Masalan, Tarbiya fani o'qituvchilari uchun test spetsifikatsiyasiga, aniqrog'i, mavzular ro'yxatiga e'tibor bering:
1.1.1. Rostgo‘ylik va burchni his etib yashash.
1.1.2. Inson ezgulik ijodkori.
va hokazo ...
O'qituvchilarning malaka sinovlari uchun test tuzishga mas'uliyatni bo'yniga olgan Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi bunday mavzularda qanday test savollari tuzmoqchi?

"Novda"ning matematika darsliklaridagi misol va masalalarni ota-onalar ijtimoiy tarmoqlar yordamida yechmoqda.
Menga esa bir narsa qiziq. Rossiyada nashr qilingan Petersson oʻquv qoʻllanmasidan andaza olingan va deyarli har bir mavzuga (aloqasi boʻlsa-boʻlmasa) kiritib tashlangan bunday topshiriqlardan - matematik amallarni bajarib, soʻz chiqarish topshiriqlaridan qanday taʼlimiy maqsad koʻzlangan? Shaxsiy tajribamdan - bunday topshiriqlar oʻquvchini matematikadan bezdirishga xizmat qilyapti, qiziqtirishga emas.

👍14
Pedagog, ona tili boʻyicha Milliy oʻquv dasturi va darsliklar mualliflaridan biri Shokir Tursun attestatsiya uchun test topshiriqlari spetsifikatsiyasi haqida.
Telegram
Shokir Tursun qarashlari
Oʻqituvchilarni attestatsiyadan oʻtkazishga moʻljallangan testlarning spetsifikatsiyasi eʼlon qilindi. Kirib koʻrdim. Savollarim quyidagicha:
1. Men universitetga kirayotganimda ham deyarli shu spetsifikatsiyada koʻrsatilgan sohalardan test topshirgan edim.…

👍5🔥1
"Har doim qilgan ishingizni qilsangiz, har doim olgan natijangizni olasiz".
Albert Eynshteynga nisbat beriladigan bu iqtibos haqiqatda unga tegishlimi yoki yo'q, bilmayman, lekin to'g'ri gaplar. Ta'limdagi yondashuvlarimiz hozirgi holatga olib keldi. Masalan, baholashda - xoh u o'quvchini baholash bo'lsin, xoh o'qituvchini - baholashda uning darslikni qay darajada yodlaganligini tekshirib kelganmiz: o'qituvchilar attestatsiyasi vakolatlari Davlat test markazida bo'lganda ham shu edi, Ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasida ham va mana endi vazirlik huzuridagi agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi ham. Shu holatga olib kelgan yondashuvlarimizni o'zgartirmas ekanmiz, ta'limning maqsadi haqida o'zimiz aniq bir to'xtamga kelmas ekanmiz, xalqaro tadqiqotlar natijalaridan xulosalar chiqarmas ekanmiz, yangi-yangi ilmiy-amaliy, ilmiy-metodik va hokazo va hokazo markazlar, loyiha ofislari tashkil qilishimiz, "chora-tadbirlar rejalari" va "yo'l xaritalari" tuzishimiz, vakolatlarni bir idoradan olib boshqasiga berishimiz hech qanday samara keltirmaydi.

👍20👏1
Oʻqituvchini himoya qila olmayotgan qonun. "Tirilayotgan" kollejlar. "Tish ogʻrigʻi" boʻlgan darsliklar. Maqsadini bilolmay sarson taʼlim.
Taʼlimga oid soʻnggi yangiliklarni jurnalist Sarvar Usmon va oʻqituvchi Shohroʻz Umarjon bilan muhokama qildik.

YouTube
OzodNazar: “Tirilayotgan kollejlar”; G’alati qonun, g’alati darsliklar
Сарлавҳага чиқарилган “Мyunxauzen” сўзи ёдингизга 1700- йилларда яшаб ўтган германиялик барон Карл Фридрих Иероним фон Мюнхаузенни ёдингизга солган бўлиши ке...
👍11👏1
Ijtimoiy tarmoqlardagi suratlarga qaraganda, "Zakovat" rebrending qilib, yangi logo tanlaganga oʻzshaydi. Qizil Z.
Yoniga V qoʻshib qoʻyaverishmabdi ....
Yoniga V qoʻshib qoʻyaverishmabdi ....
👎12🔥5🤯1😱1
Umuman olganda, oʻtgan yilgi ayrim voqealardan keyin "Zakovat" men uchun qiymatini yoʻqotgan - loyiha shaxsan men uchun intellekt, topqirlik bilan emas, boshqa narsa bilan assotsiatsiya uygʻotadi. Xuddi "Zakovat"ning "parent" loyihasi ikki yil oldin qiymatini yoʻqotgandek. Bu rasmni esa ijtimoiy tarmoqlarda tasodifan koʻrib qoldim. Albatta, bu loyiha ijodkorlarining erkin tanlovi - qanday xohlasa, shunday logo tanlash. Qizil Z fonida xursandchilik qilgisi kelsa - ixtiyor oʻzlarida...
P.S. Bu gʻirt shaxsiy fikr va har kim bu fikrga qoʻshilish va yoki qoʻshilmaslik huquqiga ega.

