🤯10🤔1
Freedom House tashkilotining "O'tish davri mamlakatlari" deb nomlangan 2024-yilgi hisobotiga ko'ra, O'zbekiston 1,3 demokratiya balli (bunda minimal ball - 1, maksimal ball - 7) va 3% demokratiya foizi bilan konsolidatsiyalashgan avtoritar mamlakatlar qatoridan joy oldi. O'zbekistonning ko'rsatkichlari o'tgan yilga nisbatan pasaydi (1,21dan 1,18ga) va 7 ko'rsatkichdan ikkitasi bo'yicha minimal - 1 ballni qo'lga kiritdi.
🤯9👍4🔥1
Agar barcha telekanallarda har kuni bir xil mavzuda tok-shoularni efirga uzatish - axborot siyosatiga masʼul(lar) muhokama qilgan "milliy kontent yaratish yoʻlidagi muammolarga yechim topish yoʻllari"dan biri boʻlsa, bu samarasiz yechim.
Birinchidan, bunday "yechim" "mustaqil", "nodavlat" deyilayotgan telekanallarning efirga olib chiqiladigan mavzularni tanlashda mustaqil emasligi, davlat amaldor(lar)i "qosh-qovogʻi"ga qarashi kerakligi haqida ochiq signal beradi.
Ikkinchidan, tomoshabin ayni bir paytda har xil telekanallardan ayni bir mavzudagi tok-shoularni koʻrmaydi. Demak, mavzu yuzasidan turli fikrlar va nuqtayi nazarlarni (ular bor boʻlsa, albatta) kuzata olmaydi.
Umuman, kuchli, tomoshabinni qiziqtiradigan, jalb qiladigan, ishontiradigan "milliy kontent" yaratishning yagona yoʻli - soʻz erkinligini taʼminlash, "partiyaning yoʻl koʻrsatuvchi va yoʻl boshlovchi roli"dan voz kechish. Bu esa "axborot siyosatiga masʼul" lavozimlardan ham voz kechilishini taqozo qiladi.
IMHO.

Telegram
Jalilov. Qaydlar
Oʻtgan haftaning qaysidir kuni (deyarli) hamma telekanallarda bir kunda va qariyb bir vaqtda taʼlim, oʻqituvchilar haqida "tok shou"lar efirga uzatilganida "tasodifdir, taʼlim qaynoq mavzu" deb oʻylagan edim. Lekin bugun (deyarli) hamma telekanallar - davlatnikidan…
👍10🔥4
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro (!) baholash markazi oʻqituvchilar attestatsiyasi uchun tuzgan mazkur "ajoyib" test topshiriqlarini tahlil qilib koʻramiz.
Loyiha ishi taqdimotini oʻqituvchi nima uchun maqtaganligi haqidagi savol. Berilgan vaziyatdan koʻrinib turibdiki, oʻqituvchi loyiha ishi haqida feedback bergan: uning kamchilik va yutuqlarini (yaxshi bajarilgani, mavzu dolzarbligi) sanagan. Feedback baholash jarayonining (ayniqsa formativ baholashning) muhim bir qismi boʻlib, qiziqtirish (motivatsiya), taʼlimiy natijalar (yutuqlar) tahlili, qoʻyilgan (berilgan) bahoni asoslab berish singari turli maqsadlarda ishlatilishi mumkin. Demak, berilgan javob variantlaridan kamida uchtasi toʻgʻri.
Oʻquvchilar oʻzini yomon tutganda nima qilish kerakligi haqidagi savol. Oʻquvchilarning darsda xulq-atvor qoidalarini buzishlari (misbehaviour) sabablari turlicha boʻlishi mumkin va bu muammoni hal qilish strategiyalari ham turlicha boʻlishi mumkin. Tartib-intizom qoidalarini oʻrnatish yoki zerikishning (darsdagi yomon xulq-atvorning keng tarqalgan sabablaridan biri aynan zerikish) oldini olish maqsadida dars jarayonida faoliyat turlarini oʻzgartirib turish, oʻquvchilarni qiziqtiruvchi maʼlumotlar, taʼlimiy oʻyinlar va hokazolar bilan diqqatini jalb qilish shunday strategiyalar sirasiga kiradi. Faqat darsni shu holatda davom ettirish tavsiya qilinmaydi, chunki dars vaqti zoye ketadi. Demak, 2 raqami qatnashmagan barcha javob variantlari toʻgʻri.
