Jalilov. Qaydlar
4.04K subscribers
1.44K photos
17 videos
22 files
2.26K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Men oʻylayman, bu sudga taʼlim masalalarini yoritadigan jurnalistlar va blogerlarni taklif qilish, jarayonning keng yoritilishini taʼminlash kerak. Attestatsiya - davlat siri yoki shaxsiy hayot emas va sudning ochiqligi, jarayonning keng yoritilishiga toʻsqinlik qiladigan holatlar koʻrmayapman. Shunda, balki, jarayonning natijasi oldindan maʼlum "Dovud va Goliaf jangi" boʻlishining oldini olish mumkin boʻlar.

P.S. "Xalq taʼlimi info" nashri ham jarayonni yoritishga tayyorligini aytgan edi.
👍23👏6🔥1
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga qarshi sud ishida oʻqituvchilar manfaatini himoya qilayotgan advokat OzodNews axborot dasturida bu keys vazirlikning attestatsiya testlarini tuzishga yondashuvini oʻzgartirishga majbur qiladi, deb umid bildirgan.
👍74😢4
Forwarded from Farengeyt Press
Do‘stlar, Usborne “Boshlang‘ch saboqlar” turkumidan oltita kitobni o‘zbek tilida nashrga tayyorlash ishlari boshlangani haqida avval xabar bergan edik. Shulardan uchta kitob (kimyo, biologiya, fizika) chop etishga tayyor holga keldi. Qolgan uchtasi jarayonda. Sentabr oyidan birin-ketin barcha kitoblar bozorga chiqadi.

Avvaldan buyurtmalar ham qabul qilinadi, bu haqda keyinroq xabar beramiz.

Bu kitoblar asosan o‘smirlar uchun deb aytilsa-da, aslida barcha qiziquvchilar uchundir. Ayniqsa, qiziquvchan farzandining savollariga javob berishda qiynaladigan ota-onalar uchun ayni muddao. Ilmiy-ommabop kitoblar o‘qishga chog‘langan kitobxonlar uchun ham yaxshi boshlang‘ich bilim beradi degan umiddamiz.
Quyida fizika, kimyo va biologiya kitobidan olingan parchalar.

#FarengeytPress #boshlangich_saboqlar #Usborne_Kimyo #Usborne_Fizika #Usborne_Biologiya #IlmSoddaTilda

Facebook | Instagram | X
👍25🔥8👏4
Dilshooda
Qo'ng'iroqlar taklifini kim bergan, bilmayman. Yo buning ustida ishlovchi maslahatchilar, mutaxassislardan voz kechish kerak yoki tizim umuman yangilanishga muhtoj.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga savol: Pragaga ham telefon qila olasizlarmi?

Qong'iroqlar qo'ng'iroq qilayotgan(lar)ning o'z tashabbusi bo'lsa-chi? Muammo haqida gapirayotganlarning ovozini o'chirish - muammoni "hal qilish"ning yagona chorasi, deb bilishsa, boshqacha yo'lni ko'rishmasa-chi, o'sha qo'ng'iroq qilayotganlar?

Manbalar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi muammolarni olib chiqayotgan, gapirayotganlarga qarshi "kampaniya" boshlanganini iddao qilishmoqda. Aytishlariga qaraganda, davlat tizimida ishlaydigan xodimlardan birining rahbariyatiga Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligidan qo'ng'iroq bo'lgan va xodimni ishdan bo'shatish sharti qo'yilgan. Natijada xodim "o'z xohishi bilan" ishdan bo'shatilgan. Boshqa ayrim shaxslar yuzasidan ham qo'ng'iroqlar bo'lgan, bu shaxslar xususiy sektorda faoliyat yuritgani uchun ularning rahbariyati vazirlikdan bo'lgan qo'ng'iroqlarga qanday reaksiya bildirgani ma'lum emas.

Xullas, maktabgacha maktab ta'limi tizimida bizga "islohot" deya taqdim etilayotganlari ko'zbo'yamachilik va shishirilgan pufak ekanligi tobora oshkor bo'lib bormoqda. O'lda-jo'lda o'quv dasturlari, har yili pala-partish almashtirilayotgan darsliklar, tobora chuqurlashib borayotgan tengsizlik, muammoli baholash tizimi, PISA atrofidagi mashmashalar, puxta o'ylanmagan "dolzarb falon kunlik"lar, attestatsiyadagi muammolar ..

Shu darajaga yetdiki, ota-onalar birlashib, vazirlik qo'shni davlatdan ko'r-ko'rona ko'chirib joriy qilgan va "ilg'or davlatlar tajribasi" deya taqdim etgan "yangi baholash tizimiga qarshi birlashib, vazirlikning qarshiliklari va qo'l ostidagilarni trollikka majburlashiga qaramasdan petitsiya ko'rib chiqilish uchun kerakli ovozlar sonini yig'ishdi. Odatda eng "yuvosh" qatlam bo'lgan o'qituvchilar esa o'z vazirligiga qarshi sudgacha borish uchun birlashishdi. Bular ham vazirlik olib borayotgan "islohotlar"ning samarasi emasmi?

