Jalilov. Qaydlar
4.11K subscribers
1.47K photos
17 videos
23 files
2.3K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Jurnalistning "Davlat budjetida jiddiy taqchillik kuzatilayotgan bir paytda „Ovoz“ va „Bobolarim“ kabi loyihalarga milliardlab mablag‘ ajratilishi qanchalik to‘g‘ri deb o‘ylaysiz?” degan savoliga javob bergan vazir Ozodbek Nazarbekov “Vazirlikning 2 mlrd so‘m tikkani hammaning ko‘ziga ko‘rinyapti” deb javob beribdi. Vazir o'z javobida nega xususiy kanalning loyihasi uchun davlat pul ajratishi kerakligini ochiqlamagan.

Yana bir qiziq narsa. "To‘g‘ri, “Mendirman” klipini olgan paytimizda xonanda bo‘lganman, xarajatlarni cho‘ntagimdan ishlatganman, unga “Bobolarim”dan kam pul ketmagan. Oldin ko‘chadan pul topardim, qilardim. Hozir yana o‘zim qilaymi, oyligimni ham shunga ishlataymi?" degan vazir. Tushunmadim, "Bobolarim" - Ozodbek Nazarbekov klipimi? Vazir o'z klipini suratga olish uchun davlat budjetidan pul ajratyaptimi shunda? "Davlat organlarining xodimlari mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymasligi kerak", degan qonunni nima qilamiz, chetga surib qo'yamizmi?
👍14🤬9
Бу постни чорасизликдан ёзяпман. Бир ўзимнинг қўлимдан ҳеч нарса келмаяпти...
Кўпчиликнинг хабари бор - халқаро журналист Бобур Комилов шогирдим эди. Унинг бир акаси ва Бобуржоннинг ўзи ҳам жигар циррози туфайли оламдан ўтишди. Яна бир акаси – онасининг охирги илинжи, ишонган тоғи Ўткиржонда ҳам шу хасталик аниқланганига беш йил бўлди. Шифокорлар жигар ўтказиш зарурлигини айтишган. Аммо Ўткир Комиловда бу вақт мобайнида операция учун маблағ бўлмади. Она 500 минг сўм пенсия олади. Ўткирнинг аёли эса яқиндагина маҳалла идорасига ишга кирди. Болалари талаба, ўқувчи. Ўткир икки йил аввал ётиб қолгач, оиланинг ночорлиги яна ҳам ортди. Бир неча марта ҳайрия ёрдамида пул йиғишга уриниб кўрдик. “Кун.уз” сайти орқали, фейсбук ижтимоий тармоғи орқали ҳам уринишлар бўлди. Яхши инсонлар томонидан юборилган пуллар Ўткирнинг дори-дармонига зўрға етди.
Бугун Ўткирнинг ахволи оғир. Шифокорлар тезликда жигар кўчириб ўтказилмаса, кўпга бормайди дейишмоқда. Ўткир оиланинг боши, уч фарзанднинг отаси, онаизори Муслима опанинг охирги умиди... Икки ўғлини тупроққа берган она учун учинчи ўғлининг ҳам ночорлик сабаб жон таслим қилишига бардош бериши қанчалар аламли эканлигини тасаввур қилиб бўлмайди...
Бир қанча жамғармаю, давлат ташкилотларига қилинган мурожаатлар ҳозиргача натижа бермаяпти. Яна шу халқимизга, биродарларимизга, савобталаб инсонларга суянишга мажбурмиз. Ҳиндистонда жигар кўчириб ўтказиш амалиёти айтишларича 23 мингдан 28 минг долларгача экан. Билмадим, қисқа фурсатларда бу маблағни топиб бўладими, йўқми?... Нима бўлганда ҳам чиқмаган жондан умид. Илтимос, шу постни максимал репост қилинглар !
Тома-тома кўл бўлур дейди халқимиз. Халқ катта куч! Ҳар ким агар 10 минг сўмдан эҳсон қилса ҳам айтилган маблағ тўпланиб қолса ажабмас. Ўткирнинг ҳаётда қолишига ҳисса қўшишни истаган инсонлар учун унинг онаси Муслима опанинг пластик картаси рақамини ёзиб қолдираман: 8600061053537824
Комилова Муслима

ПС: пост тагида ва изоҳда Ўткирнинг икки йил аввал “Кун. уз” сайти орқали қилган мурожаати ҳаволасини илова қиляпман.
Умидимиз аввало Аллоҳдан, кейин сизлардан азиз ватандошлар!

