Jalilov. Qaydlar
4.13K subscribers
1.48K photos
17 videos
23 files
2.31K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Gazeta.uz 30 yilga cho'zilgan alifbo islohoti haqida material e'lon qildi. Unda O'zbekistondagi alifbolar almashishi tarixi, hozirgi alifboga taklif qilinayotgan o'zgarishlar, bu o'zgarishlarning ijobiy va salbiy oqibatlari tahlil qilingan. O'qib ko'rishni tavsiya qilaman.
👍17
Albatta, farq kattaroq. Birinchidan, Sherzodxon Qudratxoʻjaning gaplari boshqa davlat fuqarolari haqida emas edi. Ikkinchidan, uning gaplarida boshqa davlat suverenitetiga va hududiy yaxlitligiga tahdid yoʻq edi - masalan, u boshqa davlatni "qoʻshib olib, til oʻrgatish" haqida gapirmadi. Uchinchidan, u siyosatchi emas va uning gaplari rasmiy (davlatga tegishli) OAV orqali yangramadi.

Yana bir narsa. Men biladigan koʻpchilik Qudratxoʻjaning gaplariga qoʻshiladi. Bosqinchilik tarixda boʻlgan, Vatanni himoya qilganlarning qoni toʻkilgan va uni inkor qilib boʻlmaydi. Suvereniteti va hududiy yaxlitligi bir paytlar "hurmat qilingan" Ukrainaga qarshi mana qariyb oʻn yildirki "Gʻarb" urush olib borayotgani yoʻq.
👍32🔥1
Darvoqe.

Qirgʻiziston Taʼlim va fan vazirligining xabar berishicha, mamlakatda davlat (qirgʻiz) tilidan Umumrespublika testini (oʻrta maktabni bitirish va oliy taʼlimga kirish uchun topshiriladigan test) topshirish majburiy boʻladi.
👍37🔥5
Ayblilik prezumpsiyasi

Gazeta.uz jurnalisti bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Milliy gvardiya oʻtkazgan matbuot anjumanidan keyin Milliy gvardiya vakiliga savollar bergan.

Jurnalistning Milliy gvardiya xodimlariga oʻquvchilar sumkasini, telefonini tekshirish vakolati berilganmi, degan aniq savoliga, "mana, butun dunyoda maktablarga oʻquvchilar oʻq otar yoki sovuq qurol olib kelmoqda, biz maktab xavfsizligini taʼminlashimiz kerak", mazmunida javob berildi.

Oʻzbekistonda maktab oʻquvchilarining maktabga oʻq otar yoki sovuq qurol olib kelgani, undan foydalanib sinfdoshlari yoki maktab xodimlariga tahdid qilgani yoki shikast yetkazgani boʻyicha statistik maʼlumotlar, tahlillar bormi? Muammo koʻlami Milliy gvardiyani jalb qiladigan darajada jiddiymi?

Maktab oʻquvchisiga potensial jinoyatchiday qaraladigan yoki maktab qamoqxonaga aylanadigan muhitda sifatli taʼlim haqida oʻylash mantiqsizlikdir.
🔥16👍4
Milliy gvardiya xodimining gaplariga qaraganda, bola tarbiyasida "buzuq holatlar" kuzatilsa Milliy gvardiya aralashishi mumkin ekan.

"Tarbiyasidagi buzuq holat" deganda nima tushuniladi? Aniq taʼrifi, mezonlari bormi? Masalan, bola oʻqituvchining yoki maktab maʼmuriyatining qaysidir fikriga qoʻshilmadi yoki xatti-harakatlariga nisbatan eʼtiroz bildirdi. Bu "tarbiyadagi buzuqlik"ka kiradimi yoki yoʻq?

