"Qaniydi bu filmni hech qachon suratga olmasam ..."
"Yilning eng yaxshi hujjatli filmi" nominatsiyasida 2024-yilgi Amerika kinoakademiyasining "Oskar" mukofoti Ukrainalik rejissyor Mstislav Chernovning "Mariupolda 20 kun" filmi uchun berildi.

Meduza
«Вероятно, я первый режиссер в истории, который скажет, стоя на этой сцене: „Хотел бы я, чтобы этого фильма не было“»
Документальная картина «20 дней в Мариуполе» режиссера Мстислава Чернова получила премию «Оскар» в категории «Лучший документальный полнометражный фильм». Фильм рассказывает о жизни Мариуполя во время первых дней полномасштабного вторжения России в Украину.…
👍10👎4
Mahalliy aholi uchunmi, turistlar uchunmi yoki ...?
— Mas'ullar tomonidan “Boqiy Buxoro” asosan turistlarni jalb qilish maqsadida qurilayotgani aytilmoqda. Jamoatchilik “xorijlik turistlarni sun’iy maketli park yo shaharcha emas, tarixiy va tabiiy binolar qiziqtiradi”, degan fikrlar bildirmoqda. Bu fikrlarga munosabatingiz?
— Majmuaning qurilishi asosan, turistlar uchun mo‘ljallangan emas. Bu mahalliy aholining yaxshi sharoitlarda yashashi uchun va ularga imkoniyat yaratish maqsadida qilinyapti. Shaharga tashrif buyuradigan mahalliy sayyohlarga qulayliklar yaratish va tirbandliklarga barham berishni rejalashtirganmiz. Mazkur park aynan xorijlik turistlar uchun mo‘ljallangan majmua sifatida bunyod etilmayapti.
Buxoro viloyati bosh arxitektori Zuhriddin Muhiddinovning Gazeta.uz ga intervyusidan
— Bu joy sayyohlar uchun juda yaqin, ... piyoda aylanib yurish mumkin. Uzukka ko‘z qo‘ygandek. Buni uch oylab o‘yladik, respublika miqyosidagi mutasaddilar, arxitektorlarning fikrini oldik. Biz yana 10 km naridan qurishimiz mumkin, lekin shaharda tirbandlik, buni yashirmaymiz. Sayyoh u yerga boshqa bormayman, deydi. ... Fransiyadan tashrif buyurgan turizm mutaxassislari: “Agar siz faqat va faqat eski shahar yaqinida majmua qursangiz, yutasiz”, — degan.
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov
To'xtanglar. Viloyat arxitektori "bu majmua turistlar uchun emas, mahalliy aholi uchun" deydi, viloyat hokimi esa "bu loyiha turistlar uchun, uzoqda qursak turist bormas ekan" deydi. Qaysi bir gapga ishonish kerak? Agar bu majmua "mahalliy aholi" uchun bo'lsa, shuncha ijtimoiy obyektlarni buzish hisobiga qurilayotgan butaforiya qanday qilib "mahalliy aholining yaxshi sharoitlarda yashashi"ni ta'minlashi mumkin? Agar "sayyohlar uchun" bo'lsa, autentik shahar biqinidagi "eski binolarga o'xshash", "dizayn jihatdan halokatli" rekvizitlar sayyohni (xorijiymi, mahalliymi) jalb qiladi, deb qaysi Fransiyalik mutaxassis aytgan ekan?
Yoki unisi ham, bunisi ham emas, loyiha to'liq nomi oshkor qilinmagan "chet ellik investor"ga kerakmi?

👍10
Umumta’lim tizimiga sarflanayotgan davlat budjeti xarajatlari nomutanosib taqsimlangan.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining O'zbekiston maktablaridagi infratuzilma va ta'lim sifatiga ta'sir etuvchi omillarga bag'ishlangan hisobotida eng asosiy xulosa, nazarimda, shu.