Jurnalist Raʼno Aliyeva sahifasidan
😢18👍6
“Овоз” лойиҳасига давлатнинг нима алоқаси бор?

Маданият вазири Озодбек Назарбеков бюджет тақчиллиги шароитида The Voice of Uzbekistan («Овоз») телелойиҳаси учун салкам 2 млрд сўм, «Боболарим» кино-клипига эса 2,7 млрд сўм ажратилганига муносабат билдирибди.

«Биринчидан, мана шундай муҳокамалар кимгадир керак бўляпти, бу ўз-ўзидан бўлгани йўқ, яъни бунинг буюртмачиси бор. Чунки Маданият вазирлиги "Овоз" лойиҳаси учун 2 млрд [сўм] ишлатаётгани… "Овоз" лойиҳасининг [франшизасини сотиб олиш] неча сўм туришини ўрганинглар олдин. Ўзи у неча пул туради, қайси давлат неча пул сарфлаб, уни [мамлакатга] олиб кирган?»

Қайси давлат? Қаерда? Нега ўзи давлат бунга пул сарфлаяпти? “Овоз” кўрсатуви ҳеч қаерда давлат даражасидаги стратегик лойиҳа эмас). У аввалига Голландияда чиққан, сўнг 60дан ошиқ бошқа давлатлардаги каналлар ўз чўнтакларидан пул сарфлаб сотиб олишган. Британияда олдин ITV канали сотиб олди, сўнг BBC. Америкада NBC, Испанияда Antena 3, сўнг Telecinco. Қанақа давлат? Каналларнинг ЎЗЛАРИ уни сотиб олади - бу бозор иқтисоди дейилади. Масалан, Испанияда, тасаввур қилинг Хулио Иглесиас - маданият вазири ва бир канал “Сеньор Иглесиас, 2 млдр евро билан шуни оберинг” деб боряпти. Буни тасаввур ҳам қилиш қийин. Давлат жунига каналлар жуни аралашмайди. Нега Ўзбекистонда давлат, яъни шундоқ ҳам дефицит бюджетдан қайсидир хусусий канал лойиҳаси учун пул сарфланяпти? Зўр ТВ зўр бўлса, ўз пулидан сотиб олиши керакмасми?

Журналист Ибрат Сафо
👍56👏6
Deja vyu yoxud aylana boʻylab yugurish ...?

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, 2024-yil:

"Joriy yilning 22-may kuni Taʼlimni rivojlantirish markazida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-martdagi VMQ-157-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional, oliy taʼlim turlari matematika va informatika fanlari oʻquv dasturlarining uzviyligini va uzluksizligini taʼminlash konsepsiyasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda konsepsiyaning ishlab chiqilishi taʼlim turlari oʻrtasidagi muvofiqlik, oʻzaro uzviylik va uzluksizlikni taʼminlashi alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, markaz xodimlari tomonidan konsepsiyani ishlab chiqilishi jarayonlari, bu boradagi mavjud holat va istiqboldagi rejalar boʻyicha taqdimot qilindi".


Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, 2022-yil:

"2022-yil 28–30-mart kunlari Jizzax viloyati Zomin tumanidagi “Zomin” bolalar oromgohida oʻquv dasturlari tajriba-sinov ishlariga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi. Maʼlumki, 2021-yil davomida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Maktabgacha taʼlim, Xalq taʼlimi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklari bilan hamkorlikda 334 nafar mutaxassislarni jalb etgan holda uzluksiz taʼlim tizimining barcha bosqichlari uchun oʻquv dasturlari uzviyligini taʼminlash, modernizatsiya qilish ustida ishlandi va yil yakunida ilk marotaba 21 ta fandan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim oʻquv dasturlari uzviyligini taʼminlash konsepsiyalari” hamda “Oʻzbekiston Respublikasi uzluksiz taʼlim Milliy oʻquv dasturlari” majmualar shaklida tayyorlandi, kitoblar holatiga keltirilib Taʼlim vazirliklariga tajriba–sinovdan oʻtkazish uchun tavsiya etilgan edi. Muhtaram Prezidentimizning 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884 son qarori ilovasi 4-bandiga binoan “Maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlimning oʻquv dasturlari uzviyligini taʼminlash vazifasi”ning ijrosi sifatida oʻquv dasturlari va ular asosida yaratilgan darslik – majmualar bosqichma-bosqich tajriba-sinovdan oʻtkazilmoqda".

