolasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/13/ekspertiza/

Telegram | Instagram | YouTube
👍9👏1
"Novda" darsliklari hali bizni koʻp hayratga solishda davom etadi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining fikricha, bu darsliklar zoʻravonlikni (abuse) targʻib qilmoqda.

Savol: Oʻzbekistondagi barcha maktab oʻquvchilari oʻqishga majbur bu darsliklar "maʼnaviyat ekspertizasi"dan oʻtganmi?
🤬13👍3🔥2😱2
Taʼlim sifatidan va turli tajribalardan norozi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, ota onalar vaziyatni oʻz qoʻllariga olishga qaror qilgan koʻrinadi. Foydalanuvchilarning yozishlaricha, yangi baholash tizimidan norozilar vazir Hilola Umarovaga murojaat topshirishgan va murojaat javobini eʼlon qilishga vaʼda berishmoqda. Oldindoq CHSB-BSB tizimidan norozilar Telegram tarmogʻida maxsus guruh ham tashkil qilishgan edi.

"Mezonlarga asoslangan" deyilayotgan yangi baholash tizimi (CHSB - BSBlar) testologiya nuqtai nazaridan mezonlarga asoslanganmi oʻzi? mavzusidagi "Maʼrifat" gazetasida eʼlon qilingan tahliliy maqolani bu yerda oʻqishingiz mumkin.
👍22😢1
"Koʻrinmas kuchlar aralashuvi"

Oxirgi paytlar bir qiziq tendensiyani kuzatyapman. Ayrim koʻzga koʻringan, oʻz sohasida mavqega ega olimlar 2021-2022-yillarda Milliy oʻquv dasturi loyihasini yaratishda qandaydir "kuchlar" ("qora"?) aralashib, ular tuzib bergan dasturni boshqa narsaga almashtirib qoʻyishgani haqida iddao qilishmoqda. Bu iddaolar turli davralarda, oʻqituvchilar bilan uchrashuvlarda ham yangramoqda.

Oʻsha paytlarda Milliy o'quv dasturi bilan bog'liq jarayonlarda bevosita ishtirok etganim uchun shu iddaolarga izoh berib ketmoqchiman.

Milliy oʻquv dasturi loyihasini yaratish uchun ishchi guruhlar tuzilgan. Bu guruhlar faoliyati hukumat qarori bilan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti, o‘quv rejalari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan Respublika ta'lim markazi tomonidan muvofiqlashtirilgan. Fanlar bo'yicha Milliy oʻquv dasturlari loyihalariga har qanday o'zgarishlar Respublika ta'lim markazining tegishli fanlar uchun mas'ul metodistlari hamda ishchi guruhlarning birgalikda muhokamalari natijalari asosida kiritilgan. Ayrim fanlardan dasturlarning dastlab Respublika ta'lim markaziga taqdim etilgan loyihalari RTM rahbariyati va metodistlarinig talablariga javob bermagani uchun keyingi bosqichlarda ish jarayonida o'zgargan - bu tabiiy jarayon. Ya'ni, bu jarayonga chetdan "qandaydir ko'rinmas kuchlar" ta'sir qilmagan yoki bu "kuchlar" hech kimga bildirmasdan hujjatlarni almashtirib qo'ymagan (buning imkoni ham yo'q edi).

O'z vaqtida fanlar bo'yicha Milliy oʻquv dasturlari loyihalarini Respublika ta'lim markazi ham (maxsus telegram kanalda), o'sha paytda mavjud bo'lgan Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ham (uzviylik.tdi.uz saytida) ochiq muhokamalarga qo'ygan edi. Va bu hujjatlar inspeksiyaning o'zida ham bir necha marta muhokamadan o'tgan edi.

Qizig'i, hozir "qandaydir kuchlar aralashuvi" haqida iddao qilayotgan olimlar bu muhokamalarda inspeksiya rahbariyati bilan birga davraning to'rida o'tirishgan, savollar berishgan, ya'ni dasturlarni o'qishgan, ularning mazmuni bilan tanish bo'lishgan. Agar ayrim fanlar bo'yicha dasturlarning o'sha muhokamaga olib chiqilgan va dastlabki variantlari o'rtasida farqlar mavjud bo'lsa, ulardan xabardor bo'lishgan. (Dasturlarda ism-familiyalari ham turibdi).