Jalilov. Qaydlar
Ijtimoiy tarmoqlardagi suratlarga qaraganda, "Zakovat" rebrending qilib, yangi logo tanlaganga oʻzshaydi. Qizil Z.
Yoniga V qoʻshib qoʻyaverishmabdi ....
Yoniga V qoʻshib qoʻyaverishmabdi ....
👎5👍4🤯3
"Nima? Qachon? Qayerda?"("Что? Где? Когда?")ning intellektual oʻyindan propaganda quroliga aylanib borayotgani haqida. Koʻp mashhur bilimdonlar, (masalan, Denis Aliakberov, Rovshan Askerov, Ilya Novikov) klubni tark etishdi, ayrimlariga Rossiyada jinoiy ish ochildi, ayrimlari (masalan, Ilya Novikov) Ukraina manfaatlarini himoya qilmoqda.
"Nima? Qachon? Qayerda?" "Zakovat"ga andoza boʻlib xizmat qilgan. Shuningdek, "Zakovat" "Nima? Qachon? Qayerda?" assotsiatsiyasining aʼzosi hisoblanadi.

Медиазона
Члены клуба «Что? Где? Когда?» рассказали об уходе из игры после начала войны в Украине
Члены клуба «Что? Где? Когда?» рассказали об уходе из игры, транслируемой на Первом канале, после начала войны в Украине...
🤬6
Qoʻrqamanki, taʼlimga kuch ishlatar tuzilmalarni jalb qilish yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi.
Oʻquvchining maktabga kelmasligi - jinoyat emas, terrorizm emas. Bu - muammo. Muammoning ildizi aksar hollarda yoki maktabdagi taʼlim sifati bilan bogʻliq boʻladi (masalan, oʻquvchi bu paytda repetitorda boʻladi), yoki oiladagi iqtisodiy, ijtimoiy sabablar tufayli boʻladi. Demak, muammoning ildiziga yetish, oqibat emas, sababni hal qilish kerak - bu zinhor Milliy gvardiyaning (yoki boshqa harbiy, yarim harbiy) strukturaning ishi emas, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining ishi, agar oʻquvchining maktabga kelmayotgani ortida oila bilan bogʻliq vaziyat boʻlsa, ijtimoiy himoya organlarining ishi.
Biratoʻla DXXni jalb qilib qoʻya qolmabsizlar-da. Davomat 100% boʻlardi ...

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
Milliy gvardiya xodimlari maktab direktori va o'qituvchilarning o'ziga ham chora ko'ryaptimi?
O‘quvchilarning davomati va ta’lim-tarbiyasi bilan shug'ullanish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Milliy gvardiya hamkorligida maxsus Ishchi…

👍14🔥3
Mavzuga doir video.
"Oʻquvchi darsga ikkinchi soatga kelsa, oʻqituvchi jazolanadi".
Milliy gvardiyada (yoki boshqa kuch ishlatar tuzilmada) taʼlim jarayoniga aralashish, oʻqituvchiga chora koʻrish vakolati bormi? Yaqinda qabul qilingani bilan vazirlik tabriklagan "Pedagogning maqomi toʻgʻrisida"gi qonun nima boʻldi shunda? Unda "pedagogning kasbiy faoliyatiga aralashish taqiqlanadi" deyilmaganmidi?
Keyin, maktab oʻquvchisiga - u dars qoldirgan, telefon oʻynagan yoki boshqa "qilmish" sodir etganidan qatʼiy nazar - kuch ishlatar tizim xodimining jinoyatchiga muomala qilganday muomala qilishi - bola psixologiyasiga qanday taʼsir qiladi? Maktabga, oʻqishga muhabbat shakllantirishga yordam beradimi?

