Mening shaxsiy fikrim:
Aniq strategiyasi yo'q Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi O'zbekistonning shundoq ham ayanchli ahvolda bo'lgan ta'limini bira to'la qaytib tura olmaydigan qilib ko'mib qo'ymoqda.
P.S. Bu fikrimni istalgan joyda argumentlar bilan dalillab berishga tayyorman!

🔥30👍12👏3👎1😢1
Yo'q, Shokir, vazirlik siz qo'ygan savollarga javob bermaydi.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tashkil topganiga bir yildan oshdi. Vazirning tayinlanganiga bir yildan oshdi. Shu paytgacha vazir (yoki vazirlik) biron marta jiddiy savollarga jo'yali javob berdimi?

Telegram
Shokir Tursun qarashlari
Taʼlim vazirligining aqlli kishilari baʼzi narsalarni tushuntirib berishsin:
1. Oʻsgan sochning taʼlim olishga salbiy taʼsiri qanday?
2. Agar oʻsgan soch taʼlim sifatiga salbiy taʼsir qilsa, qizlarning sochini nima qilamiz? Yoki qizlar oʻsgan soch bilan…

👍8
Xato ketidan xato
"Milliy gvardiyaning taʼlimga jalb etilishi katta xato edi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi muammoning ildizi qayerda ekanini oʻrganishi, oʻsha ildizga zarba berish bilan shugʻullanishi kerak. Bosim qilish bilan hech narsaga erishib boʻlmaydi", - deb yozmoqda Shokir Tursun. Lekin ta'lim bo'yicha aniq strategiyasi yo'q vazirlik muammo(lar)ning ildizini o'rganishdan ko'ra vaqtinchalik choralar, tushunarsiz tajribalar va PR bilan mashg'ul.
Aslida, majburan soch oldirish voqeasi - bu, Konstitutsiya va Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiyaga zid amaliyotligidan tashqari, o'quvchining maktab ma'lumuriyati tomonidan tahqirlashning (bullying, harrasment) bir ko'rinishidir. Bunday tahqirlanishga duchor bo'lgan o'quvchining maktabga va o'qishga munosabati ijobiy bo'la olmaydi.
UNESCO 2017-yilda e'lon qilgan maktabdagi zo'ravonlik va tahqirlash bo'yicha global hisobotda aytilishicha, "ayrim davlatlarda kattalar jismoniy jazolash va tahqirlashni tarbiyalashning bir qismi sifatida qarashadi va bunday yondashuvning bola ta'limi, jismoniy va ruhiy salomatligiga salbiy ta'sirini tushunmudilar".
Hisobotga ko'ra:
"Zo'ravonlik va tahqirlash bolalar va o'smirlarning jismoniy va emotsional salomatligiga zarar yetkazadi. Tahqirlanishga duchor bo'lgan bolada boshqalar bilan muloqotda muammolar, depressiya, yolg'izlik, bezovtalik ko'proq kuzatiladi, bunday bolalarda o'ziga ishonch pasayadi va suitsidga (o'zini o'zi o'ldirishga) moyillik kuchayadi.
Zo'ravonlik va tahqirlash bolaning o'qishiga ham sezilarli ta'sir qiladi. Bunday bolalar maktabga borishga qo'rqishadi, darsda fikrini jamlash va o'quv mashg'ulotlarida qatnahishda muammolar sezishadi. Ular maktabda dars qoldirishlari yoki maktabga umuman bormay qo'yishlari mumkin. Bu, o'z navbatida, ularning o'zlashtirishiga, kelajakdagi ta'lim olish va ishga joylashish imkoniyatlariga ta'sir qiladi. Xalqaro tadqiqotlar shuni aniq ko'rsatadiki, tahqirlash o'quvchining matematika singari muhim fanlarni o'zlashtirish darajasini tushiradi".

👍12🤯2👎1
Jurnalist Shokirjonovning yozishicha, soch oldirish voqeasida "tashabbus" bolalarning o'zidan chiqqan emish.
"Endi esa ko‘chada sartarosh xizmati qimmatligi uchun o‘quvchilarning o‘zi maktab direktorining oldiga kirib, "bizga arzonroq soch oladigan sartarosh chaqirib bering", degan emish".
Ta'lim tizimi ham jinnixona bo'lib ketdi, xullas.

Shokirjonov news
O‘rtoqlar! Vaziyat yanada qiziqarli tus olmoqda.
Ma'lumki, Milliy gvardiya bir urinishda oʻzidan soqit qildi.
Endi esa ko‘chada sartarosh xizmati qimmatligi uchun o‘quvchilarning o‘zi maktab direktorining oldiga kirib, "bizga arzonroq soch oladigan sartarosh…