Keyinchalik muhokamalar natijasida Inspeksiya fanlar bo'yicha Milliy oʻquv dasturlari loyihalarini tasdiqlab, o'zining "Uzluksiz ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi"ga qo'shgan va maxsus konferensiya tashkil qilib, bu Konsepsiya taqdimotini o'tkazgan, prezident farmoni bilan esa 2024-yil 1-sentyabrga qadar ta’lim jarayoniga to‘liq joriy etilishi belgilangan edi.
🔥12👍2
Fin saboqlari

Ta'lim bo'yicha mutaxassis, Melburn universiteti professori Pasi Sahlberg "Fin saboqlari 3.0" kitobida o'zining qiziq bir kuzatuvi haqida fikr yuritadi. Muallifning qayd etishicha, PISAda yuqori natijalar qayd etayotgan davlatlar (Singapur, Honkong, Yaponiya, Janubiy Koreya, shuningdek, muallifning vatani - Finlyandiya ham) pedagogika, metodika va o'quvchilarni baholash sohasida o'zlari "innovatsiya" o'ylab topmagan. Bu davlatlarda o'quv dasturlarini yaratish, o'quvchilarni o'qitish va baholashga bo'lgan yondashuvlar ildizi asosan G'arb olimlari XX asrda ilgari surgan pedagogik nazariyalar va yondashuvlarga borib taqaladi.

Xususan, muallif Finlyandiyaning ta'limdagi muvaffaqiyatlarida muhim rol o'ynagan pedagogik g'oyalar va yondashuvlar sifatida quyidagilarni sanaydi:

- konsruktivizm nazariyasi va Jon Dyuining (John Dewey) pedagogik qarashlari;

- hamkorlikda o'rganish (cooperative learning) yondashuvi;

- o'quvchilarning turli sohalarda qobiliyatini namoyon qilishi haqidagi qarashlar, xususan, Gardnerning "Turfa zakovatlar" ("Multiple intelligences") nazariyasi;

- baholashning standartlashtirilgan testlarga asoslanmagan, muqobil usullari (masalan, portfioli, amaliy topshiriqlar, o'z-o'zini baholash);

- o'qituvchilarning o'zaro yordami va bir-biridan o'rganishi (peer coaching) haqidagi g'oyalar, xususan, Brus Joys (Bruce Joyce) qarashlari.

Nazarimda, bu fikr ham oldinroq yozganimni tasdiqlaydi: "fin tizimi" yoki "Singapur tizimi" deb u yoki bu davlat darsliklatini ko'chirib (tarjima qilib) qaytadan chop qilish uchun trillionlarni sarflash samara bermaydi. Chunki qandaydir mo'jizaviy "fin metodikasi" yoki "Singapur metodikasi" yo'q: ularning darsliklari ham XX asrda G'arb (asosan AQSH va Yevropa) olimlari ishlab chiqqan va pedagogikada tan olingan nazariy tamoyillar va ular asosidagi amaliy yondashuvlarga asoslanadi. Masalan, fin yoki Singapur darsligini ko'chirganimiz bilan uning tagida qanday pedagogik nazariya yotganini tushunmasak, u darslikdan hech qanday samara chiqmaydi.

Bu esa - pedagoglarni tayyorlash va malaka oshirish tizimida o'qitiladigan fanlar mazmunini ham tubdan qayta ko'rib chiqishni taqozo qiladi. Bizdagi pedagogika va metodika darsliklari ham, darslari ham aksar hollarda o'rganish jarayoni qanday sodir bo'lishi, uning ilmiy asoslari, uning samarasini ta'minlovchi omilar haqida tasavvur bermaydi.
👍20
"Uyida chaksa uni yo'q, tom boshida qo'sh tandir"

Ko'pchilikka yaxshi tanish "Mahallada duv-duv gap" filmida bu gapni aytgan Oyposhsha, balki ta'lim tizimini boshqaradigan sanoqsiz idodalar qilayotgan ishlarni ko'rib, balki fikrini sal boshqacharoq ifodalagan bo'lardi: "Byudjetida ulkan teshik-u, qo'sha-qo'sha dabdabali konferensiyalar".

