Jalilov. Qaydlar
4.16K subscribers
1.48K photos
17 videos
23 files
2.31K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Qoʻrqamanki, taʼlimga kuch ishlatar tuzilmalarni jalb qilish yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi.

Oʻquvchining maktabga kelmasligi - jinoyat emas, terrorizm emas. Bu - muammo. Muammoning ildizi aksar hollarda yoki maktabdagi taʼlim sifati bilan bogʻliq boʻladi (masalan, oʻquvchi bu paytda repetitorda boʻladi), yoki oiladagi iqtisodiy, ijtimoiy sabablar tufayli boʻladi. Demak, muammoning ildiziga yetish, oqibat emas, sababni hal qilish kerak - bu zinhor Milliy gvardiyaning (yoki boshqa harbiy, yarim harbiy) strukturaning ishi emas, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining ishi, agar oʻquvchining maktabga kelmayotgani ortida oila bilan bogʻliq vaziyat boʻlsa, ijtimoiy himoya organlarining ishi.

Biratoʻla DXXni jalb qilib qoʻya qolmabsizlar-da. Davomat 100% boʻlardi ...
👍14🔥3
Mavzuga doir video.

"Oʻquvchi darsga ikkinchi soatga kelsa, oʻqituvchi jazolanadi".

Milliy gvardiyada (yoki boshqa kuch ishlatar tuzilmada) taʼlim jarayoniga aralashish, oʻqituvchiga chora koʻrish vakolati bormi? Yaqinda qabul qilingani bilan vazirlik tabriklagan "Pedagogning maqomi toʻgʻrisida"gi qonun nima boʻldi shunda? Unda "pedagogning kasbiy faoliyatiga aralashish taqiqlanadi" deyilmaganmidi?

Keyin, maktab oʻquvchisiga - u dars qoldirgan, telefon oʻynagan yoki boshqa "qilmish" sodir etganidan qatʼiy nazar - kuch ishlatar tizim xodimining jinoyatchiga muomala qilganday muomala qilishi - bola psixologiyasiga qanday taʼsir qiladi? Maktabga, oʻqishga muhabbat shakllantirishga yordam beradimi?
👍7😢3
Biz bekorga "Zakovat"ning yangi logosidan boshqacha maʼno qidirgan ekanmiz. Hammasi juda oddiy shekilli - yangi logoga qaraganda, "Zakovat" Zoop shop (Ezycorp Ltd) onlayn sotuvlar tarmogʻining bir qismiga aylangan koʻrinadi?
🤔22😱5🤯3👏2👍1🤬1
Muammo bilan emas, muammoni aytganlar bilan shug'ullanish

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova Milliy gvardiya xodimlari, vazirlik xodimlari bilan birgalikda ishchi guruh tarkibida "umumta’lim muassasalarida o‘quvchilarning darslardagi ishtirokini ta’minlash, ularning ta’lim-tarbiyasini ota-onalar va mahalla faollari bilan hamkorlikda tashkil etish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib bormoqda", mazmunida bayonot bilan chiqibdilar. Dilfuza Sobirovaning aytishlaricha, maktablardagi inspektor-psixologlar shtati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga o‘tkazildi.

