Jalilov. Qaydlar
4.12K subscribers
1.47K photos
17 videos
22 files
2.3K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi Azizbek Turdiyevning so'zlariga qaraganda, darsliklardagi kamchiliklar bo‘yicha katta baza to‘planyapti ekan. Darsliklardagi xatolar bo'yicha katta platforma ishga tushar ekan.

Darsliklar bilan bog'liq muammolarni hal qilishga bo'lgan g'alati qiziq yondashuv. Qozog'istonda ham, masalan, darsliklar ekspertizasiga bag'ishlangan platforma ishga tushishi aytilgan edi, lekin bu platforma nashriyotlar vakillari va ekspertlarga mo'ljallangan.

Shu o'rinda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga bir savol.

Ayrim manbalarga qaraganda, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tarjima qildirayotgan va kelayotgan o'quv yilidan maktablarga joriy qilinishi aytilayotgan Singapurning 5-6 sinflar "Matematika" va "Tabiiy fanlar" darsliklari o'zining "fin" - "fin emas" boshlang'ich sinf darsliklari bilan mashhur "Novda" nashriyotida (yoki "Novda" logosi bilan?) chop etilishi mumkin ekan. Bu xabarlar qay darajada asosli? Agar asosli bo'lsa, O'zbekistonning sho'rpona soliq to'lovchilari boqishi kerak bo'lgan monopoliyalar yana bitta ko'paydimi?
👍9😢3
Kecha Twitter (X) ijtimoiy tarmog'ida 1-aprel kuni munosbati bilan "Panorama" yangiliklari rosa aylandi. "Panorama" bahona O'zbekistonliklar o'z orzu-umidlarini ifodalashgan bo'lsa ne ajab. Umid qilamizki, bunday xabarlar 1-aprel emas, boshqa kunlarda va Twitter'da emas, yetakchi OAVlarda paydo bo'ladi.
🔥12😢7
"Ochiq byudjet"ning yopiq (koʻpchilik eʼtiborga olmayotgan) zararini iqtisodchi, neojadid Jamshid Muslimov "Ozod Nazar"da yaxshi tushuntirib bergan. Koʻrishni va mulohaza yuritishni tavsiya qilaman:

1. Ishlashi kerak boʻlgan institutlarni parallel narsalar bilan almashtirish (masalan, odil sudlov ishlamasa, mayli, koʻcha "razborka"si yordamida odamlar munosabatlarini hal qilib olishsin, deganday).

2. Ong korrupsiyalashuvi - ovozni, fuqarolik pozitsiyasini sotish va sotib olish mumkin, bu normal holat, degan qarashning shakllanishi.

Bu esa, nazarimda, yana bir xavfli holatga yetaklaydi - "20 mingga ovozini sotgan odam vatanni ham sotadi", demak, "bu xalq demokratiyaga tayyor emas" degan tezisga.

Aslida institutlar ishla(tili)shi kerak. Respublikaning konstitutsiyada belgilangan mexanizmlari.
🔥10👍3
"Toshkent - zoʻr shahar. Yoqmaganlar ketaversin". Axborot texnologiyalari vaziri Sherzod Shermatov.

Ajoyib pozitsiya. Oʻsha "yoqmaganlar" ishlaydi, soliq toʻlaydi (shu soliqlar, jumladan, Shermatovning oyligi, xizmat mashinasi, xizmat safarlari va hokazo xarajatlarini qoplashga ham ishlatiladi). Shu toʻlaydigan soliqlari evaziga ular sifatli infratuzilma yaratilishini, toza havodan nafas olishni, umuman, davlat oʻz majburiyatlarini bajarishini talab qilishga haqli. Menimcha.
🔥16🤯2👍1
Yangi sheʼrni oʻqib "Cholbolaning ertaklari" esga tushib ketdi. Bu ertak haqida oldinroq yozganman, oʻqib koʻrishingiz mumkin.

Sheʼrda tilga olingan Mashrablar, jadidlar shaxsni ulugʻlashmagan. Ular boshiga qilich kelsa ham rostni aytishgan, Haqqa va xalqqa xizmat qilishgan. Shuning uchun ham tarixda qolishgan. Xameleonlar ham tariximizda boʻlgan, albatta, lekin ularning oʻrni aslo Mashrablar yoki jadidlar bilan yonma-yon emas.

