Kecha Yoshlar ishlari agentligining "Mutolaa" loyihasi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Teatrlashtirilgan tomosha bilan boshlangan tadbir "Qoʻrqma" romani asosidagi film namoyishi bilan tugadi.
Tadbirdan mening asosiy xulosam: Kundalik ehtiyojlardan yuqoriroq chiqib, millat uchun nimadir qilmoqchi boʻlsang, kitob oʻqi, mutolaa qil, fikr yurit va qoʻrqma.

🔥15👍12
Oʻzbek tiliga tarjima qilingan va tarjima qilinishi kutilayotgan kitoblar haqida. Quvonarlisi, bu kitoblarning aksariyati rus tili orqali emas, asliyatdan oʻgirilmoqda. Oʻzbek tilida sifatli ilmiy, ilmiy-ommabop, badiiy kitoblar, darsliklar va qoʻllanmalar koʻpayishi kerak.
www.afisha.uz
2024-yilda oʻzbek tiliga tarjima qilingan va tarjima qilinishi kutilayotgan eng yaxshi kitoblar — Toshkent Afishasi
👍14
O'zbekistonda yangi loyiha - Teach for Uzbekistan ish boshladi. Loyihaning maqsadi - maktablarni yuqori malakali o'qituvchilar bilan ta'minlashda yordam berish. Bunda nopedagogik OTMlar bitiruvchilari tanlovdan va intensiv pedagogik tayyorgarlikdan o'tib, maktablarga o'qituvchi sifatida ishlashga yuboriladi. Ularga pedagogik faoliyati davomida yordam beradigan kuratorlar biriktiriladi. Bu, bir tarafdan, maktabda malakali o'qituvchilar yetishmovchiligini hal qilishga hissa qo'shadi, ikkinchi tarafdan, OTMlar bitiruvchilariga o'zlarini yangi sohada sinab ko'rish, keyingi ish faoliyati uchun kerakli ko'nikmalarni egallashga yordam beradi.
Yuqorida tasvirlangan model asosida ishlaydigan loyihalar ko'p davlatlarda bor. Masalan, o'zim Nyu Yorkda o'qib yurgan paytimda "Teach for Amerika" loyihasining konferensiyasida qatnashganman.
Qiziquvchilarni loyihada qatnashib ko'rishga chaqiraman - balki o'zingizning yangi qirralaringizni kashf etarsiz? Qolaversa, yurt kelajagini qurishga hissa qo'shish imkoniyati. Zero, yoshlarimiz bizdan bilimliroq bo'lsa, tanqidiy fikrlay olsa, biz ko'rmagan orzudagi O'zbekistonni qurishi mumkin ....