Boshlovchilik qilish yuzasidan tortishib qolgan oʻquvchilar haqidagi savol. Bunday vaziyatda oʻqituvchi har ikkala oʻquvchiga ham alohida vazifa berishi, qoʻshimcha vazifa (masalan, sheʼriy musobaqa) orqali boshlovchilikka "eng munosib"ini tanlashi, agar oʻquvchilardan birini bu vazifani yaxshiroq uddalaydi deb hisoblasa, tanlovini tushuntirib berishi va nihoyat, har ikkalasini ham chetlatib, boshqa oʻquvchiga bu vazifani topshirishi mumkin. Berilgan javob variantlarining barchasi toʻgʻri.
Koʻrgazmali materiallar haqidagi savol. Bu savolga toʻgʻri javob berish uchun test tuzuvchi nima demoqchi boʻlganini tushunish kerak - aks holda nega qaysidir javob varianti toʻgʻri-yu qolganlari notoʻgʻri ekanligini tushunish imkonsiz.
Postga test topshiriqlarini tuzgan markaz vakili quyidagicha izoh qoldirgan:
бу саволлар Тавсия этилган адабиётлардаги вазиятлардан олинган. Халкаро тажрибадаги вазиятлар хам урганилган. Осмондан келиб колмаган
Iroda Baxtiyarovna, bu vaziyatlar qaysi adabiyotdan yoki "xalqaro tajriba"dan olinganini bilmadim-ku, lekin bunday test topshiriqlari bilan pedagogik mahoratni baholab boʻlmaydi, sababi - bu test topshiriqlaringiz turli sabablarga koʻra (toʻgʻri javobning yoʻqligi yoki bir necha toʻgʻri javobning mavjudligi, javob variantlarining bahstalabligi, test tuzuvchi nimani nazarda tutganini tushunish imkonsizligi imkonsizligi va hokazo) validlik talablariga javob bermaydi. Oʻylaymanki, attestatsiya uchun tuzilgan "ajoyib" savollar bazasi shu bilan tugamaydi - hali bundan-da "ajoyib" savollar chiqib qolishi ehtimoli yuqori.
Endi bu savollarni (test topshiriqlarini) tuzgan markazga savollar:
1. Markazingiz oʻqituvchilarning malaka toifasiga loyiq yoki noloyiqligini hal qilish uchun tuzilgan bunday "ajoyib" test topshiriqlarini aprobatsiyadan oʻtkazganmi? Agar "ha" boʻlsa, aprobatsiya natijalarini eʼlon qila olasizmi? Agar "yoʻq" boʻlsa, qanday qilib oʻqituvchilarni sifati empirik yoʻl bilan isbotlanmagan test topshiriqlari asosida baholamoqchisiz?
2. Yuqoridagiga oʻxshagan test topshiriqlaridan qanday maqsad koʻzlangan? Pedagogik mahoratni yoki pedagogik kompetensiyani shunday topshiriqlar yordamida baholab boʻladi deb oʻylaysizmi?

👍34
“Another important thing the government needs is a plan, a strategy, carefully designed to make clear what and how we want to achieve in the long and medium terms. Currently, public education has become a large experiment site or a place of constant reforms: ministers responsible for education keep changing, and the first thing a new minister does is to reject everything the previous one has initiated, and start everything fresh. Goals keep changing, curricula keep changing, approaches to teacher appraisal keep changing, with no analysis or research behind. But education is not a sphere where you can keep experimenting, because you will be playing with the future of hundreds of thousands of kinds and eventually, with the future of the nation.”
https://thediplomat.com/2024/04/uzbekistans-educational-challenge-scaling-up-for-a-booming-population/

Thediplomat
Uzbekistan’s Educational Challenge: Scaling up for a Booming Population
Can Uzbekistan’s education system accommodate the growing number of students amid rapid population growth?
