Jalilov. Qaydlar
4.12K subscribers
1.47K photos
17 videos
22 files
2.29K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Negadir, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi oxirgi oʻzgarishlar eʼlon qilinganda maqsad oʻzi shu boʻlsa kerak, degan fikr oʻtgan edi xayolimdan.
"Maʼrifat" gazetasining ertaga chiqadigan soni muvoqasida men yaqinda koʻtargan masala - ixtisoslashtirilgan maktablar kirish imtihonida 1-smena test topshiriqlari 2-smenada ham takrorlangani ham koʻtarilibdi. Agentlik vakillari kanaldagi post tagida bunday holat boʻlmaganligi haqida izoh yozish bilan cheklanishdi, lekin rasmiy izoh ham berishmadi, test topshiriqlari qaytarilmaganligiga ishonch hosil qilish imkonini beradigan tahlillar (yoki boshqa dalillar) ham taqdim qilishmadi.
🔥5👍2
Sohada ham "oʻyinchi", ham regulyator va ham litsenziya beruvchi vakolatlarini bitta qoʻlga berish oqibati: Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri xususiy universitetlarga litsenziya berish to‘xtatilganini maʼlum qildi va buni "O‘zbekistonda xususiy oliygohlar yetarlicha" ekani bilan izohladi.

Aslida, vazir u boshqarayotgan vazirlik qonunga "tupurib qoʻygani"ni tan oldi. "Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida"gi qonunda vakolatli organ "litsenziyaga ega tashkilotlar yetarlicha" degan asos bilan litsenziya berishni toʻxtatib qoʻyishi mumkin emas. Vakolatli organ litsenziyaga talabgor yuridik shaxsning hujjatlarini qabul qilishga majbur va qonunning 29-moddasida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlgandagina litsenziya berishni rad qilishi mumkin.
👍3😱3🔥1
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufida OTMlar boʻlishi va vazirlik nodavlat OTMlariga litsenziya berish vakolatiga ega boʻlishi sogʻlom mantiqqa ham, qonunga ham zidligi haqida oldin yozgan edim. Natijani koʻrib turibmiz: vazirlik qonunga xilof ravishda litsenziya berishni toʻxtatganini, yaʼni sohaga raqobatchilar kirib kelishiga sunʼiy toʻsiq qoʻyganini tan olmoqda.
🔥13👍3
Bu deputatlar oʻzlari oʻtgan yili ikki qoʻllab - ikki oyoqlab yoqlagan va "meniki, seniki, hammamizniki" deb eʼlon qilishgan hujjatni varaqlab koʻrishganmi?

"Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir va u qonun bilan muhofaza qilinadi. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir.
O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi taqiqlanadi". Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 25-modda.
🤯12👏1
Bakiroo 9-sinfdan keyin oʻquvchilarni ilm yoki kasbga qarab yoʻnaltirish zarurati haqida yozmoqda.

Bakiroo postidagi koʻp fikrlarga qoʻshilgan holda, ayrim fikrlar bahstalab ekanligini ham aytib oʻtmoq lozim. Tashqi mehnat migratsiyasini sivilizatsiyalashgan, inson, shu jumladan, mehnat migranti huquqlari hurmat qilinadigan bozorlar tomon yoʻnaltirish, albatta, zarur. Yoshlarimiz xorijga kasb bilan birga til va boradigan davlati qonun-qoidalarini bilib borishlari, oʻz huquqlarini himoya qila olishlari ham muhim.

