Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat boshqaruvidagi, xususan, ta'lim tizimidagi izchillik va tizimlilik haqida.
Otabek Bakirovning "Dialog" loyihasidan
Otabek Bakirovning "Dialog" loyihasidan
👍3🔥1👏1
"Agentlik direktor o‘rinbosari Farhod Mirzayevning ma’lum qilishicha, abituriyentlarning 210 nafari 189 va undan yuqori ball to‘plagan. 189 dan yuqori ball to‘plagan 91 nafar abituriyent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi bitiruvchilari bo‘lgan".
Testologiya fani nuqtayi nazaridan baholash - bu o'lchash (bilim, ko'nikma, qobiliyatni o'lchash). Test esa bu o'lchashda o'lchash instrumenti (tarozi) vazifasini bajaradi. Imtihonda to'plash mumkin bo'lgan maksimall balldan ham ko'proq ball to'plagan abituriyentlarning mavjudligi - bu instrumentning (tarozining) noto'g'ri ishlayotganini ko'rsatadi. Bu oddiy narsani 30 yildan beri baholash bilan shug'ullanib kelayotgan va bu jarayonni ilmiy asosda yo'lga qo'yishi kerak bo'lgan vakolatli davlat organi mas'ullari bilmasligi va (yoki) ignor qilishi esa bu organning ilmga "tupurib" qo'yganligini ko'rsatadi. Menimcha.

Kun.uz
Davlat imtihonlarida qancha abituriyent 189 va undan yuqori ball olgani ma’lum qilindi
Bu yil davlat imtihonlarida 210 nafar abituriyent maksimal va undan yuqori ball to‘plagan. Eng yuqori ball 217,4 bo‘lib, uni asosiy fanlari tarix va chet tili bo‘lgan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi bitiruvchisi olgan.
👍21👏2🔥1
Forwarded from John C
📌 Hello folks
I'm looking for volunteers to have Free English lessons, as part of a teacher training course. The teachers are taking a course and trying out new communicative teaching techniques and they need to practice on real English language learners.
We need all levels from lower to higher, but must be over 16 years old. Lessons run until the end of August.
Mon-Fri
16.00-18.30
TMC - Sirajiddinov St 6, 100070, Tashkent, Uzbekistan
If you know anyone please contact me on TG @itsmrjohn

👍1
"Huquq fanidan test tuzish testologiya qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi”.
Bunday bayonotni "fan" va "testologiya" degan soʻzlarni qayerdadir eshitgan, lekin bu soʻzlar nimani anglatishini tushunmaydigan shaxs bersa - tushunish mumkundir. Lekin 30 yildan beri millionlab abituriyentlarning taqdirini test orqali hal qilib kelayotgan vakolatli davlat organi rasmiysi, boʻlib ham "test texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi" deb ataladigan boshqarma boshlig‘i bunday bayonot berishi - fojia. Bunday bayonot ham oldinroq aytganim - "agar Oʻzbekiston taʼlimini jarlikdan chiqarishni haqiqatda istasak, uni bu jarlikka olib kelganlardan biri - DTM / BMBA tugatilishi kerak" degan fikrimga yaqqol isbot boʻla oladi, chunki agentlikning testlarni tuzish va oʻtkazishga ilmiy yondashish niyati yoʻqligini koʻrsatadi.
Testologiya nuqtayi nazaridan, test - bu oʻlchash vositasi. Test orqali muayyan domendagi (fan sohasidagi) konstruktlar oʻlchanadi. (Testologiyada oʻlchanishi kerak boʻlgan xususiyatlar, yaʼni bu oʻrinda - tegishli fan sohasi boʻyicha bilim, koʻnikmalar "konstrukt" deyiladi). Testologiyada "qaysidir domenni oʻlchab boʻlmaydi", degan cheklov yoʻq - bu fan doirasida bilimlar beriladimi, koʻnikmalar shakllantiriladimi, demak, uni oʻlchash mumkin. Testologiyaning vazifasi - aynan shu oʻlchovni toʻgʻri amalga oshirish (yaʼni bilim, koʻnikmalarni toʻgʻri baholash) yoʻllarini tadqiq qilish. Demak, "huquq fanidan test tuzish - testologiya qoidalariga toʻgʻri kelmaydi" - gʻirt gʻayriilmiy bayonot.
Endi nima uchun huquq fanidan test "tuzib boʻlmasligi" izohini koʻring. Huquqshunoslik - tez oʻzgaruvchan fan emish. Masalan, oʻquvchi maktabda oʻqiyotganida bir Konstitutsiya, maktabni bitirganidan keyin boshqa Konstitutsiya emish. Konstitutsiya va kodekslar - bular normativ-huquqiy hujjatlar, "huquqshunoslik fani" emas. Har qanday fanda boʻlganidek, huquqshunoslikda ham muayyan prinsiplar, qonuniyatlar bor va ular 9-sinf bolasi maktabni bitirguncha oʻzgarib qolmaydi. Yaʼni, bu bayonot bilan agentlik rasmiysi "huquq fani" va "normativ-huquqiy hujjat" tushunchalarini farqlamasligini, maktab huquq fanining vazifasi - bolaga normativ-huquqiy hujjatlarni yodlatish deb bilishini koʻrsatyapti. Bu yana bitta fojia. Bunday masʼullar va abituriyentlar bilimini baholashga bunday yondashuv bilan PISAda natijalarni yaxshilashni orzu qilmasak ham boʻladi - jarlikning tubining ham tubiga kirib ketmaslik haqida qaygʻurish kerak.
P.S. Gap faqat, Shokir Tursun aytganday, "test deganda faqat A, B, C, D variantli test topshirigʻi turini tushunish"da ham emas. Testologiyadan xabari bor boʻlsa, izlansa - huquq fanidan ham hatto A, B, C, D variantli normal test topshiriqlari tuzish mumkin. Lekin buning uchun avvalo testologiyaning bazaviy prinsiplari haqida tasavvur boʻlishi kerak.

