"4K"dan "5E"ga: navbatdagi "chiroyli bayroq"?
"O'zbekiston 24"da kelayotgan o'quv yili uchun tayyorlanayotgan "yangi avlod" "5E" darsliklari haqidagi lavhani ko'rib bu va boshqa bir qator savollar tug'ilmasdan qolmaydi.
Lavhada aytilishicha, 2024/25 o'quv yili uchun 5-9 sinflarga mo'ljallangan 153 nomdagi darsliklar tayyorlanmoqda. Iddao qilinishicha, bu darsliklar "yangi o'quv dasturi asosida", "xorijiy tajriba asosida", "5E modeliga asosida" "yangi avlod darsliklari"dir.
Har safar vazir va vazirlik almashganda "xorijiy tajriba asosida" "yangi avlod darsliklari"ni yaratish urf bo'ldi shekilli. Darsliklar o'quv dasturi asosida yaratiladi, hali aniq bir o'quv dasturi yo'q, turli sinflar turli va bir-biriga nomutanosib o'quv dasturlari asosida tahsil olayotgan tizimda har yili darsliklarni yangilash hech qanday samara bermaydi, deydigan odam yo'q.
Xullas, lavhadan tug'ilgan savollar:
1. Yangi darsliklar "yangi o'quv dasturi" asosida ekanligi aytilmoqda. Bu "yangi o'quv dasturi" oxirgi ikki-uch yil hisobidan nechanchisi? 2022-yilda Milliy o'quv dasturini joriy qilish boshlandi va bu dastur asosida avval 1-2, keyin esa 3, 6, 7, 10 sinflar uchun darsliklar chop qilindi. Prezident farmoni bilan vazir Umarovaga 2024-yilgacha Milliy o‘quv dasturining ta’lim jarayoniga to‘liq joriy etilishini ta'minlash vazifasi yuklandi. Lekin 2023/24 o'quv yilida boshlang'ich sinflar uchun "Novda"ning darsliklari joriy qilindi. Metodik va ilmiy muammolarga to'la bu darsliklar qaysi dastur asosida yaratilganiga ham, yaratilganiga 1-2 yil to'lmagan darsliklardan nega voz kechilayotganiga ham izoh berilmadi. Mana endi - yana "yangi o'quv dasturi" asosida "yangi avlod darsliklari". O'quv dasturlarini har yili "yangilash" har xil sinflar ta'lim mazmuni o'rtasidagi uzviylikni yo'qqa chiqaradi va ta'limni boshi berk ko'chaga olib kiradi. Oldin umumiy o'rta ta'limning maqsadlari bo'yicha, o'quv dasturlari bo'yicha, 11 yillik ta'limning oxirida o'quvchilardan nima kutilayotgani bo'yicha aniq bir to'xtamga kelarmiz? Oldin vazir va (yoki) uning jamoasi bu bo'yicha aniq bir tushuntirish berar, dasturlarni e'lon qilar?
2. Bu yil 5-sinfga o'tadiganlar, adashmasam, 1-sinfda 2017-yilda qabul qilingan o'quv dasturi asosida, 2-3-sinflarda Milliy o'quv dasturi asosida, 4-sinfda "Novda"ning shu paytgacha qaysi dastur asosida yaratilgani ochiqlanmagan darsliklari asosida tahsil olishgan. Endi 5-sinfda ularni yana "yangi dastur" kutmoqda. Bunday yondashuv bilan bu bolalarning "boy berilgan avlod"ga aylanmasligiga, ularning bilimlarida jiddiy bo'shliqlar paydo bo'lmasligiga kafolat bera olasizmi? Bu o'quvchilarni kutayotgan "yangi dastur" va "yangi darsliklar" ularning oldingi sinflarda nimalarni o'qigan va o'qimaganligini hisobga olganmi?
3. Yangi darsliklar "xorijiy tajriba asosida" yaratilayotgani aytilmoqda. Bu qanday "xorijiy tajriba", bilsak bo'ladimi? Bir Finlyandiyani "bayroq" qildik, qarasak, Finlyandiya tajribasi degani - bu darslik degani emas, keyin Singapur tomon chopdik, endi yana qandaydir "no name" "xorijiy tajriba"... Har safar "xorijiy tajriba"ni joriy qilaverib charchamadikmi? Balki ta'lim tizimi ustida "xorijiy" tajribalarni o'tkazaverishni to'xtatarmiz, a?
4. Darsliklar "5E" modeli asosida yaratilayotgan ekan. "5E" - bu konstruktivizm ta'lim nazariyaga asoslangan metodikalardan biri (bunday metodikalar ko'p) va bu metodikani har bir darsda qo'llab bo'lmaydi, chunki bu metodika o'quvchilarning muayyan tushunchani mustaqil tadqiq qilishlarini nazarda tutadi va vaqt talab qiladi. Shunday ekan, qanday qilib butun boshli darslik "5E modeli asosida" bo'lishi mumkin? Va nega aynan "5E", boshqa metodikalar emas? O'tgan yili "ura-ura" qilingan va keyinchalik katta shishirilgan pufak ekani oydinlashgan "4K modeli" nima bo'ldi? "5E" deyayotganlaringiz ham aslida shunday ichi bo'sh pufak bo'lib chiqmaydimi?
Xullas, savollar ko'p. Odatdagiday, vazirlikdan bu savollarga javob kutish befoyda - vazirlik "islohotlar" va PR bilan bilan band.