Mana o'zingiz baho berib ko'ring:

2024-yil 15-noyabr: "Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining 90 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan “Mahoratli o‘qituvchi – millat tayanchi: uzluksiz kasbiy rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’z ishini boshladi. Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bosh kotibining ta’lim siyosati bo‘yicha maxsus maslahatchisi Andreas Shlyayxer, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratboy Sharipov, YUNESKO tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, Yunisefning O‘zbekistondagi vakili Regina Maria Kastillo ishtirok etmoqda".

2024-yil 8-noyabr: "Joriy yilning 5-noyabr kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Menejment va zamonaviy texnologiyalar universiteti (UMFT) bilan hamkorlikda “Yangi taraqqiyot bosqichida maktab ta’limini rivojlantirish strategiyalari: chaqiriqlar, muammolar, tadqiqotlar va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi".

2024-yil 16-oktyabr: "Markaziy Osiyo Universitetlar forumining xorijiy tashkilotlar vakillari ishtirokidagi ochiq muloqot tadbiri boshlandi. Ayni vaqtda Yangi O‘zbekiston Universitetida Markaziy Osiyo Universitetlari Forumining muhim uchrashuvlaridan biri boshlandi. Unda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy kabi nufuzli davlatlarda joylashgan va ta’lim rivoji uchun dunyo miqyosida ish olib borayotgan 60 dan ortiq xalqaro tashkilotlar, shuningdek, yuzga yaqin xorijiy oliygohlar hamda yurtimizdagi qator oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etmoqda".

Har ikki haftada bir dabdabali tadbir, konferensiya, unga kazo-kazolar chaqirilgan. Qizig'i, bu "konferensiyabozlik" yil oxiriga yaqin qolganda avj olmoqda. Yil oxirida esa parlament, odatdagidek, byudjetdagi o'zgarishlarni, oshirilgan sarf-xarajatlarni indamay tasdiqlab beradi. "Hey, har ikki haftada "xalqaro konfernsiya"ga balo bormi, juda zaril bo'lsa, shu konferensiyalarni hammasini bitta qilib o'tkazsa bo'lmaydimi?" deydigan odam yo'q.

Va eng achinarlisi - bu konferensiyalarda aqlli gaplar aytiladi, lekin bu gaplarning zarracha foydasi yo'q. Vazirlik baribir o'sha gaplarning teskarisini qiladi. Masalan, vazirlikning o'zi konferensiyaga taklif qilgan eksperti "yaxshi xorijiy til oʻqituvchisi degani - "til egasi" ("native speaker") degani emas", deb turibdi, keyingi yil byudjetida esa "xorijiy o'qituvchilarni jalb qilish" xarajatlari oshirilyapti. Yoki bugun konferensiyaga taklif etilgan Shlyayxerning "World Class: How to Build a 21st-Century School System" kitobini varaqlab ko'ring - vazirlik olib borayotgan siyosat bu kitobda berilgan tavsiyalarga (masalan, ta'limda tengsizlikning oldini olish, o'quvchilarni erta yoshdan "iqtidorli"-"iqtidorsiz"ga ajratmaslik va hokazo) g'irt teskari.

Vazirlikdagilarga savol: Baribir bilganlaringizni qiladigan bo'lsalaringiz, konferensiyalarda aytilgan aqlli gaplar-u tavsiyalarning teskarisi qilinadigan bo'lsa, o'zi shundoq ham byudjet "bir ahvol" bo'lib yotgan paytda bunday tadbirlardan nima naf? Shunchaki PR uchunmi? Yoki ... ?
👍43🔥4🤯3😢2🤬1
Bilarmidingiz?

Jurnalist Muhrim A'zamxo'jayev "avtomobil uchun davlat raqami olganingizda to'lovning katta qismi davlat byujeti yoki YHXBga emas, "GID License Plate" degan MCHJga o'tishini bilarmidingiz?" deb so'ramoqda.