“Huquq fanidan test tuzish testologiya qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi” - BMBA mas’uli
Yurisprudensiya yo‘nalishi uchun abituriyentlarni huquq fanidan test qilishni Adliya vazirligi qayta ko‘rib chiqishi ehtimol to‘g‘ri bo‘ladi, dedi Bilimlarni baholash agentligi rasmiysi Zafarbek Olimov. Uning fikricha, huquqshunoslik tez o‘zgaruvchan fan…
👍22🔥2👏2👎1
"Huquq fanidan test tuzish testologiya qoidalariga toʻgʻri kelmaydi" degan bayonotning gʻayriilmiyligiga bir misol.
Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtati maktab bitiruvchilari huquqshunoslik fanidan topshiradigan test namunasi. Yangi Janubiy Uels shtatining taʼlim standartlari boʻyicha vakolatli davlat organi rasmiy saytida berilgan. Ham yopiq, ham ochiq test topshiriqlarini oʻz ichiga oladi.

👏9
"Huquq fanidan test tuzish testologiya qoidalariga toʻgʻri kelmaydi" degan bayonotning gʻayriilmiyligiga yana bir misol. (Yuqorida bir misol berilgan edi). Bu safar DTM / BMBA "yaqindan hamkorlik qilib kelayotgan" Rossiya Federatsiyasining Pedagogik o‘lchovlar federal institutidan. "Jamiyatshunoslik" fanidan maktab bitiruvchilari topshiradigan Yagona davlat imtihoni. 14-20 test topshiriqlari huquq faniga oid. DTM - BMBAning "yaqin hamkorlari" huquq fanidan test tuzish "testologiya qoidalariga toʻgʻri kelishini" oʻrgatishmagan ekanmi?
🔥7
Yana biz 30 yildan beri bitta test tuzishni ilmiy asosda yoʻlga qoʻya olmayotgan, masʼullari gʻayriilmiy bayonotlar berayotgan tashkilotga qoʻshimcha vakolatlar berib, "matryoshkasifat monstr"ga aylantirmoqchimiz. Taʼlimning janozasini oʻqib, koʻmib qoʻya qolinglar undan koʻra. Qabrini ziyorat qilib, eslab turamiz.
Telegram
Jalilov. Qaydlar
"Huquq fanidan test tuzish testologiya qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi”.
Bunday bayonotni "fan" va "testologiya" degan soʻzlarni qayerdadir eshitgan, lekin bu soʻzlar nimani anglatishini tushunmaydigan shaxs bersa - tushunish mumkundir. Lekin 30 yildan beri…