Men o'zimning fikrimda qolaman: o'quvchining maktabgacha kelmaslikgi jinoyat emas, muammo va bu muammo bilan vazirlik (kerak bo'lsa, ijtimoiy himoya xodimlari bilan birga) shug'ullanishi kerak, kuch ishlatar tuzilmalar vakillari emas. Ota-onaga qo'rqinchli ogohlantirish xatlari berish orqali, o'quvchilarni va o'qituvchilarni formali xodim bilan qo'rqitish orqali muammoni hal qilib bo'lmaydi. Maktab - bolani qo'rqitib, tahdid bilan olib keladigan katorga emas, o'quvchi uchun xavfsiz, do'stona muhit bo'lishi kerak. Shundagina o'rganish jarayoni ro'y beradi. Maktabga kelmayotgan o'quvchilar bilan bola psixologiyasini, bola tilini tushunadigan, bola ishonadigan mutaxassis shug'ullanishi kerak, jinoyatchilar bilan ishlaydigan psixolog emas.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi axborot xizmati rahbari bayonotida yana bir yangi (har qalay, ilgari men sezmagan) jihat e'tiborimni tortdi: "Shu o‘rinda, yolg‘on va asossiz mazmundagi xabarlarni tarqatganlik uchun mamlakatimiz qonunchiligiga muvofiq tegishli jazo choralari qo‘llanishini eslatib o‘tamiz", deyiladi bayonot oxirida. Bayonotda bu po'pisa kimga qaratilgani, kim(lar) yolg'on axborot tarqatganligi ochiqlanmagan. Bayonotda faqat "pedagoglar faoliyati boshka tashkilotlar tomonidan nazorat qilinadi, degan mazmunda tarqatilayotgan xabarlar asossiz ekani" ma’lum qilingan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va kecha men ham postimda havola bergan videoda formali xodimning, shu jumladan, quyidagi gaplarini eshitish mumkin: "... Bugundan boshlab sinfga umuman telefon olib kirilmaydi. Hamma telefon mana bu yerda, o'qituvchilarda qoladi, quti qilib qo'yasizlar. ... Har kuni davomat. Soat 8-00da kirish to'xtaladi. ... Ikkinchi soatga keldimi, o'qituvchi jazolanadi".

Dilfuza Sobirovaga savollar: Opa, darsga telefon olib kirilishi yoki kirilmasligi, o'quvchi va xodimlarning maktabga soat nechida kirishi yoki kirmasligi, o'quvchi darsga kechiksa yoki kelmasa o'qituvchiga jazo berish - bular ta'lim jarayoniga aralashishmi? Milliy gvardiyaga ta'lim jarayoniga aralashish vakolati berildimi? Agar "ha" bo'lsa", "Pedagogning maqomi toʻgʻrisida"gi qonun nima boʻldi? Agar "yo'q" bo'lsa, "yolg‘on va asossiz mazmundagi xabarlarni" kim tarqatyapti? Videodagi formali xodimmi? Yoki video feykmi?

Qachon muammo haqida gapirganlar bilan emas, muammoning ildizi, sabablari bilan qiziqishni boshlaymiz?
👍29👏4🔥1😱1
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova "yolgʻon va asossiz mazmundagi xabarlarni tarqatganlik uchun tegishli jazo qoʻllanilishi" bilan pisanda qilayotgan bir paytda, Milliy gvardiyaning taʼlim jarayoniga aralashuvi haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqalishda davom etmoqda.

Oʻsha gap: taʼlim, xususan, davomat - kuch ishlatar, harbiy yoki yarim harbiy strukturalarning ishi emas. Maktabdan "rejimli muassasa" yasash urinishlari taʼlim uchun xayrli oqibatlarga olib kelmaydi.
👍21😱3
Umuman, taʼlimga masʼul tashkilotlar haddan tashqari koʻpayib ketmadimi?

- Administratsiyadagi ijtimoiy rivojlanish departamenti

- Administratsiyaga boʻysunadigan Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi (Loyiha ofisi)

- Administratsiyaga boʻysunadigan Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi

Mana endi, bular qatoriga Milliy gvardiya ham qoʻshilganga oʻxshaydi.

Bularning ichida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining oʻrni qayerda? Qaysi bir tashkilotning vakolati qayerda boshlanib, qayerda tugaydi? Taʼlim uchun masʼul idoralarni koʻpaytirib tashlash - vazirlik oʻz ishini eplay olmayotganidan darak beradi, deyish mumkinmi? Agar shunday boʻlsa, taʼlimga aralashish vakolatiga ega idoralar sonini koʻpaytirib tashlash - muammoning samarali yechimimi?