Telegram
Respublika ta’lim markazi |Rasmiy
Ахборот 24 | Подготовка учебников на 2024/2025 учебный год
#25july #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

🤯12👍10
Oldingi postga izohlardan.
Assalomu alaykum, Komil aka. 5Ening tabiiy fanlarni o‘qitishdagi metodik yondashuv ekanligini yaxshi bilasiz. 4K esa to‘rtta ko‘nikma ekanligini ham. Bu postni yozishga ketgan vaqtingizda uchrashishni taklif qilganingizda edi, tabiiy fan darsligida 5E qanday aks etganini ko‘rsatar edik.
Keling, oldin "5E" nimaligini ko'rib chiqaylik. 5E, yuqorida yozganimdek, konstruktivizm ta'lim nazariyasiga asoslangan metodlardan biri. Konstruktivizmga ko'ra, o'quvchilar bilimni samarali o'zlashtirishlari uchun ularga bilimni tayyor holda berish kerak emas, balki shu bilimni (tushunchani) o'zlari yaratishlariga (construct), kashf qilishlariga imkon berish kerak. 5E metodining nomi bu metoddagi bosqichlarning birinchi harflaridan kelib chiqqan:
1. Engage (jalb qilish, qiziqtirish) - o'quvchilarning o'tilayotgan mavzu haqida nimani bilish va bilmasliklarini aniqlash, ularni mavzuga qaiziqtirish bosqichi.
2. Explore (tadqiq qilish) - o'quvchilar konkret vazifalar orqali (masalan, tajriba o'tkazish, kuzatish, muammoni hal qilish) orqali yangi mavzuni tadqiq qiladilar.
3. Explain (tushuntirish) - o'qituvchi o'quvchilarning oldingi bosqichidagi tajribasiga tayangan holda mavzuni tushuntiradi.
4. Elaborate (ishlab chiqish) - o'quvchilar yangi bilimni yangi vaziyatda qo'llab ko'radilar.
5. Evaluate (baho berish) - o'qituvchi o'quvchilarni baholaydi.
Konstruktivizm nazariyasiga asoslangan bunday metodlar ko'p va ularning nomlari xilma-xil bo'lishi mumkin, lekin bunday metodlarning muhim xususiyatlari - bilimni o'quvchiga tayyor holda bermaslik hamda o'quvchining mavjud bilimi va hayotiy tajribasiga (schema) tayanish.
Endi yuqoridagi izohga qaytsak. Albatta, 5E - tabiiy fanlarni o'qitish uchun ishlab chiqilgan (va boshqa fanlarda qo'llasa bo'ladigan) metodik yondashuv ekanligini bilaman. 4K - to'rt ko'nikmaning nomi ekanligini ham. Biroq, masalan, o'tgan yili dazmolni yoqsak ham bizga boshlang'ich sinflar darsligi "4K modeliga asoslanganligi" haqida ko'p va xo'p gapirishdi, lekin tuzukroq tahlil qilsak bu darsliklarda 4Kdan asar ham yo'qligi ko'rindi. Shunday ekan, rasmiylar yana qandaydir model haqida va'z o'qishni boshlashsa "bu ham navbatdagi bo'sh pufak emasmi?" degan savol tug'ilishi tabiiy.
Va eng muhimi. Ta'lim mazmuni va yondashuvida izchillik va uzviylik bo'lishi kerak. 1-sinfdan 11-sinfgacha o'quvchilar nimani o'qib o'rganishlarini belgilaydigan hujjat bo'lishi kerak va bu hujjat har yili almashmasligi kerak. Keyin, qaysidir sinflar darsligi "4K", qaysidir sinflar "5E", qaysidir sinflar, deylik, "7D" modeliga asoslanishi - bu tizimsizlik. Umumiy nazariy asos va umumiy konsepsiya bo'lishi kerak. Hozircha bu narsalar ko'rinmayapti. Bular bo'lmas ekan, har yili darsliklarni yangilash - shundoq ham ulkan teshikli byudjetni havoga uchirishdir.