Masalan, Spot.uz nashri skuterlar va mopedlar uchun ham nomer belgilarini kiritish rejalashtirilayotgani va har bir to'lovdan 3,5 BHM (1 milliondan oshiq summa) "GID License Plate"ga o'tishi haqida yozgandi.

Yana bir qiziq narsa. 2023-yilda "fin tajribasi asosida" deyilgan boshlang'ich sinf darsliklarini chiqargan va bu yil "Singapur tajribasi asosida" yuqori sunf darsliklarini yangilashda davom etayotgan "Novda Edutainment" hamda o'sha davlat raqamlari uchun to'lovlarning katta qismini oladi, deyilayotgan "GID License Plate" "qarindosh" ekanligini bilarmidingiz?

Orginfo.uz ga ko'ra, "Novda Edutainment"ning "onasi" - "GID Tashkent". "GID Tashkent"ning "onasi" - "GID FZE".

Xuddi o'sha Orginfo.uz ga ko'ra, "GID License Plate"ning "onasi" - - "GID FZE".

"GID License Plate" va "Novda"ni shunda tog'a-jiyan (yoki xola-jiyan?) desak bo'ladimi?
🤬104🔥22😢14👍12🤔4😱4👎1
"Mentor Hub" guruhi asoschisi, Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti katta oʻqituvchisi Nodira Isamuhamedova bilan taʼlimda tadqiqotlarning oʻrni, ilmiy tadqiqotlarga asoslangan taʼlim siyosati qanday boʻlishi kerakligi haqida suhbatlashdik.

Darvoqe, "Mentor Hub"ning Youtube kanalini kuzatib borishni tavsiya qilaman. Nodira opa jiddiy va pedagoglar uchun kerakli mavzularda suhbatlar tashkil qilmoqdalar.
👍24
Muammoni "ura-ura" va "dialog imitatsiyasi" bilan yopib boʻlmaydi - uni tan olish va real dialog kerak

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining xabar berishicha, vazir va taʼlim sohasi vakillari uchrashuvi boʻlib oʻtibdi. Unda ta'lim sohasidagi islohotlar, shu jumladan, "mezonlarga asoslangan" deyilayotgan baholash tizimi muhokama qilinibdi. Bu uchrashuvga tizimdagi muammolarni ayta oladigan ota-onalar yoki mutaxassislar taklif etilmagan koʻrinadi.

Oldinroq vazirlik yangi baholash tizimi haqida fikrlar aks etgan video eʼlon qilgan edi - unda mikrofon berilganlar faqat yangi tizimning "naqadar zoʻr"ligini bayon qilishgan, tizimning muammolari haqidagi fikrlarga oʻrin berilmagan.

Oldinroq esa yangi tizimdan norozi bir guruh ota-onalar vazirga oʻz murojaatlarini yoʻllashgan va javobini ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilishga vaʼda berishgan edi. Tizimdan norozi ota-onalar maxsus guruh ham tashkil qilishgan, undagi bir necha ming qatnashuvchi prokuratura, bolalar ombudsmani va boshqa yuqori idoralarga shikoyatlar yoʻllash imkoniyatlarini muhokama qilishmoqda. Vaziyat tarang, norozilarga vazirlikning muammoni tan olib, real muloqotga kirishish oʻrniga bunday "ura-ura"larni ishga solishi, taʼbir joiz boʻlsa, "koʻzi qonga toʻlgan buqaga qizil latta"dek taʼsir qilmoqda.

Bu ota-onalarni tushunish mumkin: ular va ularning farzandlari tizimning "afzalliklari"ni har kuni oʻz tanalarida his qilishmoqda. Muhokamalarni kuzatsangiz, ular farzandlari koʻngli maktabdan sovigani, oʻqishga borishni istamay qolgani va maktabga borishdan maʼno qolmagani - faqat CHSB - BSBlar oʻtadigan kunlari maktabga borib, shu nazorat ishlarini bir amallab topshirsa kifoya boʻlib qolgani haqida bong urishmoqda.

