“Men ulardan men bilan suhbatlashgani haqida yozmasliklarini, balki meni ayol va san’atkor sifatida qo‘llab-quvvatlashlarini va himoya qilishlarini so‘radim". Xonanda Lola Yoʻldosheva.
"Oʻzbekkonsert" Lola Yoʻldoshevani (yoki boshqa biror sanʼatkorni) himoya qiladigan tashkilot emas. "Oʻzbekkonsert" “litsenziya talablari yana bir bor eslatadigan" tashkilot. Balkim bu tashkilotning boshqa - ayrimlar aytmoqchi, oʻrtakashlik vazifasi ham bordir, lekin rasmiy vazifasi - "mamlakatimizda konsert-tomosha va gastrol faoliyati borasida yagona davlat siyosatini yuritish", "konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi uchun litsenziyalar berish" va hokazo va hokazo.
Tasavvur qiling: Konstitutsiya boʻyicha demokratik davlat deb eʼlon qilingan, senzura taqiqlangan Oʻzbekistonda rasmiy vazifasi - sanʼatkorga ijod qilish, sanʼat asari yaratish, sanʼatini boshqalarga koʻrsatish uchun litsenziya berish boʻlgan, qolaversa, sanʼatkorga "ramkalar" chizib beradigan tashkilot mavjud. Hatto dahshatli inkvizitsiya hukmron boʻlgan oʻrta asrlarda ham sanʼat davlat tomonidan "tartib"ga solinmagan boʻlsa kerak.
Lola Yoʻldosheva bilan boʻlgan voqeadan keyin "Oʻzbekkonsert"ning nega kerakligi haqida savollar yana oʻrtaga chiqdi. Umuman olganda, nafaqat Oʻzbekkonsert, balki Oʻzbekkino, Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi singari tashkilotlar nima uchun kerak? Ijod, madaniyat, sanʼat - davlat tomonidan tartibga solinishi kerak boʻlgan sohami?
Sobiq SSSRda bunday tashkilotlarning vazifasi - senzura va kooptatsiya boʻlgan. "Ramka"larga, partiya belgilab bergan qoliplarga tushmaydiganlar - taʼqiq va taʼqibda. Partiya chizib bergan yoʻldan ogʻishmayotganlarga - mukofotlar, imtiyozlar, "oddiy xalq"dan koʻra yaxshiroq yashash imkoniyati. Hatto "xalq artisti / yozuvchisi / ...", "xizmat koʻrsatgan artist ..." singari unvonlar ham kooptatsiya, sotib olish, nazorat vositasi boʻlgan. "Abdulla Oripov" filmida Lola Eltoyeva oʻynagan obraz - KPSS funksioneri aytadi-ku: "Biz sizning koʻkragingizga "xalq shoiri" unvonini bekorga taqib qoʻydikmi?"
Mustaqil boʻlganiga, oʻzini demokratik davlat deb eʼlon qilganiga 30 yildan oshgan Oʻzbekistonga bunday sanʼatni, madaniyatni, ijodiy jarayonni nazoratda ushlab turadigan tashkilotlar tugatilishi kerak. Sanʼatkor erkin ijodini qilishi, oʻz sanʼati orqali daromad topsa - soligʻini toʻlashi, mabodo sanʼat asarida qonun bilan taqiqlangan narsalar (masalan, zoʻravonlikka daʼvat, pornografiya va h.z.) aniqlansa - bu masalani sud hal qilishi kerak. Hamma normal davlatlarda shunday. Yoki "demokratiya", "inson huquqlari", "soʻz erkinligi", "ijod erkinligi" - bular shunchaki qogʻozdagi gaplar, xolosmi?

