Darvoqe. Yana bir qiziq narsa. Vebinarda rasmiylar tomonidan 1-11 sinf matematika va tabiiy fanlar darsliklari kelayotgan o'quv yilidan almashishi, Singapur darsliklari joriy qilinishi aytildi.
Lekin ... O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi e'lon qilgan 2024-2026 yillar byudjetnomasiga ko'ra, 2023-yilda "umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini Finlyandiya tajribasi asosidagi yangi avlod darsliklari bilan ta’minlash"ga 1,376 trln so'm (920 mlrd + 456 mlrd so'm) sarflangan, 2024-yilda esa "umumta’lim maktablari o‘quvchilarini Finlyandiya tajribasi asosida yaratilgan yangi avlod darsliklari bilan ta’minlashni davom ettirish" uchun 1,5 trln so'm ajratilgan.
Qiziq. Singapur - bu Finlyandiya emas. 1-11 sinflar uchun Singapur darsliklari joriy qilinsa, "Finlyandiya tajribasi asosida yaratilgan yangi avlod darsliklari" uchun sarflangan 1,3 trln va ajratilgan 1,5 trln so'm nima bo'ladi? Havoga uchadimi?

👍5🔥2🤬1
Shunchaki ma'lumot o'rnida. Ozodlik radiosining Iqtisodiyot va moliya vazirligi rasmiy saytidan olingan infografikalarga tayanib iddao qilishicha, 2024-yil 11-mart holatiga byudjet taqchilligi (defitsiti) 19,8 trln so'mni (yanvar uchun - 5,7 trln so'm, fevral uchun - 7,2 trln so'm, 1-11 mart uchun - 6,8 trln so'm) tashkil qilgan.
😢6🔥3🤬3
Bakiroo ta'biri bilan aytganda, "Rejalashtirish gorizonti tushgacha va buyam aniqmas, kechga yana kayfiyatga qaraymiz" qoidalari bilan yashayotgan O‘zbekiston.
2021-yil: 2025-yilda barcha maktablar to‘liq milliy o‘quv dasturiga o‘tadi.
2022-yil: "Darsliklar sifati va o‘qitish metodikasi har xil. Ulardan O‘zbekiston uchun eng ma’quli, bu — Finlyandiyaniki, deb qaror qabul qildi mutaxassislar".
2024-yil: Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Sardor Rajabov boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi Singapurda Marshall Cavendish Education tashkiloti vakillari bilan uchrashishdi. Uchrashuvda ... dars jarayonlarida zamonaviy metodika va darsliklardan foydalanish ... bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
P.S. Byudjet taqchilligi ? Nima u?

👍19
Putinga qarshi peshin haqida "Новая газета"da.
Новая газета Европа
Россияне вышли на «Полдень против Путина»
Акция «Полдень против Путина», которую предложил бывший депутат петербургского Заксобрания Максим Резник и поддержал Алексей Навальный, к этому моменту уже состоялась в ряде городов и стран. Суть состоит в том, чтобы прийти на участки 17 марта в 12:00 по…
👎1
BBC "Putinga qarshi peshin" haqida.
PS. Izohlarda "bu aksiyadan biron foyda boʻldimi?" deb soʻrashmoqda. Albatta, "saylov" deya nom olgan bu tomoshaning soxta gʻolibi oldindan aniq, lekin insonlar shunchaki belgilangan vaqtda belgilangan joyda yigʻilish orqali ham diktaturani qoʻrqita olishdi. Va ular yolgʻiz emasliklarini koʻrishdi. Bu ham hozirgi sharoitda yaxshi natija, menimcha. Legitimlik tugadi.

BBC News Русская служба
Задержания за приход на участок, гвоздики «в память о смерти свободы» и бюллетени на могиле Навального: как прошел «Полдень против…
В десятках российских городов и у посольств РФ зарубежом люди выстроились в очереди у избирательных участков. Они пришли к 12 по местному времени, приняв участие в акции «Полдень против Путина», анонсированной Алексеем Навальным незадолго до его смерти в колонии.…
👍7👎1
Qiziq. Taʼlim sifatidan norozi ota-onalarning Bolalar ombudsmaniga murojaat qilish hollari koʻpaymoqda. Bu safar Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 103-sonli maktab oʻquvchilarining ota-onalaridan jamoaviy ariza kelib tushgan.
Oʻtgan safar Xorazmdan murojaat kelib tushgan va murojaatchining daʼvolari asosli deb topilgan edi.