Podrobno.uz
В Узбекистане стартовал новый социальный проект. Молодых энтузиастов приглашают попробовать себя в роли школьного учителя
Узбекистан, Ташкент – АН Podrobno.uz. В Узбекистане заработал новый социальный проект Teach For Uzbekistan. Его цель – отобрать молодых лидеров и специалистов, провести для них интенсивную педагогическую переподготовку и направить в качестве учителей в отдаленные…
👍20🤔2
Ta'lim tizimi ustidan tushunarsiz tajribalar davom etadi ...
Vazirlar Mahkamasining "Umumiy o'rta ta'lim muassasalarining o'quvchilarini pedagog kasbiga maqsadli tayyorlash va bitiruvchilarning bandligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori (№242, 2024-yil 24-aprel) qabul qilindi. Qarorga ko'ra, 2024/25 o'quv yilidan boshlab tajriba-sinov tariqasida maktablarning 10-11-sinflarida "pedagogik sinflar" ochiladi. Bu sinflarni tamomlagan bitiruvchilarga maktabgacha ta'lim muassasalarida (bog'chalarda) tarbiyachi yordamchisi bo'lib ishlash huquqini beradigan sertifikat beriladi.
Pedagogik sinflar kasbiy ta'lim yo'nalishida o'quv rejasiga ajratilgan soatlar hisobidan o'qitiladi. (Bu degani - Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hali maktab dasturini to'liq o'zlashtirmagan maktab o'quvchisini haftasiga 3 soatdan, jami 204 soat o'qitib, qo'liga "pedagog" degan hujjat bermoqchi degani). Qarorda belgilanishicha, o'quvchilarga 10-sinfda pedagog kasbining ahamiyati, o'ziga xos xususiyatlari, qadriyatlari, odob-axloqi, tarbiyachining kasbiy sifatlari haqida tushunchalar beriladi, 11-sinfda esa pedagogika, psixologiya, metodika (!!!) bo'yicha boshlang'ich bilimlar beriladi va chuqurlashtiriladi, tanishuv amaliyotlari tashkil etiladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi - bolani vaqtincha ushlab turadigan joy emas. Kichik yoshdagi bolaning ta'limi va tarbiyasi - murakkab va mas'uliyatli jarayon, chunki bolaning kelajak hayoti uchun fundament aynan shu yoshda shakllanadi. Maktabgacha yoshdagi bola ta'limi bilan shug'ullanadigan mutaxassis bu yoshdagi bolalar ta'limining hamda ijtimoiy, emotsional rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari, yosh bolaning rivojlanishiga oid nazariy qarashlar, nutqi va savodxonligining o'ziga xususiyatlari, bu yoshdagi bola uchun muhitga qo'yiladigan talablar, bu yoshdagi bolalarning o'rganishini baholashning o'ziga xos xususiyatlari haqida yetarlicha bilimga ega bo'lishi kerak. Vazirlik bu narsalarni hali maktab dasturini o'zlashtirib bo'lmagan o'quvchiga qanday o'rgatmoqchi? Yoki tarbiyachi yordamchisi bu narsalarni bilishi shart emasmi?
Yana bir narsa. Pedagogik sinflarni bitiradigan o'quvchilarga Milliy malakalar ramkasining 2-darajasidagi sertifikat berilishi belgilanmoqda. Oldinroq yozganimdek, milliy makalar ramkasida 2-daraja - bu standart va oddiy vazifalarni oddiy qoidalar va instrumentlar orqali bajarish, yo‘riqnoma bo‘yicha harakat qilish usulini tanlay olish ko'nikmasini talab qiladigan kasblar degani. Bolaning rivojlanishida o'ta muhim o'rin tutadigan davrida ta'lim va tarbiya berishga mas'ul kasblardan biri "standart va oddiy vazifalarni oddiy qoidalar va instrumentlar orqali bajarish" tavsifiga mos keladi deb o'ylaysizmi?
Ta'lim bo'yicha har xil takliflar tayyorlanayotganda, ular asosida qarorlar qabul qilinayotganda bu taklif va qarorlarning hech bo'lmaganda sog'lom mantiqqa mosligini kimdir tahlil qiladimi?

😱14👏4👍2🤔2
Prezident maktabiga kirmoqchi bo'lganlar matematikadan qaysi dastur / darslik asosida tayyorlanishi kerak?
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi o'z tizimidagi prezident, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablari uchun 2024/25 o'quv yili qabul imtihonlari spetsifikatsiyalarini e'lon qildi. "Unda har bir fandan mazmun sohasi taʼlimiy maqsadlar asosida talab qilinadigan koʻnikmalar va ularning kognitiv darajalari hamda soni aks ettirilgan", deyiladi agentlik xabarida.
Masalan, prezident maktabiga nomzodlar uchun matematika fanidan spetsifikatsiyani olaylik. Bu hujjatda, agentlik iddao qilganidek, "talab qilinadigan koʻnikmalar va ularning kognitiv darajalari hamda soni" aks etmagan - shunchaki 30ta yopiq test topshirig'ini yechishga 60 minut vaqt berilishi aytilgan va test topshiriqlari namunalari keltirilgan. (Bu "spetsifikatsiya" deb atalayotgan hujjatni ko'rib, uni haqiqatdan ham Cambridge Assessment tuzganmi? degan savol tug'ilmay qolmaydi - tashkilot saytidagi istalgan test spetsikatsiyasini (masalan, bu yoki bu) agentlik saytidagi "spetsifikatsiya" bilan solishtirsangiz, o'ylaymanki, sizda ham bunday savol paydo bo'ladi. Yoki O'zbekistonliklarga "shu ham bo'laveradi" - normal spetsifikatsiya shart emas, deb o'ylanganmi, bilmadim).
Eng qizig'i - hujjat oxirida 1-4 sinflar mavzulari ro'yxati berilgan. (Faqat mavzular ro'yxati, tekshiriladigan ko'nikmalar, test topshiriqlari sonining yoki umumiy ballning ko'nikmalar va / yoki kognitiv darajalar bo'yicha taqsimoti emas). Mavzular ro'yxatiga diqqat bilan qaralsa, uning 2017-yil va undan oldin nashr qilingan 1-4 sinflar matematika darsliklari asosida tuzilganligini ko'rish qiyin emas. (Masalan, 4-sinf va 3-sinf).
Bu yil 4-sinfni bitirayotgan va prezident maktabiga topshirmoqchi bo'lgan bola nima qilsin? U 1-sinfda 2018-yilgi darslik, 2- va 3-sinflarda MO'D asosidagi darslik, 4-sinfda esa "Novda"ning darsligi asosida o'qigan, to'g'rimi? Bu darsliklarning mazmun-mundarijasi bir-biriga mos tushmaydi (masalan, "Novda"ning 4-sinf darsligi asosida tuzilgan taqvim-mazuiy rejani (1-chorak, 2-chorak, 3-chorak, 4-chorak) 2017-yilda chop etilgan darslik mundarijasi va "spetsifikatsiya" deb atalgan hujjatdagi 4-sinf mavzulari ro'yxati bilan solishtirib ko'ring).
Shunda bu yil 4-sinfni bitayotgan o'quvchi nima qilsin? Qaysi dasturlar / darsliklar asosida tayyorlansin? Agentlik nima deydi? Cambridge Assessment nima deydi?