Maktabgacha va maktab ta'limining "islohotlari" O'zbekistondagi har bir xonadonga kirib boradi. Chunki O'zbekistonda oila yo'qki, u yoki bu darajada ta'limga aloqador bo'lmasin. Har bir oilada kimdir bog'chaga yoki maktabga chiqadi, kimdir shu tizimda ishlaydi. Va bu "islohotlar" hammamizning nafaqat bugunimiz, balki ertamizga ham bevosita daxl qiladi. Muammolar ko'paygani, ularning ko'lami kengaygani va chuqurlashgani sayin odamlarning ovozini o'chirish shunchalik qiyin bo'lib boraveradi. Bugun tarmoqlarda yozishadi, podkastlarda chiqishadi, "Ozodlik" bilan gaplashishadi, sudga borishadi. Lekin muammolar hal qilinmasa, gazak otaversa ... keyin nima bo'lishi mumkin, o'ylab ko'rdinglarmi?

Darvoqe. Vazirlikdagi(lar), Pragaga ham telefon qildinglarmi? Oxirgi paytlar Pragadagilar ham "islohotlarni noto'g'ri talqin qilishyapti" ...

P.S. Nazarimda, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bir narsani yaxshi qila olyapti: "pichoq borib suyakka qadalgan"larni birlashtira olyapti. O'ziga qarshi. Ota-onalar, o'qituvchilar bunga misol. Aholisi aksar holda inert bo'lgan O'zbekistonda bu ham katta natija.
👍18👏2🤯1🤬1
Gazeta.uz ning yozishicha, 11-iyuldan O‘zbekistonda ingliz tili darajasi bo‘yicha xalqaro sertifikat — IELTS uchun qog‘ozda imtihon topshirish amaliyoti vaqtinchga to‘xtatilmoqda. Imtihon topshiruvchilar endi faqat kompyuterda testdan o‘tadi. Bu holat shu vaqtgacha qog‘ozda topshirilgan test javoblarining internetga sizdirilishi fonida yuz berdi.

Bizning "o'zimizga xos" xususiyatimiz - to'g'ri yo'lni emas, har xil "tuynuklar" topishimiz yaxshi oqibatlarga olib kelmasligiga bir misol.
👍8👎5🔥3😢2
Qonunchilik palatasi deputatlari 90 kun yoki undan ortiq muddat chet elda bo‘lib qaytgan o‘zbekistonliklar va ishlashga kelgan xorijliklarni OIVga majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ko‘zda tutilgan qonunni qabul qildi.

Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi, 12-modda: Hech kimning shaxsiy va oilaviy hayotiga o’zboshimchalik bilan aralashish, uy-joyi daxlsizligiga, uning yozishmalaridagi sirlarga yoki uning nomus va sha’niga o’zboshimchalik bilan tajovuz qilinishi mumkin emas. Har bir inson xuddi shunday aralashuv yoki tajovuzdan qonun orqali himoya qilinish huquqiga ega.

Международный пакт о гражданских и политических правах, статья 17: Никто не может подвергаться произвольному или незаконному вмешательству в его личную и семейную жизнь, произвольным или незаконным посягательствам на неприкосновенность его жилища или тайну его корреспонденции или незаконным посягательствам на его честь и репутацию.

Всеобщая декларация о биоэтике и правах человека, статья 6: Любое медицинское вмешательство в профилактических, диагностических или терапевтических целях должно осуществляться только с предварительного, свободного и информированного согласия соответствующего лица на основе надлежащей информации. Согласие в соответствующих случаях должно быть явно выраженным и может быть отозвано соответствующим лицом в любое время и по любой причине без негативных последствий или ущерба.

Deputatlarimiz qonunlar qabul qilayotgan xalqaro huquq normalarini va O'zbekiston o'z bo'yniga olgan xalqaro majburiyatlarni ham o'rganib qo'yishsa zarar qilmasdi.
🤬1
“Ikki qavatli eskirgan uylarda yashovchi aholi o‘z uylarining narxini qimmat baholashmoqda. Investorlar aholi bilan narxlarni kelishishda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda", deydi qurilish vaziri o‘rinbosari Ozoda Joʻrayeva.

Mulk egasi oʻz mulkini oʻzi xohlaganday tasarruf qilishga haqqi bor: xohlasa tekinga sovgʻa qilib yuboradi, xohlasa - osmon narx qoʻyadi. Bizning amaldorlarga shunday oddiy haqiqatni tushunish qiyinmi?
🔥27👍6
Deputatlar kitoblarga senzura joriy qilmoqchimi?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi telegram kanalining yozishicha, parlamentda "Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida" qonunga oʻzgartirish kiritish harakati boshlangan. "Qonun loyihasi ... nashr etilayotgan kitoblarning sifati oshishiga, xuquqiy, ma’naviy-ma’rifiy va estetik talablarga mos kelmaydigan adabiyotlar chop etilishining oldini olishga, adabiyotlardagi tarixiy, ilmiy va ommaviy ma’lumotlar yanada aniq va ishonchli bo‘lishiga ... qaratilgan", deyiladi rasmiy xabarda.