👍9👏1
Shaxsiyda repetitor, (tushunishimcha) tarix bo'yicha mutaxassis Jalol Boltayevdan quyidagi mazmundagi savol keldi:
... 7-aprelda tarix fanidan “Milliy sertifikat” imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Unda qatnashganlarning aksariyati norozi kayfiyatda. Asosiy norozilik esa “tavsiya etilgan darsliklar” ro‘yxatidagi darsliklardan boshqa darsliklar asosida bir nechta savollarning qo‘llanishiga qaratilyapti. Ya’ni imtihonda “eski” kollej darsliklari (“Usmonov”, “Lafasov”)lardan ham testlar qo‘llangan. Bugun bitta kanalda audiochat o‘tkazildi. Unda men: “testologiya qonuniyatlariga ko‘ra, imtihonlar muayyan darsliklar bilan cheklanmaydi, o‘quv dasturlari va standartlari* asosidagi istalgan adabiyotdan foydalanish mumkin. Asosiy e’tiroz testning sifatiga qaratilishi kerak, ya’ni savollar siz o‘quv dasturi doirasidagi xoh 10-sinf “Jahon tarixi”ni, xoh “Lafasov”ni (amaldagi 10-sinf “jahon tarixi” darsligi davrini qamrab olgan) o‘qing, fikrlab, mulohaza yuritib, tarixiy vaziyatni, ma’lumotlarni analiz qilib, javob bera olish imkoniyati bo‘lgan holda tuzilishi kerak, testlar talabgorning faqatgina xotirasini sinamasligi kerak. E’tiroz bo‘lsa, shunga qaratilishi kerak”, deb aytib o‘tdim. Buni ko‘pchilik qabul qilmayapti. “Tarix fani matematika, ingliz tili emas. Tarix fanidan tuziladigan testlarning aniq darsliklari ro‘yxati bo‘lishi kerak”, deyishyapti. Bu masalaga fikringiz qanday? Tarixda shunday bo‘lishi kerakmi? Xalqaro tajribada, aynan tarix fani doirasida bu vaziyat qanday?
Qiziq savol. Darhaqiqat, bizda abituriyentlar asosan fanlarni kelgusi hayotida kerak bo'ladigan kompetensiyalarni rivojlantirish uchun emas, darsliklarda berilgan ma'lumotlarni, formulalarni, qoidalarni yodlash uchun o'qishadi. Buning sababi - DTM (hozirgi Bilimlarni baholash agentligi) testlari asosan xotirani tekshirishga qaratilganligidir. Masalan, agentlik rasmiy saytida berilgan tarix fanidan majburiy blok uchun, mutaxassislik bloki uchun yoki milliy sertifikat uchun test topshiriqlari namunalarini ko'rsangiz, savollar hammasi kim? nima? qachon? qayer? qaysi? tipidagi, ya'ni konkret ma'lumotni eslashni talab qiluvchi, yoki ma'lumotlarning to'g'ri-noto'g'ri ekanligini topishni, voqealar xronologiyasini to'g'ri topishni, berilgan ma'lumotlar kim (nima) haqidaligini topishni talab qiluvchi savollar ekanligini ko'rish mumkin. Bunday savollarga javob berish uchun fikrlash, mushohada yuritish, tahlil qilish, baho berish singari yuqori darajadagi kognitiv ko'nikmalarni ishga solish shart emas.
Xalqaro tajribada maktab bitiruvchisining tarix bo'yicha bilimi qanday baholanadi? Ikkita davlatda (Britaniya va AQSH) maktab bitiruvchilari topshiradigan imtihon misolida ko'rib chiqamiz.
Cambridge A-Level tarix imtihoni 4 qismdan iborat:
1-qism: test topshiruvchi berilgan tarixiy manbalarni o'qib, shu manbalar asosida ikkita savolga javob yozadi. Masalan, 1-jahon urushi paytidagi Rossiyadagi vaziyatni tasvirlovchi manbalar (karikatura, imperatritsaning imperatorga yozgan xatidan parcha, Dumadagi nutqdan parcha, rasmiy hisobotdan parcha) berilgan. Ushbu manbalar asosida quyidagi ikki savolga javob berish kerak: A va B manbalarning imperatorning hokimiyati haqidagi fikrlari qay darajada bir-biriga yaqin? Rossiyada chor hukumatidan norozilik kuchayishiga imperatritsa aybdor, degan fikrga berilgan manbalar qay darajada qo'shiladi?