Telegram
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#qabul_2024
#spetsifikatsiya
⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI PREZIDENT, IJOD HAMDA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARIGA TEGISHLI FANLAR BOʻYICHA 2024/2025-OʻQUV YILI QABUL IMTIHONI MATERIALLARI SPETSIFIKATSIYASI…

👍8
Agentlik e'lon qilgan va balandparvoz qilib "spetsifikatsiya" deb nom berilgan hujjatlar ichida eng qizig'i - ijod maktablari kirish imtihoni uchun ona tili va adabiyotdan "spetsifikatsiya" ekan. O'quvchiga jami 20ta test topshirig'i berilar ekan - 6ta 5-sinf ona tili darsligidan va 5ta 5-sinf adabiyot darsligidan, 4ta 6-sinf ona tili darsligidan va 5ta 6-sinf adabiyot darsligidan.
Endi tekshiriladigan ko'nikmalarga e'tibor bering. Masalan, "Nodar Dumbadze hayoti va ijodi", "Hellados" hikoyasi va uning mazmuni - bular ko'nikmami? "Ko'nikma" (skill) deganda faoliyat, harakat tushuniladi - nimanidir qila olish. Masalan, hikoyaning asosiy g'oyasini aniqlash yoki undagi qahramonlarga baho berish yoki undagi konfliktni topish - bu ko'nikma, "hikoya va uning mazmuni" - bu ko'nikma emas. O'quvchi "hikoya va uning mazmuni"ni nima qila olishi kerak? Yoki "Rahmat Fayziy hayoti va ijodini bilish" - bu ko'nikma emas. O'quvchi Rahmat Fayziy hayoti va ijodi haqida nimalarni bilishi kerak? Darslikda berilgan ma'lumotlarnimi? Yoki hamma narsanimi? Xo'p, bildi (yodladi) ham deylik, keyin-chi, bu ma'lumotlar bilan nima qila olishi kerak?
Eng qizig'i esa "adabiyot va ....(tarix, tasviriy san'at va hokazo)ni bir-biriga bog'lay olish" degani ekan. Bu ham ko'nikmami? Nimasini bog'laydi, qanday bog'laydi? Buni yopiq test yordamida qandy tekshirmoqchisizlar? Namuna bervoringlar, iloji bo'lsa - men tasavvur qila olmadim.
Xullas, Shokir Tursun aytganday, normal spetsifikatsiya bunday boʻlmaydi.