Yana bir narsa. Konstitutsiya boʻyicha Oʻzbekiston - respublika. Konstitutsiya boʻyicha, "mamlakatning egasi" - shaxs emas, Oʻzbekiston xalqi (2- va 7-moddalarga qaralsin). Oʻzbekistonda "hukmdor", "rahnamo", "yoʻlboshchi" yoʻq, xalq tomonidan maʼlum muddatga saylanadigan va xalqqa xizmat qilishi, xalq manfaatlarini ifoda qilishi kerak boʻlgan institutlar bor. Shunday ekan, "siyosiy" ashʼorlar bitayotganda oʻzimiz oʻtgan yili "meniki seniki hammamizniki" qilib qabul qilgan Konstitutsiyani bir varaqlab chiqish zarar qilmas.

Va oxirgi gap. Endi bunday "1984" uslubidagi ashʼorlarning zamoni oʻtdi. Ular endi kerakli effekt bermaydi, teskari natija beradi. Mualliflar (va/yoki buyurtmachilar) shuni ham hisobga olishsa foydadan xoli boʻlmas. Menimcha.
👍9🤯6
Ashʼorning sarlavhasi ham ajoyib ekan: "Yaratganning yerdagi soyasini asrangiz". Shaxslarning "yaratganning soyasi" sifatida ulugʻlanishiga din qanday qaraydi, bilmayman, lekin bilganim - oʻsha hammamizniki boʻlgan Konstitutsiya boʻyicha Oʻzbekiston - dunyoviy davlat (1-modda) va u "Yaratganning soyasi" tomonidan emas, xalq maʼlum muddatga saylagan vakillar tomonidan boshqariladi.

P.S. Bilishimcha, mohiyatan absolyut teokratik monarxiya boʻlgan xalifaliklarda davlat boshligʻi "Yaratganning yerdagi soyasi" deb ulugʻlanardi. Yuqorida yozganimdek, Oʻzbekiston - dunyoviy respublika, teokratik monarxiya emas.

P.P.S. Uzr, "ashʼor"ning asl sarlavhasi boshqacharoq ekan (Bektosh Hatamov kinoya qilgan shekilli). Lekin baribir Oʻzbekistonda "mamlakat egasi" - xalq, shaxs emas. Kim bu fikrga qoʻshilmasa, Konstitutsiyaga qarshi chiqqan boʻladi.
👍10👏4
Har bir yangi rahbar ishni oʻrinbosarlarni almashtirishdan boshlaydi. "Новая метла метет по-новому" deyishadi-ku (uzr, oʻzbekcha muqobilini topa olmadim).

Yangi vazirdan faqat oʻrinbosarlarni almashtirishlar, tashriflar yoki uchrashuvlar emas, oliy va professional taʼlim tizimi muammolarini hal qilishni, sohada nomiga emas, real oʻzgarishlar amalga oshirishni ham kutib qolamiz. Ishonamanki, bunga salohiyat yetadi.
👍6
Albatta xalq uchun. Byudjetning rekord darajadagi defitsiti amaldorlarni turli "loyihalar"dan toʻxtatib qoladi, deb oʻylaysizmi? Mana, mashinalarni roʻyxatdan oʻtkazish narxi oshirildi, issiqlik energiyasi tariflari oshirildi. Toʻlaymiz-da. Bu yogʻiga tibbiy yordam mashinalari feldsherlari sonini ham kamaytirib olsak, olam guliston.

Mana, bu yoqda banklarimiz ham "loyihalar" borasida chinovniklarimiz bilan kim oʻzarga oʻynayapti. Faqat bir savol: bu 40 mln $ni tashabbus bilan chiqqan bank rahbariyati oʻz hisobidan toʻlaydimi yoki bizning hisobimizdan?
👍3
Yangilikmasni "yangilik" sifatida taqdim qilishdan muddao nima?

MMTV huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi (PIIMA) tasarrufidagi ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish haqidagi qarorni va bu qaror asosida ayrim OAVlar tarqatgan xabarlarni (masalan, kun.uz, Uzreport) xabarlarni o'qiyotib bunday savol tug'ilmasligi mumkin emas.

Jumladan, qarorda 2024/25 o'quv yilidan ijod maktablarida quyidagilar amalga oshirilishi belgilangan:

- adiblar va jamoat arboblari ishtirokida mahorat darslari o'tkazish.

Agar agentlikning rasmiy veb-saytiga ishonilsa, ijod maktablarida "mashhur adiblar, yozuvchilar, shoirlar tomonidan muntazam ravishda master klasslar tashkil etiladi" va ijod maktabining umumtaʼlim maktabidan farqlaridan biri ham shunda.