UZBEK VIDEO CHANNEL
❗️Энди мактабларда давоматни МИЛЛИЙ ГВАРДИЯ ходимлари назорат қилар экан.👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEC3FZ6kdZ99w4BwBg

👍7😢3
Biz bekorga "Zakovat"ning yangi logosidan boshqacha maʼno qidirgan ekanmiz. Hammasi juda oddiy shekilli - yangi logoga qaraganda, "Zakovat" Zoop shop (Ezycorp Ltd) onlayn sotuvlar tarmogʻining bir qismiga aylangan koʻrinadi?
🤔22😱5🤯3👏2👍1🤬1
Muammo bilan emas, muammoni aytganlar bilan shug'ullanish
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova Milliy gvardiya xodimlari, vazirlik xodimlari bilan birgalikda ishchi guruh tarkibida "umumta’lim muassasalarida o‘quvchilarning darslardagi ishtirokini ta’minlash, ularning ta’lim-tarbiyasini ota-onalar va mahalla faollari bilan hamkorlikda tashkil etish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib bormoqda", mazmunida bayonot bilan chiqibdilar. Dilfuza Sobirovaning aytishlaricha, maktablardagi inspektor-psixologlar shtati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga o‘tkazildi.
Men o'zimning fikrimda qolaman: o'quvchining maktabgacha kelmaslikgi jinoyat emas, muammo va bu muammo bilan vazirlik (kerak bo'lsa, ijtimoiy himoya xodimlari bilan birga) shug'ullanishi kerak, kuch ishlatar tuzilmalar vakillari emas. Ota-onaga qo'rqinchli ogohlantirish xatlari berish orqali, o'quvchilarni va o'qituvchilarni formali xodim bilan qo'rqitish orqali muammoni hal qilib bo'lmaydi. Maktab - bolani qo'rqitib, tahdid bilan olib keladigan katorga emas, o'quvchi uchun xavfsiz, do'stona muhit bo'lishi kerak. Shundagina o'rganish jarayoni ro'y beradi. Maktabga kelmayotgan o'quvchilar bilan bola psixologiyasini, bola tilini tushunadigan, bola ishonadigan mutaxassis shug'ullanishi kerak, jinoyatchilar bilan ishlaydigan psixolog emas.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi axborot xizmati rahbari bayonotida yana bir yangi (har qalay, ilgari men sezmagan) jihat e'tiborimni tortdi: "Shu o‘rinda, yolg‘on va asossiz mazmundagi xabarlarni tarqatganlik uchun mamlakatimiz qonunchiligiga muvofiq tegishli jazo choralari qo‘llanishini eslatib o‘tamiz", deyiladi bayonot oxirida. Bayonotda bu po'pisa kimga qaratilgani, kim(lar) yolg'on axborot tarqatganligi ochiqlanmagan. Bayonotda faqat "pedagoglar faoliyati boshka tashkilotlar tomonidan nazorat qilinadi, degan mazmunda tarqatilayotgan xabarlar asossiz ekani" ma’lum qilingan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va kecha men ham postimda havola bergan videoda formali xodimning, shu jumladan, quyidagi gaplarini eshitish mumkin: "... Bugundan boshlab sinfga umuman telefon olib kirilmaydi. Hamma telefon mana bu yerda, o'qituvchilarda qoladi, quti qilib qo'yasizlar. ... Har kuni davomat. Soat 8-00da kirish to'xtaladi. ... Ikkinchi soatga keldimi, o'qituvchi jazolanadi".
Dilfuza Sobirovaga savollar: Opa, darsga telefon olib kirilishi yoki kirilmasligi, o'quvchi va xodimlarning maktabga soat nechida kirishi yoki kirmasligi, o'quvchi darsga kechiksa yoki kelmasa o'qituvchiga jazo berish - bular ta'lim jarayoniga aralashishmi? Milliy gvardiyaga ta'lim jarayoniga aralashish vakolati berildimi? Agar "ha" bo'lsa", "Pedagogning maqomi toʻgʻrisida"gi qonun nima boʻldi? Agar "yo'q" bo'lsa, "yolg‘on va asossiz mazmundagi xabarlarni" kim tarqatyapti? Videodagi formali xodimmi? Yoki video feykmi?
Qachon muammo haqida gapirganlar bilan emas, muammoning ildizi, sabablari bilan qiziqishni boshlaymiz?

👍29👏4🔥1😱1
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova "yolgʻon va asossiz mazmundagi xabarlarni tarqatganlik uchun tegishli jazo qoʻllanilishi" bilan pisanda qilayotgan bir paytda, Milliy gvardiyaning taʼlim jarayoniga aralashuvi haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqalishda davom etmoqda.
Oʻsha gap: taʼlim, xususan, davomat - kuch ishlatar, harbiy yoki yarim harbiy strukturalarning ishi emas. Maktabdan "rejimli muassasa" yasash urinishlari taʼlim uchun xayrli oqibatlarga olib kelmaydi.

👍21😱3