Jalilov. Qaydlar
4.11K subscribers
1.47K photos
17 videos
22 files
2.3K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Shunday qilib, Navoiyda oʻquvchilarning maktab maʼmuriyati (va / yoki Milliy gvardiya?) tomonidan ommaviy tahqirlanishi voqeasi yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovadan yoki vazirlikdan rasmiy munosabatga koʻzim tushmadi. (Umuman, oxirgi vaqtlarda maktab taʼlimidagi boshi-oxiri koʻrinmayotgan muammolar yuzasidan taʼlim uchun asosiy javobgar shaxs - vazirning biron-bir munosabat bildirishidan koʻra Orol dengizining qaytib toʻlishini kutish osonroq boʻlsa kerak). Vazirlik matbuot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova esa oʻz telegram kanalida "rasmiy munosabat" sifatida Komil Allamjonovga tegishliligi aytiladigan "Milliy" telekanalining "Millar" dasturidan lavhani joylashtirib qoʻydi.
🤔4👍3🤯2
Singapuromaniya davom etmoqda. Singapur darsliklari jadallik bilan oʻzbekchaga tarjima qilinmoqda. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining bir qancha xodimlari esa Singapurga yoʻl olishdi.

Bu paytda Singapurning oʻzida maktablarda oʻqitiladigan "Character and Citizenship Education" fani dasturiga Isroil - Hamas mojarosi bilan bogʻliq mavzular kiritilishi muhokamalarga sabab boʻldi. Bu muhokamalarga Singapur taʼlim vaziligi va shaxsan vazirning oʻzi javob berishiga toʻgʻri keldi. Xususan, mutasaddilar izohlarida "oʻqituvchilar oʻquvchilarning emotsional salomatligini tekshirishlari" hamda maktablar turli fikrlarga ega oʻquvchilar uchun "xavfsiz muhitni taʼminlashi" taʼkidlandi. Shaxsan taʼlim vaziri Chan Chun Sing yakshanba kuni bu masalada alohida intervyu berdi va darslarga Gʻazodagi mojaro bilan bogʻliq mavzular nima maqsadda kiritilganligini, darslar qanday oʻtilishini tushuntirib berdi.

Hozirda Singapurga xizmat safari bilan ketgan Oʻzbekiston maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mutasaddilari safardan qaytgach, vazirga bu haqida, yaʼni Singapurda vazirning taʼlimga oid masalalar boʻyicha intervyular berishi amaliyoti haqida ham axborot berish yoki bermasliklari hozircha maʼlum emas. Oʻzbekistonda taʼlim vaziri hozirgacha darsliklar, PISAdagi natijalarimiz, oʻquv dasturlari, oʻquvchilarning tahqirlanishi yoki boshqa ogʻriqli masalalar yuzasidan biron-bir intervyu berganiga koʻzim tushmadi.
🔥9👍7
Bizning ta'lim tizimi bilan haqiqatda zerikmaysan. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar 103-maktabda bo'lganligi iddao qilinayotgan holat videosi tarqaldi. Bundan oldinroq Qashqadaryoda maktab direktori o‘rinbosari va o‘quvchi bir-birini kaltaklagani, har ikkisi ham shifoxonaga yotqizilgani xabari tarqalgan edi.

Umuman, asablari charchagan ta'lim tizimi xodimlari hamda ta'limning sifatidan qoniqmayotgan ota-onalar va o'quvchilar bilan qanday ishlash, muammolarning ildizini qanday hal qilish bo'yicha vazirlikda aniq bir strategiya, aniq bir reja ko'rinmaydi. Hozirgi vaziyatda vazirlik har bir individual holatda "yong'in"dan keyin "holatlarni o'rganib", "o‘rganish natijalariga ko‘ra holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berishi" mumkin, lekin aniq bir strategiya bo'lmagandan keyin "yong'in"lar ko'paysa ko'payadiki, aslo kamaymaydi. Vazir esa tayinlanganiga bir yildan oshdi hamki, biron marta intervyu berib yoki ochiq matbuot anjumani o'tkazib, ta'lim bo'yicha o'z strategiyasi, maqsad va rejalarini, muammolar va ulaning yechimlari bo'yicha fikrini ochiqlagani yo'q.
👍8
Forwarded from Ilyos Safarov
Hilola Umarovaning maktabgacha va maktab ta'limi vaziri lavozimiga tayinlanganiga bir yarim yilga yaqin vaqt o'tdi. 2022-yil 30-dekabr kuni u ayni lavozimga tayinlangan edi. Ammo nega vazir shu vaqtga qadar jurnalistlar uchun biror marotaba matbuot anjumani o'tkazmadi?