Yoki maqsad, ijtimoiy tarmoqlarda ayrimlar yozishganiday, taʼlim sifati, "tish ogʻrigʻi" boʻlib qolgan darsliklar, taʼlimning aniq maqsadini belgilay olmayotganimiz, taʼlim ustidagi tinimsiz tajribalar singari jiddiyroq muammolardan chalgʻitishmi? Tarmoqlardagi xaloyiq jiddiyroq muammolarni muhokama qilganidan koʻra, Milliy gvardiyaning davomatni taʼminlash borasidagi "saʼy-harakatlari"ni muhokama qilgani maʼqulroqmi?
👍15🔥5🤯2
Gazeta.uz nashri Milliy gvardiyaning o'quvchilar davomatini nazorat qilishga qo'shilishi haqida yaxshi material tayyorlabdi - o'qib ko'rishni tavsiya qilaman. Maqolada turli tomonlarning (ba'zan bir-biriga zid) fikrlari yig'ilgan. Mening fikrimni esa maqola tagida o'quvchilardan biri qoldirgan izoh tortdi (skrinshotda keltirilgan). Bu izohdagi asosiy messej (fikr): har kim o'z ishini qilishi kerak. Shundoq ham ta'limga mas'ul idoralar ko'paygandan ko'payib ketdi - qaysi birining vakolati qayerda boshlanib, qayerda tugashini bilib bo'lmay qoldi. Kuch ishlatar, harbiy tuzilmalar ta'limga aralashmay, o'z ishini qilgani ma'qul.
👍20
"Xalq taʼlimi info" kanali taʼlimga masʼul idoralar koʻpaygandan koʻpayib, qaysi birining vakolati qayerda tugashi, qaysi biri nimaga javob berishi mavhum qolayotgan bir paytda, Taʼlimda loyihalar markazi tashkil qilinishi fonida oʻtgan yili tashkil qilingan, katta vakolatlar berilgan va katta oyliklar belgilangan Taʼlimni rivojlantirish ilmiy-metodik markazi nima qildi? degan haqli savolni qoʻymoqda. Kanal administratori "qilingan ishlar tahlili haqida balki keyinroq toʻxtalarmiz" demoqda - uning tahlilini kutib qolaman (shaxsan men uchun qiziq).

TRMning rasmiy kanalidan olingan videoda taqdim qilingan "markazning 2023-yildagi natijalari"ning ayrimlarini tahlil qilamiz.

1. Markaz xodimlari xalqaro va mahalliy ilmiy jurnallarda, konferensiyalarda 50dan ortiq ilmiy maqolalar eʼlon qilishgan ekan. Bu maqolalar bilan markazning rasmiy manbalarida tanishish imkoni bormi? Bu maqolalarda qanday ilmiy xulosalar, takliflar ilgari surilgan?

2. "Oʻquv dasturlari oʻquv natijalarini baholash komponenti loyihasi" ishlab chiqilgan ekan. Oʻsha komponent bilan qaysi manbada tanishsa boʻladi? Markaz baholashga qanday yondashuvni taklif qilmoqda? Masalan, maktablarda tajriba-sinovdan oʻtkazilayotgan va yana 1000ta maktabga joriy qilinadigan "summativ baholash tizimi"ning (ChSB BSBlar) ijobiy va salbiy taʼsirini ilmiy tahlil qildimi? Qanday xulosalarga kelindi?

3. VM qarori loyihasi ishlab chiqilgan ekan. Unga koʻra, bilimga yoʻnaltirilgan taʼlim standartlaridan natijaga yoʻnaltirilgan taʼlim standartlariga oʻtilar ekan, har bir bosqich uchun oʻquvchida shakllantiriladigan kompetensiyalar aniq belgilab berilar ekan. Axir, markaz "Novda" darsliklarini olib kirishidan oldin prezident farmoni asosida joriy qilib kelinayotgan Milliy oʻquv dasturi loyihasida bu narsalar qilib boʻlingan edi-ku: umumiy oʻrta taʼlimning oxirida kutilayotgan natijalar va taʼlimning har bir bosqichi (sinfi) yakunida oʻquvchilar egallashi kerak boʻlgan kompetensiyalar belgilab berilgan edi-ku?