Bolani qoʻrqitib tarbiyalab boʻlmaydi. Umuman, bola bilan bola tilini, uning psixologiyasini, unga taʼlim-tarbiya berish metodikasini tushunadigan mutaxassis shugʻullanishi kerak, formali xodim emas. Men, masalan, farzandi maktabda oʻqiyotgan ota sifatida uning tarbiyasi masalalariga kuch ishlatar tuzilma xodimi aralashishiga mutlaqo qarshiman.
🔥30👍7👎4
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi Azamat Kamolov bergan statistikaga koʻra, 6 million oʻquvchidan 14 ming nafari surunkali darsga kelmayapti.

Agar maktabda olgan matematika bilimlarim pand bermayotgan boʻlsa, bu umumiy oʻquvchilar sonining 0,23%ini tashkil qiladi. Yoki umumiy maktablar soni 10 mingta boʻlsa, bitta maktabda 1,4 oʻquvchi maktabga surunkali kelmaydi degani.

0,23% yoki bitta maktabda 1,4 nafar surunkali darsga kelmayotgan oʻquvchi bilan ishlash Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining qoʻlidan kelmadimi? Milliy gvardiyani yordamga chaqirish zarur boʻldimi?

Umuman, davomat, taʼlim, tarbiya masalalariga Milliy gvardiyani jalb qilish taklifini "tepa"ga kim olib chiqdi? Bu "innovatsiya"ning muallifi kim, bilsak boʻladimi?
👍21🤯5👎1
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi Azamat Kamolovning Gazeta.uz jurnalistiga aytgan gaplariga qaraganda, davlat umumiy oʻrta taʼlim uchun hammaga bir xilda teng sharoit yaratgan ekan.

Azamat aka Oʻzbekistonda faqat prezident maktablarini koʻrgan, prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar va "oddiy" maktablar oʻrtasidagi jarlikdan bexabar shekilli.
👍26🤬6👏2😢2🤯1😱1
Qiziq. "Hammaga bir xilda teng sharoit" boʻladigan boʻlsa, Milliy gvardiya prezident maktablaridagi oʻquvchilarning ham telefoni, sumkasini tekshiradimi, "tarbiyasidagi buzuq holatlar" bilan shugʻullanadimi? Yoki faqat "oddiy" maktablar oʻquvchilari uchunmi bunday "imtiyoz"lar?
👏16👍4🔥2
Uzr, bugun negadir koʻp savollar tugʻiladigan kun shekilli.

Yana bir savol.

Maktabdagi davomat bilan Milliy gvardiya shugʻullansa, darsliklar bilan Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi shugʻullansa, oʻquv dasturlari va taʼlim sohasini isloh qilish bilan yangi tuzilgan Taʼlimda loyihalar markazi shugʻullansa, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi nima bilan shugʻullanadi oʻzi?

Suratda: Ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlardan
👍27🤔5🤯2😱1🤬1😢1
Qoʻshilmaslikning iloji yoʻq.

Biz siyosiy millatga aylanmas ekanmiz, oʻzimizni oʻzimiz hurmat qilishni boshlamas ekanmiz, oʻzgalardan hurmat kutish mantiqsizlikdir. Tilga hurmat masalasi ham, xorijda turli sabablar bilan yurgan vatandoshlarimizga hurmat masalasi ham, ichki ishlarimizga aralashmaslik masalasi ham shu yuqorida aytilgan asosiy masalaning hosilasidir.
🔥19👍7
Oʻzbekistonda yashayotgan vatandoshlar oʻzbek tilini bilishi kerak, deymiz. Lekin oʻzbek tili ona tili boʻlmaganlar bu tilni oʻrganishi mumkin boʻlgan asosiy (va balki yagona?) joy - bu maktab. Taʼlim rus va boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda oʻzbek tili 2-sinfdan boshlab oʻrgatiladi. Agar oʻquv dasturi va darsliklar metodik jihatdan toʻgʻri, ona tili boʻlmagan tilni oʻrgatish tamoyillarini hisobga olib tuzilgan boʻlsa, oʻquvchi oʻrta taʼlimdan oʻzbek tilini biladigan boʻlib chiqishi mumkin. Aks holda esa - oʻquvchini bezdiradi, "bu til juda qiyin, men uni oʻrgana olmayman" degan munosabatni shakllantiradi. "Novda"ning taʼlim boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun oʻzbek tili darsliklarini ikkinchi maqsadga xizmat qiladi deyish mumkin.
🔥12👍10
"Novda"ning taʼlim rus va boshqa tillarda olib boriladigan maktablar boshlangʻich sinflari uchun "Oʻzbek tili" darsligi haqidagi postga farzandi aynan shu darsliklardan tahsil oladigan onadan kelgan izoh.