Kasb yoʻnalishini tanlagan yoshlar uchun majburiy maktabni bitirish davrini qisqartirish - bahsli masala. Maktab berishi zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalar yigʻindisi bor. Shundan kelib chiqib majburiy taʼlim davri belgilanadi. Koʻp davlatlarda bu - 12 yil va undan kamroq muddatda maktabni bitirganlar taʼlimning keyingi bosqichiga oʻtishda muayyan qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Masalan, ayrim davlatlarda ular oliy taʼlimga toʻgʻridan toʻgʻri qabul qilinmaydi (qoʻshimcha tayyorlov kurslarida oʻqish kerak boʻladi). Shunday ekan, kasb oʻrganaman, degan oʻquvchiga apil-tapil maktab attestatini berish keyinroq ular uchun muayyan eshiklarni yopib qoʻyishi mumkinligini oʻylab koʻrish kerak. Umuman, maktabning vazifasi - yoshlarni OTMga kirishga yoki kasb oʻrganib mehnat bozoriga kirishga tayyorgarlash emas, balki kengroq - yoshlarni hayotga, jamiyatning toʻlaqonli aʼzosi boʻlishga, hayoti davomida oʻrganish va rivojlanishga tayyorlashdir. Shu nuqtayi nazardan maktabga nisbatan qarashlarimiz oʻzgarmasa koʻp narsani toʻgʻrilashimiz qiyin boʻladi.

Yana bir narsa. Bakiroo aytgan 9-sinfdan keyin oʻquvchilarni ilm-fan yoki kasb-hunarga yoʻnaltirish tizimi bir necha yil oldin bor edi. Taʼlim sifati qanday edi - bu haqida obyektiv tadqiqotlarni men koʻrmaganman, lekin tizim va infratuzilma bor edi va bu infratuzilmadan samarali foydalanish mumkin edi. Lekin "ikkinchi maʼmuriyat"ning qilgan birinchi ishlaridan biri - "burgaga achchiq qilib koʻrpani kuydirish", yaʼni ayrim kollejlardagi jinoyatchilikni bahona qilib 12 yillik tizimni demontaj qilish va 11 yillik tizimni qaytarish boʻldi. Bu oʻquvchilarni "oʻzlari oʻrgangan muhitdan ajratmaslik" zarurati bilan izohlandi. Lekin, birinchidan, oʻquvchilar majburiy taʼlimning turli bosqichlarini turli maktablarda olishi (yaʼni muhitni almashtirishi) normal holat. Xususan, ikki yilcha oldin jar solingan Finlyandiya tizimida ham. Ikkinchidan, turli muhitlarga, jamoalarga moslasha olish ham muhim hayotiy koʻnikmadir va unga maktabdan oʻrgatish muhim. Lekin oʻsha paytda eng yuqori minbardan yangragan taklifni, tabiiyki, hech kim qabul qilishdan oldin baland-pastini tahlil qilib koʻrish kerakligini aytmadi. "Ura ura" bilan qabul qilindi.

Shu jihatdan, mening ham orzuim borki, davlat va jamoat ahamiyatiga molik muhim qarorlarni faqat bitta odam qabul qilmasa. Har qanday sohaga oid qarorlar mutaxassislarning asoslangan tahlillari asosida va kerak boʻlsa, jamoatchilik fikrini ham inobatga olgan holda qabul qilinsa. Bitta odam (kim boʻlishidan qatʼiy nazar) har qanday sohaning taqdirini hal qilishni zimmasiga olishi ... nazarimda, taraqqiyotning xatarli yoʻli. Tarixda bunga misollar yetarli.
👍22🔥5😱1
"Yoki yana eski davrga qaytyapmizmi?"

"Eski davr"dan hech qayerga chiqib ketganimiz yoʻq edi. Davlat test markazining nomi oʻzgargani bilan, test topshiriqlari tuzishga yondashuvi oʻzgargani yoʻq edi. Va DTM tashkil topganidan beri oʻzgarmagan bu yondashuv - PISAdagi ayanchli natijalarimiz sabablaridan biri ekanligi haqida yozgan edim. "Bukrini goʻr tuzatadi" - DTMning yondashuvi hech qachon oʻzgarmaydi. Nomi oʻzgarsa ham.
🤬15👍1
Oliy taʼlimga kirish tasodifiy (?) uchrashuv uchun sovgʻa sifatida tortiq qilinadigan yurtda ilm-fanga qanday munosabatni kutish mumkin?
😢25👍11🤬8👎5👏1🤯1
Haqli savol.