4. Oʻquvchilar natijalarini kodlashtirish strukturasi ishlab chiqilgan ekan. Bu ham Milliy oʻquv dasturi loyihasida bor edi-ku?

5. PISA 2022 natijalari yuzasidan tahlillar va tavsiyalar ishlab chiqilgan ekan. Qani oʻsha tahlillar, tavsiyalar? Masalan, mening tahlil va tavsiyalarim bilan Gazeta.uz da istagan kishi tanishishi mumkin (1-qism, 2-qism). Sizlar ishlab chiqqan tahlil va tavsiyalar bilan qaysi manbada tanishsa boʻladi?

6. PhET simulyatsiyasidan foydalanish boʻyicha memorandum imzolangan ekan. Markaz memorandum imzolab turgan bir paytda Yoshlar ishlari agentligi platformani tarjima qilib, istalgan odam foydalanishi uchun ochiq eʼlon qilib boʻldi shekilli?

Davomi bor...
👍2
Oldingi postga qiziq (va qoʻrqinchli) izoh:

Talimga hamma xo'jayin, natijaga hech kim mas'ul emas.
🔥31😢6👏2👍1
Google'ning Gemini neyro-tarmoqg'ining "How can Uzbekistan improve its results in PISA assessments?" so'roviga bergan javobi

So'rov:
How can Uzbekistan improve its results in PISA assessments?

Javob: Improving Uzbekistan's PISA results requires a multi-pronged approach addressing various factors impacting education. Here are some potential areas for improvement:

Curriculum and pedagogy:

Shift towards skill-based learning: Focus on critical thinking, problem-solving, and collaborative skills rather than rote memorization.

Incorporate real-world applications: Make learning relevant by connecting classroom concepts to practical situations students might encounter.

Promote inquiry-based learning: Encourage students to actively engage with material through questioning, exploration, and experimentation.

Utilize technology effectively: Integrate technology tools to enhance learning, personalize instruction, and provide diverse learning experiences.

Teacher training and support:

Provide robust professional development: Equip teachers with the skills and knowledge to implement effective pedagogies and cater to diverse learning needs.

Attract and retain high-quality teachers: Offer competitive salaries, supportive working conditions, and opportunities for career advancement.

Promote collaboration and knowledge sharing: Facilitate collaboration among teachers to share best practices and support each other.

Assessment and evaluation:

Utilize diverse assessment methods: Go beyond standardized tests and incorporate formative assessments that provide continuous feedback and guide instruction.

Focus on learning progress: Track student progress over time and use assessment data to inform instructional decisions.

Align assessments with curriculum standards: Ensure assessments measure the skills and knowledge emphasized in the curriculum.

Systemic reforms:

Increase investment in education: Allocate sufficient resources to ensure quality education for all.

Promote equity and access: Address disparities in educational opportunities due to socio-economic background or location.

Strengthen education governance: Create efficient and transparent education systems with clear accountability mechanisms.

Additionally:

Analyze specific strengths and weaknesses: Look at the PISA results in more detail to identify areas where Uzbekistan is performing well and those needing improvement.

Learn from other countries: Study successful education systems in other countries with high PISA scores and adapt their practices to the Uzbek context.

Engage stakeholders: involve parents, communities, and civil society in education reform efforts.

It's important to remember that improving PISA scores is a long-term process requiring ongoing commitment and strategic interventions. The strategies mentioned above are not exhaustive, and the specific approach should be tailored to Uzbekistan's unique context and priorities.
Here are some resources that you may find helpful:

OECD PISA 2022 Uzbekistan Results: https://www.oecd.org/publication/pisa-2022-results/country-notes/uzbekistan-2bb94bf1/
2022 PISA results show urgent need for educational reforms in Uzbekistan: https://www.oecd.org/publication/pisa-2022-results/country-notes/uzbekistan-2bb94bf1/
Development Concept of the Public Education System of Uzbekistan: https://lex.uz/en/user_guide

I hope this information is helpful!