👍8🔥3👏2
Bank operatsiyalarining, omonatlarning va hisobvaraqlarning sir tutilishi, shuningdek meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 41-moddasidan.
Konstitutsiyada aniq-ravshan qilib "... sir tutilishi kafolatlanadi" deyilgan va boshqacha talqinga oʻrin qoldirilmagan - "qonunda belgilangan holatlar bundan mustasno" deyilmagan yoki "operatsiyalar maʼlum bir chegaradan oʻtsa sir sir boʻlmay qoladi" deyilmagan.
Soliq qoʻmitasining istaklari Konstitutsiyaga zid kelib qolsa, nima qilamiz? Konstitutsiyaning buzilishiga koʻz yumamizmi yoki "meniki seniki" qilib yana yangisini qabul qilib yuboramizmi?

Газета.uz
Налоговый комитет снова хочет получить доступ к данным о p2p-переводах
Центробанк Узбекистана и Налоговый комитет могут начать обмениваться данными о p2p-переводах, если их сумма будет превышать определённый предел. Налоговые органы будут получать информацию, если граждане превысят годовой лимит в размере 100 млн сумов, а предприниматели…
👍5🤯3
Yuqoridagi postga boshqa ijtimoiy tarmoqda qoldirilgan izohlardan:
Maktabda chala-chulpa oʻrgangan oʻquvchi pedagog yordamchisi boʻlarkan-u, lekin shu sohani universitetda 4 yil oʻqib oliy maʼlumotli boʻlganlar esa yana bir yil stajyor boʻlishga majbur, facepalm.

🤯15👍2😢2
"Demokratik saylovlar natijasida davlat tepasiga kelgan prezidentlarni haqoratlash hollari sudga oshirilgan taqdirda ham, ayblanuvchining ozodlikdan mahrum etilishi deyarli uchramaydi", deb yozmoqda BBC O'zbek xizmati.
Umuman olganda, fikri ojizimcha, Konstitutsiya "O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar" (19-modda) degan qoida o'rnatar ekan, demak, tuhmat, haqorat va shu singari shaxs sha'ni va qadr-qimmatiga qarshi amallar uchun jazo - bunday amallar kimga qarshi qaratilgan bo'lishidan qat'iy nazar, u yuqori martabali davlat amaldorlarimi yoki "oddiy" fuqarolarmi - bir xil bo'lishi kerak. Va agar "oddiy" fuqaro sha'niga qarshi harakat uchun ish faqat jabrlanuvchi arizasi asosida ochiladigan bo'lsa, demak, yuqori lavozimdagi shaxslar uchun ham xuddi shunday qoida qo'llanilishi kerak.
Yana bir narsa. "O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi". (Konstitutsiyaning 12-moddasi). Modomiki Konstitutsiya fikrlar xilma-xil bo'lishi mumkinligini kafolatlar ekan, qabul qilinayotgan qonunlar yoki qarorlar, amalga oshirilayotgan siyosat haqida boshqacha fikrga ega bo'lganlar ham bo'lishi tabiiy va ular boshqacha fikri uchun javobgarlikka tortilmasligi kerak. Demak, o'zgacha fikr, tanqid, norozilik bilan haqorat yoki tuhmatning aniq chegarasi belgilanishi lozim.
Va yana bir narsani nazarda tutish kerak, menimcha. Bunday keyslarni xalqaro tashkilotlar, inson huquqlari himoyachilari, jurnalistlar diqqat bilan monitoring qilib borishlari aniq va ularda har safar bunday holatlardan keyin savollar paydo bo'ladi. Demak, bunday keyslar davlatning xalqaro maydondagi obro'siga zarar yetkazishi mumkinligini ham nazardan qochirmaslik darkor.