👍18👏3😢2🤔1🤯1
Oʻzbekiston qizlari, olgʻa! Gʻalaba muborak!
Telegram
Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
👏 Diyora Keldiyorova dzyudo bo‘yicha Parij olimpiadasining oltin medalini qo‘lga kiritdi. U terma jamoaga ilk medalni taqdim etish bilan birga mamlakat tarixidagi birinchi sovrindor ayol dzyudochi bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/28/paris-2024-diyora/…

🔥27👍7👎1
Gabriel Garsia Markesni koʻpchiligimiz "Yolgʻizlikning yuz yili" va "Buzrukning kuzi" singari yirik, mahobatli asarlar muallifi sifatida taniymiz. Biroq, nazarimda, Markesning kichik hajmli hikoyalari mahobati, jozibasi, maʼno qatlamlari yirik hajmli asarlaridan kam emas. "Mutolaa" loyihasiga adibning bir qancha hikoyalari qoʻshilibdi. Shulardan biri - "Ulkan qanotli moʻysafid".
Markesning fusunkor realizmiga (magic realism) xos xususiyat - realistik tasvirga magiya elementlari qoʻshiladi va bu elementlar ham shu qadar reallik kasb etadiki, oʻquvchini ishontiradi. Qayerda reallik, qayerda magiya - ajrata olmaysiz. Magiya elementlari reallikning qaysidir qirrasini (qirralarini) boʻrttirib, yanada yaqqolroq koʻrsatib beradi.
"Ulkan qanotli moʻysafid"da bir tarafdan, uyini muttasil yogʻayotgan yomgʻir asoratlaridan xalos qilish, ikkinchi tarafdan, kasal goʻdagiga qarash bilan band oila hovlisida bir qariya paydo boʻlib qoladi. Xoʻp, qariya boʻlsa qariya-da dersiz, lekin uning ulkan qanotlari bor edi.
Hikoya sizni odamiylik nima, nega biz befarq va koʻp hollarda bagʻritoshmiz, nega ikir-chikirlar bilan oʻralashib kattaroq, muhimroq narsalarni boy beramiz singari savollar ustida mushohada yuritishga undaydi. Xullas, tavsiya qilaman. Buning ustiga, Madina Musayeva ijrosi sizni hikoyaning nozik maʼno jilolarini his qilishga yordam beradi.

👍26
Oldingi postga izohlarda "Tarjimonini ham eslatib ketsangiz yaxshi boʻlardi" deyishibdi. Haqli eʼtiroz. Uzr soʻrayman va xatoni toʻgʻrilayman:
Hikoya oʻzbek tiliga Alisher Fayzullayev tomonidan goʻzal tarjima qilingan.
Umuman, fikri ojizimcha, bizda badiiy tarjimada katta maktab shakllangan va bu maktabning anʼanalarini davom ettirib, rivojlantirish kerak. Masalan, yangi asarlar tarjimalari, asliyatdan tarjimalar, turfa millatlar va madaniyatlar vakillaridan tarjimalar ...