Jamiyatda ta'lim tizimiga nisbatan e'tirozlar oshib boryapti. Maktablardagi dars sifati, darsliklardagi jiddiy xatoliklar, istalgan tuzilmaning ta'lim, maktab ishiga aralashib ketaverishi, o'quvchilarning oddiy insoniy huquqlarini tez-tez buzilayotgani, vazirlik zimmasida bo'lishi kerak bo'lgan vazifalarning boshqa tuzilmalarga o'tkazib yuborilayotgani kabi masalalarda matbuot vakillarida jiddiy savollar bor.

Shuningdek, millionlab ota-onalarni ta'lim tizimi, uni bugungi inqirozdan chiqarish borasida hukumat qanchalik aniq rejaga ega ekani, biz qaysi yo'ldan ketyapmiz, yo'limiz yo'l degulikmi o'zi, degan savollar qiziqtiradi.

Fikrimcha, har qanday yo'nalish rahbari va jumladan, maorif vaziri uchun ham bir yil oldindagi ishlar rejasini qilib olish va bu haqda xalqqa ma'lumot berishga yetarli muddat, hatto juda ko'p ham.

Hilola O'ktamovna, matbuot va ota-onalar sizni jiddiy hamda javobi berilishi kerak bo'lgan savollar bilan kutmoqda.

@haqiqatdaIlyos
👍29🔥5
Men oʻn minglab maktablar, bu maktablarda tahsil olayotgan millionlab oʻquvchilar va ularning ota-onalari, qolaversa, butun jamiyatga daxldor tizimni boshqarayotgan vazirning bir yildan oshiq vaqt davomida biron marta ochiq matbuot anjumani oʻtkazmagani yoki bironta nashrga kattaroq intervyu berib, oʻz rejalari, strategiyasini ochiqlamayotgani, muammolar yuzasidan fikrini bildirmaganiga aniq strategiya yoki rejalar yoki bunday tadbirda berilishi mumkin boʻlgan savollarga javoblar yoʻqligidan boshqa izoh koʻrmayapman. Umid qilamanki, adashyapman va vazir tez orada matbuot anjumani oʻtkazib, hamma savollarga javoblar beradi.
🔥14👍3
Shunchaki ma'lumot o'rnida.

O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 10-modda.
😢9👏5👍2
... Sening bor nasibangni beklaring totib boʻldi,
Bugundan-ku ayrilding, ertangni sotib boʻldi,
Yoʻl koʻrsatar mayogʻing oʻchganga oʻxshayotir.

Buxorodagi buzilishlar va loyihasi 470 millionga baholanayotgan "etnografik turistik markaz" qurilishi loyihasi haqidagi yangiliklarni oʻqib faqat shu mashhur sheʼr xayolda aylanadi. Uygʻoq faollar Buxorodan olingan suratlarni va videolarni oʻz kanallariga joylashtirishmoqda, buzilishdan u qadar ham xursand boʻlmayotgan aholi hasratlari haqida yozishmoqda, YUNESKOga ichimizdagi dushmanlarni mahv qilish yoʻllarini taklif qilishmoqda, ayrim mutaxassislar zooparkka oʻxshatgan va turistlarni jalb qilishdagi samarasini soʻroq ostiga olgan "etnografik markaz"dan ham koʻra dolzarbroq muammolari boʻlgan Buxoroda 470 millionni sarflashning oqilroq yoʻllari borligi hamda "Singapurlik investor" buncha pulni qayerdan olishini soʻrashmoqda, bu samarasiz loyiha katta zanjirning bir halqasi boʻlib chiqishi ehtimoli haqida ogohlantirishmoqda, ochkoʻz amaldorlarni bizning (yaʼni soliq toʻlovchilarning) pullarini bebiliska ishlatish imkoniyatidan mahrum qilish zarurati haqida yozishmoqda.