Endi savol tugʻiladi: Inspeksiya bundan bor-yoʻgʻi ikki yil oldin "oʻquv dasturlarining uzviyligini taʼminlash konsepsiyalari"ni muhokamadan oʻtkazib, tasdiqlab, vazirliklarga tajriba-sinovdan oʻtkazish uchun tavsiya qilganmidi yoki yongʻoq oʻynab yurganmidi? Agar inspeksiya bu ishni ikki yil avval Prezident farmoni asosida amalga oshirgan boʻlsa, Taʼlimni rivojlantirish markazi endi nimani ishlab chiqmoqchi va buning uchun nima zarurat bor?

Yoki ... har ikki yilda bir narsani yaratib, tashlab yuborib, qaytadan yaratishga ishqiboz boʻladigan darajada byudjetda pulimiz oshib-toshib ketdimi?
👍9👎1
Oldin arava, keyin ot?

Shu oʻrinda yana bir savol tugʻilmasligi mumkin emas.

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi "oʻquv dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash konsepsiya"sini endi ishlab chiqar ekan, Taʼlimni rivojlantirish markazining oʻzi tasdiqlab bergan va markazning sobiq rahbari boshqargan "Novda" xususiy nashriyotida yaratilgan "yangi avlod" darsliklari qaysi oʻquv dasturlari asosida yaratilgan edi? Axir, oldin oʻquv dasturlari yaratilib, keyin shu asosda darsliklar yozilishini ilmiy-metodik markaz bilsa kerak? Yoki markaz konsepsiya va dasturni ishlab chiqqandan keyin, "Novda"ga yana yangi darsliklar yozdiramizmi?

Darvoqe. Shu - "Novda" darsliklari asosida bir oʻquv yili oʻtdi hamki, na markaz va na Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi shu darsliklarga asos boʻlgan oʻquv dasturlarini ham eʼlon qilmadi, "bu dasturlar tagi bormi oʻzi?" degan savolga joʻyali javob ham bermadi...
🤯10👍3
Bir necha daqiqalardan keyin Toshkent davlat yuridik universitetida TEDxTSULning navbatdagi tadbiri boshlanadi. Tadbir mavzusi: "Voices of Freedom". Ushbu tadbirda men ham "Education: why and how" mavzusida chiqish qilaman.
👍25🔥12👏4
YAQIN telegram kanali ota-onalarga yordam sifatida Toshkentdagi xususiy maktablar haqidagi fikrlarni jamlamoqchi. So'rovnoma anonim va uning natijalari ham anonimlik asosida e'lon qilinadi. Agar sizning ham farzandingiz xususiy maktabga boradigan boʻlsa, soʻrovnomada qatnashib, tadqiqotning ishonchliligiga hissa qoʻshishingiz mumkin.

Soʻrovnoma hozircha Toshkent shahrini qamrab oladi va shu paytgacha olingan ayrim xulosalar bilan postga ilova qilingan suratlarda tanishishingiz mumkin.
👍6
Qiziq. Xalqaro jinoyat sudiga bugun tezlashtirilgan tartibda aʼzo boʻlsak nima boʻlardi?
🔥16👍2👎2
"Maktablarga yuklama yana kamida 300 mingga ortadi. Vazirlikning muammoni hal qilish bo‘yicha rejasi ma’lum emas".

Taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatlarini turli idoralarga taqsimlab bergan va oʻquv rejalari, dasturlari, darsliklar borasidagi jiddiy muammolarga shu paytgacha munosabat bildirmagan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligini taʼlimning oʻzi umuman qiziqtirish-qiziqtirmasligi maʼlum emas.
👍10🔥3
Она (независимость) ведь разная. Это не просто громкие слова про язык, культуру и пр. Независимость — она же в голове. Ты чувствуешь, что ты свободный человек. Ведь это же так важно и так ценно. Что ты сам выбираешь, кого любить, где жить, с кем и где работать. Понимаете, ведь это настолько важно. Это свобода. И мне кажется, что в этом есть путь к независимости. ... Есть примеры стран, которые чисто технологически, не имея полезных ископаемых, не имея энергетических ресурсов, стали странами высокого уровня в мире. Потому что они независимы. Они и деньги зарабатывают независимо ни от чего. Они прежде всего вкладываются в своих людей, в образование, в их свободу, в то, чтобы этим людям было комфортно жить и работать. Чтобы они уважали своё гражданство, свой паспорт, свой флаг. Мне кажется, вот эта идентичность, этот путь.

https://orda.kz/u-nas-samyj-neadekvatnyj-vrag-kotorogo-mozhno-bylo-predstavit-za-100-let-zelenskij-dal-intervju-glavredu-ordy-i-esche-pjati-zhurnalistam-iz-ca-386826/
🔥9👍3🤬1
Odatdagidek, oʻzimizda nima boʻlayotganini shimoldan har xil signallar orqali bilib olamiz. "Milliy kontent" ....

"Россия и Узбекистан обсуждают строительство АЭС в республике и открытие ряда совместных предприятий. Об этом говорится в официальных материалах, подготовленных к поездке Владимира Путина в Ташкент".

"У России, помимо таких проектов, как АЭС, металлургия, медь, хлопок, масса дополнительных возможностей для работы с Узбекистаном, потому что постсоветское пространство используется для обхода санкций. То есть кооперация, вполне возможно, может привести к тому, что какая-то часть производств из России может быть перенесена, например, на территорию Узбекистана, чтобы потом уже спокойно, без проблем экспортировать готовую продукцию за пределы постсоветского пространства, включая Европу и так далее".

https://www.bfm.ru/news/550978

Oʻzbekiston hududini sanksiyalarni aylanib oʻtish maqsadida ishlatish rejalari ham bemalol muhokama qilinmoqda....
🔥7🤬3👎2
O‘zbekistonliklar ko‘pdan beri maktab ta’limidan norozi. Teach for Uzbekistan loyihasi orqali endi ular ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Loyiha pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmasa-da, tug‘ma o‘qituvchi bo‘lgan mutaxassislarni maktabda ishlashga tayyorlaydi. “Gazeta.uz” loyiha haqida ma’lumot beradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/27/teach-for-uzbekistan/

Telegram | Instagram | YouTube
👍9
Yusufbek hojining oʻgʻli Otabekka aytgan gaplarini qayta oʻqidim.
Ёзда қурилиши бошланармиш. Хўп, АЭС керакдир, лекин “кам қувватли АЭС”нинг нима кераги бор — шунча овора бўлиб қурганга яраша у-бу кам-кўстимизни тўлдирадигани қурилмайдими? Нега Россия билан қуриш керак буни, нега бир очиқ танлови, тендери йўқ? Нега бунинг нархи эълон қилинмаган? Бурнинггача қарзга ботиб ётган бўлсанг, қайси пулингга қурасан? АЭСни қўя турайлик, тўғонларинг қўшниларни сувга бўктирадиган бир давлат сифатида ўша қўшниларнинг розилигини олганмисан? Қанақасига ёздаёқ қурилиши бошланади — номига бўлса ҳам халқ билан маслаҳатдашилмайдими? Нега Жиззахда қуришингни, нега ёздаёқ қурилишни бошлашингни, нега айнан Россия билан, нега айнан кам қувватли АЭС қурмоқчи эканингни сани пул билан таъминлаб турган халққа тушунтирмайсанми?

Ўзбекистонда Россия АЭСи қурилмасин! Бир ўзбекистонлик сифатида ман бу лойиҳага тўлиқ қаршиман!
👍45🔥5🤬3
Muhrim Aʼzamxoʻjayev "Kelayotgan yaqin bir-ikki yilda Oʻzbekistonda ayrim maktablarning omadi kulib, oʻquvchilariga zoʻr professionallar dars beradi shekilli" deb turgan bir joyda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova "bir chelak sovuq suv quyib yubordi".