Jalilov. Qaydlar
Gabriel Garsia Markesni koʻpchiligimiz "Yolgʻizlikning yuz yili" va "Buzrukning kuzi" singari yirik, mahobatli asarlar muallifi sifatida taniymiz. Biroq, nazarimda, Markesning kichik hajmli hikoyalari mahobati, jozibasi, maʼno qatlamlari yirik hajmli asarlaridan…
👍7
Darvoqe. Fusunkor realizm - oʻziga xos uslub. Lotin Amerikasi adabiyoti ustunlarining "tashrif qogʻozi" desa ham boʻladi. Bu uslubga qiziqsangiz, Kortasarning "Ishgʻol qilingan uy" hikoyalar toʻplamini ham oʻqishni tavsiya qilaman. Kitobdan adibning 20ga yaqin eng sara hikoyalari Sharifjon Ahmad tarjimasida berilgan. Har bir hikoya tagida katta ramz, katta maʼno bor. Masalan, butun toʻplamga sarlavha bergan "Ishgʻol qilingan uy" hikoyasi - bir qarashda oddiy voqea, lekin hamma xil talqin qilishi mumkin. "Aksolotll" hikoyasi esa kutilmagan yakun va sirli maʼnolari bilan oʻziga rom etadi. Umuman, Kortasar ham alohida bir olam. Oʻzingiz oʻqib koʻring va fikrlang.
👍18
2024-yil qabuli va shu atrofidagi masalalarni, shuningdek ilm-fan va taʼlimga munosabatni jurnalist Sarvar Usmon bilan muhokama qildik.
YouTube
OzodNazar: O’zbekistonga qancha shoir kerak? Kirish imtihonlari natijalari
28 июлда Ўзбекистон давлат олий таълим муассасаларига 14 июлда бошланган кириш тест синовлари якунига етди.
Абитуриентлар талабалик гувоҳномасини қўлга киритиши учун яна икки жараёндан ўтиши керак.
Бу йилги қабул “формуласи” сўнгги йиллардагидан ўзгачароқ…

👍6
Oʻzbekiston taʼlim tizimining xarakterli belgilaridan biri - tizimsizlik, qarorlar qabul qilishda tahlil va uzviylikning yoʻqligi boʻlsa kerak.
Telegram
davletovuz
Мактабларда B2 даражадаги сертификатга эга бўлмаган хорижий тил ўқитувчиларига яна бир йил муддат берилади.
Умумий ўрта таълим муассасаларида фаолият юритаётган хорижий тил ўқитувчилари камида Б2 даражадаги миллий ёки халқаро сертификатга эга бўлиши талаби…

😢5👍2
Toshkent davlat yuridik universitetida o'tkaziladigan TED Talks (TEDxTSUL) doirasidagi kichik ma'ruzam TED rasmiy YouTube sahifasiga joylanibdi. Ma'ruza ingliz tilida bo'lgan edi. Qiziqqanlar quyidagi havola orqali ko'rishlari mumkin:
https://www.youtube.com/watch?v=1C37W1IzlGY
https://www.youtube.com/watch?v=1C37W1IzlGY
YouTube
How can we educate more effectively? | Komil Jalilov | TEDxTSUL
Through deep analysis, research insights, and innovative ideas, Komil Jalilov explores the reasons behind our educational system and how they can be reimagined to better serve individuals and communities. The talk highlights the importance of fostering critical…
🔥21👍8
Kun.uz nashrining xabar berishicha, ayrim abituriyentlar Bilimlarni baholash agentligini (sobiq DTM) sudga bermoqchi. Nashr keltirgan abiturientlar shikoyatlaridan test topshiriqlarini tuzishda testologiya tamoyillariga amal qilinmagan, degan xulosaga kelish mumkin. Masalan, moliya nazoratini kim olib borishi yoki madhiya soat nechada yangrashini yodlatish - maktabda oʻtiladigan huquq asoslari fanining maqsadi emas. Test topshiriqlari maktabda shakllantiriladigan koʻnikmalarni tekshirishga qaratilgan boʻlishi kerak. Ayrim abituriyentlarga Konstitutsiyadan 7ta savol, ayrimlariga 2ta savol tushishi - bu ham testologiya tamoyillarining buzilishi: test topshiriqlari oldindan eʼlon qilingan spetsifikatsiya asosida shakllantirilishi kerak.
Kun.uz maqolasidagi bir jumla juda ham diqqatga sazovor: “Xuddi manqurtga o‘xshab o‘qiding”. Agentlikning (DTMning) 30 yildan beri qoʻllab kelayotgan test topshiriqlarini tuzishga yondashuvi abituriyentni manqurtga aylantiradi: u oʻylashni, fikrlashni unutadi, maktabga oʻrgangan bilimlarini qoʻllab real muammolarga yechim taklif qilishni oʻrganmaydi. U faqat darsliklarni, ularda berilgan maʼlumotlarni, taʼriflarni, qoidalarni, formulalarni yodlaydi. Agentlik (DTM) tugatilishi kerak - uning Oʻzbekiston taʼlimining jarlikka qulashidagi oʻrni, hissasi juda katta. Agar biz bu jarlikdan chiqib ketishni istasak, gʻayriilmiy yondashuvlar butun Oʻzbekiston yoshlarining taqdirini hal qiladigan tashkilot boʻlmasligi kerak.