👍23🤬2
Sichqon sig'mas iniga ...
Yuqorida Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining O'zbekiston maktablaridagi infratuzilma va ta'lim sifatiga ta'sir etuvchi omillarga bag'ishlangan hisobotidan kelib chiqadigan eng asosiy xulosani ko'rgan edik. Xulosa shuki, umumiy o'rta ta’lim tizimiga sarflanayotgan davlat budjeti xarajatlari nomutanosib taqsimlangan.
Bir tarafdan, ikkinchi va hatto uchinchi smenada o'qishga mavjur va keyingi smena(lar)dagi o'quvchilar uchun tezroq xonalarni bo'shatishi kerak bo'lgan, demakki, maktabda qolib birgalikda o'rganish imkonidan mahrum qilingan o'quvchilar. Kanalizatsiyasi (va demakki, normal hojatxonasi), oshxonasi, sport zali, kutubxonasi yoʻq minglab maktablar. Ikkinchi tarafdan, bir sinfda 24-25 oʻquvchi oʻqiydigan, xalqaro dasturlar boʻyicha taʼlim beriladigan bir smenali, hamma sharoitlari muhayyo oz sonli maktablar.
Bir tarafdan, vaʼda qilingan ming dollarning toʻrtdan bir qismi uchun asablari tarang oʻqituvchilar. Ikkinchi tarafdan, Oʻzbekiston fuqarosi boʻlmagani uchun jahonning eng top universitetlarini bitirgan, lekin bir aybi - pasporti yashil boʻlgan Oʻzbekistonliklarga-da ravo koʻrilmaydigan oyliklar va imtiyozlar beriladigan xorijiy mutaxassislar va "til egalari".
Xullas, Oʻzbekiston - kontrastlar mamlakati.
Endi hisobotning eng qiziq joyiga oʻtamiz. Tasavvur qiling, tadqiqot oʻtkazib, daraxtlaringiz suvsizlikdan quriyitganini aniqladingiz. Yechim nima boʻladi? Suvsizlik muammosini hal qilish deysizmi?
Hisobot mualliflari esa boshqacha fikrda shekilli. Taʼlim sifatiga resurslar nomutanosib taqsimlangani taʼsir qilayotganini aniqlagan tahlilchilar yechimni esa boshqa narsada koʻrishmoqda. Ular PISAga tayyorlaydigan videodarslar va testlar yaratib, planshetlar va naushniklar sotib olish va oʻquvchilarni PISAga "tayyorlash"ni taklif qilishmoqda. Yaʼni, test uchun oʻqitish - teaching for the test. Muammoning asosiy sabablari bir chetda qolib, taʼlim sifati bilan bogʻliq tub masalalar, yechimlar qolib, planshetlar sotib olish - bunday taklif sarlavhaga chiqarilgan maqolni eslatmay qolmaydi.
Ha, hisobot mualliflari yozganidek, umumiy oʻrta taʼlim uchun davlat xarajatlari oshgan boʻlishi mumkindir, lekin PISA tadqiqotlari yana bir narsani koʻrsatadi: gap koʻp pul ishlatishda emas, gap pulni aql bilan ishlatishda ham. Masalan, hisobot mualliflari "aʼlo baholangan" deya iddao qilgan "fin - fin emas" darsliklariga sarflangan milliardlar oʻzini oqladimi? Endi Singapuromaniyaga oʻtishdan oldin qandaydir tahlillar qilindimi? Yaxshi mutaxassislarni maktablarga jalb qilishi mumkun boʻlgan, lekin "til egalari" va "xorijiy mutaxassislar"ga sarflanishi afzal koʻrilayotgan mablagʻlar oʻzini oqlayaptimi? Elementar hojatxonasi yoʻq, asablari tarang oʻqituvchilar dars beradigan maktablarda planshetlar taʼlim sifatini koʻtarib beradi deb oʻylaysizmi? Bular hammasi javobi yoʻq savollar ...

🔥20👍6😢3
"Aqllilar bizga kerak emas. Bizga sadoqatlilar kerak".
"Kulranglik hukmron boʻlgan joyda hokimiyatga albatta qoralar kelishadi".
"Insonning mohiyati - ajoyib tarzda hamma narsaga moslasha olishida. Tabiatda inson koʻnikib ketmaydigan hech narsa yoʻq. Bu yaxshimi yoki yomon - aytish qiyin. Bir tarafdan, insonda bunchalik sabr va matonat boʻlmaganida, hamma yaxshi insonlar qirilib, yer yuzida faqat yozuvlar qolgan boʻlardi. Boshqa tarafdan, sabr qilish va moslashib ketish xususiyati insonni zabonsiz hayvonga aylantiradi".
Arkadiy va Boris Strugatskiylarning "Xudo boʻlish qiyin" asaridan.
Fantastika baribir ajoyib janr. Har qanday davrda oʻz dolzarbligini yoʻqotmaydi.