Газета.uz
“Mening ayol va inson sifatidagi huquqlarimga daxl qilindi”. Xonanda Lola — tarmoqlardagi haqoratlar haqida – O‘zbekiston yangiliklari…
Xonanda Lolani internetda haqoratlashdi — ba’zi foydalanuvchilar uning libosida ko‘krak shakli haddan ortiq sezilib turibdi, demoqda.
👍12
Darvoqe.
Ijod erkinligi, ijodkorning totalitar davlat tomonidan yoʻq qilinishi, senzura, yozuvchilar uyushmasi singari tashkilotlarning vazifasi - bular Mixail Bulgakovning shoh romani asosida ishlangan yangi filmda zoʻr ochib berilgan. ("Maʼnaviyati yuksak"larga bu filmni koʻrishni va romanni oʻqishni tavsiya qilmagan boʻlardim - shokka tushishlari ehtimoli yuqori). Birgina Ijodkorning - Ustaning Yozuvchilar uyushmasida "sud" qilinishi sahnasi juda koʻp narsani aytadi.
Filmni koʻrish jarayonida shaxsan men filmdagi Usta obrazida Bulgakovning oʻzini koʻrdim. Har qanday ijod erkinligiga qarshi boʻlgan totalitar davlat qoliplarga tushmagani uchun maʼnan va keyinchalik jismonan yoʻq qilgan sanʼatkor. Bunday sanʼatkorlar Bulgakov yashagan davrdagi va undan keyingi SSSRda koʻp boʻlgan, hozirgi Rossiyada ham bor. (Bekorga bu film Z-propagandachilar qahriga uchramagan boʻlsa kerak).
Oʻzini demokratik deb eʼlon qilgan Oʻzbekistonda ijodni, sanʼatni qolipga soladigan tashkilotlar boʻlmasligi kerak.

👍7
"Monstr"ning qaytishi yoxud "ma'muriy islohotlar"ning yangi bosqichi?
Ta'lim sohasida ishlaydiganlar eslasa kerak, bir necha yillar oldin DTM faqat abituriyentlarni testdan o'tkazadigan tashkilot emas edi. DTM akkreditatsiya, attestatsiya, nodavlat ta'lim tashkilotlari litsenziyasi, nostrifikatsiya, apostil singari juda ko'p masalalar bilan shug'ullanadigan ulkan "monstr" edi. Keyinchalik Prezident qarori asosida Ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspeksiyasi tashkil etilgan va ta'lim sifati nazorati bilan bog'liq masalalar (attestatsiya, akkreditatsiya, nostrifikatsiya) hamda litsenziya masalalari inspeksiyaga berilgan edi. DTMda faqat test sinovlarini tashkil etish va o'tkazish bilan bog'liq funksiyalar qolgan edi.
2023-yilgi "ma'muriy islohotlar" deb atalgan "va-va-vazirliklar" tuzish hamda har xil qo'mita-yu agentliklarni "matryoshka" singari singari bu vazirliklar ichiga yashirish jarayonida inspeksiya tugatilgan, uning vazifalari MMTV va OTFIV orasida taqsimlangan edi. DTM esa "Bilim va ko'nikmalarni baholash agentligi" sifatida OTFIV tarkiribiga kiritilgan edi.
Xabar berishlaricha, endi "bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash sohasida davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, ta’lim tashkilotlarida baholash bo‘yicha yagona yondashuvni ta’minlash, ta’lim sifatini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirgan holda ta’lim tashkilotlarining xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallashlari uchun imkoniyat yaratish hamda tayyorlanayotgan kadrlarning milliy va xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini oshirish" maqsadida DTM - Bilimlarni baholash agentligi negizida O’zbekiston Respublikasi Ta’limni baholash agentligini tashkil etish taklif qilinmoqda. Agentlikka oldingi inspeksiya va DTMning hamma vakolatlari (test sinovlarini, shu jumladan, milliy sertifikat testlarini o'tkazish, ta’lim tashkilotlari va ta’lim dasturlarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish, pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish bo‘yicha malaka imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish, yuridik shaxslarga bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash sohasida xizmat ko‘rsatish hamda nodavlat ta’lim tashkilotlariga ta’lim faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha litsenziya berish, xorijiy davlatlarning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish hamda ta’lim va fan sohasi tashkilotlaridan beriladigan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish, ta’lim tashkilotlarining reytingini yuritish) qaytariladi, shuningdek, ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog xodimlarining pedagogik o‘lchovlar bo‘yicha malakasini oshirish vazifasi ham beriladi. Ya'ni, juda katta vakolatlarga "eski-yangi monstr" yaratiladi.
Test sinovlarini o'tkazish va ta'lim sifatini nazorat qilish - har xil funksiyalar va jarayonlar. Xalqaro tajribalarda bu ikkita har xil funksiya bitta organga berilganimi shaxsan men bilmayman. Bir marta bunday xatoni qilib ko'rganmiz, aqllilar odatda o'z xatolaridan xulosa chiqaradilar va xatolarini takrorlamaydilar.