- "Matnshunoslik" darslarini tashkil qilish.

Agar rasmiy hujjatlar va xabarlarga ishonilsa, 2021-yildanoq ijod maktablari o'quv rejasiga matnshunoslik kiritilgan va buning uchun darslik ham ishlab chiqilgan.

- 7-9-sinflarning "Texnologiya" fani doirasida robototexnika asoslarini o'rgatish.

Agar agentlikning rasmiy veb-saytiga ishonilsa, bu ham allaqachon bor: "Texnologiya” fani 7-9-sinflarda haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi. Mazkur fan dasturi 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab ijod maktablarining moddiy-texnik imkoniyatidan kelib chiqib “Robototexnika” asoslarini o‘rgatishga yo‘naltirildi", deyiladi saytda.

- o'quvchilarning "Ijod bog'idan guldasta" nomli to'plamlari nashr etiladi.

Agar agentlikning rasmiy sayti va OAVlardagi xabarlarga ishonilsa, allaqachon "o‘quvchilarning ijodiy ishlarini muntazam to‘plam sifatida nashr ettirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan". Xususan, agentlik direktori (hozirda MMTV vaziri) Hilola Umarova 2020-yilda ijod maktabi o'quvchilariga "Mana hozir nashriyotda “Ijod bog‘idan guldasta” nomli kitobni chop ettiryapmiz. Har biringiz bu to‘plamni olib, o‘z ijod namunangizni ko‘rasiz", degan.

Shuningdek, hujjat ilovasida "maqsadli ko'rsatkich" sifatida keltirilgan "ijod maktablarida ikkinchi chet tilini o'qitishni joriy qilish" ham, yana o'sha agentlikning rasmiy veb-saytiga ishonilsa, allaqachon bajarilgan: "2022-2023-o‘quv yilidan boshlab Ikkinchi xorijiy til sifatida 4 ta (X.Olimjon va Zulfiya, Halima Xudoyberdiyeva, Muhammad Rizo Ogahiy va Abdulla Oripov nomidagi ijod maktablari) maktabda turk tilini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Xorijiy turk tili o‘qituvchilari jalb etildi", deyiladi saytda.

O'sha savol: Bor (yoki borligi haqida jar solingan) narsalarni qarorga "yangilik" sifatida kiritishdan muddao nima? O'zini ishlayotgandek, yangilik joriy qilayotgandek qilib ko'rsatishmi, bir ish uchun takroran byudjetdan pul undirishmi yoki boshqa?
👍7🤯4🤬3
Shokir Tursun, oʻzi bu kitobda (darslikda?) iqtidorli bolalar bilan ishlash metodikalari haqida biron gap bor ekanmi? Yoki faqat prezident maktablari va olimpiadalar haqida maʼlumotmi?

Bu savol esa bir "dumalab" butun maktab tizimi pedagoglari attestatsiyasi uchun savollar tuzadigan organga aylanib olgan Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markaziga. Oʻzi pedagogik mahoratni darslik asosida baholashni qanday tasavvur qilyapsizlar?
👍6
"Novda"ning 3-sinf ona tili darsligi mualliflariga savol.

"Pardoz" soʻzi qaysi soʻz turkumi? Sifatmi? Balkim ot soʻz turkumidir?
👍20
Rossiya propagandasiga - oq yoʻl. Ukrainaning oʻz yurtini Rossiya bosqinidan himoya qilayotgan farzandlari haqidagi film - mumkin emas.

Madaniyat vazirligi taqiq sabablari haqida izoh berishi kerak. Kremldan qoʻngʻiroq boʻldimi yoki boshqa sabab?
🤬28👍7🤔3
Markaziy Osiyodan Rossiyaga ishlash uchun borayotgan migrantlarni jinoyatlarga yetaklovchi sabablardan biri - Markaziy Osiyo davlatlaridagi oʻquv dasturlari, xususan, tarix darsliklari ekan. Bu haqda siyosiyatshunos Dmitriy Ridionov tahlilida soʻz boradi. Siyosatshunosning fikricha, Rossiya imperiyasi bosqinchi, 1916-yil qoʻzgʻolonlari va "bosmachilar" harakati - "kolonializmga qarshi kurash" sifatida talqin qilinar ekan. 1916-yilgi qoʻzgʻolonning Gʻarb tomonidan dastaklanishi haqida hech narsa deyilmas ekan. Rossiya imperiyasi birinchi kutubxonalar ochgani, aholining savod darajasini koʻtargani haqida ham hech narsa deyilmas ekan.