Kun.uz
Toshkentda maktab o‘qituvchisidan norozi ota-onalar ombudsmanga jamoaviy ariza bilan murojaat qildi
Bolalar ombudsmani qabuliga fuqaro kelib, Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 103-sonli umumta’lim maktabi 6-sinf o‘quvchilarining ota-onalari tomonidan yozilgan jamoaviy ariza bilan murojaat qilgan.
🔥7👏3👎1😱1🤬1
Qancha kamroq bilsang, shuncha yaxshiroq uxlaysan ...
Gazeta.uz ning yozishicha, budjet jarayonini takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasining 29 va 97-moddalarida Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar Oliy Majlisi palatalariga yuborilishidan oldin ularning jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishi amaliyotiga chek qo‘yilmoqda.
Shunchaki ma'lumot o'rnida. Meniki, seniki, hammamizniki bo'lgan asosiy hujjatda xalq hokimiyatning birdan-bir manbai sifatida e'tirof etilgan hamda davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’ul ekanligi belgilab qo'yilgan. ... Lekin hadeb xalqqa hisobot beraverish, hamma narsani jamoatchilik muhokamasiga olib chiqaverishning nima keragi bor, to'g'rimi?

Газета.uz
Budjet jarayonini takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasida qanday o‘zgarishlar nazarda tutilmoqda?
O‘zbekistonda budjet jarayoni va ichki auditni takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasi yuzasidan jamoatchilik muhokamasi davom etmoqda. Loyiha, jumladan, Moliya vazirligi davlat budjeti ijrosi bo‘yicha Qonunchilik palatasiga har chorakda emas, har yarim…
👎15🔥7
Filolog, ona tili va adabiyot oʻqituvchisi Zulfiya Rashidova ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun imtihon topshirish tajribasi bilan boʻlishmoqda va DTMga (Bilimlarni baholash agentligiga) bir qancha oʻrinli savollarni qoʻymoqda.
Telegram
Shunchaki...
Keyin o'qib tushunish testiga o'tdim: ikkita matn (biri ilmiy, boshqasi badiiy asardan) berilgan edi. Yulduzlar haqidagi ilmiy matnga tuzilgan test, har holda, kutganimdan yaxshi edi. Komil Jalilovning testologiya kursida o'qigan va bir yil davomida testolog…
🔥8👍4
Zulfiya Rashidovaning Milliy sertifikat testlari boʻyicha savollariga, tushunishimcha, DTM (Bilimlarni baholash agentligi) boʻlim (boshqarma?) boshligʻi Zafar Olimbekovning javobi:
Саволларингизга жавоб олмокчи булсангиз, агентликка боринг
Hurmatli Zafar Olimbekov, sizning tashkilotingiz xizmatidan pul toʻlab foydalangan fuqaro shaxsiy yoki davlat siri yoki tijorat siriga oid savollar qoʻyayotgani yoʻq, agentlikka chaqirib alohida muhokama qiladigan. Baholash bilan shugʻullanadigan har qanday oʻzini hurmat qiladigan tashkilot ochiqlashi kerak boʻlgan maʼlumotlarni - testlarni validligiga oid maʼlumotlarni soʻrayapti. Bilasiz, oʻzi normal dunyoda test tashkilotlarining natijalari shunchaki ularga davlat rahbari yoki hukumat qarori bilan monopol vakolat berib qoʻyilgani uchun tan olinmaydi. Normal dunyoda test tashkilotlarining natijalari ular shu testlarining validligini ilmiy isbotlay olgani uchun tan olinadi. Va bilasiz, normal dunyoda oʻz bilim va koʻnikmalarini tasdiqlash ehtiyoji tugʻilgan fuqaroda tanlov imkoni bor. Lekin koʻp sohada boʻlganidek, bu sohada ham Oʻzbekistonliklarni "eshik qisgan" - tanlash imkoniyatidan mahrum. Qoʻlingizdan kelsa - koʻtarilgan oʻrinli savollarga rasmiy kanallar orqali tayinli javob bering, qoʻlingizdan kelmasa - "testlarning validligini isbotlash qoʻlimizdan kelmaydi" deb aytib qoʻya qoling.