Qiziq-da. Samarqandda falon pulga qurilgan shunday "etnografik markaz"ning samarasi tahlil qilindimi? Nechta sayyohni bu "под-оригинал" maketlar oʻziga jalb qilmoqda, sayyohlar bu markazda qancha pul qoldirishmoqda? Buxoroga keladigan sayyohlarni yasama maketlar-u bir joyga qamalib, bir xil kiyintirilgan "hunarmand"lar qiziqtirishiga ishonasizmi? Yoki bu markazning real (boʻrttirilgan, shishirilgan, xayoldagi emas) zarurati, samaradorligi minginchi masalami?
👍9😢6
Bakiroo yirik bitimlar shartlarini ochiqlash zarurati haqida yozmoqda. Umuman, Oʻzbekiston soliq toʻlovchilar puliga xorijdan sotib oladigan har qanday mahsulot yoki xizmat boʻyicha bitimlar shartlarini shu bitimlar pulini toʻlaydigan soliq toʻlovchilar bilishi kerak emasmi? Nafaqat energetika sohasida va nafaqat "shimol" bilan. Masalan, taʼlim sohasida va Singapur bilan ham.

Masalan, Singapur bilan "oʻquv dasturlari va kontentlarni takomillashtirish" qanchaga tushmoqda? Masalan, nega tarjima qilish uchun aynan Marshall Cavendish va Star Publishing nashriyotlari darsliklari tanlangan? Bu darsliklarning Oʻzbekiston oʻquv dasturlari bilan mosligi tahlil qilinganmi? Agar taʼlim sifatini oshirish uchun xorijiy darsliklarni sotib olib, tarjima qilish zarur boʻlsa, qaysi mezonlar asosida aynan shu nashriyotlar mahsulotlari tanlangan? Boshqa muqobil takliflar oʻrganildimi? "Fin" (yoki "Finlyandiya standartlari asosidagi") darsliklar nima boʻladi?
👍18
Yana darsliklar haqida

Снова про учебники


Однажды к автору учебника пришла белочка…
Сколько стоит взорвать мозг ребенку и родителям?
А прочтите рассказ Осиё Усмановой «Настоящая дружба» в книге по читательской грамоте за 1 класс.
Неужели более позитивного текста про дружбу для первашей не нашлось?
Корабль разбился, и нам неизвестно, далеко ли плыть до земли, тем более, что корабль маленький, значит, спасательных лодок точно нет.
Два друга оказались в воде. Матросы ПЫТАЛИСЬ, то есть попытка не увенчалась успехом. И это понятно, ведь бедные матросы плавали незнамо сколько туда, сюда, а друзья их всё время отталкивали и кричали: «Оставьте меня, сначала спасите моего друга».
У меня вопрос…А их всё-таки спасли или нет? Или они до сих пор там плавают? 🙁
Где конец истории? Добрый, поучительный и радостный?
« Вот это и есть настоящая дружба»,- пишет автор. Это какая? Чтобы ни один не спасся что ли?
Для детей данной возрастной группы такие трагические истории я бы не советовала включать в учебник. Неизвестно, куда приведёт детская фантазия. А если он читает эту муть один? Как отразится этот мрак на психике ребёнка?

Manba / Источник
👍10🤯3😢1
Oʻquvchilarning ommaviy tahqirlanishini oqlash kampaniyasi boshlanganga oʻxshaydi.