Maqola muallifining fikricha, muammo nafaqat Markaziy Osiyo respublikalarida Rossiya puliga ochilgan rus tilli maktablarda bunday dasturlar asosida oʻqitilishida, balki "biqinimiz tagida portlovchi dushmanlik muhitining yaratilishida" va "bu muammoga barham berish uchun siyosiy iroda kerak".

Maʼlumot oʻrnida. O‘zbekistonda ham Rossiya dasturlari bo‘yicha rus tilida ta’lim beriladigan bir nechta maktablar qurish taklifi bildirilgan, bu taklif katta minnatdorchilik bilan qabul qilingan edi.
👍5😱3🤬2
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tahliliga koʻra, boshlangʻich va oʻrta sinflar oʻquvchilarining eng koʻp dars qoldiradigan fani - oʻzbek tili ekan.

Tahlilda "oʻzbek tili" deganda qaysi fan - oʻzbek tilli maktablarda oʻqitiladigan ona tili yoki taʼlim rus va boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun oʻzbek tili fani nazarda tutilgani ochiqlanmagan. Lekin oʻzbek tilli maktablar ulushi taʼlim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarga nisbatan koʻproq ekanligini hisobga olsak, ona tili fani haqida gap ketmoqda, deb taxmin qilish mumkin.

Umuman olganda, til - maktab taʼlimidagi muhim fanlardan biridir. Chunki inson hayoti davomida eng koʻp maʼlumotlarni til (oʻqish, eshitish, oʻzgalar bilan muloqot qilish) qilish oladi. Bekorga taʼlim sifatini baholaydilar xalqaro tadqiqotlarda (PIRLS, PISA) oʻquvchilarning oʻqish savodxonligi (oʻqigan matnini qay darajada tushunishi, tahlil qila olishi) asosiy baholash yoʻnalishlaridan biri sifatida kiritilmagan. Bu koʻnikmalar esa aynan ona tili darslarida rivojlantirishi kerak, aslida.

Bizda (va aksar post-sovet davlatlarida) "ona tili" deganda til qoidalarini yodlatadigan fan tushuniladi. Lekin til qoidalarini tizimli oʻrgatish oʻquvchining tildan muloqot vositasi sifatida samarali foydalana olishini, oʻqigan yoki eshitgan maʼlumotini idrok qila olishiga hissa qoʻshmaydi. Yaʼni, ona tili darslariga oʻquvchilar asosan DTM testlarini yechish uchungina kerakli fan sifatida qaraydi. Lekin OTMga kirishda topshiriladigan majburiy fanlarning koʻpayishi (ona tili, matematika, Oʻzbekiston tarixi), nazarimda, bu fanga munosabatning yanada sovuqlashishiga olib keldi, yaʼni oʻquvchilar uchala majburiy fanga ham eʼtibor bermasdan, asosiy eʼtiborini mutaxassislik fanlariga beradigan boʻldi. (Bu mening farazim, bu borada qandaydir tadqiqotlar boʻlsa tanishib koʻrish qiziq boʻlardi). Oʻquvchilarning ona tili fanini - aslida (agar toʻgʻri oʻqitilsa) kelajakda qanday sohani tanlashidan qatʼiy nazar, muhim boʻlishi kerak boʻlgan, lekin hozirgi yondashuv bilan keraksizga aylangan fanni - koʻp qoldirishi sababi ham shu bilan bogʻliqdir balki?

Bir necha yil oldin Respublika taʼlim markazi boshlagan maktab ona tili taʼlimini butun dunyoda qabul qilingan yondashuv asosida qayta qurish urinishi ham Taʼlimni rivojlantirish respublika markazi va "Novda" sharofati bilan "eski hammom"ga qaytgani ham achinarli.
🔥9👍3👏1
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining maktablardagi davomat bo'yicha tahlili yana bir narsani ko'rsatadi: davomat masalasiga Milliy Gvardiyani jalb qilishga hech qanday zarurat yo'q edi.