P.S. Vazirlik va TRM shu paytgacha bermagan tahlilni neyro-tarmoq beryapti ...
👏12👍4😢1
Oldingi postga ilova (dalil)
👍6
Gemini'ning Milliy gvardiyani maktablarda oʻquvchilar davomatini nazorat qilishga jalb qilish masalasida fikri.

Is it a good idea to involve military structures like National Guard to control school attendance?

The idea of involving the National Guard to control school attendance is highly controversial and raises significant concerns. Here are some arguments against this approach:

Unnecessary Militarization: Deploying soldiers to monitor and enforce school attendance can create an unnecessary sense of militarization in educational environments. This can be intimidating and counterproductive to fostering a positive learning atmosphere for students.

Potential for Abuse: Granting military personnel authority over schoolchildren could lead to potential for abuse or misuse of power. The training and purpose of the National Guard differ significantly from handling educational matters, and their involvement could escalate situations unnecessarily.

Undermines Community Authority: The responsibility for addressing school attendance issues typically falls on educators, administrators, and community support systems. Introducing the National Guard disrupts this existing structure and undermines the authority of educators and local communities.

Cost and Resource Allocation: Utilizing the National Guard for such purposes diverts resources and manpower away from their core duties, potentially impacting national security or disaster response capabilities.

Alternatives exist: Addressing chronic absenteeism requires addressing its root causes, such as poverty, lack of transportation, family issues, or learning difficulties. Investing in social services, community outreach, and educational interventions are more effective and sustainable solutions.

While proponents might argue that the National Guard's presence could deter truancy and improve discipline, the potential drawbacks outweigh any perceived benefits. Instead, focusing on collaborative efforts between schools, families, and community support systems holds greater promise for tackling the issue of school attendance constructively.

Ultimately, the decision of how to address school attendance rests with local authorities and communities. However, it is crucial to weigh the potential negative consequences carefully before considering the involvement of military personnel in such matters.

P. S. Xullas, sunʼiy intellekt harbiylarni taʼlimga jalb qilishni qoʻllab-quvvatlamayapti. Taʼlimga masʼul idoralarimiz "innovatsion" yangiliklar joriy qilishdan oldin neyrotarmoqlar bilan maslahatlashib koʻrsa boʻlarkan.
👍6😢2
Oldingi postga ilova (dalil)
🔥2🤯1
Gemini'dan yana bir so'rovga javob. Bu safar ta'limga mas'ul tashkilotlarning ko'paygandan ko'payshi haqida fikrini so'radik.

So'rov: In Uzbekistan, Ministry for Pre-school and school edcation is a government body responsible for education. However, recently parallel authorities, like Center for Development of Education and Center of Projects in Education, which are not part of the ministry, have been established and granted power to determine policy in education. What can be the impacts of creating such new structures, besides the ministry, responsible for education?

Javob: The creation of new structures alongside the Ministry for Pre-school and School Education in Uzbekistan, with concurrent influence in education policy, can have diverse potential impacts, both positive and negative. Here's a breakdown of some key possibilities:

Potential Positive Impacts:

Diverse perspectives and expertise: Bringing in new entities can introduce fresh ideas, diverse expertise, and potentially break away from entrenched bureaucratic processes within the ministry. This can lead to more innovative and evidence-based policymaking.

Focused initiatives: Dedicated centers like the Center for Development of Education and Center of Projects in Education can concentrate on specific areas like curriculum development or infrastructure projects, leading to deeper focus and potentially faster progress.

Increased efficiency and accountability: With more entities involved, there might be potential for improved coordination, streamlined processes, and clearer accountability for specific outcomes.

Potential Negative Impacts:

Confusion and duplication: Overlapping responsibilities and unclear lines of authority can create confusion for stakeholders like teachers, administrators, and ultimately, students. Duplication of effort and competition between entities can waste resources and hinder progress.

Policy fragmentation and inconsistencies: Multiple actors setting policy can lead to conflicting priorities, inconsistent policies, and difficulty in implementing a cohesive national education agenda.