Kun.uz
Ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspeksiyasi tashkil etildi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
🤯4
Yangi O'zbekiston an'analariga muvofiq, "eski - yangi monstr" - Ta’limni baholash agentligi ham "matryoshkasifat" bo'lishi taklif etilmoqda. Uning tarkibida:
- “Tillarni baholash markazi” MCHJ bo'ladi. Qaror loyihasida agentlik respublika ijro etuvchi hokimiyat organi maqomiga ega bo‘lishi qayd etilgan. Qolaversa, loyihada agentlik "bilim, ko‘nikma va malakalarni baholashni bosqichma-bosqich xususiy sektorga o‘tkazishni ta’minlash maqsadida" baholash sohasida xizmat ko‘rsatish faoliyati uchun yuridik shaxslarga litsenziya berish vakolatiga ega bo'lishi qayd etilgan. “Tillarni baholash markazi” MCHJ esa chet tillar bilimini baholash orqali pul ishlaydigan strukura. Agentlik shunda o'zi shugʻullanadigan faoliyatga litsenziya ham beradimi, ya'ni o'ziga raqobatchilar yaratadimi? Mantiq xijolat.
- “Pedagogik o‘lchovlarni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi bo'ladi. Pedagogik o'lchovlar - ilmiy soha va ilmiy soha bilan ilmiy muassasalar shug'ullanishi kerak, hokimiyat organi emas.

Telegram
Jalilov. Qaydlar
Oldingi postga illyustratsiya.
👍6
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organi maqomiga ega bo‘lishi kutilayotgan, yuridik shaxslarga bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash sohasida xizmat ko‘rsatish
bo‘yicha litsenziya berish vakolatiga ega bo'ladigan Ta’limni baholash agentligining tarkibida “Tillarni baholash markazi” MCHJ bo'lishi, umuman, agentlikning o'zi bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash bilan shug'ullanishi nafaqat mantiqqa, balki qonunga ham zid.
Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar ushbu vakolatli organlar tomonidan litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshiradigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni tashkil etishga yoki ularning faoliyatida muassislar, aksiyadorlar yoxud ishtirokchilar sifatida ishtirok etishga haqli emas, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno. "Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida"gi Qonunning 14-moddasidan.
Prezident qarori - qonun emas, qonun osti hujjati bo'lib, "Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida"gi Qonunga muvofiq, o‘ziga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga - qonunlarga zid bo'lishi mumkin emas.
Qarorlar loyihalarini yozadiganlar bu loyihalarning nafaqat oddiy mantiqqa, balki amaldagi qonunlarga ham mosligini tahlil qilishadimi o'zi?

Ta'lim sohasida ishlaydiganlar eslasa kerak, bir necha yillar oldin DTM faqat abituriyentlarni testdan o'tkazadigan tashkilot emas edi. DTM akkreditatsiya, attestatsiya, nodavlat ta'lim…