🔥19👍13
Gazeta.uz ning yozishicha, Xorazmda boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridan birining onasi bolalar ombudsmaniga murojaat qilib, taʼlim sifatidan shikoyat qilgan. Tekshiruv uning shikoyatini asosli deb topgan, maktabning ikki o‘qituvchisiga hayfsan, direktoriga esa ogohlantirish berilgan.
Qiziq. "Novda" darsliklaridan shikoyat qilinsa, ombudsman qabul qiladimi? Axir oʻquv materiallari sifati ham taʼlim sifatiga bevosita taʼsir qiladi-ku (ayniqsa, boshqa tanlash imkoniyati boʻlmagan joyda)?

Газета.uz
Xorazmda ayol farzandining maktabidagi ta’lim sifatidan shikoyat qildi. Ikki nafar o‘qituvchiga hayfsan berildi
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridan birining onasi bolalar ombudsmaniga murojaat qilgach, Gurlan tumanidagi maktabning ikki o‘qituvchisiga hayfsan, direktoriga esa ogohlantirish berildi. Tekshiruv o‘qituvchilarning bilim darajasi pastligini tasdiqladi.
👍18
Yoki umuman Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ustidan shikoyat kiritilsa-chi? Axir PIRLS va PISA tadqiqotlari, qolaversa, mahalliy tadqiqot institutlari xulosalari ham taʼlim sifati butun respublikada past ekanligini tasdiqlaydi-ku?
Telegram
Jalilov. Qaydlar
Gazeta.uz ning yozishicha, Xorazmda boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridan birining onasi bolalar ombudsmaniga murojaat qilib, taʼlim sifatidan shikoyat qilgan. Tekshiruv uning shikoyatini asosli deb topgan, maktabning ikki o‘qituvchisiga hayfsan, direktoriga…
👍10🔥2
Buxorodagi buzilish - qurilishlar xalqaro nashrlar nigohida. Maqolada, shu jumladan, oʻzlarini madaniy meros himoyachilari sifatida koʻrsatib kelayotgan siyosatchilar haligacha vaziyatga izoh berishmaganiga eʼtibor qaratilgan.
Eurasianet
Uzbekistan: Kitschy Bukhara development proceeds amid growing objections
An area near the historic center of Bukhara, in Uzbekistan, is undergoing drastic redevelopment, against the wishes of UNESCO and heritage advocates, in a drive to accommodate mass tourism.
🔥2👍1
UzAda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarovaning intervyusi (yoki muloqotimi, fikrlarimi, bilmadim - intervyuga yoki muloqotga unchalik ham o'xshamadi) e'lon qilinibdi. Unda, jumladan, shunday deyilgan:
"Yaxshi bilasizki, maktabgacha va maktab ta’limi tizimida million nafarga yaqin pedagog faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, ularning aksariyatini ayollar tashkil qiladi. Xotin-qizlar ishlash uchun ko‘proq ta’lim tizimini tanlashi ham bejiz emas. Chunki ayollar kelajagimiz egalariga nafaqat bilim beradi, balki onalik mehrini ham ulashadi. Shuning uchun deyarli barchamiz birinchi o‘qituvchimizni onamizdek e’zozlaymiz, hamisha yorug‘ xotiralar bilan yodga olamiz. Bu esa xotin-qizlarning ta’lim tizimidagi umri, mehnati besamar ketmayotganidan, millionlab ko‘ngillarga yoqimli taassurotlar bilan muhrlanayotganidan dalolatdir".
Haqiqatdan ham, ta'lim tizimi xodimlari orasida ayollarning ulushi yuqori. Masalan, The Diplomat nashrining MMTV saytida negadir ochilmayotgan ma'lumotlarga tayanib yozishicha, 2021-22 o'quv yilida o'rta ta'limdagi o'qituvchilarning 68%ini ayollar tashkil qilgan. Umuman olganda, Osiyo Taraqqiyot Bankining (ADB) tahliliga ko'ra, O'zbekistonda ayollar ko'proq nisbatan kam ish haqi to'lanadigan ijtimoiy sohalarda (ta'lim, sog'liqni sag'lash, ijtimoiy xizmat va hokazo) band.
Vazir aytgan "onalik mehri" haqidagi balandparvoz gaplarni qo'yib turib, bunday vaziyatning (kasblarning genderizatsiyasi) real sabablarini tahlil qilgan tadqiqotlarga yuzlansak, ularda quyidagi sabablar keltiriladi:
- qizlarning kasb tanlashiga ota-onalarning ta'siri;
- pullik oliy ta'limda ota-onalarning qizlardan ko'ra o'g'illarga ustunlik berishi (ya'ni qizlarga nisbatan o'g'illarning oliy ta'lim olishi uchun "kontrakt" pulini to'lashga moyillik) hamda qizlarni uzoqqa o'qishga yubormaslik istagi;
- ijtimoiy bosim;
- qizlarning erta turmushga berilishi.
The Diplomat nashri maqolasida yana bir sabab keltiriladi: ayollarning oiladagi yumushlari ularning to'liq ish vaqtida (full-time, 9dan 6gacha) ishlashiga xalal beradi, o'qituvchilik kasbida esa ish vaqti moslashuvchanroq (more flexible).
Jahon miqyosida esa o'qituvchilik kasbida ayollar ulushi ko'proqligiga quyidagi sabablar hissa qo'shadi:
- erkaklarda mobillikning yuqoriligi (ishni almashtirish imkonyati ko'proqligi);
- madaniy va gender stereotiplar.
Shunday ekan, intervyularda balandparvoz shiorlarga va quruq gaplarga emas, tadqiqotlar va tahlillarga tayanilsa ishonchliroq chiqardi deb o'ylayman.
Umuman olganda esa, nazarimda, bunday balandparvoz gaplarga to'la, "ilimiliq", konkret biron muammoga konkret biron yechim taklif qilinmagan "intervyu" balki "женсовет" raisiga yarashar edi, lekin o'n minglab maktablar va bog'chalar, ularda ishlayotgan yuz minglab pedagoglar, tahsil olayotgan va tarbiyalanayotgan millionlab o'quvchilarni boshqaradigan ta'lim vaziriga emas. Men, masalan, Umarovadan jiddiyroq savolllarga jiddiyroq, konkretroq javoblarni kutyapman. UzAda emas, bunday jiddiyroq savollarni bera oladigan nashrda. Yoki ochiq matbuot anjumanida.