🔥15👍4
"Sportswashing" ("sport orqali yuvish") - shaxslar, korporatsiyalar yoki davlatlarning sportdan o'zlarining noqonuniy xatti-harakatlari, muammolari tufayli to'kilgan obro'sini tiklash maqsadida foydalanishi. Propagandaning bir turi hisoblanadi. Atama 2015-yilda Ozarbayjon Yevropa O'yinlaridan xalqaro hamjamiyat diqqatini mamlakatdagi inson huquqlari bilan bog'liq muammolardan chalg'itish maqsadida foydalanishini tasvirlash maqsadida paydo bo'lgan, lekin tarixda "sportswashing"dan faol foydalanilishiga misollar ko'p. Shulardan eng mashhuri - 1936-yilda natsistlar boshqarayotgan Germaniya poytaxti Berlinda bo'lib o'tgan Olimpiada o'yinlari.
"Sportchilar - yutganlari - propaganda va/yoki hokimiyat ichidagi kurash quroliga aylanadi. Bugun sen ularga muxlislik qilasan, g'alabalaridan quvonasan, ertaga esa ular - boshdan oyoq sovg'alarga burkanib - Konstitutsiyadagi o'zgartirishlarga ovoz berishga da'vat qilib chiqishadi", - deb yozadi "Penaltilar seriyasi" kanali.
Avtoritar davlatlarda va diktaturalarda sport - bu shunchaki sport emas, balki fuqarolarning roziligiga tayanmagan, shu bilan legitimligini yo'qotgan hukumatning omma ongi ustidan nazorat o'rnatishning bir yo'li. Madaniyat, fan, ta'lim va boshqa istalgan, odamlarning ongiga ta'sir qiladigan soha singari.

👍30🔥9👎1🤬1
Nima uchun biz boshqa joyda 12 ming turadigan narsani o'zimizda "ishlab chiqarib", 19 mingga sotib olishga majbburmiz? Nega biz chegaralarni ajdaho bojlar bilan to'sib, buni "mahalliy ishlab chiqauvchini himoya qilish" degan balandparvoz so'zlar bilan xaspo'shlaymiz? Balki ... shunday bo'lishi kerakdir? Jahon savdo tashkilotiga a'zolik bizga kerakmi o'zi? Bu bizga nimalar beradi? Kerak bo'lsa, nega haligacha a'zo emasmiz bu tashkilotga?
"Vatandosh TV" klubining ilk yig‘ilishidagi “O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zoligi va tashkilotga a’zolikning mamlakat hayoti uchun ahamiyati” muhokamasidan, balki, shu savollarga ham o'zingiz uchun javob olarsiz. Ko'ring va fikrlang.

YouTube
Jahon savdo tashkilotidan O'zbekiston nima yutadi, nima yutqazadi? @vatandosh_tv
00:00 – Boshladik!
2:56 – JST qanday tashkilot?
5:57 – Valijon To'raqulov
7:06 – Logistika, savdo hajmi
15:08 – ''Bizga ''ProMax''lar kerak''
20:19 – Nega qo'shni davlatlarga foyda bermadi?
23:33 – Pazlni yechamiz!
26:12 – Mirsodiq Mirahmedov
27:34 – JST…

👍4
Yana sportswashing haqida: nega avtoritar hukumatlar sportchilarni bunchalik ardoqlashadi?
Telegram
Otabek Abdullaev
Chempionga ming tanga: sport kulti va hukmron narrativ haqida
Kuzatganim, aksar vatandoshlar bu yilgi Olimpiadadagi judayam omadli qatnashuvimizdan g’ururga to’lgan va xursand bo’lsa, ba’zilar chempionlarga beriladigan otni kallasidek sovrin pullaridan…

😢9👍1🤔1
Bir haftadan beri Ukraina qurolli kuchlari Rossiya hududida "maxsus harbiy amaliyot" olib bormoqda. Turli OAVlardagi xabarlardan, mazkur amaliyot anchagina muvaffaqiyatli olib borilmoqda, degan xulosaga kelish mumkin. "Холод" nashri Ukraina muvaffaqiyatining sabablaridan biri - yolgʻon deb hisoblaydi. Yaʼni, nashr fikriga koʻra, Rossiyada hukumat vertikali boshdan oyoq yolgʻon bilan mustahkamlangan va aynan yolgʻon "UQKga RF chegaralarini ochib berdi".
Maqoladan iqtibos: "Televizordagi chiroyli manzara va "yerdagi reallik" oʻrtasida juda katta jarlik bor".
Eslataman, yuqoridagi iqtibos Rossiya haqida. Lekin agar sizda boshqa assotsiatsiya paydo boʻlsa, ajablanmayman. "Televizordagi chiroyli manzara"ni "chizib" berayotganlar, "chizib" berishga hissa qoʻshayotganlar xulosa chiqaradimi, yoʻqmi, bilmayman.