Bunday "shohona inʼom"larning yuridik (qonuniy) asosi bormi? Harqalay, oʻtgan yilgina qabul qilingan va hali "ohori toʻkilmagan" Konstitutsiya boʻyicha, Oʻzbekiston - absolyut monarxiya emas, hokimiyatlar boʻlinishi tamoyiliga asoslangan huquqiy respublika. Demak, hech qaysi mansabdor shaxs oʻzi istagan narsani qila olmaydi, uning har qanday xatti-harakatlari huquqiy asosga ega boʻlishi lozim.

"Davlatimiz rahbari meni oʻzim orzu qilgan oliygohda imtiyozli grant asosida oʻqishga tavsiya qilib, omad tiladilar". Abituriyentni oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilishning qonunchilikda belgilangan tartib-qoidalari bor. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va (yoki) universitet rahbariyati mazkur talabani qanday rasmiylashtiradi, buyruqda nima deb yozadi? "Davlat rahbari bilan uchrashib qolgani uchun ... oʻqishga qabul qilinsin", deb yozadimi? Shunga oʻxshagan oldingi holatlarda qanday rasmiylashtirgan?

Yana bir narsa. Bunday aksiyalardan maqsad PR boʻlsa, koʻzlangan emas, teskari natija berishini "aʼyonlar" aytishmadimikan? Yosh avlodga "Oʻzbekistonda ogʻzaki buyruqlar qonunlardan ustun turadi" degan mujdani berishi mumkinligini tushuntirishmadimikan? Xoʻp, "aʼyonlar"ning jurʼati yetmas ekan, parlament nega jim?
👍19😢3🤯1🤬1
Oldingi postga izohlardan:

"Yechim shunchaki bu ishni qonuniylashtirishda boʻlib qolmasligi kerak. Ertaga bu ishlar qonun doirasida boʻlsa eʼtiroz boʻlmaydimi?"

Albatta, bunday "sovgʻalar" qonuniylashtirishi kerak, demoqchi emasdim. Aytmoqchi boʻlganim - oʻzimiz qabul qilgan qonunlar, qarorlar va tartiblarga oʻzimiz rioya qilishimiz kerak. Va "tepa"dagilar bu ishda namuna boʻlishi kerak. Va eng muhimi - oʻzaro tiyib turish va muvozanat mexanizmlari ishlashi kerak.
👍15🔥1
Odatdagidek, har yili yozgi kirish imtihonlari mavsumida nomi oʻzgargan, lekin ish uslubi, mohiyati oʻzgarmagan DTM - Bilim va koʻnikmalarni baholash agentligi testlari muhokama mavzusiga aylanadi. Bu yil muhokamaga huquqshunoslik fani test topshiriqlari turtki berdi. DTM, odatdagidek, eʼtirozlarga "bizda muammo yoʻq, bizda hammasi zoʻr" qabilida javob berdi (1, 2). Yurist Xushnudbek Xudoyberdiyev DTMning bu munosabatga "yolgʻon va safsata" deb baho berdi. "Maʼrifat" gazetasi telegram kanalida esa Sirdaryolik oʻqituvchining DTM direktoriga murojaati eʼlon qilindi (bu postni ayni paytda gazeta telegram kanalida qayta topishning imkoni boʻlmadi).

Muhokamalarda asosiy urgʻu - test topshiriqlarining abituriyent uchun moʻljallanmagan (roʻyxatda yoʻq) manbalardan shakllantirilgani (masalan, kodekslardan) yoki turli darsliklarda turlicha berilgan maʼlumotlar asosida tuzilgani (masalan, 2-jahon urushi paytida Shoahmedovlar asrab olgan bolalar soni - bir darslikda 14ta, boshqa darslikda - 15ta deyilgan ekan va testda shu boʻyicha savol tushgan, deyilmoqda).