Между двумя частями учебника для 2-го класса нет никакой преемственности, последовательности. Собственно, и в первой части (которую дети проходили в первом полугодии) не было ничего, кроме букв и десятка разрозненных слов на каждую букву, запомнить которые было сложно, так как очень многие слова никак не отрабатывались в простейших конструкциях и не повторялись далее в учебнике. Из простейших конструкций в первую часть учебника были включены лишь "Bu nima? - Bu ..." "Bu kim? - Bu ..." "... kimda? - ... menda". "... kimda bor? - ... Lolada bor." "... qayerda? - ... stolda" и ещё несколько. Естественно, упражнений на них было недостаточно. В конце учебника (приходится на декабрь - четвёртый месяц школьного обучения узбекскому) вдруг пошли стихи-загадки со сложнейшей для детей лексикой и ранее, естественно, не объяснявшимися грамматическими конструкциями. Я бы предложила вообще исключить заучивание стихов из первого года обучения, как минимум. Это лучше отложить на ту пору, когда ребёнок уверенно овладеет речевыми навыками, двусоставными распространёнными предложениями, освоит порядок слов в распространённых предложениях, основные обстоятельства места, времени, образа действий. Хотя бы немного нарастит словарный запас. Тогда можно потихоньку включать (по одному-два!) фразеологические обороты, сложные глаголы, деепричастные обороты... И затем уже стихи. Понимать поэзию и осознанно запоминать поэтическую речь - это значит овладеть языком на весьма продвинутом уровне. Зачем же такое драгоценное учебное время с самого раннего этапа расходовать так нерационально? По сути, это непреодолимая сложность для начинающего - выучить стихотворение. Заучить, не понимая смысла, - это возможно за два-три часа напряжения. Насколько это оправдано??


Во второй части учебника начались сразу двусоставные распространённые предложения. Без объяснения личных местоимений, хотя бы настоящего времени глагола и его личных форм. Вдруг стали появляться практически все времена глагола и глагольные формы (настоящее, настоящее продолженное, прошедшее, продолженное прошедшее, причастие) множество наречий, определённых и неопределённых местоимений и др. И опять-таки - всё бессистемно, без закрепления в соседних уроках. Будто бы уже ребёнок в свободном плавании в языке и с лёгкостью всё это прочитывает, переводит, формулирует. Ну и пошли через страницу стихи...

С такой "методикой" забрасывания ученика материалами а я как родитель заведомо проигрываю в попытке помочь освоить ребёнку эту "программу". Учитель столько времени каждому не сможет выделить абсолютно точно. Выход один - хороший репетитор. Только вот вопрос. ПОЧЕМУ УРОКИ ПРОХОДЯТ БЕССМЫСЛЕННО и не служат формированию речевых навыков и закреплению знаний?

И уже второстепенный вопрос - когда и сколько выкроить время на репетитора по узбекскому так, чтобы было эффективно? Совсем поздно вечером ребёнок не сможет заниматься... Ведь у нас уже есть выделенное время на домашнюю работу по всем предметам, а также на дополнительные занятия по английскому языку, по математике, есть бассейн или танцы.