Kun.uz
“O‘lib-tirilib testlarga tayyorlangandik” – bir guruh abituriyentlar Bilimlarni baholash agentligini sudga bermoqchi
Huquq fanidan davlat imtihonida qatnashgan abituriyentlarning noroziligi davom etyapti. Ular Bilimlarni baholash agentligi darslikka kiritilmagan savollardan foydalangani, testlarda to‘g‘ri javoblar soni bir nechta ekani, imtihondagi testlar namunaviy testlardan…
👍32
Yana bir juda qiziq va tushunarsiz narsa.
Ilgariroq junalist Sarvar Usmon bilan 2024-yil qabuli va shu atrofidagi masalalarni muhokama qilgan edik. Jurnalist ko'rsatuvda ko'targan masalalardan biri - abituriyentlarning OTMga hujjat topshirish statistikasi. Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, joriy yilda 11-sinfni tamomlagan o'quvchilarning 91,3%i davlat oliygohlariga kirish imtihonlarida qatnashgan. Maktab bitiruvchilarining 91%i "oliy ta'limga kiraman" deyishi - fenomenal hodisa.
Masalan, "Gurdian" nashriga ko'ra, 2022-yilda Angliyada OTMga hujjat topshirgan maktab bitiruvchilari ulushi rekord darajada ko'paygan va 44%ni tashkil qilgan. Avstraliyada 2023-yilda bu ko'rsatkich 52%ni tashkil qilgan. AQSHda 2010-yildan beri maktab bitiruvchilarining oliy ta'limga kirishida pasayish kuzatilmoqda. Ayrim ma'lumotlarga ko'ra, Germaniyada maktab bitiruvchilarining ko'pchiligi oliy ta'lim bo'lmagan (post-secondary, non-tertiary) ta'lim muassasalarini tanlamoqda.
O'zbekiston yoshlarining deyarli hammasi "oliy ma'lumotli bo'lish"ni tanlashi sabablari nimada? Men ko'rsatuvda bu savol berilganda o'z fikrimni bildirgan edim: maktabni bitirgandan keyin yoshlar uchun aksar hollarda boshqa qiladigan ish yo'qligi, oliy ta'limga "ilinib olish" ish qidirish, oila qurish va shunga o'xshagan tashvishlarni sal ortga surib turish imkoni bo'lishi mumkin. Lekin ko'rsatuv tagidagi izohlardan boshqa qiziq ma'lumot chiqib qoldi: ayrim izoh qoldirgan tomoshabinlar maktab bitiruvchilari OTMga hujjat topshirishga majburlanayotganini iddao qilishmoqda. Agar haqiqatda shunday bo'lsa, bu g'irt ahmoqlik. Bunday ko'zbo'yamachilik bilan nimaga erishishmoqchi: "ko'p yoshlar o'qishga qiziqadi" deb ko'rsatmoqchimi, yoki bizning "aqlimiz yetmaydigan" boshqa sabab bormi? Balki rasmiylarr biron izoh berishar?