2-qism: test topshiruvchi qaysidir tarixiy davr va davlat haqidagi umumiy bilimlarini tekshirishga qaratilgan ikkita savolga javob yozadi. Masalan, Fransiya, 1774-1814. Nega General Shtatlar Fransiya ro'baro' kelgan muammolarni yecha olmadi? Napoleon Birinchi konsul bo'lganida qay darajada Inqilob tamoyillariga amal qildi?
3-qism: test topshiruvchi berilgan matnni (tarixchining qaysidir tarixiy hodisa haqidagi fikri) o'qib, hodisaning tarixchi tomonidan qanday talqin qilingani haqida yozishi kerak.
Davomi quyida

👍11
... davomi
4-qism: test topshiruvchi qaysidir tarixiy hodisa / davrni chuqurroq tahlil qilish, baho berishga qaratilgan ikkita savolga javob yozadi. Masalan, ikkita jahon urushi oralig'ida Yevropa. Mussolini diktaturasi o'rnatilishida terrorning roliga baho bering. Kollektivlashtirishning SSSR aholisiga ta'siriga baho bering.
Barcha savollar ochiq savollar (ya'ni test topshiruvchi javobni o'zi yozishi kerak). Imtihonga tayyorlanish uchun qaysi darslik(lar)dan foydalanishning ahamiyati yo'q.
College Board AP tarix imtihoni 2 qismdan iborat:
1-qism: 55ta yopiq test topshirig'i va 3ta qisqa javobni talab qiluvchi ochiq test topshirig'i - berilgan tarixiy manbani (hujjat, rasm va h.z.) tahlil qilishga qaratilgan testlar. Masalan, mazkur hujjatning (Britaniya parlamenti 1766-yilda qabul qilgan qonundan parcha berilgan) qabul qilinishiga nima sabab bo'lgan? Berilgan parchadagi xatti-harakatlar nimaga olib keldi?
2-qism: tarixiy voqea-hodisalarni solishtirish, tahlil qilish, sabab-oqibatlarni aniqlash so'ralgan ikkita ochiq savolga javob yozish talab qilinadi. Bu ikki savoldan biriga javob berishda berilgan tarixiy manbalarni ham tahlil qilish lozim. Masalan: AQSHning 1865-1910-yillarda dunyodagi rolining oshib borish sabablariga baho bering.
Bu imtihonga tayyorlanish uchun ham qaysi darslik(lar)dan foydalanishning ahamiyati yo'q.
Ko'rib turganimizday, tarix fanidan ham aniq darsliklar asosida bu darsliklardagi ma'lumotlarni yodlashni tekshiradigan testlar tuzmasdan, fikrlash, tahlil qilish, baho berish ko'nikmalarini tekshirishga qaratilgan testlar tuzsa ham bo'ladi (test faqat yopiq bo'lishi shart emas).
Gap faqat Jalol Boltayev aytmoqchi, "agar yodlash kerak bo‘lsa, o‘sha ro‘yxatdagi kitoblarni o‘quvchining o‘qib chiqishi va xotirasida saqlashi murakkab"ligida ham emas. Gap - ta'limning (va baholashning) maqsadida. Maktabda tarix (yoki boshqa biron fan) darsliklardagi ma'lumotlarni yodlatish maqsadida o'qitilmaydi (o'qitilmasligi kerak, aslida). Maktab ta'limining maqsadi - fikrlaydigan, tahlil qila oladiga, muammolarga yechim topa oladigan avlodni yetishtirish.

𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Ishoning. Darslikdan tashqari tushdi, deb e’tiroz umuman bildira olmaysiz. Jahon testologiya tajribasida shunday. Imtihon muayyan darsliklar bilan cheklanmaydi. Masalan, IELTS imtihoniga qarang. Har kim o‘zi xohlagan kitobdan tayyorgarlik ko‘raveradi (ingliz…
👍9
O'sha savol. Shu Konstitutsiyaga baribir rioya qilinmaydigan boʻlsa, nega shuncha dabdaba bilan yangiladik? Eskisiga rioya qilmadik nima-yu, yangisiga rioya qilmadik nima, biron farqi bormi?
"Har kim O‘zbekistondan tashqariga erkin chiqish huquqiga ega, bundan qonunda belgilangan cheklovlar mustasno. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekistonga to‘sqinliksiz qaytish huquqiga ega". O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan.
Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligining ota-onalar farzandi bilan birga qaysi xorijiy davlatga ketish sabablarini va xorijda qolish muddatini ko‘rsatgan holda maktab direktori nomiga ariza bilan (o‘quv yili davomida) murojaat etishini talab qiluvchi buyrug'i loyihasi qay darajada Konstitutsiyaga mos? Yuristlar, konstitutsiyaviy huquq bo'yicha mutaxassislar ko'rganmi, xulosa berganmi?
Mening fikrim - bu buyruq Konstitutsiya zid. Birinchidan: Konstitusiyada aniq qilib har kim (shu jumladan, maktab o'quvchisi ham) O‘zbekistondan tashqariga erkin chiqish huquqiga egaligi qayd etilgan. Ikkinchidan: bu huquq faqat qonun bilan cheklanishi mumkinligi qayd etilgan. Vazir buyrug'i - qonun emas va u shaxsning Konstitutsiyaviy huquqini cheklay olmaydi.
Buyruqning maqsadi xorijiy davlatga maktabni ogohlantirmasdan yoki vaqtincha chiqib ketib qaytib kelmagan va uzrli sababsiz muntazam dars mashg‘ulotlariga qatnashmagan o‘quvchilar bilan ishlash tizimini samarali amalga oshirishga zarur shart-sharoit yaratishdan iborat, deyilmoqda. Lekin vazirlik taklif qilayotgan maktab direktoriga ariza bilan murojaat qilish mexanizmi qay darajada bu - xorijga ketish sababli muntazam dars qoldirish masalasini hal qiladi? Xo'p, ota-ona ariza yozdi deylik. Direktorda rad javobini berishga (ya'ni o'quvchining chetga chiqishiga taqiq qo'yishga, uning Konstitutsion huquqini cheklashga) vakolat bormi? Agar "ha" bo'lsa, nima asosda? Agar "yo'q" bo'lsa, ariza yozishdan muddao nima?
Tushunishimcha, vazirlik xorijga turli sabablar bilan (ota-onasi bilan dam olish maqsadida, davolanish uchun, til o'rganish uchun va hokazo) chiqmoqchi bo'lgan barcha o'quvchilarni potensial huquqbuzar sifatida (xorijga chiqib ketib, dars qoldiradigan shaxslar) sifatida ko'ryapti (ayblilik prezumpsiyasi) va shuning uchun ham muammoni "kasal bosh"dan "sogʻlom bosh"ga "uzatish" orqali "hal qilmoqchi". Lekin bu - yechim emas. O'quvchi xorijga chiqib ketib, kelmadi, muntazam dars qoldirdi - marhamat, qonunda belgilangan choralarni ko'ring. Lekin hammaga yoppasiga huquqbuzar, jinoyatchiday qarab, konstitutsiyani huquqini cheklaydigan narsalar o'ylab topmang.

Savol.
Shu Konstitutsiyaga baribir rioya qilinmaydigan boʻlsa, nega shuncha dabdaba bilan yangiladik? Eskisiga rioya qilmadik nima-yu, yangisiga rioya qilmadik nima, biron farqi bormi?

🔥4👍2
Pedagog Shokir Tursun ham Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining (mening nazarimda Konstitutsiyaga zid boʻlgan) buyrugʻi loyihasi boʻyicha bir qancha savollarni oʻrtaga tashlabdi.
"Buyruqda yana bir qiziq oʻrin bor, oʻquvchi ketsa-yu, ketgani haqida 25-maygacha xabar bermasagina haydaladi. Masalan, Vali 30-dekabrda ketib, 24-may kuni ariza bilan murojaat qilsa, u haydalmaydimi? Axir u naq 5 oy oʻqishga kelmadi-ku!?"