Uza.uz
Hilola Umarova: Insonni ulug‘lash tamoyili ayollar qadrini yuksaltirishdan boshlangan
Ilgari ayol kishining rahbar bo‘lishi istisno sifatida qabul qilingani hech kimga sir emas. Mamlakatimizda ayollarning r
👍29🔥2👎1
Oʻzbekiston - kontrastlar mamlakati
Bir tarafdan, "turistlarni jalb qilish" uchun turistlarga qiziq boʻlmagan butaforiyalar bunyod etiladi, buning uchun ijtimoiy, madaniy qiymatga ega inshootlar vayron qilinadi. Boshqa tarafdan, turistlarga haqiqatdan qiziq boʻlgan, tariximizning, madaniy merosimizning bir qismi boʻlgan autentik joylar - Buxoroda, Samarqandda - xaroba ahvolda.

👍22😱1
Oʻrni kelganda yana bir shaxsiy fikr.
Kimningdir nomidan sportchilargami, boshqalargami, qimmatbaho sovgʻalar berilar ekan - bu ularning (sovgʻa beruvchilarning) shaxsiy tashabbusi va shaxsiy mablagʻlari hisobidan boʻlishi kerak. Soliq toʻlovchilar pulini bunday sovgʻalarga sarflashdan oldin oʻsha soliq toʻlovchilarning roziligi olinishi kerak - menga oʻxshab, bu pulni avval Konstitutsiyasida "ijtimoiy davlat" ekanligi belgilangan davlatning ijtimoiy majburiyatlarini bajarishga, yoxud bitta boʻlsa-da abgor maktabga hojatxona yoki sport zali qurib berishga yoʻnaltirgan yaxshiroq, deydiganlar ham chiqmasligiga kafolat yoʻq.