👍18🤯2
Zamonaviy dunyoda tanqidiy fikrlashning yoʻqligi katta muammolarga olib kelishi mumkin. Nafaqat tanqidiy fikrlash koʻnikmasi yoʻq shaxs uchun, balki jamiyat uchun ham.
Tanqidiy fikrlash - bu bir xulosaga kelishdan oldin maʼlumotni turli manbalardan tekshirish, solishtirish, tahlil qilish koʻnikmasi. Hozirgi axborot asrida bu koʻnikma ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi, chunki tanqidiy fikrlash koʻnikmasiga ega boʻlmaganlarni boshqarish, manipulyatsiya qilish, kerakli "nuqta"ga yoʻnaltirish oson.
Bir misol. Kechadan beri ijtimoiy tarmoqlarda oʻzbek auditoriyasi junbushda: emishki, Olimpiada oʻyinlarida boks boʻyicha ayollar musobaqasida transgenderlar ayollarga qarshi ringga chiqqan emish, hamyurtimiz ham ulardan biriga yutqazgan emish. Aytishlaricha, rasmiy kanallarimiz ham xabarlarida "ayol" soʻzini qoʻshtirnoqqa olishgan. Bu masalada hatto ayrim siyosatchilarimiz ham "jazava"ga tushishga ulgurishdi.
Bu orada Jazoir Olimpiya qoʻmitasi Iman Helifning ayol kishi ekanligi haqida bayonot bilan chiqdi, ijtimoiy tarmoqlarda uning bolalikdagi (qiz bola ekanligi koʻrinib turgan) suratlari tarqaldi. Imanning ringdagi raqibi Italiyalik bokschi oʻzini tuta olmagani uchun undan kechirim soʻradi.
Hamyurtimiz Sitora Turdibekovaning raqibi boʻlgan bokschi haqida ham Tayvan rasmiylari bayonot berishdi - uning qiz bola boʻlib tugʻilgani, maktabda ham qizlar chempionatida ishtirok etgani aytildi. BBC bu ikki sportchi (Jazoirlik va Tayvanlik) atrofida boshlangan mojaro ildizi Kremlga bogʻliq oligarxlarga borib taqalishi haqida maqola eʼlon qildi.
Xullas, har qanday maʼlumotni "hazm" qilish, unga munosabat bildirishdan oldin turli manbalardan tekshirish - bugungi axborot orqali manipulyatsiyalar davrida juda zarur koʻnikma. Bu koʻnikma maktablarda oʻrgatilishi kerak. Aks holda chetdan boshqarish oson boʻlgan jamiyatga kunimiz qoladi.

👍25👎10🤬1
Bir necha kundan beri ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinadigan Jazoirlik va Tayvanlik sportchilar keyslari, bu sportchilarga ayrim siyosatchilarimiz, shoirlarimiz va boshqa soʻzi jamiyatda maʼlum bir darajada taʼsirga ega shaxslarning munosabatlari shaxsan menga jamiyatimizdagi ayrim tendensiyalarni yana bir marta koʻrsatdi. Va rostini aytaman: bu tendensiyalar men uchun juda xavotirli.
1. Umumiyat-la olganda, jamiyatda tanqidiy fikrlash kritik darajada past. Nafaqat "oddiy odamlar", balki oliy maʼlumotli, ziyolilar orasida ham. Bu - juda yomon. Bu jamiyatni istalgan paytda kerakli "nuqta"ga qarab yoʻnaltirish, kim(lar)gadir nisbatan "fas" komandasini berish, umuman manipulyatsiya qilish va boshqarish imkonini beradi.
2. Biz aksar hollarda oʻzimiz shu paytgacha tanimagan, bilmagan, shaxsiy hayoti va hayotdagi vaziyatlaridan butunlay bexabar boʻlgan insonlarga nisbatan nafrat, haqorat yogʻdirishga tayyormiz. Bu ham juda yomon. Chunki ertaga xuddi shunday haqorat va nafrat "yomgʻiri" tagida turli sabablar bilan oʻzimiz va (yoki) yaqinlarimiz qolib ketishimiz mumkin. Va oʻshanda bizga hech kim yordamga kelmaydi.
3. Biz biron-bir magʻlubiyat sababini avvalo ichki sabablar bilan emas, tashqi omillar (fitnalar, dushmanlarning hiylalari va hokazo) bilan izohlashga moyilmiz. Bu ham yomon. Nega yomonligini tushunish uchun yaqin va eng yaqin tarixga nazar tashlash kifoya.
Xullas, xavotirli tendensiyalar. Olomon emas, millat darajasiga koʻtarilishimizga hali ancha bor shekilli.

👍19😢6🤬2🔥1
"1000 kitob" loyihasi doirasida ilm-fanning turli sohalariga, xususan, pedagogika va metodikaga oid bir qancha kitoblar tarjima qilinayotgani haqida xabar berilgan edi. Shulardan biri - taʼlim nazariyalariga bagʻishlangan "Ways of Learning" kitobi.
Kitobdan keltirilgan parchaga eʼtibor bering. Bu parcha oʻrganish jarayonida oʻquvchining joriy bilimi, koʻnikmalari, hayotiy tajribasini (bularning yigʻindisi "sxema" deyiladi) hisobga olish zarurati haqida gap ketgan. Yangi olinayotgan bilim ongda mavjud bilim bilan "aloqa"ga kirishadi: uni toʻldiradi yoki oʻzgartiradi. Agar oʻquvchi "sxema"sida yangi (oʻrganilayotgan) bilim bilan tutash nuqtalar boʻlmasa, oʻrganish samarali boʻlmaydi.
Misol. Deylik, adabiyot darsida siz oʻquvchilar bilan yangi asarni boshlayapsiz. Agar, deylik, asarning gʻoyasi, unda koʻtarilgan muammo haqida oʻquvchining biron-bir tasavvuri boʻlmasa, yoki uni anglashga hayotiy tajribasi yetmasa, bu asarni oʻqitish befoyda boʻladi. Oʻquvchi shunchaki asarni tushunmasdan oʻqiydi, nari borsa darslikdagi maʼlumotlarni yoki oʻqituvchi aytgan narsalarni yodlab qaytarib berishi mumkindir, lekin oʻzi matn bilan ishlay olmaydi va undan hech narsa olmaydi.