Lekin muhokamalarda masalaning asl mohiyatiga eʼtibor berilganini hozircha koʻrmadim. Xoʻp, deylik, darsliklarda Shoahmedovlar asrab olgan bolalar soni turlicha emas, bir xil berilganida nima oʻzgarardi? Abituriyentning bu maʼlumotni bilish - bilmasligi nimani hal qilardi? Yoki DTM eʼlon qilgan manbalarda kodekslar ham koʻrsatilganida masala hal boʻlarmidi? Yoʻq, albatta.

Bu haqida oldin ham qayta qayta yozganman, yana bir marta tushuntirmoqchiman. (Bilaman, foydasi yoʻq - 30 yildan beri test tuzishga yondashuvi bilan taʼlimning "goʻrga tiqilishi"ga ulkan hissa qoʻshgan DTMni endi hech narsa oʻzgartirmaydi: yoki bu tashkilot yopiladi, yoki oʻzining yondashuvi bilan taʼlimimizni battar qilishda davom etadi. Boshqa yoʻl yoʻq. Lekin hech boʻlmaganda keyingi safar DTM testlari muhokama markaziga tushganda balkim urgʻuni toʻgʻri qoʻyishni oʻrganarmiz).

Testologiyada "washback" tushunchasi bor. Bu - testlarning taʼlim tizimi ishtirokchilarining xatti-harakatlariga taʼsiri. Yaʼni, testlarda nima tekshirilsa, oʻquvchi bor eʼtiborini shunga qaratadi, oʻqituvchi ham shuni oʻqitadi. Test qanchalik "muhim" deb qaralsa ("high-stakes testing"), uning "washback" taʼsiri shunchalik kuchli boʻladi. Bizning tizimda DTM testlari aynan shunday kuchli taʼsirga ega "muhim" testlardir. Londonda yoqlagan magistrlik dissertatsiyam aynan DTM testlari taʼsiri haqida boʻlgani, bu mavzuda koʻplab adabiyotlar va ilmiy tadqiqotlarni oʻrganganim uchun bu mexanizm qanday ishlashini tushuntirib bera olaman.

Xullas, "muhim" testlarda nima soʻralsa, oʻquvchilar va oʻqituvchilar eʼtiborini shunga qaratadi. DTM testlari asosan Blum taksonomiyasidagi quyi darajali kognitiv koʻnikmalarni tekshiradi: xotira va qisman qoʻllash: biron bir faktni, maʼlumotni, tushunchani, taʼrifni, qoidani, formulani yod olish va nari borsa, uning asosida abstrakt masalani yechish. Bunday testlar oʻquvchini yuqori darajadagi kognitiv koʻnikmalarni rivojlantirishga ragʻbatlantirmaydi. Vaholanki, maktabda bu koʻnikmalar rivojlantirilmasa, keyin kech. Ertaga oliy taʼlimga yoki mustaqil hayotga qadam qoʻygan oʻquvchida tahlil qilish, tanqidiy fikrlash, real muammolarga yechim taklif qilish, yangi narsa yaratish koʻnikmalari boʻlmaydi.

Nima uchun DTM asosan xotirani tekshiradi? Menda bunga ikkita javob bor. Birinchidan, testologiya boʻyicha men oʻqigan ilmiy adabiyotlarda yuqori darajadagi kognitiv koʻnikmalarni yopiq test topshiriqlari (bir nechta javob variantlari berilgan test topshiriqlari) yordamida tekshirish juda qiyin, deyilgan. Agar test topshiriqlarini tuzuvchi mutaxassis testologiyani juda yaxshi bilmasa, u yuqori darajadagi kognitiv koʻnikmalarni tekshiradigan yopiq test topshiriqlari tuza olmaydi - test topshiriqlari xotiraga qaratiladi.