👍30🔥11
Yuqoridagiga qoʻshimcha.
Oʻzi taʼlimimiz jarlikka kirib ketganining asosiy sababchilaridan biri - Davlat test markazi (hozirgi Bilimlarni baholash agentligi).
Nima uchun bunday deyapman? Testologiyani ozmi - koʻpmi oʻrgangan har qanday mutaxassis "washback" tushunchasini biladi. "Washback" - bu baholash tizimining taʼlim ishtirokchilariga taʼsiri. Bu taʼsir koʻzda tutilgan yoki koʻzda tutilmagan, ijobiy yoki salbiy boʻlishi mumkin, lekin u har doim mavjud. Baholash tizimi, ayniqsa "high-stakes tests" (test topshiruvchi uchun muhim boʻlgan qarorlar qabul qilish maqsadida ishlatiladigan testlar - DTM testlari aynan shunday testlar sirasiga kiradi) taʼlim tizimi ishtirokchilariga nima muhim va nima muhim emasligi, nimani oʻrganish kerakligi va nimani oʻrganmasa ham boʻlaverishi haqida signal beradi, ularning harakatini boshqaradi. Testlar asosiy sifat mezoni - validlik talblariga javob bermasa, davlat taʼlim standartlarida, oʻquv dasturlarida belgilangan maqsadlar va baholash oʻrtasida farq katta boʻlsa, baholash taʼlim tizimi ishtirokchilarini standartlarda (oʻquv dasturlarida) belgilangan koʻnikmalarga emas, boshqa narsalarga eʼtibor qaratishga majburlasa, washback kuchli salbiy boʻladi. Bu - ilmda isbotlangan narsa.
Davlat test markazi oʻzining "taʼlim standartlari (oʻquv dasturlari) = darsliklardagi maʼlumotlar" degan gʻayriilmiy yondashuvi bilan, validlik mezonlariga javob bermaydigan test tizimi bilan taʼlim tizimimizni jarlikka, halokatga olib kelgan eng asosiy "oʻyinchilar"dan biridir. Bu yondashuv oʻzgarmas ekan, taʼlimda ahvol oʻnglanmaydi. Bu ham ilmiy isbotlangan - buni tushunish uchun uzoqqa borish shart emas, PISA natijalariga bagʻishlangan ilmiy tahlillarni varaqlash yetarli.

Jalilov. Qaydlar
Zulfiya Rashidovaning Milliy sertifikat testlari boʻyicha savollariga, tushunishimcha, DTM (Bilimlarni baholash agentligi) boʻlim (boshqarma?) boshligʻi Zafar Olimbekovning javobi:
Саволларингизга жавоб олмокчи булсангиз, агентликка боринг
Hurmatli Zafar…

👍15
Yuqorida yozganimdek, "washback" - baholash tizimining taʼlim ishtirokchilariga taʼsiri - ilmiy o'rganilgan hodisa. Ko'plab olimlar bu hodisaning qanday ishlashini tushuntiruvchi nazariy modellarni taklif qilishgan. Shulardan biri - Grin (Green) taklif qilgan model.
Grin modeliga ko'ra, test qanchalik qiyin va uning natijalari muhim deb ko'rilsa, testning ta'lim tizimi ishtirokchilariga ta'siri - washback - shunchalik intensiv (kuchli) bo'ladi. Testda tekshiriladigan konstruktlar ta'lim standartlari (o'quv dasturlari)da belgilangan maqsadlardan qanchalik uzoq bo'lsa, washback shunchalik salbiy bo'ladi.
Endi bu modelni DTM testlariga tatbiq qilib ko'rsak: test topshiruvchilar (xususan, yuqori sinf o'quvchilari - abituriyentlar) bu testlarni qiyin deb hisoblashadi, shuning uchun ham bor kuchini bu testlarga tayyorgarlik ko'rishga sarflashadi. Ular uchun test natijalari - hayot-mamot masalasi, shuning uchun faqat testda nima tushsa, shuni o'qishadi, qolganini ignor qilishadi. Ta'lim standartlarida (o'quv dasturlarida) maktab bitiruvchisi darsliklardagi hamma ma'lumotlarni yodlab olishi kerak, degan talab yo'q, lekin DTM testlari asosan xotirani tekshiradi (Zulfiya Rashidova yozgandek, esiz Blum va uning taksonomiyasi). Mana sizga intensiv (kuchli) va salbiy ta'sir. Asosiy faoliyati bilim va ko'nikmalarni baholash bo'lgan, bu sohada monopol bo'lgan tashkilot buni tushunishi kerak edi, afsuski.

👍11🔥2