BBC News O'zbek
Президентни ҳақоратлаган Ўзбекистон фуқароси 5 йилга қамалди. Бошқа давлатларда қандай?
Ўзбекистонда қатор оммавий ахборот воситалари ёзишича, Наманганда 27 ёшли эркак ижтимоий тармоқларда Президент Шавкат Мирзиёевга қарши ҳақоратли сўзларни ёзгани учун 5 йиллик қамоқ жазосига маҳкум этилди.
🔥7👍2
"Chegara bilmas muxbirlar" tashkilotining 2024-yil jahon matbuot erkinligi indeksida O'zbekiston 37,27 ball bilan (100dan) 180 davlat ichidan 148-o'rinni egalladi. Mamlakatda matbuot erkinligi bilan bog'liq vaziyat "juda jiddiy" deb baholangan.
Solishtirish uchun: o'rgan yili bu reytingda O'zbekiston 45,37 ball bilan 137-o'rinni egallagan edi. Ya'ni, bir yil ichida matbuot erkinligi indeksida naq 11 pog'ona pastlaganmiz. "Axborot siyosati"ga mas'ullar o'tgan bir yil ichida juda qattiq ishlashgan, shekilli.
Tashkilotning ta'kidlashicha, O'zbekistonda "rasmiylar ommaviy axborot vositalarini va hukumatga yaqin aloqasi bor blogerlarning katta guruhini qattiq nazorat qilishadi. ... Senzura, kuzatuv va o'z-o'zini senzura qilish keng tarqalgan. ... Rasmiylar ikkilanmasdan iqtisodiy bosim o'tkazish yoki jurnalistlarni sotib olishga harakat qilishadi".
"Milliy kontent" haqida gapirilayotgan bir paytda - erkin bo'lmagan, "juda jiddiy" vaziyatda ishlashga majbur jurnalistika sifatli milliy kontent yarata oladimi? Yoki "milliy kontent" deganda faqat ashula-raqsni hamda "turg'unlik" davri andozasidagi yalang'och propagandani tushunamizmi?

🔥6👍1
"Biz maktab o‘qituvchilari Davlatobod tumanidagi maktablarda "hashar" uchun yig‘imlar boshlanganidan juda ham qayg‘udamiz. ... Endi maktablar direktorlari yoppasiga biz o‘qituvchilarni tazyiq o‘tkazib majburan bir kunlik ish haqimizni hasharga o‘tkazdirmoqda. RayONOdagilar va direktorlarning tili bir va hammasining suyanadigan odamlari bor. Biz oddiy o‘qituvchilarga barcha yukni yuklashadi doim. O‘zi remont va yaqinda soliq to‘lovlarini oldindan to‘lattirganlari etardi. Endi bunisi bizga juda og‘irlik qilyapti".
"Quyidagilar taqiqlanadi:
... pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag‘ ushlab qolish". "Pedagogning maqomi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunidan.
Ushbu qonunning qabul qilinishini pedagoglar uchun "esda qolarli, tarixiy" sana deb atagan Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi nima deydi? Yoki ta'lim tizimini boshqarish bo'yicha asosiy vakolarini turli tashkilotlarga tarqatib bergan vazirlikning talanayotgan o'qituvchilar bilan ishi yo'qmi?

Shokirjonov news
Бизда қачон ўқитувчининг қадри ошади ва таълим сифати юксалади? Ўқитувчиларда эртанги кунга ишонч пайдо бўлади?
Албатта, ўзи хон — кўланкаси майдон феодал ҳокимларнинг югурдагига айланган РайОНОлар тугатилса! Директорлар ота-оналар ва педогик коллектив томонидан…