Lekin bu yerda Konstitutsiyaga zid yana bir norma bor.
"Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir". (Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 50-moddasidan).
Oʻquvchini maktabdan haydash (oʻquvchilar safidan chiqarish) mexanizmi mavjudmi oʻzi? Umumiy oʻrta taʼlim majburiy-ku? Maktabdan haydalgan oʻquvchi qayerga yuboriladi? Uning majburiy taʼlimni olishi qayerda va qanday qilib taʼminlanadi?
Tasavvur qiling, oʻquvchi maktabni xabardor qilmasdan chet elga chiqib ketdi (aslida u chet elga chiqishi uchun maktabning ruxsati kerak emas - ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning ruxsati kerak). Nimadir sabab bilan (masalan kasal boʻlib qolib) uch oydan oshiq Oʻzbekistonga qayta olmadi va maktabga ham bormadi. Keyin qaytib keldi. Lekin ungacha maktab uni oʻquvchilar safidan chiqargan. Keyin nima boʻladi? Konstitutsiyaning 50-moddasini nima qilamiz?

Shokir Tursun qarashlari
13-aprel kuni “Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining…
🤯6👍4🤬2
Qonunga va mantiqqa zid qarorlar haqida Qalampir.uz materiali.
https://qalampir.uz/uz/news/diplom-sarik-chak-ami-sertifikati-yuk-uk-ituvchilar-ishdan-%D2%B3aydaladi-2-100109

Qalampir.uz
O‘qituvchilar uchun yangi boshog‘riq: diplom oddiy qog‘ozga aylanadimi?
👍8👎1😱1
Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi o'zining 2024-yil 17-aprelda qabul qilgan 2540-sonli rezolyutsiyasida Vladimir Putinning legitimligini tan olmasligini e'lon qildi.
"Vladimir Putin hukmronligi davrida Rossiya de-fakto diktaturaga aylandi. U nafaqat Rossiya ichidagi demokratik muxolifatni bo'g'ib tashladi, balki qo'shni davlatlarning demokratik tanlovini va ularning siyosiy mustaqilligini hurmat qilishdan bosh tortdi. ... Putin rejimi "russkiy mir" deb atalgan va Kreml tomonidan urushni targ'ibot qiluvchi vositaga aylantirilgan neo-impeialistik ideologiyani ilgari surdi. ... 2024-yilning 17-martida Putin prezident saylovlari deb atalgan jarayonning g'olibi deb e'lon qilindi, bu jarayon erkin va adolatli o'tmadi, unda haqiqiy muxolifat hatto qatnashishiga ham izn berilmadi. ... 2519-sonli rezolyutsiyaga (2023-yil) muvofiq, Assambleya Putinni legitim prezident sifatida tan olmaydi hamda Yevropa Kengashi a'zolari, kuzatuvchi davlatlari va Yevropa Ittifoqini u bilan barcha muloqotlarni, gumanitar va tinchlikni ta'minlash maqsadidagi muloqotlardan tashqari, to'xtatishga chaqiradi", - deyiladi rezolyutsiyada.

pace.coe.int
Res. 2540 - Resolution - Adopted text
Title: Alexei Navalny’s death and the need to counter Vladimir Putin’s totalitarian regime and its war on democracy - Reference: Res. 2540 - Document type: Resolution - Other author: Parliamentary Assembly
👍13
O'zbekiston ta'limining sifatsiz va samarasiz ekanligi bilvosita tan olingan qaror
Vazirlar Mahkamasining "Yoshlarni kasbga (mutaxassislikka) va chet tillarga o'qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori (2024-yil 17-aprel, 213-son) qabul qilindi. Qarorga ko'ra, "yoshlarning chet tillarini o'rganish va kasb egallashga bo'lgan qiziqishlarini qo'llab-quvvatlash, ularni ichki va tashqi mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar sifatida tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda xorijiy davlatlarda ishlash imkoniyatlarini kengaytirish" maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi huzurida Fuqarolarni (yoshlarni) chet tillariga oʻqitish va xorijiy davlatlarda ishlashga maqsadli tayyorlash markazi tashkil etiladi. Markaz professional ta'lim muassasalarida (kasb-hunar maktablari, texnikumlarda) yoshlarni chet tillar va kasbga o'qitish bo'yicha kurslar tashkil qilishni muvofiqlashtiradi. Kurslarni bitirganlarga davlat namunasidagi hujjat beriladi. Kurslarda dars beradigan o'qituvchilar oyligiga 100 %gacha qo'shimcha ustama to'lanishi mumkin, kurslarda tahsil olganlarning chet tilini bilish darajasini esa Bilimlarni baholash agentligi (DTM) tekshiradi.