Ikkinchidan, DTM (va uning ekspertlari) apellyatsiyani ham oʻylaydi. Abituriyent apellyatsiyaga bersa, unga darslikdan "mana, sening javobing notoʻgʻri" deb koʻrsata olishi kerak. Bunday yondashuv bilan yuqori darajadagi kognitiv koʻnikmalarni tekshirish imkonsiz.

(davomi quyida)
👍15😢2
Yuqoridagi postga qoʻshimcha.

"Maʼrifat" gazetasi telegram kanalida Sirdaryolik oʻqituvchining DTM direktoriga murojaati qayta joylandi. (Oldingi safar texnik xatolar oʻtib ketib qolgani uchun oʻchirilgan ekan).
👏5
Gruziya poytaxti Tbilisida "Deda Ena" ("Ona tili") parki bor. 1977-yilda SSSR Konstitutsiyasi yangilangach ("Brejnev Konstitutsiyasi" qabul qilingach), Gruziya SSR Konstitutsiyasini ham oʻzgartirishda gruzin tilini davlat tili maqomidan mahrum qilmoqchi boʻlishadi. Xalq bunga qarshi chiqadi va va gruzin tili maqomini saqlab qolishga erishadi. Namoyishchilar qoʻlida "Deda Ena" (boshlangʻich sinflar uchun gruzin tilida oʻqish kitobi) boʻlgan. Keyinroq shu voqea munosabati bilan parkda yodgorlik oʻrnatiladi va 14-aprel kuni "Ona tili kuni" deb eʼlon qilinadi.

P.S. 1938-yilgi Gruziya SSR Konstitutsiyasining 156-moddasida gruzin tili davlat tili deb eʼlon qilingan. 1978-yil qabul qilingan Gruziya SSR Konstitutsiyasida esa bu norma 75-moddada belgilangan. Xuddi shu yilgi Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasida oʻzbek tili maqomiga bagʻishlangan norma yoʻq.

P.P.S. Mustaqil Oʻzbekiston deputatlari 2022-yilda davlat tili haqidagi qonunning yangi tahririni koʻrib chiqishdan olib tashlash haqida qaror qabul qilishgan.
🔥12👍3
Bir muddat choʻzilgan va turli muhokamalarga sabab boʻlgan tanaffusdan keyin koʻrinish bergan Komil Allamjonov OAVlar vakillarini yigʻib, "taʼbni xira qiluvchi" materiallar, xususan, qotillik, oʻlim haqida xabarlar koʻpayib ketganini muhokama qilibdi. Bir qancha vaqt oldin OAVlarni "erkin qilish"ga vaʼda bergan amaldorning bu ishi mamlakat Konstitutsiyasida belgilangan OAVlar mustaqilligi, ularning faoliyatiga aralashishmaslik, senzuraga yoʻl qoʻymaslik tamoyillariga qanchalik mos keladi, xabarda ochiqlanmagan.

OAV - jamiyat koʻzgusi. OAV jamiyatda mavjud holatlar haqida yozadi, ular "taʼbni xira qiluvchi" boʻlsa ham. Jamiyatda qotillik, oʻlim, firibgarlik va boshqa hodisalar bormi, ular haqida yozadi. Yoki axborot siyosatimiz faqat "jannatdan xabarlar"ni taqozo qiladimi?
👍22
Xushnudbek Xudoyberdiyev telegram kanalida oʻtkazgan soʻrovnomada oʻquv markazlari eng koʻp ovoz olibdi. Yaʼni, soʻrovnomada ishtirok etganlarning yarmi aynan oʻquv markazlarida taʼlim sifati boshqa taʼlim tashkilotlariga qaraganda yuqoriroq, deb hisoblarkan.