👍1
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi (matryoshkalarni qarang!) Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasini e'lon qildi. Spetsifikatsiyani ko'zdan kechirib, shaxsan menda "pedagogika yo'nalishi bo'yicha dunyoning 1-o'rinda turadigan universitetida ikki semestr baholashni nima uchun o'rgandim, spetsifikatsiya deb turib shunchaki mavzular ro'yxatini berib qo'yish ham mumkin ekan-da?" degan savol tug'ildi.
Keling, aytim narsalarga oydinlik kiritaylik.
Kasbiy sertifikatlash nima uchun joriy qilinmoqda? O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi 79-sonli farmoni 3-bandida "maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash maqsadida" 2024-yil 1-yanvardan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik kasblariga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan talabgorlarni kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etilishi belgilangan. Demak, farmondan kelib chiqilsa, kasbiy sertifikatlashning maqsadi - pedagogning malakasini tekshirish bo'lishi kerak.
Test spetsifikatsiyasi nima? "Pedagogik va psixologik testlar uchun standartlar"ga ko'ra, test spetsifikatsiyasi - testning maqsadi, baholanadigan domen / konstruktning ta'rifi, test topshiradigan aholi tavsifi va testning qo'llanilishidan kelib chiqib natijalari talqini bo'yicha tavsiyalarni o'z ichiga olgan hujjat. Bu hujjatda domen / konstrukt batafsil tasvirlangan, domen / konstruktning test qamrab oladigan bilim, ko'nikma, kognitiv jarayonlari aniq aks etgan bo'lishi kerak. Shunchaki mavzular ro'yxati va adabiyotlar ro'yxati - bu spetsifikatsiya emas! ("Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi" deb nomlangan tashkilotda ishlaydiganlar bu oddiy narsani tushunishlari kerak, menimcha). Hatto VM qarori bo'yicha beriladigan 50ta test topshirig'i domen / konstruktning qamrab olingan elementlari bo'yicha qanday taqsimlanadi? degan oddiy savolga ham bu "spetsifikatsiya"da javob yo'q.
Endi savol. Markaz e'lon qilgan "spetsifikatsiya" asosida tuzilgan testlar "ta’lim tashkilotlarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash" vazifasini bajara oladimi? Yo'q. Nima uchun?
Sababi oddiy - "spetsifikatsiya" deb nom berilgan, aslida shunchaki har bir fan bo'yicha mavzular va adabiyotlar ro'yxatidan iborat hujjatlarga qaralsa, yana o'qituvchining xotirasi (amaldagi darsliklarda berilgan ma'lumot, qoida, nazariya, formulalarni yodda saqlash qobiliyati) tekshiriladi. Bu testlar o'qituvchining tegishli fan bo'yicha dars bera olish malakasini aniqlab bera olmaydi. Buning ustiga, bu testlar ayrim fanlardan o'qituvchi bilishi kerak bo'lgan muhim sohalarni qamrab olmaydi.
Oddiy misol. Ingliz tilini olaylik. "Spetsifikatsiya"ga ko'ra, o'qituvchi tilshunoslikdan (fonetika, semantika, pragmatika va hokazo) xabari bo'lishi hamda o'qigan matnini tushunishi kerak. "Spetsifikatsiya"dagi adabiyotlar ro'yxatida berilgan va hozirda maktablarda qo'llanilayotgan darsliklar kommunikativ til o'qitish metodikasiga asoslangan, ya'ni o'quvchining nutq ko'nikmalarini (tinglab tushunish, o'qib tushunish, yozish, gapirish) rivojlantirish maqsad qilinadi. Markaz esa na o'qituvchining kommunikativ til o'qitish metodikasidan xabardorligini va na o'zida nutq ko'nikmalari qay darajada rivojlanganini tekshiradi. Faqat tilshunoslikni bilgan va qisman o'qib tushunish ko'nikmasi bor, lekin boshqa nutq ko'nikmalari rivojlanmagan va kommunikativ til o'qitish metodikasidan umuman xabari yo'q o'qituvchi bu darsliklardan foydalanib samarali dars o'ta oladimi?
davomi quyida ...

👍3
... davomi
Yoki ona tili va adabiyotni olaylik. O'qituvchi faqat til tuzilishini (fonetika, leksikologiya, morfemika va hokazo) bilishi va she'r, g'azal, nasriy matnni tushuna olishi kerak. (Darvoqe, Oskar Uayld, Shekspir, Ogahiy, Nodiralar tilshunoslikning morfemika bo'limiga, Chingiz Aytmatov, G'afur G'ulom, Muhammad Yusuflar morfologiyaga kiradimi? deydigan odam yo'q). Ona tili darslarining maqsadi - o'qituvchining nutqini (og'zaki, yozma), turli matnlarni tushuna olish va turli matnlar yarat olish ko'nikmalarini rivojlantirish. Til qurilishini "suv qilib ichvorgan", lekin o'zi tuzuk-quruq insho, esse, tahlil, referat singari matnlar yarata olmaydigan, badiiy matndan boshqa turdagi matnlarni tushunmaydigan o'qituvchi samarali dars o'ta oladimi?
Bir aylanib, butun ta'lim tizimida o'quvchilar-u o'qituvchilarni baholash "missiya"sini bo'yniga olgan Markazga murojaatim: biron-bir vazifani bo'yningizga olsangiz, sifatli, ilmiy yondashgan holda bajaring, yoki umuman bo'yningizga olmang! Baholashga bo'lgan aynan mana shunday ko'r-ko'rona yondashuvlar ham PISAdagi ayanchli natijalarimiz sabablaridan biridir! Sizning o'z vazifangizga bunday yondashuvingiz bilan esa ta'limdagi ahvolimiz o'nglanishi dargumon!