👍12
Yuqoridagi fikrga yana ham konkretroq misol.
Bir necha yillar oldin nashr qilingan 5-sinf adabiyot darsliklarida Jonatan Sviftning "Gulliverning sayohatlari" romanidan parchalar keltirilgan edi. Bir qarashda, ertak va sarguzasht elementlari bor, bu yoshdagi bolaga mos asardek koʻrinishi mumkin. Biroq ...
Sviftning mazkur romani - bolalar uchun ertak emas, siyosiy satira. Svift asar orqali (ayniqsa uning birinchi qismi - "Liliputiyaga sayohat" orqali) oʻsha davrda Angliya va umuman Yevropadagi siyosiy voqealarni, tartiblarni oʻtkir kulgi ostiga oladi: davlatlar oʻrtasidagi urushlar, siyosiy partiyalar va diniy mazhablar oʻrtasidagi nizolar, davlat boshqaruvi tizimi, bosh vazir va boshqa davlat amaldorining tayinlanish tizimi va hokazo. Demak, asarni tushunish va tahlil qilish uchun nafaqat adabiyotshunoslik boʻyicha muayyan bilimlar (ramz, metafora, kinoya, grotesk va hokazo), balki tarix, siyosat, davlat boshqaruvi kabi sohalardan muayyan tasavvurlar boʻlishi kerak. Bular esa 5-sinf oʻquvchisida yoʻq. Demak, bu asarni oʻquvchi shunchaki oddiy ertak sifatida qabul qiladi va tagmaʼnolarini anglab yetmaydi, demakki, asarning qiymati ham yoʻqqa chiqadi, ham fan boʻyicha biron-bir taʼlimiy maqsadlarga erishish imkoni boʻlmaydi.

🔥11👍4
Yuqoridagi postga izoh qoldirishibdi:
"Yaqinda shu haqida gaplashgandik doʻstlar bilan, 6-sinfda "Sobiq" hikoyasi boʻlardi, uni oʻqib ham yaxshi tushunmaganmiz, hatto oʻqituvchimiz ham tuzukroq tushuntira olmagandi".
"Sobiq"da muayyan ijtimoiy hodisalar kulgi ostiga olingan: "mehnat udarniklari" yoki "staxanovchilar", ulardan propaganda uchun "bayroq" sifatida foydalanilishi, tadbirbizliklar ...
6-sinf oʻquvchisi "sxema"sida bular haqida tasavvur yoʻq. Yaʼni, yangi bilim va mavjud bilim oʻrtasida "tutash nuqtalar" yoʻq. Shunday ekan, bunday asarlarni bu yoshdagi oʻquvchilarga oʻqitish, nazarimda, bemaʼnilik va vaqtni bekor ketkazish.

👍10👏1
Yuqoridagi postlarga (1, 2, 3) qoʻshimcha yana bir narsa.
Eʼtiroz boʻlishi mumkin: "metodik yondashuvga ham koʻp narsa bogʻliq, yaxshi savol va topshiriqlar bilan oʻquvchini yoʻnaltirish, asarning mohiyatini tushunish va tahlil qilishga yoʻnaltirish mumkin" deb.
Bu eʼtirozga javob berish uchun yana bitta nazariy tushunchaga murojaat qilamiz: yaqin rivojlanish zonasi. Rus olimi Vigotskiy fanga olib kirgan bu tushuncha oʻquvchi hali mustaqil bajara olmaydigan, lekin yordam berilsa qila oladigan narsalarni bildiradi. Taʼlim jarayonida muttasil tarzda yaqin rivojlanish zonasi aktual rivojlanish zonasiga aylanib boradi (yaʼni bu narsalarni oʻquvchi yordamsiz ham bajara olish darajasiga chiqadi). Lekin yaqin rivojlanish zonasi ham oʻsha sxemalardagi "tutashuv nuqtalari"ga asoslanadi, yaʼni hech qanday "tutashuv nuqtasi" boʻlmagan narsa yaqin rivojlanish zonasi boʻla olmaydi. Demak, oʻquvchi yoshi va hozirgi "sxemasi"ga mos boʻlmagan material berish bilan siz kamida pedagogikadagi ikkita tan olingan, umum qabul qilingan nazariyaga qarshi chiqasiz. Bunday holatda sizga hech qanday savol-topshiriqlar tizimi yordam bera olmaydi.