Kanal muallifi buning sabablarini quyidagicha izohlagan:

"Chunki bizda o‘quv markazlari vazirligi yo‘q. Bironta vazirlik yoki davlat idorasi o‘quv markazlarida nima o‘qitilishini, qanday o‘qitilishini, kim o‘qitishini, nazorat qilmaydi. Bironta vazirlik o‘quv markazlariga qaysi darslikdan va qaysi dastur asosida o‘qitishni yuqoridan belgilab bermaydi. Mana shuning uchun ham o‘quv markazlarida erkinlik bor va ular erkin raqobat bozorida bir-biridan o‘tish uchun o‘z ustida tinimsiz izlanishga majbur".

Shu oʻrinda qiziq fakt.

"Oʻquv markazlari vazirligi" ham bor. Aniqrogʻi, "maʼmuriy islohotlar"dan koʻp oʻtmay tashkil etilgan va "Avtotest"ga aloqador mutaxassislar boshqar(ayot)gan Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markaziga maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari, shuningdek, qisqa muddatli, shu jumladan xususiy o‘quv kurslar (keyingi o‘rinlarda — o‘quv kurslari)ning ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi yuklangan. Markazga maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari, shuningdek, o‘quv kurslari uchun ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini hamda ularning moddiy-texnik jihozlanishi boʻyicha talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash vakolati berilgan. Markaz tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlariga qo‘yiladigan talablar maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari, shuningdek, o‘quv kurslari uchun majburiy hisoblanadi. Markaz maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari, shuningdek, o‘quv kurslarida ta’lim sifatini hamda o‘quv-tarbiya jarayonining ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiqligini belgilangan tartibda monitoring qilish huquqiga ega. Markaz tuzulmasida O‘quv kurslari uchun o‘quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish va joriy etish bo‘limi mavjud.

Shunday ekan, "oʻquv markazlari vazirligi yoʻq" deb xursand boʻlishga hali erta. Shunchaki, menimcha, bu "vazirlik" - Taʼlimni rivojlantirish markazi hozircha maktab darsliklari bilan mashgʻul. Oʻquv markazlariga ham navbat keladi deb oʻylayman. Axir bekorga shuncha vakolat berilgan, markaz strukturasida oʻquv markazlari uchun oʻquv metodik komplekslar bilan shugʻullanadigan boʻlim ochilgan deysizmi ...
👍18🔥5👎2😱2
Kimdir boshqacha bo'lishini kutganmidi?

O'zbekistonda biron mahsulot ishlab chiqarish boshlansa, albatta erta-kechmi shunga o'xshash mahsulotlarni chetdan olib kirish yoki karrasiga qimmatlashadi, yoki imkonsiz bo'ladi. Chunki O'zbekiston ishlab chiqaruvchilari bozordan, erkin raqobatdan qo'rqadi, ularga yopiq, mahsulotga istagan narxini qo'yib sotish, istagancha iste'molchi ustidan kulish imkonini beradigan bozor kerak. Bunga tarixdan misollar juda ko'p. Uzoqqa bormaylik, O'zbekiston iste'molchilari boshiga bitgan balo - UzDaewoo / GM Uzbekistan bunga yaqqol misol. Xullas, 1996-yilga xush kelibsiz.

Shunchaki ma'lumot o'rnida.

"Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi, iste’molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi". Bu - o'tgan yili "seniki meniki" qilib qabul qilingan Konstitutsiyaning 65-moddasida mustahkamlangan norma.
👍7
Xabaringiz bordir, Yoshlar ishlari agentligi "1000 kitob" loyihasini amalga oshirmoqda. Mazkur loyiha doirasida falsafa, tarix, etika, tabiiy fanlar singari turli yoʻnalishlarda, shu jumladan , pedagogika va psixologiyaga oid bir qancha ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar oʻzbek tiliga tarjima qilinib nashr etilishi rejalashtirilgan. Loyiha haqida va loyiha doirasida tarjima qilinayotgan kitoblardan biri - "Ways of Learning: Learning Theories for the Classroom" kitobi haqida suhbatlashdik.
👍17