👍9👏1😱1
Mutolaa uchun tavsiya:
"Qurbaqalar" (Mo Yan)
Partiyaning buyurgani, talab qilayotgani shifokor sifatida ichilgan qasamga, asl missiyaga zid kelsa nima boʻladi? Hozir hukumatning aytganini qilishga undayotgan burch ertaga oʻz oʻrnini azoblanayotgan vijdonga boʻshatib bermaydimi?
Xitoylik yozuvchi, "xalq ertaklarini tarix va zamonaviylik bilan bogʻlagan gallyutsinator realizmi uchun" Nobel mukofotini qoʻlga kiritgan Mo Yanning "Qurqabalar" romani - aniqrogʻi, uzun maktublar va pyesadan iborat metaromani - shu haqida. Unda asl vazifasi - yangi hayotni dunyoga keltirish boʻlgan va partiya chaqirigʻiga "labbay" deb minglab tugʻilmagan goʻdaklarni (va baʼzan ularning onalarini ham) nobud qilgan inson taqdiri hikoya qilinadi. Bu ayol taqdiri fonida Xitoyning yaqin tarixidagi ayanchli (va ayrim jihatlari bizga juda-juda tanish boʻlgan) voqealarni koʻrasiz. Asar tilida esa sharqona falsafa, nozik metaforalar va oʻxshatishlarni sezmaslikning iloji yoʻq.

O'zbekiston Milliy Universiteti bitiruvchisi, O'zbekistondagi TED loyihasi faollaridan biri Abdurashid Abdusalomov va do'stlari chorshanba, 8 may kuni Ziyo Forum'da xorijiy universitetlar magistraturasiga kirish - magistratura yo'nalishlari va ularning farqi, hujjat topshirish, o'qishga kirish uchun esse yozish va shu kabi masalar bo'yicha master-klass tashkil qilishmoqda. Qatnashish bepul, faqat oldindan ro'yxatdan o'tish so'raladi. Batafsil ma'lumot havolada.
Telegram
Grad School with Abdurashid
Free Grad School Application Masterclass!
At UChicago, a value I hold dear is community service –– helping people and societies. As part of giving back, I'm hosting a series of free masterclasses to help people on their grad school journey. I'll also be…

🔥7👍6👏2
Sertifikatsiz oʻtmaydigan diplom, "choy damlaydigan jin" va islohotlarga moratoriy. "Ozod Nazar"da bugungi suhbat shu mavzular atrofida boʻldi.
YouTube
OzodNazar: Qadrsiz qadriyatlar; Ta’limni izdan chiqargan islohotlar
Мактаб ўқувчилари тест натижаларини ўз синфдошларига пуллаши нормал ҳолатга айланиб бораётган бир замонда уларнинг ўқитувчилари ҳам тест топширадиган бўлиб турибди.
Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ўтган ҳафтада ўқитувчиларни умумтаълим фанлари бўйича…

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining xabar berishicha, endi davlat grantlari har yili eng yuqori baholarga erishgan talabalar oʻrtasida qayta taqsimlanadi.
Yaʼni, tushunishim boʻyicha, abituriyent testdan yuqori ball toʻplab oʻqishga kirgan yili davlat granti asosida oʻqiydi. Keyingi yillarda uning grant asosida oʻqish-oʻqimasligini OTMda olgan baholari hal qiladi.
Agar oliy taʼlim ichidagi korrupsiya va talabaning rektorat/dekanat/oʻqituvchiga mutlaq qaramligini 4 yilga "mixlab" qoʻyish maqsad qilingan boʻlsa, albatta, bundan yaxshiroq yechim topish mushkul edi, nazarimda.

