Ijtimoiy tarmoqlarda yana o'sha Ta'limni rivojlantirish respublika markazi tasdiqlab bergan "Novda" darsliklari masalasi
"Hurmatli "Потребители" guruhi, darsliklar mavzusi, ayniqsa o'zbek tili darsliklari haqidagi mavzu ko'p marotaba ko'tarildi, lekin oramizdan kimningdir posti tegishli organlarga yetib boradi degan umidida yana o'zbek tili darsligi haqida yozyapman. Mening fikrimcha, tug'ilib o'sgan yurtning tilini bilish kerak. Ammo...
Quyidagi she'rga e'tiboringizni qarating, bu she'rda yetarlicha qiyin so'zlardan foydalanilgan (ayniqsa bolalar uchun), she'rning qofiyasi umuman yo'q. So'zlarning tarjimasida xatoliklar uchraydi. Balki bizning boshliqlarimiz, Maktab va maktabgacha ta'lim vazirligi darsliklarni nazorat ostiga olishar, axir bu darsliklardan bizning farzandlarimiz foydalanadilar, ular shu yurt kelajagi emasmi axir?!
She'rga keladigan bo'lsak, men o'zbek tilini biladigan odam sifatida osonlik bilan bu she'rni yodlay olmayman, tilni bilmaydigan, lekin o'rganishga intilayotgan bolalar-chi? She'r muallifi ko'rsatilmagan".
P.S. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, odatdagiday, sukutda ...

👍9🔥6👎1
Darvoqe. Ta'limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi saytining "O'quv-metodik komplekslar" sahifasi nega bo'm-bo'sh? Markaz o'zi tasdiqlab bergan darsliklarni yanada ko'proq odamlar ko'rib, metodik va ilmiy sifatiga baho berishini istamaydimi yoki buning zamirida boshqa biron sabab bormi?
👍12🔥4👎3
Shimoliy Oʻzbekiston?
KXDRda (Shimoliy Koreyada) erkaklar sochining uzunligi 5 sm dan oshmasligi kerak ekan. Qariyalarga istisno tariqasida sochini 7 sm gacha oʻstirishga ruxsat beriladi ekan. Bundan tashqari, KXDRda soch turmagi, kiyim va umuman tashqi koʻrinishga bir qator cheklovlar mavjud.
"Xalq taʼlimi info" kanalidagi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan maktab oʻquvchilarining sochi uzunligiga qoʻyilgan talablar haqidagi maʼlumotni oʻqib beixtiyor Shimoliy Koreya esga tushmasligi mumkin emas. Lekin savol tugʻiladi: bu parallellar tasodifmi yoki qonuniyat?
Umuman, "self expression" tushunchasi mavjud. Insonning oʻzligini namoyon etishi. Bu, masalan, individual soch turmagi, kiyim fasoni yoki boshqa shaklda koʻrinishi mumkin. Inson shaxs emas, massaning bir qismi sifatida koʻriladigan jamiyatlarda odatda boshqalardan ajralib turish ragʻbatlantirilmaydi va hatto jazolanishi mumkin.

👍24
"Tuyaqush" effekti
Kecha Navoiyda maktab oʻquvchilarining maktab rahbariyati (va/yoki Milliy gvardiya?) tomonidan maktab sport zalida ommaviy tahqirlanishi yuzasidan haligacha na vazir Hilola Umarova, na vazirlikning rasmiy sahifalari va na vazirlik axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova tomonidan biron bir munosabat yoki izoh berilganicha yoʻq. Vazirlikning telegram kanali kecha vazir oʻrinbosarining maktablarga "tashrif"i, "Barkamol avlod" festivali va hokazo va hokazolar haqida yozdi, lekin butun Oʻzbekiston muhokama qilgan va vazirlikkka bevosita daxldor (aslida vazir va vazirlik birinchi boʻlib munosabat bildirishi kerak boʻlgan) voqea boʻyicha izoh berishni lozim topmadi.

🔥19👍2👎1
Sunʼiy intellekt ham oʻsmirlarning sochini majburan oldirish Oʻzbekiston qoʻshilgan bir qancha xalqaro huquq normalariga, xususan, "Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiya"ga zid va oʻsmirga qattiq psixologik travma beradigan harakat, deyapti.
"Oʻsmir uchun uning sochi koʻpincha ramziy maʼnoga ega va oʻzligi, oʻzligini namoyon qilishi bilan chambarchas bogʻliq. Sochni majburlab oldirish uyat, xijolat tuygʻulariga sabab boʻlishi, oʻziga nisbatan ishonch hissi va boshqalar bilan munosabatlariga salbiy taʼsiri koʻrsatishi mumkin".
UNESCOning maktablarda tahqirlash boʻyicha global hisoboti ham shunday xulosalarni bergan edi.
Vazirlik esa hamon sukutda ...