Reduced transparency and accountability: With more players involved, it can be harder to track responsibility and decision-making, potentially reducing transparency and accountability.
Weakening of the ministry: If new structures significantly undercut the Ministry's authority, it could lead to its marginalization and hinder its ability to fulfill its core functions effectively.

Additional Considerations:

Clear communication and coordination: Open communication, clearly defined roles, and robust coordination mechanisms are crucial to mitigate negative impacts and maximize potential benefits.

Stakeholder engagement: Engaging teachers, parents, and other stakeholders in the policymaking process can help ensure policies are responsive to their needs and concerns.

Evaluation and monitoring: Regularly evaluating the effectiveness of new structures and their impact on education outcomes is important to ensure accountability and inform future adjustments.

Ultimately, the success of this new structure in Uzbekistan's education landscape will depend on how effectively it is implemented and governed. Careful consideration of potential impacts, clear communication, strong collaboration, and ongoing evaluation are key to maximizing its positive impact on students and the education system as a whole.

P.S. Siz neyrotarmoq sanab bergan qaysi ijobiy yoki salbiy holatlarni kuzatyapsiz?
👍5😢1
Oldingi postga ilova (dalil)
"Xalq taʼlimi info" kanali oʻrtaga tashlagan savol - Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi ochilganidan beri nima qildi? degan savolga javob izlash urinishlarimizni davom ettiramiz.

6. Taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari va darsliklar samaradorligini oʻrganish boʻyicha soʻrovnoma ishlab chiqilgan ekan. Oʻsha soʻrovnoma natijalari bilan qayerda tanishish mumkin? Qolaversa, de-fakto yoʻq narsaning samaradorligini qanday oʻrganish mumkin? Axir, markaz "Novda" darsliklarini olib kirgandan keyin, Milliy oʻquv dasturini joriy qilish toʻxtadi va turli sinflar turli, bir-biriga nomutanosib oʻquv dasturlari asosida tahsil olmoqda-ku?

7. Umumiy oʻrta taʼlimning oʻquv dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha yoʻriqnoma hamda matematika va ona tili boʻyicha oʻquv dasturi maketi yaratilgan ekan. Axir, bor-yoʻgʻi ikki yil oldin Respublika taʼlim markazi barcha umumtaʼlim fanlaridan yoʻriqnoma yoki maket emas, oʻquv dasturlarining oʻzini yaratib, Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasida muhokamadan oʻtkazib boʻlgan va prezident farmoni asosida joriy qilishni boshlagan edi-ku?

8. Malaka oshirish kurslari dasturiga 4K boʻyicha modul kiritilgan ekan. Axir, Markaz joriy qilgan "Novda" darsliklarida 4K yoʻqligini oddiy tahlil koʻrsatib beradi-ku?

9. 195ta metodik resurs eʼlon qilingan ekan. Lekin, markazning rasmiy manbalarida markaz joriy qilayotgan "Novda" darsliklarini topa olmay oʻqituvchilar va ota-onalar sarson.

Xullas, markaz eʼlon qilgan hisobot videosida koʻp narsalar qoʻshimcha savollar tugʻdiradi. Lekin Markaz bir yil ichida nima qilganini koʻpchilik aytib bera olsa kerak: "Novda" xususiy nashriyotining qaysi dasturlar asosida yaratilganligi haligacha ochiqlanmagan darsliklarini joriy qildi. Turli sinflar oʻquv dasturlari orasidagi uzviylik yoʻqoldi (oldingi yillar Milliy oʻquv dasturi asosida tahsil olgan boshlangʻich sinf oʻquvchilari dabdurustdan yangi darsliklarga oʻtkazildi). Darsliklarning metodik va ilmiy sifati haligacha ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinmoqda. Darsliklar keysi korrupsiyani oʻrganuvchi xalqaro tashkilot eʼtiboriga ham tushdi.