Qizig'i, O'zbekiston maktablarida kamida ikkita xorijiy til (1-sinfdan 11 yil davomida ingliz / nemis / fransuz yoki boshqa til, 2-sinfdan boshlab 10 yil davomida rus tili) o'qitiladi. Bu ham kamlik qilganday, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab 10−11-sinflarda yana bitta (de-fakto uchinchi) xorijiy tilga o‘qitmoqchi edi shekilli? 10-11 yil davomida maktabda o'qitilib, o'rganilmagan xorijiy tilga endi "Fuqarolarni (yoshlarni) chet tillariga oʻqitish va xorijiy davlatlarda ishlashga maqsadli tayyorlash markazi"da o'rgatishmoqchi.
Kasb masalasiga kelsak, Prezident farmoni bilan 2019-yildayoq "professional ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilish maqsadida" uch bosqichli (kasb-hunar maktabi - kollej - texnikumdan iborat), Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uyg‘unlashgan, tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari asosida o'qitadigan professional ta'lim tizimi joriy etilmaganmidi? Qolaversa, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ham Prezident qarori bilan kelayotgan o'quv yilidan boshlab maktablarning 10-11 sinflarida “Biznes va kasb-hunarga o‘qitish” yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim dasturlarini joriy qilmoqchi emasmidi? O‘quvchilar maktabning o‘zidayoq 64 xil ishchi kasblarga o‘rgatilishi aytilmaganmidi?
Mana endi maktab va uch bosqichli professional ta'lim tizimi eplay olmayotgan vazifani bajarish yana bitta yangi markaz ochiladi. Bu markaz yoshlarni maktab 11 yilda o'rgata olmayotgan xorijiy tilga, maktab - kasb-hunar maktabi - kollej - texnikum "o'rgatamiz" deya jar solgan kasb-hunarga bir yilgacha muddatli o'quv kurslar tashkil qilib o'rgatmoqchi.
Bir emas, ikkita tizim va vazirlik eplay olmagan narsa uchinchi tizim yaratilishi bilan bajariladimi? Yoki agar Maktabgacha va maktab ta'limi hamda tarkibida kasb-hunar maktablari, kollej, texnikumlari bo'lgan Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o'z vazifa va va'dalarini uddalay olayotgan bo'lsa, "Fuqarolarni (yoshlarni) chet tillariga oʻqitish va xorijiy davlatlarda ishlashga maqsadli tayyorlash markazi"ga nima zarurat bor edi?

Газета.uz
Maktablarda yuqori sinf o‘quvchilariga ikkinchi xorijiy til o‘rgatiladi
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab 10−11-sinflarda ikkinchi xorijiy tilga o‘qitiladi. Shuningdek, xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha pedagoglarni tayyorlaydigan davlat OTM talabalarining maktablarda pedagogik amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
🤯6👍5🤬3
"Boʻldi-da, bolam, mendan boshqa darding yoʻqmi", - degan edi (adashmasam) Hojiboy Tojiboyev bir aksiyasida ajdodlarimiz tilidan.