«Холод»
Ложь открыла границу России
Именно ей скреплена властная вертикаль, и она — причина успешного вторжения ВСУ в Курскую область
👍9🔥4😢1
"- Bu ziyofat kimning hisobidan? Haqqini kim toʻlaydi?
- Xalq, otaginam, xalq toʻlaydi".
Yuqoridagi iqtibos Mixail Bulgakovning "Ivan Vasilyevich" pyesasidan. Shoh Ivan Grozniy davrida tushib qolgan oʻgʻri va domkom suhbatidan. Asar asosida keyinroq suratga olingan va koʻpchilik tomosha qilgan filmda yuqoridagi dialogning ikkinchi qismini (oʻgʻrining javobini) sovet senzurasi "Har holda biz emas" deb oʻzgartirgan.
Kechagi xabarni oʻqib xuddi shu dialog esga tushdi. Rasmiy xabarlarga koʻra, 2024-yilning yetti oyida byudjet defitsiti qariyb 3 mlrd dollarni tashkil qildi.

😱14👍6
Chempionlarini ulkan sovgʻalar bilan siylayotgan xalq shu sovgʻa qilinayotgan Tahoe'dan bittagina olish uchun sentyabrdan boshlab 10%ga oshirilayotgan minimal ish haqini 960 oy (80 yil) davomida yemay-ichmay, hech narsaga sarflamay yigʻishi kerak ekan.
Telegram
Jalilov. Qaydlar
🤬46😢22👏4
Yangi oʻquv yili boshlanishiga ham oz qoldi. Agar ish qidirayotgan yoki ish joyini oʻzgartirmoqchi boʻlgan ustozlar boʻlsa, ushbu post siz uchun foydali boʻlishi mumkin.
🟢 Rahimov School xususiy maktabi quyidagi fan oʻqituvchilarini ishga taklif etadi:
• Boshlangʻich sinf
• Boshlang'ich sinf (rus sinflari uchun)
• Rus tili
• Kimyo
• Biologiya
• Jismoniy tarbiya (qizlar uchun)
• Audit (Kurator)
Shuningdek: maktab psixologi.
Oʻqituvchilarga quyidagi ish sharoitlari vaʼda qilinmoqda:
— Maktab hududida tushlik. Maktab hisobidan 50% toʻlab beriladi
— Farzandlaringiz uchun 30% lik chegirma
— Hujjatbozliklardan xoli avtomatlashgan ish jarayoni
— Maishiy xaridlarda maktab tomonidan koʻmak
— 500 ga yaqin kitoblarga ega kutubxona
— Imtihon qilib olingan oʻquvchilar
— Ustozlar uchun dam olish xonalari
— Yuqori oylik maosh: 4-17 mln soʻm
Qiziqqanlardan oʻz arizalaringizni @RahimovSchool_jbot orqali qoldirish va bilimingizni maxsus sinov testlari orqali sinab ko'rish soʻraladi.

Mintaqadagi aholi soni jihatdan eng katta mamlakatni boshqarayotgan hukumat rahbari fact-checking qila olmasligi (yoki qilmasligi) va buni omma oldida namoyish qilishi - juda achinarli holat.
Qizigʻi, bir narsaga eʼtibor berganman. Chinovniklarimiz kabinetlaridagi televizorlarda odatda "Rossiya 24" yoki "Rossiya 1" yoqilgan boʻladi. Bu kanallarni muntazam koʻrish miya atrofiyasiga sabab boʻlishi mumkin. Hisobga olib qoʻyilsa foydadan xoli boʻlmaydi.