Va Markaz nima qilmadi:

Yaratilganiga hali bir yoki ikki yil toʻlmagan darsliklarni bekor qilib, "Novda" darsliklarini joriy qilishga, bunga byudjetdan trillionlar sarflashga nima zarurat tugʻilganini ochiqlamadi.

Markaz nima uchun aynan rahbari Vohid Hamidov ilgari boshqargan "Novda" nashriyoti darsliklarini tasdiqlaganini, bu holatdagi ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi qanday bartaraf qilingani haqida maʼlumot bermadi.

"Novda" darsliklari qaysi oʻquv dasturi asosida yaratilganini haligacha ochiqlanmadi.

Bu darsliklarning fin standartlari yoki tajribasiga aloqasi bor yoki yoʻqligi haqidagi ikki xil maʼlumot yuzasidan izoh bermadi.
👍3🔥1
Qayta aloqa botiga kelgan xabarlardan.

Assalamu alaykum! Men texnikumda o'qituvchi bo'lib ishlayman. Sizdan iltimos, o'rta maxsus va professional ta'limdagi pedagoglar uchun yordam qilib bir post qilsangiz.

Muammo mana shu bo'g'indagi xodimlar uchun attestatsiyadan o'tish va malaka toifasini olishda bo'liyabdi. Sizning kanalingizda xalq ta'limi masalalari ko'tariladi. Lekin o'rta bo'g'inda ham ahvol yaxshi emas. Oliy ta'lim va innovatsiyalar vazirligi o'rta maxsus va professional ta'limdagi xodimlar ariza topshirishi uchun
pedagog.edu.uz platformasini yaratishibdi. Lekin to'liq bexato qilib ishlab chiqishmagan. Platformada xatoliklar bo'lsa odam kimga murojat qilishni ham bilmaydi. Iltimos shu masalada ham yozsangiz, balkim qaysidir uxlab yotganlarni uyg'onishiga sababchi bo'lar.

Umid qilamizki, yangi tayinlangan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri shu paytgacha (mening nazarimda) eʼtibordan birmuncha chetda qolib kelayotgan professional taʼlim muassasalari - kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlarga ham eʼtibor qaratadi.
👍5
Pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish reglamenti tasdiqlandi. 2024/25 oʻquv yilidan boshlab birinchi marta oʻqituvchi sifatida ishga kirayotganlar, keyingi yildan esa toifaga ega boʻlmagan barcha pedagoglar jalb qilinadi. Magistraturani bitirgan oʻqituvchilar va ilmiy daraja hamda unvonga ega oʻqituvchilar kasbiy sertifikatlashga jalb qilinmaydi.

Kasbiy sertifikatlash imtihonlari kompyuterda test shaklida topshiriladi: 50 test topshirigʻi, har bir toʻgʻri javob - 2 ball. Sertifikat olish uchun kamida 56 ball toʻplash kerak.

Demak, katta ehtimol bilan yana asosiy eʼtibor xotirani tekshirishga, oʻqituvchining fan boʻyicha yoki pedagogika boʻyicha darsliklarda yozilgan maʼlumotlarni qay darajada yoddan bilishiga qaratiladi. Pedagogik mahoratni kompyuterda test yordamida baholab boʻlmaydi. Taʼlim tizimimizdagi asosiy muammolardan biri - unda oʻqitish va baholash asosan maʼlumotlarni yodlatish va qaytarishga qaratilgani haqida yozgan edim. Buni hatto Gemini neyro tarmogʻi (sunʼiy intellekt) ham tasdiqlab turibdi.

Yana bir qiziq jihat. Nega kasbiy sertifikat imtihonlari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va baholash markazi tomonidan oʻtkazilishi belgilangan? Markaz bu vazifani samarali uddalay olishini isbotlab berdimi? Nega markaz bu sohada monopol boʻlishi kerak? Koʻp davlatlarda oʻqituvchilik litsenziyasi uchun imtihonlar nodavlat tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladi, davlat esa bir emas, bir necha tashkilot bergan litsenziyani tan oladi - yaʼni, oʻqituvchida tanlash imkoniyati bor.
👍6🔥1