👍6😢3
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri va sobiq bosh vaziri lord Devid Kemeron O‘zbekistonga tashrifi oldidan o‘z maqolasida hamkorlikni yangi darajaga ko‘taradigan uchta ustuvor yo‘nalishlar haqida yozdi. Shu uch ustivor yo'nalishlardan biri - ta'lim.
"Biz bu yerda yanada ko‘proq insonlar Buyuk Britaniyaning jahon miqyosida tan olingan universitetlaridagi ta’lim bilan shaxsan tanishishlari uchun Chevening stipendiyalarini moliyalashtirishni ikki baravar oshirmoqdamiz. Shu bilan birga, mintaqaning o‘zida ham imkoniyatlarni qo‘llab-quvvatlayapmiz.
Bugungi kunda O‘zbekistonning turli OTMlarida Britaniyaning o‘nta ta’lim muassasi Buyuk Britaniya diplomlarini taqdim qilmoqda. Koventri universiteti Ostonada yangi kampus ochishga va Belfastdagi Qirolicha universiteti esa yangi ikki darajali ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yishga qaror qildi. “British Council”, “Pearson” va “Cambridge Education” kabi guruhlar ingliz tilini o‘qitish standartlarini ko‘tarishga yordam bermoqda — bunday loyihalar, masalan, ingliz tilini ikkinchi rasmiy til darajasiga ko‘tarish qaroriga kelgan Mo‘g‘ulistonda muhim ahamiyatga egadir.
Bizning maqsadimiz barcha fuqarolar, jumladan, ayollar va qizlar uchun ta’lim sifatini oshirishdir. Bu ularning salohiyatini to‘liq ochish, shu orqali jamiyatingizning to‘liq salohiyatini amalda qo‘llash uchun juda muhimdir", deysi Kemeron.
P.S. Chevening - zo'r dastur. Topshiringlar, g'olib bo'linglar, Britaniyaning (va dunyoning) eng zo'r universitetlarida o'qinglar.