Xullas, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi oʻz "missiyasi"sini bajardi - markazning (endilikda sobiq) rahbari Vohid Hamidov markazga rahbar etib tayinlanishidan oldin direktor boʻlib ishlagan "Novda" xususiy nashriyotining darsliklarini taʼlimga olib kirdi. Bu darsliklarni chop qilishga trillionlar sarflandi. Natijasini esa, menimcha, hammamiz koʻrib turibmiz. Va hali uzoq koʻradiganga oʻxshaymiz.
🔥11👍3👎1
Xalqaro miqyosdagi harbiy jinoyatchi rejimining qurbonlari yana bittaga koʻpaydi. Bu rejim qurbonlari har kuni koʻpayishda davom etmoqda.

Жертв режима международного военного преступника стало на одного больше. Количество жертв этого режима продолжает расти каждый день.
😢18👍2🔥2👎1🤔1🤬1
Qishloqlarni, ovullarni, xalqlarni ommaviy badargʻa qilish faqat Stalin zamonida boʻlgan deb oʻylardim (masalan, chechenlar yoki Qrim tatarlari deportatsiyasini eslang). Mustaqil Oʻzbekistonda ham shunday holatlar boʻlgan ekan.

Umuman, oʻsha baʼzi ideologlar "qora tush" degan davrlarga siyosiy baho berilishi kerak, deb oʻylayman. Shamol qayerga essa oʻsha tarafga buriladigan flyugerlarning yoki "doda"parastlarning bahosi emas. Obyektiv (imkon qadar), faktlarga asoslangan baho. Biz qayerda xato qildik? Nega "ozod va obod vatan" qura olmadik? Masalan, ayrimlar bundan 25 yil oldin kechagi sanada boʻlib oʻtgan voqealarni "suv ayirgʻich" (водораздел) - Oʻzbekistonning demokratiyaga boʻlgan umidini, imkoniyatini uzil-kesil yoʻqqa chiqargan voqea deb hisoblashadi. Men esa "suv ayirgʻich" ancha oldinroq, nisbatan mustaqil parlament yoʻq qilinganda va "kuchli vertikal" asosiy qonunda mustahkamlanganda boʻlgan deb oʻylayman. Aslida qanday? Bularning hammasini oʻrganib, ochiq muhokama qilib, baho bermagunimizcha bugungi kunimiz va ertamizni oʻzgartirish qiyin. Tarixdan saboqlar chiqarmas ekanmiz, ayni xatolar takrorlanaveradi.
👍6😢6🔥3👎2
Maktabdagi davomat bilan bogʻliq qaysi masalani Milliy gvardiya hal qila oladi? Taʼlimga masʼul "choʻponlar"ni koʻpaytirish - taʼlimdagi muammolarning samarali yechimimi? Sherzodxon Qudratxoʻjaning gaplari nega Rossiyaga "tegib" ketdi?

Haftaning dolzarb masalalarini Demokrat.uz nashri jurnalisti Ilyos Safarov, taʼlim ekspertlari Feruza Vahobova va Bahodir Gʻaniyev bilan muhokama qildik.
🔥12👍3👎1👏1
1-sinf uchun hayotiy masala: kuzatuv kamerasiga tushganlar sonini hisoblash. Yana ham hayotiy bo'lishi uchun bu qoidabuzarlar jami qancha jarima to'lashini ham hisoblatish kerak edi.
🤯16👍14🤬4
1-sinf darsliklaridan shoirlar ham hayratda (yoki dargʻazab?) ....

Xuddi shu postga izohlardan: Darsliklar haqiqatdan ham juda murakkab. Uyda bolalar yordam so‘rashadi, misollarning tushunarsizligini ko‘rib hayron qolaman.
😢20🤯3👍1
Ushbu postga izohlarda masalaning javobida "proektor" soʻzi yashiringan, deyishmoqda. Lekin oʻzbek tilida "proektor" soʻzi yoʻq, "proyektor" soʻzi bor shekilli...

Darsliklarni ruschadan tarjima qilganda shunga oʻxshash masalalarning javobini oʻzbek tili va lotin yozuviga asoslangan imlo nuqtayi nazaridan tekshirib chiqish zarar qilmasdi ...
🔥6👍2😢2