Kun.uz manbasining xabar berishicha, otaning murojaatidan oldin maktabda u va o‘g‘lidan tushuntirish xati ham yozdirib olingan. Qolaversa, turli ijtimoiy tarmoqlarda mavzu yuzasidan e’lon qilingan xabarlarga maktab o‘qituvchilari tomonidan izoh yozdirilmoqda. Manbaga ko‘ra, maktab direktorini oqlashga qaratilgan mazkur “kampaniya” Navoiy shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan uyushtirilyapti.
🤬14
Oʻzbekistondan surish kerakligi, shundagina muvaffaqiyatga erishishing mumkinligi haqida chiroyli filmlar olib, bu filmlarni xorijda dabdabali premyera qilish shu paytgacha rasman homiylar hisobidan amalga oshirilgan boʻlsa, endi bu ish Oʻzbekistonning ichida qolib, mehnat qilayotgan va aksar hollarda chet elni koʻrish orzusi boʻlib qolayotgan soliq toʻlovchilar hisobidan amalga oshiriladi.
🤬32🔥8👍6👎2🤯2😱2
"Lolazor" podkastida Xushnud Xudoyberdiyev ta'limning kelajagiga nisbatan unda pessimizm paydo bo'lgani haqida gapiribdi. Bunday pessimizm paydo bo'lishiga sabablardan birini, menimcha, ayrim auditoriyasi katta blogerlarning bilibmi, bilmaymi, bundan ikki yilcha oldin yozganlaridan ham qidirish kerak. O'shanda ular ta'lim mazmunini yangilash bo'yicha izchil amalga oshirilayotgan o'zgarishlarni diskreditatsiya qilish va ta'lim kimlarningdir qandaydir manfaatlari yo'lida o'yinchoq bo'lishiga o'z hissalarini qo'shishgan edi. O'shandan keyin hammasi boshlandi ...
🔥21👍10👏2
Prezident tadbirkorlik subyektlariga fiskal belgilar va tovarlarni markirovkalash bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun qo‘llaniladigan moliyaviy sanksiyalarni yumshatish to‘g‘risidagi farmonni imzolagani haqida xabar berilmoqda. Ya'ni, Soliq kodeksining tadbirkorlar noroziligiga sabab bo‘lgan 227−1-moddasi bo‘yicha jarima miqdori 50 baravarga kamaytiriladi.

Juda ko'p muhokamalarga va norozilikka sabab bo'lgan bu moddadagi jarimaning kamaytirilishi, albatta, yaxshi yangilik. Faqat men tushunmayotganim bir narsa.

Soliq Kodeksi - bu parlament qabul qilgan qonun. Prezident farmoni - bu qonun osti hujjati. "Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida"gi qonunga muvofiq, Prezident farmon va qarorlari qonunlar asosida hamda ularni ijro etish uchun tuziladi, ular o'ziga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega hujjatlarga (qonunlarga) zid bo'lishi mumkin emas.

Shunday ekan, Kodeks (qonun) bilan belgilangan jarimani qanday qilib farmon bilan kamaytirish mumkin?
🔥4👍2
Muammoning ildizini, sabablarini aniqlab, ularni tizimli hal qilgandan koʻra bu muammolar ijtimoiy tarmoqlarga chiqib ketishining oldini olish osonroq. Ijtimoiy tarmoqqa chiqmagan muammo esa muammo emas. Demak, telefonlarga qarshi kurashish, ularni taqiqlash - har qanday muammoning eng yaxshi yechimi.
👍12
Darvoqe. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning Oʻzbekiston maktablarida telefonlarga eʼlon qilingan urush fonida yangragan tashabbusi haqida.

Agar janob Mirzayev buncha - Oʻzbekistonlik oʻqituvchining oʻrtacha 100 oylik maoshiga teng - summani oʻz choʻntagidan toʻlamoqchi boʻlsa, marhamat - davlat xizmatchisi sifatida bu pullarning kelib chiqishi manbaini ochiqlasin-da, toʻlayversin. Agar soliq toʻlovchilar hisobidan toʻlamoqchi boʻlsa, kechirasiz - bunday samarasi shubhali va tuturuqsiz tashabbuslarga byudjet mablagʻlari ishlatilishiga men, masalan, qarshiman.
👍47👎2
Siyosatga qiziqmaydigan, siyosiy jarayonlarga aralashmaydigan, umuman siyosiy millat sifatida shakllanmagan va "och qornim - tinch qulogʻim" falsafasi asosida yashaydigan olomonning qorni och boʻlishi aniq, lekin qulogʻi tinch boʻlishiga kafolat yoʻq.
🔥9😱6👎1