MIHT yozmoqda: "Aytib o‘tish joizki, davomatning eng past ko‘rsatkichlari yuqori sinf o‘quvchilari orasida (10-11 sinflar) kuzatilgan bo‘lib, 78,4 foizni tashkil etgan. Buning asosiy sabablaridan biri ularning oliy o‘quv yurtiga tayyorlanish jarayonida qo‘shimcha darslarga qatnashi bo‘lishi mumkin. MHTI tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, 16-17 yoshli farzandi bo‘lgan ota-onalarning 87 foizi farzandi qo‘shimcha darslarga qatnashini bildirgan". Ya'ni, muammo - o'quvchilarning maktabdagi ta'lim sifatidan qoniqmasligida, bu esa Milliy gvardiya hal qiladigan masala emas.

"Ota-onalar orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, betob bo‘lib qolishi (75,4 foiz), ota-onasiga ishlarda yordam berishi (8,9 foiz), ota-onasi ishga chiqishi kerakligi, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qaraydigan boshqa odam yo‘qligi (3,1 foiz), xususiy o‘qituvchi/repetitor bilan o‘qishi (1,7 foiz), maktabga borishi uchun qo‘shimcha xarajatlarga mablag‘ yetishmasligi (1,1 foiz) o‘quvchilarning dars qoldirishidagi asosiy sabablardir. So‘rovda qatnashgan ota-onalarning 8,5 foizi farzandi nima sababdan dars qoldirganini bilmasligini aytgan".

"PISA ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda darslarni ketma-ket uch oy qoldirgan o‘quvchilar ulushi 18,5 foizni tashkil etgan. Betob bo‘lib qolish (56,5 foiz), oila a’zosiga g‘amxo‘rlik qilish (22,7 foiz), oilaviy ishlarda yordam berish (17,6 foiz), maktabda o‘zini xavfsiz his qilmaslik (17,4 foiz), zerikish (17,4 foiz), uyga pul olib kelish uchun ish topish kerakligi (13,2 foiz), transport muammosi tufayli maktabga bora olmaslik (10,7 foiz) va homilador bo‘lib qolish (7,1 foiz) dars qoldirishdagi boshqa sabablar sifatida ko‘rsatilgan".

E'tibor bering: darslarni surunkali qoldirishning asosiy sababi sifatida betoblik ko'rsatilgan. Umuman, MIHT keltitgan tahlilda o'quvchilar tomonidan dars qildirishning sabablari ichida birontasi Milliy gvardiya hal qilib bera oladigan muammo emas:

- ta'lim sifatidan qoniqmaslik (repetitorga borish, darslardan zerikish),

- kasallik, tibbiy holat (homiladorlik),

- iqtisodiy-ijtimoiy muammolar (oila a’zosiga g‘amxo‘rlik qilish, oilaviy ishlarda yordam berish, uyga pul olib kelish uchun ish topish kerakligi, maktabga borishi uchun qo‘shimcha xarajatlarga mablag‘ yetishmasligi),

- infrastruktura (transport),

- maktabdagi muhit (maktabda o‘zini xavfsiz his qilmaslik).

O'sha gap: Davomat muammosining ildizi aksar hollarda yoki maktabdagi ta’lim sifati bilan bog‘liq bo‘ladi, yoki oiladagi iqtisodiy, ijtimoiy sabablar tufayli bo‘ladi. Demak, muammoning ildiziga yetish, oqibat emas, sababni hal qilish kerak — bu zinhor Milliy gvardiyaning (yoki boshqa harbiy, yarim harbiy) strukturaning ishi emas.

Umuman, hamma sohalarda aloqasi bo'lmagan organlarni aralashtiraverib (yoki yangi organlar / kvazi-organlar tuzaverib), boshqaruvning ham "bo'tqa"sini chiqarib yubordik shekilli. Nafaqat ta'limda.
🔥8🤬3👍1
Из всего этого следует, что наличие камер, железных дверей, запугивание и охрана, даже если она осуществляется Национальной гвардией, не обязательно помогут обеспечить безопасность в образовательных учреждениях. Да, принуждение может привести к тому, что дети начнут ходить в школу чаще, но, если образовательный процесс не вызывает у них интереса и не предоставляет нужных знаний, это может стать причиной дальнейшего недовольства и даже отказа от обучения, то есть попросту дать обратный эффект.

В первую очередь образование должно быть не только доступным, но и интересным, стимулирующим и разнообразным, чтобы вдохновлять учащихся на саморазвитие и поиск знаний. Если учебный процесс не соответствует ожиданиям и потребностям учеников, то вопрос о его целесообразности может стать острой проблемой. Поэтому важно не только обеспечивать посещаемость, но и создавать условия для качественного обучения и мотивации учащихся.

https://hook.report/2024/04/ohranyayut-shkolnikov/
👍8👏3🔥2