Edu.uz
⚡️Yana bir yangilik: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi
Yangi tartibga ko‘ra, muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent…

👍18👎4🤯1
Yuqoridagi postga izohlarda yozishmoqda: "Butun dunyoda shunaqa, nimadan norozisiz?"
Toʻgʻri, butun dunyoda boʻlmasa ham, koʻp davlatlarda shunaqa: oliy taʼlim muassasasi har yili eng yaxshi oʻqiydigan talabalarga grant beradi, maxsus "dekan roʻyxati" ("Dean's list") va shunga oʻxshash roʻyxatlar tuziladi va bu roʻyxatlarga kirgan talabalarga qandaydir imtiyozlar beriladi.
Shu oʻrinda bizdagi oliy taʼlim va yuqoridagi tizim ishlaydigan oliy taʼlim oʻrtasida muhim farqlarni koʻrib chiqaylik.
1. Xorijda oliy taʼlim muassasasi - mustaqil tashkilot. Unda akademik va moliyaviy mustaqillik bor. Oliy taʼlim muassasasi nimani va qanday oʻqitishni, qanday baholashni, yuqoridagi kabi roʻyxatlarga talablarni qanday mezonlar asosida kiritishni, bu roʻyxatga kirgan talabalarga grant yoki boshqa imtiyozlarni qaysi manbalardan berishni mustaqil hal qiladi.
Ularda mustaqillik bilan birga javobgarlik ham bor. Universitet jamoatchilikning universitet haqidagi fikri, turli reytinglardagi oʻrni va oliy taʼlim sifatini monitoring qiluvchi tashkilotlar bahosini yuqori qadrlaydi - chunki bu narsalar universitetning kelajagiga taʼsir qiladi. Demakki, universitet uchun haqiqatda iqtidorli talabalarning bunday roʻyxatlarga tushishi va qoʻllab-quvvatlanishi muhim.
Bizdagi davlat oliy taʼlim muassasasida na mustaqillik bor va na javobgarlik. Chunki nodavlat oliy taʼlim hali davlat oliy taʼlimi bilan amalda raqobatlasha oladigan koʻlamga erishgani yoʻq, qolaversa, koʻpchilik uchun qimmat. Demakki, bizdagi oliy taʼlim muassasalariga haqiqatda iqtidorli talabalarni qoʻllab quvvatlashdan haqiqatda manfaatdorligi - bahsli masala.
2. Xorijdagi oliy taʼlim muassasalarida baholash tizimi toʻgʻri yoʻlga qoʻyilgan. Har bir fan boʻyicha baholash tizimi aynan shu fanning maqsadlaridan (learning objectives) kelib chiqib belgilanadi va talabaga berilayotgan topshiriqlarning talaba aynan shu fan boʻyicha egallashi kerak boʻlgan kompetensiyalarni tekshira olishi nazorat qilinadi. Talabaga beriladigan topshiriqlar ham, talabaga qoʻyilgan baholar ham moderatsiyadan (bir necha bosqichli tekshiruvdan) oʻtadi.
Bizdagi oliy taʼlim muassasalarida bu narsalar ishlaydimi? Oʻzimning tajribamdan aytishim mumkin: yoʻq. Bizdagi oraliq va yakuniy nazoratlarda talabaning asosan xotirasi sinaladi, baholar esa talabaning aynan shu fan boʻyicha kompetensiyalari darajasini aks ettirmaydi.
Xorijdan bir narsani "koʻchirayotganda" kontekstni ham hisobga olish kerak emasmi? Qoʻpol qilib aytganda, "koʻk Jiguli"ga Mersedesning bitta boltini koʻchirib qoʻyganingiz bilan Jiguli Mersedes boʻlmaydi. Oldin yuqorida men aytgan ikkita faktorni (hech boʻlmaganda) toʻgʻrilab qoʻyib, keyin talabaning grantda qolish-qolmasligini OTMdagi baholari hal qiladigan tizim joriy qilsa, shunda tizim toʻgʻri ishlashi mumkindir.
Umuman, har qanday tizimda oldin tizimning umumiy faoliyatiga taʼsir qiladigan jihatlari toʻgʻrilanadi. Ayni keysda - taklif qilinayotgan oʻzgarishlar boshqa faktorlar toʻgʻrilanmaguncha nafaqat ijobiy oʻzgarishlar qilishi dargumon, balki salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Oʻsha gap: taʼlimda islohotlarga moratoriy eʼlon qilish kerak.

Jalilov. Qaydlar
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining xabar berishicha, endi davlat grantlari har yili eng yuqori baholarga erishgan talabalar oʻrtasida qayta taqsimlanqdi.
Yaʼni, tushunishim boʻyicha, abituriyent testdan yuqori ball toʻplab oʻqishga kirgan yili…

👏15👍4🤬1