Toʻgʻri, vazirlik rasmiysi pisanda qilayotgan normativ hujjatlarda pedagogik qayta tayyorlov uchun kamida 576 soat oʻqish kerakligi belgilangan. Lekin shu hajm qayerdan kelib chiqqanligi ham qiziq-da. Nima uchun aynan 576 soat, masalan, 550 yoki 610 emas? Qolaversa, pedagoglar tayyorlaydigan OTMlarning oʻzida pedagogika, metodika shuncha soat oʻtiladimi? (Qiziqib oʻzimning bakalavr diplomim ilovasiga qaradim - pedagogika 68 soat, metodika 52 soat oʻtilgan ekan va 120 soat hajmida pedagogik amaliyot oʻtagan ekanmiz - shunda jami 240 soat boʻladi shekilli?) Yoki prezident qarori bilan (7-bandga qarang)
pedagogik bo‘lmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun pedagogik tayyorgarlik modullari yoʻlga qoʻyilgan va bu modullarni bitirganlarga ham qayta tayyorlovdan oʻtmasdan dars berish huquqi berilgan. Bu pedagogik tayyorlarlik modullari ham 576 soat boʻlmasa kerak?

Aytmoqchi boʻlganim - bunday loyiha koʻp mamlakatlarda bor va oʻz samarasini bergan. Qolaversa, loyiha uchun davlatning mablagʻi ketmaydi va loyiha faqat fan oʻqituvchilari yetishmayotgan maktablar bilan hamkorlik qilishini aytmoqda (yaʼni hech kimning "nonini yarimta qilish" niyati yoʻq).

Shunday ekan, balki loyihani qoʻllab-quvvatlab, uning natijasi, taʼsirini ilmiy oʻrganib koʻrish kerakdir? Masalan, chet eldan falon pulga "til egalari" deyilayotgan (va aslida "til egalari" boʻlmaganlarni) olib kelgandan koʻra yaxshi oliygohni bitirgan, sohasini, tilni yaxshi biladigan va "men ham taʼlimga hissa qoʻshaman" deb turgan "oʻzuvuzani qorakoʻzlar"ni ishlatib koʻrarmiz? Nima dedingiz, Dilfuza opa?
👍16👎4🤬2👏1
Oldingi postga izohlarda "zootexnikaga yoki boshqa sohaga oʻqib yurganlar avval boshidan pedagogikani tanlashi kerak edi" deyilmoqda.

Qiziq iddao. Xuddi shu yuqoridagi postda nopedagogik OTMlarda pedagogik tayyorlarlik modullari yoʻlga qoʻyilishi va bu modullarni bitirganlar maktabda dars berish huquqiga ega boʻlishi belgilangan qarorga izoh qoldirgandim. "Taʼlimga mehri bor boʻlsa, boshidan zootexnika yoki boshqa sohani tanlamasin edi" demasdan, qarorga bunday normani kiritganlar va tasdiqlaganlar haqida ham men haqimda bildirgan fikrlarini bildira olarmikan post muallifi, a labbay?

Bitta sohada oʻqidimi - tamom, boshqa sohani oʻqib oʻrganolmasligi, ishlay olmasligi kerak, degan eskicha yondashuvdan voz kechish kerak. Hayot davomida oʻrganish (lifelong learning) - XXI asrning muhim koʻnikmalaridan biri. Inson hayoti davomida yangi sohalarni oʻrganishi, ixtisosligini oʻzgartirishi mumkin va bu normal holat.

"Teach for Uzbekistan" loyihasi ishtirokchilari Toshkent xalqaro Vestminster universiteti bilan hamkorlikda oʻqitilishi aytilmoqda. Agar shunday boʻlsa, bu - juda yaxshi. TXVUda Post-Graduate Certificate va magistratura darajasidagi xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan pedagogik taʼlim dasturlari bor. Universitet professor-oʻqituvchilari pedagogikadan nimani va qanday oʻqitishni yaxshi bilishadi. Masalan, maktabda mutaxassis yetmagani sababli, deylik, iqtisodiyotni geograf, informatikani fizik oʻtganidan koʻra pedagogikani oʻrgangan soha mutaxassisi dars bersa yomon natija boʻlmasa kerak?
👍8👏1