Devid Kemeron kolonkasi: “Oldimizda katta imkoniyatlar turibdi. Biz ulardan birgalikda foydalanishimiz kerak”
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri va sobiq bosh vaziri lord Devid Kemeron O‘zbekistonga tashrifi oldidan o‘z maqolasida hamkorlikni yangi darajaga ko‘taradigan uchta ustuvor yo‘nalishlar haqida yozadi.
👍18
Kimyo-biologiyaga qiziqadigan o'quvchiga fizika-matematika kerak, lekin fizika-matematikaga qiziqadiganiga kimyo-bilologiya kerak emas...mi?
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta'lim markazi 2024/25 o'quv yili uchun o'quv rejalarini e'lon qildi. Unda kutilgan o'zgarishlardan tashqari (2-sinfga informatika, 5-sinfga tabiiy fanlar kiritilishi), qiziq va savollar tug'diradigan jihatlar ham bor.
Demak, tushunishim bo'yicha, kelayotgan o'quv yilida 10-11 sinflarda bir necha xil o'quv reja amal qiladi:
- tayanch o'quv rejasi (hamma umumta'lim fanlari odatdagi tartibda o'qiliadi);
- tanlov fanlari joriy etiladigan sinflar uchun o'quv rejalari (matematika-fizika, kimyo-biologiya, ona tili adabiyot - chet tili, matematika - chet tili yo'nalishlari);
- xorijiy tillar yo'nalishidagi sinflar uchun o'quv rejasi (ikkinchi, aniqrog'i, uchinchi xorijiy til qo'shiladi);
- biznes va kasb-hunarga oʻqitish yoʻnalishi joriy etiladigan sinflar uchun o'quv rejalari.
Mana shu yerda qiziq narsalar va savollar boshlanadi.
- Tanlov fanlari joriy etiladigan sinflarning hech qaysi yo'nalishida (kimyo va biologiya yo'nalishidan tashqari) kimyo va biologiya o'qitilmaydi. Misol uchun, kimyo-biologiyani tanlagan bola fizikani o'qiydi, lekin fizikani tanlagan bola kimyo-biologiyani o'qimaydi. Ya'ni, vazirlikning fikricha, matematikaga yoki fizikaga yoki til va adabiyotga qiziqqan bola uchun kimyo va biologiya keraksiz fanmi? Ya'ni, bu bolalar faqat yuqori sinflarda o'tiladigan (va maktabda o'rganmasa, katta ehtimol bilan boshqa hech qayerda o'rganmaydigan) genetika, hayotning umumiy qonunyatlari, organik birikmalar, uglevodorodlar (misol uchun) haqida hech qanday tasavvurga ega bo'lmasdan turib maktabni bitirib ketaversa ham bo'ladimi?
- Tanlov fanlari joriy etiladigan sinflarning hech qaysi yo'nalishida, shuningdek, xorijiy tillar yo'nalishidagi sinflarda informatika o'qitilmaydi. Ya'ni, vazirlikning fikricha, XXI asrda - axborot texnologiyalari va sun'iy intellekt davrida informatika keraksiz fan shekilli?
- Tanlov fanlari joriy etiladigan sinflarning hech qaysi yo'nalishida, shuningdek, xorijiy tillar yo'nalishidagi sinflarda jismoniy tarbiya yo'q. (Shu bahonada maktab sport zallaridan voz kechvorilsa bo'lar balki, nima dedingiz?)
- Biznes va kasb-hunarga oʻqitish yoʻnalishi joriy etiladigan sinflarda geografiya o'qitilmaydi. Qiziq, nega bu yo'nalishda aynan geografiya qurbon qilindi, boshqa fan emas?
- Xorijiy tillar yo'nalishidagi sinflarda ikkinchi (aslida uchinchi, chunki rus tili ham bor) xorijiy tilni jami 136 soat hajmida o'qitib nimaga erishmoqchimiz? Tilni umuman bilmaydigan bolani bu vaqt ichida 0dan A1 (boshlang'ich) darajaga olib chiqish mumkindir, lekin bu bizga nima beradi?
Qolaversa, boshqa, jiddiyroq savollar ham bor.
- Tanlov fanlariga juda ko'p soat berilmoqda (masalan, matematika - haftasiga 10 soat, ona tili va adabiyot - 9 soat, fizika - 5 soat va hokazo). Ushbu qo‘shimcha soatlar hisobiga qanday bilim, ko‘nikma, malakalаrni shakllantirish kutilmoqda? Tanlov fanlari qaysi dastur va darsliklar bo‘yicha o‘qitiladi? Yoki qo'shimcha soatlar o'quvchilardan DTM testlarini yechadigan robotlar "yasash"ga sarflanadimi? (Bu savollarni oldin ham bergandim, javob berilganini ko'rmadim).
- Biznes va kasb-hunarga oʻqitish yoʻnalishining kasb-hunar maktablaridan nima farqi bor? Tasdiqlangan kasblarni (65ta) maktabda o'qitish uchun shart-sharoit (mutaxassislar, laboratoriyalar va hokazo) bormi? 216 soatda bu kasblarni o'rgatish mumkinmi, ya'ni bu kasblar uchun kerakli bilim va ko'nikmalar hajmi va ajratilgan soatlar mutanosibligi tahlil qilinganmi? Turli darajadagi bilim va malaka talab qiladigan kasblarga (masalan, tukunasoz va logistika operatori, kassir va SMMchi, g'ish teruvchi va C++ dasturchisi) bir xil soat hajmida o'qitib bo'ladimi?
(davomi quyida)

👍3👏1
... davomi
- Prezident qarorida “Biznes va kasb-hunarga o‘qitish” yo‘nalishi doirasida o‘quvchilar Milliy malakalar ramkasining 2-darajasiga mos bo‘lgan kasblarga o‘qitilishi belgilangan. Milliy makalar ramkasida 2-daraja - bu standart va oddiy vazifalarni oddiy qoidalar va instrumentlar orqali bajarish, yo‘riqnoma bo‘yicha harakat qilish usulini tanlay olish ko'nikmasini talab qiladigan kasblar degani. “Biznes va kasb-hunarga o‘qitish” yo‘nalishi uchun tasdiqlangan kasblarning hammasi ham (masalan, logistika operatori, kopirayter, dasturchi singari kasblar) 2-darajaga mos keladi deb o'ylaysizmi?
Xullas, savollar ko'p. Javob berguvchi, odatdagidek, yo'q. Ta'limda "ura-ura"chilik va tushunarsiz tajribalar esa davom etadi.