😱18🤔5🤯4🤬3👎2
Ijtimoiy tarmoqlarda yana o'sha Ta'limni rivojlantirish respublika markazi tasdiqlab bergan "Novda" darsliklari masalasi
"Hurmatli "Потребители" guruhi, darsliklar mavzusi, ayniqsa o'zbek tili darsliklari haqidagi mavzu ko'p marotaba ko'tarildi, lekin oramizdan kimningdir posti tegishli organlarga yetib boradi degan umidida yana o'zbek tili darsligi haqida yozyapman. Mening fikrimcha, tug'ilib o'sgan yurtning tilini bilish kerak. Ammo...
Quyidagi she'rga e'tiboringizni qarating, bu she'rda yetarlicha qiyin so'zlardan foydalanilgan (ayniqsa bolalar uchun), she'rning qofiyasi umuman yo'q. So'zlarning tarjimasida xatoliklar uchraydi. Balki bizning boshliqlarimiz, Maktab va maktabgacha ta'lim vazirligi darsliklarni nazorat ostiga olishar, axir bu darsliklardan bizning farzandlarimiz foydalanadilar, ular shu yurt kelajagi emasmi axir?!
She'rga keladigan bo'lsak, men o'zbek tilini biladigan odam sifatida osonlik bilan bu she'rni yodlay olmayman, tilni bilmaydigan, lekin o'rganishga intilayotgan bolalar-chi? She'r muallifi ko'rsatilmagan".
P.S. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, odatdagiday, sukutda ...

👍9🔥6👎1
Darvoqe. Ta'limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi saytining "O'quv-metodik komplekslar" sahifasi nega bo'm-bo'sh? Markaz o'zi tasdiqlab bergan darsliklarni yanada ko'proq odamlar ko'rib, metodik va ilmiy sifatiga baho berishini istamaydimi yoki buning zamirida boshqa biron sabab bormi?
👍12🔥4👎3
Shimoliy Oʻzbekiston?
KXDRda (Shimoliy Koreyada) erkaklar sochining uzunligi 5 sm dan oshmasligi kerak ekan. Qariyalarga istisno tariqasida sochini 7 sm gacha oʻstirishga ruxsat beriladi ekan. Bundan tashqari, KXDRda soch turmagi, kiyim va umuman tashqi koʻrinishga bir qator cheklovlar mavjud.
"Xalq taʼlimi info" kanalidagi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan maktab oʻquvchilarining sochi uzunligiga qoʻyilgan talablar haqidagi maʼlumotni oʻqib beixtiyor Shimoliy Koreya esga tushmasligi mumkin emas. Lekin savol tugʻiladi: bu parallellar tasodifmi yoki qonuniyat?
Umuman, "self expression" tushunchasi mavjud. Insonning oʻzligini namoyon etishi. Bu, masalan, individual soch turmagi, kiyim fasoni yoki boshqa shaklda koʻrinishi mumkin. Inson shaxs emas, massaning bir qismi sifatida koʻriladigan jamiyatlarda odatda boshqalardan ajralib turish ragʻbatlantirilmaydi va hatto jazolanishi mumkin.

👍24
"Tuyaqush" effekti
Kecha Navoiyda maktab oʻquvchilarining maktab rahbariyati (va/yoki Milliy gvardiya?) tomonidan maktab sport zalida ommaviy tahqirlanishi yuzasidan haligacha na vazir Hilola Umarova, na vazirlikning rasmiy sahifalari va na vazirlik axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova tomonidan biron bir munosabat yoki izoh berilganicha yoʻq. Vazirlikning telegram kanali kecha vazir oʻrinbosarining maktablarga "tashrif"i, "Barkamol avlod" festivali va hokazo va hokazolar haqida yozdi, lekin butun Oʻzbekiston muhokama qilgan va vazirlikkka bevosita daxldor (aslida vazir va vazirlik birinchi boʻlib munosabat bildirishi kerak boʻlgan) voqea boʻyicha izoh berishni lozim topmadi.

🔥19👍2👎1
Sunʼiy intellekt ham oʻsmirlarning sochini majburan oldirish Oʻzbekiston qoʻshilgan bir qancha xalqaro huquq normalariga, xususan, "Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiya"ga zid va oʻsmirga qattiq psixologik travma beradigan harakat, deyapti.
"Oʻsmir uchun uning sochi koʻpincha ramziy maʼnoga ega va oʻzligi, oʻzligini namoyon qilishi bilan chambarchas bogʻliq. Sochni majburlab oldirish uyat, xijolat tuygʻulariga sabab boʻlishi, oʻziga nisbatan ishonch hissi va boshqalar bilan munosabatlariga salbiy taʼsiri koʻrsatishi mumkin".
UNESCOning maktablarda tahqirlash boʻyicha global hisoboti ham shunday xulosalarni bergan edi.
Vazirlik esa hamon sukutda ...

👍11🔥3
Xalqaro darajadagi harbiy jinoyatchi "suvereniteti va hududiy yaxlitligi hurmat qilingan" Ukrainaga qarshi urushining faol bosqichiga oʻtganiga 2 yil toʻldi. 2022-yil 24-fevral kuni tong saharda, xuddi 1941-yilda natsistlar Kiyevni bombalaganidek, Putin armiyasi Kiyev va Ukrainaning boshqa shaharlarini bombalay boshladi. Aslida, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi oldinroq - ukrain xalqi oʻz kelajagini Yevropa bilan bogʻlaganida boshlangan edi.
Ukraina albatta ozod boʻladi. Nafaqat Ukraina ....

👍45👎6🤬1😢1