👍4
Ayojib.
2024-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston davlat budjeti defitsiti 36,4 trillion so‘mni (e'lon qilingan kundagi Markaziy bank kursi bo‘yicha qariyb 2 milliard AQSh dollarini) tashkil etdi.
Shu o'rinda bir qiziq savol. Har xil NTTlarning (NTT - nodavlat notijorat tashkiloti) xorijdagi tadbirlari shu NTTlar hisobidan o'tkazilyaptimi yoki davlat byudjeti hisobidan?

Газета.uz
O‘zbekiston davlat budjeti defitsiti 36,4 trln so‘mga yetdi
Joriy yilning yetti oyida O‘zbekiston davlat budjeti defitsiti 36,4 trln so‘mni (taxminan $2,88 mlrd) tashkil etdi. Iyulda defitsitning o‘sish sur’ati pasayib, 2,5 trln so‘mni ko‘rsatdi. Sobiq deputat Doniyor G‘aniyev iyun o‘rtalarida nega birinchi yarimyillikda…
😱6
"Sxema nazariyasi" va o'rganish jarayonida o'quvchining mavjud bilim bilan yangi bilimni bog'lashning samarali o'rganish uchun ahamiyati haqida yozgan edim. Sxema nazariyasining metodikada qo'llanilishiga yaqqol misol - yangi mavzuni o'tishdan yoki (til, adabiyot darslarida) yangi matn bilan ishlashdan oldin beriladigan faollashtiruvchi topshiriqlar. Bunday topshiriqlar aynan o'quvchi ongida mavjud va yangi mavzuni (matnni) tushunishga yordam beradigan bilimni ("sxema"ni) faollashtirishga, "sxema"da mavjud bilim bilan yangisini bog'lashga ("ko'prik qurish"ga) yordam beradi. Masalan, 2022-yilda yaratilgan "Adabiyot" darsliklariga (6-, 7-, 10-sinflar) mutolaadan oldingi topshiriqlar shunchaki "xorij modasi" bo'lgani uchun kiritilmagan - bunday tophiriqlar, shu jumladan, "sxema"larni faollashtirish va shu orqali yangi matnni tushunish va tahlil qilishga yordam berishga xizmat qiladi. (Bunday yondashuvga ayrim olimlarimiz "Hali asarni o‘qimagan o‘quvchining qanday o‘ylashi nimani hal qiladi?" degan ma'noda e'tirozlar bildirishgan edi).
Xullas, yangi mavzuni o'tishdan oldin faollashtiruvchi topshiriqlar berish yangi bilimning samarali o'zlashtirilishiga yordam beradi. Faollashtiruvchi topshiriqlar turli shakllarda bo'lishi mumkin: muhokama uchun savollar, aqliy hujum, klaster tuzish va hokazo. Lekin bunday topshiriqlar samarali bo'lishining muhim sharti - o'quvchi "sxema"sidagi aynan yangi bilimni tushunishga, mavjud bilimlar bilan integratsiya qilishga yordam beradigan nuqtalar faollashtirilishi kerak. Misol uchun, siz adabiyot darsida Abdulla Oripovning "Tilla baliqcha" she'rini o'tmoqchi bo'lsangiz va faollashtiruvchi topshiriq sifatida "Abdulla Oripov haqida nimalarni bilasiz?" yoki "O'zbekiston davlat madhiyasini kim yozgan?" kabi savollarni o'rtaga tashlasangiz, bunday topshiriqlar samara berishi qiyin, chunki Abdula Oripovning kimligini yoki O'zbekiston davlat madhiyasini u yozganligini eslash aynan "Tilla baliqcha" she'rini tushunish va tahlil qilishga yordam bermaydi.

👍5🔥1