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
Endilikda 2-sinfda “Informatika”, 5-sinfda esa “Science” fani o‘qitiladi
2-sinflarda haftasiga 1 soatdan “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qitiladi. O‘tgan yili mazkur fan 1-sinf o‘quvchilari uchun joriy qilingandi.
1-2-sinflarda “Informatika…

😱2👍1
👍1
"Bizning qudratimizga shubha qilsang, biz ochgan MCHJlarga boq". Amir Havoiy.
🤯19👍1
Oʻzbek xalqini oʻylaydiganlar jimmi? Yoki oʻzbek xalqining boyliklari "туда-сюда" boʻlishi haqidagi serialning navbatdagi qismini koʻrishmadimi hali?
🔥7😢5
Bir yoqda suyguling ko‘zingdan g‘oyib,
Bir yoqda vataning g‘arlarga talosh.
Bir yoqda anduhing bormoqda boyib,
Bir yoqda qaroqqa to‘lqin urar yosh.
Bir yoqda shimolga surgun yigitlar,
Bir yoqda juvonlar jamiyatga qul.
Bir yoqda yalog‘i tillodan itlar,
Bir yoqda tanglayi teshilgan bulbul.
Bir yoqda Orolday sho‘rlagan manglay,
Bir yoqda adashgan yo‘lchiday avom.
Bir yoqda yolg‘onni aytishar chinday,
Bir yoqda aldanish etadi davom.
Bir yoqda qullikni tusar keksalar,
Bir yoqda yoshanglar farqi yo‘q har yoq.
Bir yoqda kelajak hissiz ingranar,
Bir yoqda qabrlar hayqirar uzoq...
Najmiddin Ermatov

😢19🔥8😱2👍1👏1
Ayrim manbalar (masalan, 1, 2) Rossiya oʻz tarkibidagi "Donetsk xalq respublikasi" deb ataydigan va xalqaro normalar boʻyicha butun dunyo Ukrainaning Donetsk viloyati deb hisoblaydigan hududning boshligʻi Oʻzbekistonga tashrif buyurgani haqida xabar bermoqda.
2022-yilda Oʻzbekistonning oʻsha paytdagi tashqi ishlar vaziri Senatdagi chiqishida O‘zbekiston Respublikasi Ukrainaning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan olishini, Lugansk va Donetsk xalq respublikalarini tan olmaganligini aytgan edi.
Oʻshandan keyin Oʻzbekistonning pozitsiyasi oʻzgardimi? Biz LXR va DXR deb atalgan hududlar Rossiya tarkibiga kirishini tan oldikmi? Umuman, xalqaro huquq normalariga Oʻzbekistonning munosabati qanday? Bu haqida ochiqroq bayonotlar berilsa yaxshi boʻlardi.
Shunchaki maʼlumot oʻrnida. Qozogʻiston prezidenti Sankt-Peterburgdagi forumda uning davlati DXR va LXR "kvazi-davlatlar"ini tan olmasligini aytgan edi. Qozogʻiston prezidenti administratsiyasi rahbari oʻrinbosari ham "Biz Qrimdagi vaziyatni ham, Donbasdagi vaziyatni ham tan olmadik va tan olmaymiz, chunki Birlashgan Millatlar Tashkiloti ularni tan olmaydi", degan edi.