Аъзамхўжаев
Ўрни келганда, яна бир ғирт шахсий фикр. Ҳамма нарса, ҳамма совғалар бир кишининг номидан бўлавериши керак эмас, манимча. Мана, қанақадир Кремлёв дегани боксчимиз Жалоловга БМВ жип совға қилди ўз номидан — осмон узилиб ерга тушгани йўқ.
Ишончим комил, Мадримовга…
Ишончим комил, Мадримовга…
🔥44👍8
Masalan, 1,04 milliard soʻmga (1 ta "Tahoe" puli) kamida 35-40 maktabning hojatxonasini oyday qilib qoʻysa boʻlardi.
Oʻzbekistonning 70% maktabida kanalizatsiya yoʻq yoki muammoli ekanini bilarmidingiz?
Shokir Tursun, pedagog
Oʻzbekistonning 70% maktabida kanalizatsiya yoʻq yoki muammoli ekanini bilarmidingiz?
Shokir Tursun, pedagog
Telegram
Jalilov. Qaydlar
Oʻrni kelganda yana bir shaxsiy fikr.
Kimningdir nomidan sportchilargami, boshqalargami, qimmatbaho sovgʻalar berilar ekan - bu ularning (sovgʻa beruvchilarning) shaxsiy tashabbusi va shaxsiy mablagʻlari hisobidan boʻlishi kerak. Soliq toʻlovchilar pulini…

👍37
Ertaga, 17-mart kuni 17:00da "Metodist" guruhida "yangi avlod boshlangʻich sinf darsliklari" mualliflari ishtirokida vebinar rejalashtirilgan ekan.
Agar "yangi avlod darsliklari" deganda "Novda" xususiy nashriyotining bu yil muomalaga kiritilgan hamda anchagina savollar tugʻdirgan "fin" - "fin emas" darsliklari nazarda tutilgan boʻlsa, bu, adashmasam, mualliflarning birinchi marta jamoatchilik bilan muloqotga kirishishlari boʻladi. Va nazarimda, bu yaxshi, chunki savollar yigʻilib qolgan.
Masalan, mualliflardan ertangi vebinarda quyidagi fundamental savollarga oydinlik kiritishni soʻrardim:
1. Mazkur darsliklar qaysi oʻquv dasturi asosida yaratilgan? Nega bu dasturlar, mana oʻquv yilining 3-choragi tugamoqda hamki, haligacha eʼlon qilinmasdan davlat siridek qoʻriqlanmoqda?
2. Darsliklarga taʼlimning va metodikaning qaysi nazariya(lar)i asos qilib olingan? "Oʻqish savodxonligi" darsligi uchun oʻqish savodxonligining qaysi modeli asos qilib olingan?
3. Darsliklarda mavzular orasida izchillik yoʻqligini, tegishli yoshdagi oʻquvchi uchun murakkab boʻlgan tushunchalarning berilishini (masalan, qarang) qanday izohlaysiz?
Umid qilamanki, vebinarda hurmatli mualliflar bu savollarga oydinlik kiritishadi. Yana boshqa savollar ham bor, bu savollarni ertaga berishga imkon berilsa kerak.

👍6
"Odamlar qultabiat fikrlashdan voz kechmas ekanlar, hech nima o‘zgarmaydi. Baribir bu diktatura adabiy davom etmasligini bilamiz. Tarix shuni ko‘rsatadiki, hammasi bir kunda, juda tez o‘zgarishi mumkin".
Impercha fikrlash va dekolonizatsiya haqida BBC Oʻzbek xizmati maqolasi. Bizda, afsuski, SSSR parchalaganiga 30 yildan oshsa hamki, dekolonizatsiya va dekommunizatsiya haqida haligacha jiddiy oʻylab koʻrilgani yoʻq.

BBC News O'zbek
Россия, “ёввойи" Ўрта Осиё, Бандера ва деколонизация: Мақсад Россияни парчалашми ёки руслар онгини ўзгартириш?
Россия, Британия ё Франция каби, денгизорти ҳудудларига эга эмас эди. Лекин, у шу кунгача очиқчасига империя бўлиб қола олдими? Баъзи Ғарб ҳукуматлари энди шуни муҳокама қиляпти.
👍6
"Yangi avlod" boshlangʻich sinf darsliklari mualliflari negadir vebinarda qatnashishmadi va savollarga javob olishning imkoni boʻlmadi. Darsliklar boʻyicha savollar nafaqat menda, balki boshqa ishtirokchilarda ham yigʻilib qolgan edi.
Telegram
Jalilov. Qaydlar
Ertaga, 17-mart kuni 17:00da "Metodist" guruhida "yangi avlod boshlangʻich sinf darsliklari" mualliflari ishtirokida vebinar rejalashtirilgan ekan.
Agar "yangi avlod darsliklari" deganda "Novda" xususiy nashriyotining bu yil muomalaga kiritilgan hamda anchagina…

🔥3