Vazirlikni ham tushunsa boʻladi: Qozogʻistondan andoza olinganligi taxmin qilinayotgan (u yerda ham ota-onalarning noroziligiga sabab boʻlgan) bu tizimning "zoʻr"ligi haqida "eng yuqori"ga taqdimotlar qilingan, maxsus qarorlar chiqartirilgan, endi borib "uzr, bu tizimning mana bunday kamchiliklari ham bor ekan, ota-onalar bunday deyapti, mutaxassislar bunday deyapti, biz hisobga olmagan ekanmiz" deyish vazirlikning "obroʻsiga yarashmaydi".

Lekin mana bunday "ura-ura" videolar va uchrashuvlar bilan ham muammo hal boʻlib qolmaydi. Real dialog kerak.

Darvoqe. TRM ishlab chiqqan "baholash konsepsiyasi" loyihasi nima boʻldi?
😢13👍7🤬2
"Mezonlarga asoslangan" deyilayotgan yangi baholash tizimi haqida muhokamalarni turli ijtimoiy tarmoqlarda kuzatish mumkin. Suratlarda Facebook ijtimoiy tarmogʻigagi "Maslahat" guruhiga qoʻyilgan post va bu postga ayrim izohlarni koʻrish mumkin. Qizigʻi, post muallifi yangi tizim malakali pedagoglarning ishdan boʻshab ketishiga sabab boʻlayotgani iddao qilinmoqda.
👍6
Gazeta.uz ning yozishicha, yangi saylangan Qonunchilik palatasining birinchi majlisi 18-noyabr kuni, Senatning birinchi majlisi 19-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 116-moddasiga muvofiq, "amaldagi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi, biroq Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq o‘z faoliyatini davom ettirib turadi".

Demak, keyingi hafta hukumat isteʼfosi kutilyaptimi? Amaldagi vazirlar, xususan, deputatlikdan voz kechgan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri ham, agar qayta tasdiqlanmoqchi boʻlsa, "Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida"gi qonunning 7-moddasiga muvofiq, oʻz harakatlar rejasini taqdim etadimi? "Hokimiyatning yagona manbai boʻlgan xalq" bu jarayonni jonli koʻra oladimi?
🔥6
Umuman, fikrimcha, nafaqat hukumat aʼzolarining yangi saylangan parlamentga oʻz harakatlar rejasini taqdim etishi va bu rejalarning xalq vakillari tomonidan qizgʻin muhokama qilinishi, deputatlarning vazirlikka nomzodlarni savollar yomgʻiriga tutishi jonli efirga uzatilishi shart. Shu bilan vazirlikka nomzodlarning rejalari parlamentda muhokama qilinishidan oldin ochiq platformalarda (masalan, tegishli vazirliklar saytlarida) eʼlon qilinishi kerak deb hisoblayman. Axir, xalq oʻzini yaqin istiqbolda nima kutayotganini bilishga haqli emasmi?

Demak, vazirlikka nomzodlarning harakatlar rejalarini kutib qolamiz?
👍21🤯1
Xabarlarga ko'ra, yangi saylangan parlament o'z ishini boshlagan ko'rinadi. Parlamentning dastlabki majlisi qayerdadir jonli efirga berilyaptimi? Masalan, "O'zbekiston 24"da? Soliq to'lovchilar hisobidan moliyalashtiriladigan hamda vazifasi O'zbekiston va jahondagi muhim voqealarni yoritish bo'lgan bu kanal mamlakat siyosiy hayotidagi muhim (bo'lishi kerak bo'lgan) voqeani jonli efirda olib bera olmasa, bu kanalni moliyalashtirishdan nima naf?
🔥15👍3
Yangi O'zbekiston, yangi Konstitutsiya, eski qiyofalar

Gazeta.uz yozmoqda: "Нуриддин Исмоилов в третий раз (uchinchi marta) избран спикером Законодательной палаты Олий Мажлиса. Он возглавляет нижнюю палату парламента Узбекистана с 2015 года".

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi aytmoqda: "Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri bo‘lishi mumkin emas". (100-modda)
🤬36😱3🤯2👍1