Vazirlar Mahkamasining "Bolalar uchun mashhur allomalarimizning ilmiy-maʼrifiy merosi hamda ularning ibratli hayotiga bagʻishlangan maxsus asarlar yaratish dasturi toʻgʻrisida" qarori loyihasi eʼlon qilindi. Loyihaga koʻra, "yosh avlodni ulugʻ ajdodlarimizning ilmiy-maʼrifiy va maʼnaviy merosi bilan yanada kengroq tanishtirish va ularning ibratli hayotiga bagʻishlangan maxsus asarlar yaratish orqali ularda milliy gʻurur, vatanparvarlik tuygʻularini yanada rivojlantirish" maqsadida har yili 50 nomda "maxsus ixcham" asarlar yaratiladi. Jumladan, 2024-yilda Avloniy, Beruniy, Temur Malik, Najmiddin Kubro singari tarixiy shaxslar haqida asarlar yaratish koʻzda tutilgan.
Hammasi yaxshi: bolalar kitobxonligini rivojlantirish kerak, ajdodlarni oʻrganish - oʻrgatish kerak, vatanparvarlik kerak, lekin...
Bir savol: qachongacha oʻtmish bilan yashaymiz? Tashqarida XXI asrning 3-chi oʻn yilligi axir! Bolalarga ularning fantaziyasini charxlaydigan, zamonaviy ilm-fan olamiga olib kiradigan, dunyoni tadqiq qilishga chorlaydigan asarlar - badiiy (fiction), badiiy boʻlmagan (non-fiction) asarlar, ensiklopediyalar, ilmiy-ommabop kitoblar kerak. Shunda, balkim, bizdan Nobel oladiganlar chiqar, oʻzga olamlarni tadqiq qiladiganlar chiqar, yuqori texnologiyali mahsulot yaratib, katta-katta pul topadiganlar chiqar, yoki kuchli fantaziyasi orqali jahonni zabt etadigan asarlar - kitoblar, kinolar yaratadiganlar chiqar? Axir qachongacha oʻtmish bilan yashaymiz, faqat oʻtmishga sigʻinib kelajakni boy bermayapmizmi? Agar shundoq ham defitsiti rekord summaga yaqinlashgan byudjetimizdan bolalar kitobxonligi uchun pul ajratish imkoni boʻlsa, shu pulni yana oʻsha ajdodlar bahona pand-nasihat ruhidagi (va hozirgi bolani qiziqtirishi dargumon boʻlgan) asarlarga emas, bolaning intellektual rivojlanishiga xizmat qiladigan, kelajakda undan yangi Ibn Sino yoki Beruniy chiqishi uchun poydevor boʻla oladigan kitoblarga sarflaganimiz maʼqulroq emasmi?

regulation.gov.uz
Bolalar uchun mashhur allomalarimizning ilmiy-maʼrifiy merosi hamda ularning ibratli hayotiga bagʻishlangan maxsus asarlar yaratish…
👍18👎3🔥2👏1
Bolalar adabiyoti deganda nimani tushunamiz oʻzi?
Yuqoridagi postda gap ketgan qaror loyihasi bir savolga yetaklaydi: "bolalar adabiyoti" deganda nimani tushunamiz oʻzi? Albatta bolalarni "vatanparvarlik ruhida", "yuksak maʼnaviyatli" qilib "tarbiyalaydigan", balandparvoz, jimjimador asarlarnimi? Bunday asarlar bilan bolani kitobga qiziqtirib boʻladimi, bolalar kitobxonligini rivojlantirib boʻladimi? Ha, bunday kitoblarni har xil yakunida avtomobil yoki boshqa qimmatbaho sovgʻalar beradigan tanlovlar roʻyxatiga kiritib oʻqitish mumkindir, lekin bu kitobxonlikmi?
Britaniyadagi eng katta kitob doʻkonlari tarmogʻi boʻlgan Waterstones saytining "Bolalar adabiyoti" boʻlimiga kirib koʻring. Qiziqarli sarguzashtlar. Gʻaroyib voqealar orqali emotsional intellektini rivojlantiradigan, jamiyatda oʻz oʻrnini topishiga yordam beradigan asarlar. Real voqealarni qiziqarli bayon qilish orqali bolani shaxs sifatida yetishtiradigan kitoblar. Bolaga olam haqida qiziqarli tarzda hikoya qiladigan kitoblar. Mana shunday kitoblar bilan bola rivojlanadi. Menimcha.

🔥16👍3👎2