Мариуполь сейчас 🇷🇺
🤷♂️ Визит Главы Республики в Узбекистан: чем эта поездка важна для развития «Азовстали»?
На площади в 29 гектаров расположено всё для старта бизнеса: преимущества свободной экономической зоны, инфраструктура и сырьевые базы.
Опыт дружественного государства…

🤬57👍5🤔3🔥1🤯1
Poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov Abdulla Qodiriy va Do‘stlik bog‘lari ijaraga berilishini izohlar ekan, “Bog‘ning menejeri davlat bo‘lishi noto‘g‘ri. Butun dunyoda shunaqa”, debdi. Balki Milliy bogʻning 49 yilga ijaraga berilib, butaforiyaga aylantirilib, keyin sotib yuborilishi "silliqqina oʻtgani" saylanmagan hokimga tinchlik bermayotgandir?
Endi hokimning aytganini fact-checking qilib koʻraylik. Masalan, har qarich yeri "tillo"dan boʻlgan Nyu-Yorkning, boʻlib ham eng qimmat rayoni Manhettenning markazida joylashgan har qanday attraksionlar-u shovqin-surondan xoli Markaziy bogʻini olaylik.
Internetdagi maʼlumotlarga qaraganda, Markaziy bogʻ Nyu-York shahar Parklar va istirohat departamentiga qarashli (manba: 1, 2). Park "Central Park Conservancy" notijorat tashkiloti tomonidan parvarishlanadi. Bu tashkilotning asosiy missiyasi - parkni tinch va osoyishta joy sifatida asrash.
BBC Oʻzbek xizmati jurnalisti Ibrat Safo Londonning qoq markazidagi Hayd Park haqida yozmoqda. Uning yozishicha, park hukumat qoʻlida, uni asrab avaylash esa Royal Parks xayriya tashkiloti qoʻlida.
Umuman, davlatning asosiy vazifalaridan biri - ijtimoiy neʼmat yaratish. Xalq mulkini tijorat maqsadida sotib tugatish emas. Muntazam dunyoning eng havosi roʻyxatiga kiradigan Toshkent aholisi uchun tinch, osoyishta parklar - nafaqat ijtimoiy neʼmat, balki hayotiy zarurat hamdir. Agar soliq toʻlovchilar toʻlayotgan soliqlar bu zaruratni taʼminlash uchun yetmayotgan boʻlsa, boshqa xarajatlardan iqtisod qilish mumkin. Masalan, hech kim saylamagan va hech qanday ijtimoiy neʼmat yaratmayotgan hokimlar va ularning yordamchi-yu oʻrinbosar-u kotibalarini qisqartirish mumkin. Ishonaman, byudjetga yaxshigina iqtisod boʻladi.

“Bog‘ning menejeri davlat bo‘lishi noto‘g‘ri. Butun dunyoda shunaqa” — Toshkent hokimi (video) – O‘zbekiston yangiliklari – Gazeta.uz
Toshkent shahri hokimi 'Gazeta.uz'ga Qodiriy va Do‘stlik bog‘larining ijaraga berilishini izohlar ekan, bog‘larga davlat menejer bo‘lmasligi kerakligini aytdi. 'Butun dunyoda shunaqa', — dedi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, yashil hududning kvadrat metrini saqlash…
👍36👎5🤬2
Madaniyat vazirligi 2024−2025-yillarda The Voice of Uzbekistan (“Ovoz”) teleloyihasi uchun salkam 2 mlrd so‘m ajratishi haqida xabar berilgan edi. Mablag‘ teleloyiha ishtirokchilarining ustozlari (3 kishi), badiiy rahbar (1), musiqa direktori (1), teleloyihada ishtirok etadigan sozandalarga (6) 6 oylik gonorar to‘lash uchun ishlatiladi.
Shu oʻrinda ikkita savol tugʻiladi.
1. "Ovoz" "Zoʻr TV"da namoyish etilmoqda. "Zoʻr TV" - sobiq Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevga aloqador xususiy telekanal. Nega xususiy telekanal loyihasi xarajatlarini vazirlik, yaʼni soliq toʻlovchilar koʻtarishi kerak?
2. "Ovoz" loyihasi murabbiylari kreslosida, adashmasam, vazir Ozodbek Nazarbekovni ham koʻrish mumkin. Vazir oʻzlariga ham davlat hisobidan gonorar ajratganlarmi shunda? Qonun bilan belgilangan manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik majburiyati ... madaniyat vaziriga taalluqli emasmi?

😱21🔥6👎4👍3