👍34
"A"ni aytgandan keyin "B"ni ham aytish kerak emasmi?
Yo'q, menimcha Saymon aka (Simon Kuper) bu maqolani Toshkentda to'y oshi yeb, maza qilib yozmagan. Shunchaki bu maqola haqida yozib chiqqanlar (sportwashing?) "A"ni aytib, "B" haqida indamaslikni ma'qul ko'rishgan, ya'ni maqolaning boshidagi fikrlarni olib, davomidagi fikrlarni tashlab ketishgan. Aks holda sal sinchkovroq o'quvchida "maqolaning boshidagi fikrlar Yangi O'zbekistonga tegishlimi, yoxud ikkinchi yarmidagi?" degan savol tug'ilmasligi mumkin emas edi.
Kuper yozadi:
"Iqtisodchi Stefan Shimanski va men “Sokkernomika” kitobimiz uchun Olimpiya o‘yinlari va boshqa xalqaro musobaqalarning barcha natijalari asosida sport yutuqlari jadvalini tuzganimizda, shuni aniqladikki, dunyodagi aholi jon boshiga eng yaxshi sport mamlakati - boy, demokratik Norvegiya ekan. Shubhasiz, mamlakatlarning sport yutuqlari asosidagi har qanday reytingdagi o'rni hamda mamlakat boyligi va aniqrog'i, inson taraqqiyoti o'rtasida yuqori darajada korrelyatsia bo'ladi...
Buni qanday izohlash mumkin? Boy demokratik davlatlar, ayniqsa, ijtimoiy demokratik davlatlar o'z aholisiga g'amxo'rlik qilishni yaxshi uddalaydilar. Bu daromad darajasi tulicha bo'lgan insonlarga sport bilan shug'ullanish uchun imkoniyat yaratish ham demakdir. Masalan, Norvegiyaning eng chekka joylarida ham, odatda, uydan shundoq bir qadam narida har qanday ob-havoga mos keladigan sport maydonchasi topiladi... Hamma uchun sport maydonchalari va murabbiylar bilan ta'minlay oladigan mamlakatlar - ko'pgina demokratik davlatlar shunday - hamma uchun sog'liqni saqlash tizimi va maktablar bilan ta'minlashni ham yaxshi uddalaydilar. Boy va demokratik bo'lish hamda yaxshi ta'lim olgan, sportda yaxshi bo'lish - umuman olganda, bir tanganing ikki tarafidir.
... Qashshoqroq mamlakatlarda kamroq odamlar bunday imkoniyatga egadirlar. Sohilda o'z futbol mahoratini oshirayotgan braziliyalik o'spirinlar haqidagi stereotipni unuting. Bular istisnolar. Dunyodagi ko'plab kambag'allarning olimpiya salohiyati tug'ilishdan oldin, oziq-ovqat yetishmasligi tufayli barbod bo'ladi. Va Braziliya, Hindiston yoki Afrikaning katta shaharlarini aylanib, o'ynash joylarini qidirib ko'ring. Rasmiylar kamdan-kam hollarda aholini bunday imkoniyatlar bilan ta'minlashadi".
Agar sizda endi "xo'sh, maqolaning birinchi yarmidagi fikrlar Yangi O'zbekistonga tegishli edimi, yoxud ikkinchi yarmidagi?" degan savol tug'ilgan bo'lsa, yaqin atrofdan sport bilan tekin (har xil fitnes klublariga katta summa to'lamasdan) shug'ullanish uchun sharoit qidirib ko'ring. Sog'liqni saqlash va ta'lim tizimining holatiga boqing. Shunda savolga javobni o'zingiz uchun topa olasiz.

Аъзамхўжаев
Саймон ака бу мақолани Тошкентда, тўй оши еб ёзганми, дейман-да
🔥14👍6
"Madaniyat va maʼrifat" kanali "Agar" koʻrsatuvida Bakiroo aytgan "yoʻqolib qolgan" va jamoatchilikni chuqur tashvishga solgan qonun zarurligi oqlab-koʻklab berilmoqda. Eng qizigʻi, suhbat bu qonun qabul qilingan va kuchga kirgan, degan taassurot qoldiradi. Ertaga bu qonun tasdiqlangani haqida bilib qolsak ajablanmayman.
🤯13👍2
Parlament va fuqarolik jamiyati "oʻlik jon" boʻlmaganda, shuncha muammo turgan joyda, byudjet ilma-teshik boʻlib yotgan paytda bitta medal uchun bir necha million dollar sarflanmasdi. Yoki vazir soliq toʻlovchilar pulini xususiy telekanal loyihasi uchun ajratib berib, keyin "uyimni sotib boʻlsa ham toʻlayman" deb "bodilik" qilmasdi. Parlament shunchaki soliq toʻlovchilar pullari bebiliska sarflanishiga yoʻl qoʻymasdi.
Soliq toʻlovchilar uchun, jamiyat uchun eng qimmatga tushadigan narsa - tizginsiz ijro hokimiyati-yu uning soxta obroʻ uchun gigantomaniya loyihalari emas. Eng qimmatga tushadigan narsa - oʻlik parlament.

👏32👍9🔥6