👍11🔥3
Xalqaro darajadagi harbiy jinoyatchi "suvereniteti va hududiy yaxlitligi hurmat qilingan" Ukrainaga qarshi urushining faol bosqichiga oʻtganiga 2 yil toʻldi. 2022-yil 24-fevral kuni tong saharda, xuddi 1941-yilda natsistlar Kiyevni bombalaganidek, Putin armiyasi Kiyev va Ukrainaning boshqa shaharlarini bombalay boshladi. Aslida, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi oldinroq - ukrain xalqi oʻz kelajagini Yevropa bilan bogʻlaganida boshlangan edi.
Ukraina albatta ozod boʻladi. Nafaqat Ukraina ....

👍45👎6🤬1😢1
Elmurod Nishonov "Novda"ning darsliklaridagi muammolar haqida blogerlarni bong urishga chorlayapti.
Eh, Elmurod, (ayrim) blogerlar, nazarimda, oʻtgan yili darsliklar masalasida yetarlicha bong urib missiyani bajarib boʻlishgan. Bu yil ijtimoiy tarmoqlar va ayrim OAVlardagi "Novda" darsliklari masalasida ota-onalar va pedagoglarning figʻoni ularni qiziqtirmasa kerak.

👍14👏2
Oldingi postga izohlarda ayrimlar 2022-yilda "Menimcha" dasturida eʼlon qilingan videoni eslatishmoqda. Bu videoda davlat rahbari boshlangʻich sinflar uchun Finlyandiya standartlari asosida darsliklar yaratilishini eʼlon qilmoqda.
Endi shu ikki yil orasida boʻlgan voqealarni eslasak, boshlangʻich sinflar uchun "Novda" darsliklari muomalaga kiritildi. Darsliklarni yangi tashkil etilgan Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tasdiqlab berdi. Markaz nega aynan oʻzining (endilikda sobiq) direktori rahbarlik qilgan xususiy nashriyot darsliklarini tasdiqlagani, bu jarayonda manfaatlar toʻqnashuvi qay darajada oldi olingani boʻyicha izoh bermadi.
Darsliklarning ilmiy va metodik sifati bilan bogʻliq muammolar esa haligacha oʻqituvchilar va ota-onalarni "hayratga solish"da davom etmoqda.
Endi qiziq. Davlat rahbari ikki yil oldin Finlyandiya standartlari asosida darsliklar yaratilishini eʼlon qilgan edi. Darsliklarni joriy qilgan Taʼlimni rivojlantirish markazi vakili Yuliya Risyukova intervyuda "biz yoʻnalishni Finlyandiya tomon burmaganmiz" dedi, yaʼni darsliklarning Finlyandiya standartlariga aloqasi yoʻqligini tan oldi. Mantiqiy qonuniyat shundayki, ikkita bir-biriga zid maʼlumotning ikkalasi ham rost boʻla olmaydi: biri rost boʻlsa, biri yolgʻon boʻlishi kerak. Shunda, bu vaziyatda kim alda(n)gan?

Telegram
Xushnudbek.uz
Президент бошланғич синфлар учун дарслик Финландия стандарти бўйича тайёрланишини маълум қилди
Сирдарёга ташрифи давомида журналистлар билан мулоқот қилган президент охирги вақтларда кенг муҳокама қилинаётган мактаб дарсликлари масаласида гапирган. Бу борада…

👏4👍3🤯2👎1
Yoshi kattalar orasida "SSSR taʼlimi zoʻr edi" degan "mif" mavjud. Elektron OAVlarda yoki ijtimoiy tarmoqlarda taʼlimga oid muammolar muhokama qilinganda "SSSR taʼlim tizimini qaytaringlar" mazmunidagi izohlarni bot-bot koʻrish mumkin. Shu mif haqida qiziq maqola (rus tilida).
Телеграф
Каким на самом деле было образование в СССР: 4 мифа о советских школах
Советские люди верили в эти басни долгое время
👎6🔥6👍5