"Maʼnaviy maʼrifiy va estetik talablar" deganda nima nazarda tutilmoqda? Bu talablarni kim, qaysi mezonlar asosida belgilaydi? Kimningdir "maʼnaviyati"ni "shokka tushirishi" mumkin boʻlgan asarlar (masalan, Nobel olgan Saramagoning "Koʻrlik" yoki Xan Ganning "Vegetarian ayol" romanlari singari) asarlar taqiqlanadi deganimi? Balki "1984" yoki "Buzrukning kuzi" singari asarlar"maʼnaviy" yoki "estetik" mezonlarga toʻgʻri kelmay qolar?

"Tarixiy, ilmiy, ommabop maʼlumotlar aniqligi" nima degani - qabul qilingan (mainstream) qarashlarga mos kelmaydigan (masalan, zolimni zolim, diktatorni diktator deydigan) kitoblar taqiqlanadimi?

Men soliq toʻlovchi sifatida bu deputatlarga mening nimani oʻqishimni senzura qilishlari uchun pul toʻlaymanmi?
🔥57🤬15😢6😱1
Цензура, цензуражон, цензурақизғалдоқ. Айниқса “эстетик талаблар” деган қисми ўта саволли. Эстетика — субъектив, шахсий фикр ва дидга боғлиқ нарса, унинг мезонлари ноаниқ. Дейлик, машҳур “Шайтанат” асари шахсан мен учун ноэстетик ва дидсиз, лекин бу уни тақиқлаш керак дегани эмас-ку.

Беҳзод Ҳошимов “Учинчи Ренессанс” деган иддаоли даврдан аввал “Why Nations Fail” (“Мамлакатлар таназзули сабаблари”) китобини олиб келишда Ўзбекистон ҳақидаги саҳифаларни йиртиб ташлашга мажбур бўлганини айтиб берарди.

Журналист Питер Померанцевнинг “This is Not Propaganda: Adventures in the War Against Reality” китобида Совет давридаги аёвсиз китоб цензураси тасвирланади. “Самиздат” нашр этган китобларни одамлар пойабзал қутисига яшириб ўқишган. Померанцевнинг онаси шундай китобни уйга олиб келганида, бувиси йиғлайди: “Сени қамашади, эмизикли боланг қолиб кетади”…

Дежавю. Бир қадам олдинга, ўн қадам ортга.

👉@madnifique👈

https://t.me/jalilovqaydlar/3288
👍10🔥5
Oliy Majlis kitoblarga senzura oʻrnatishi mumkin boʻlgan qonun loyihasi matnini eʼlon qilishi shart

Oliy Majlis "Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida"gi qonunga oʻzgartirishlar kiritish bilan kitoblarga senzura joriy qilishi mumkinligi haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda xavotir bilan qarshi olingach (masalan, 1, 2, 3), Qonunchilik palatasi telegram kanalidagi xabar tahrirlanib, "huquqiy, maʼnaviy maʼrifiy va estetik talablarga mos kelmaydigan adabiyotlar chop etilishining oldini olish" degan jumla oʻchirilibdi. Lekin parlament rasmiy saytida bu jumla turibdi.

Kitoblarni kimningdir "maʼnaviy maʼrifiy va estetik" qarichiga mos kelmagani yoki "maʼlumotlarning yanada aniq va ishonchli" boʻlmagani uchun taqiqlash bizni "samizdat" va "inkvizitsiya" davrlariga qaytaradi hamda mamlakatning ilmiy, intellektual taraqqiyotini toʻxtatadi. Zero fikr erkin boʻlmasa, inson erkin badiiy yoki ilmiy ijod bilan shugʻullana olmasa va erkin ijod mahsulini oʻqiy olmasa - taraqqiyot boʻlmaydi.

Telegram kanalidagi xabarni tahrirlash bilan muammo hal boʻlib qolmaydi. Parlament qonun loyihasining toʻliq matnini ommaviy muhokama uchun ochiq eʼlon qilishi shart. Millat kelajagiga xavf solishi mumkin boʻlgan loyihalar "quturgan printer" usulida imi-jimida qabul qilinishiga yoʻl qoʻyish aslo mumkin emas.
👍17
Nodavlat oliy ta'lim muassasalariga qo'yiladigan talablarni kuchaytiruvchi hukumat qarori loyihaning umumxalq muhokamasi tugashini kutmasdan qabul qilindi. Hujjat oliy ta'lim sifatini yaxshilashga xizmat qilmaydi, lekin orqaga - OTMga kirish "ajiotaj" va korrupsiya bo'lgan davrlarga qaytarishi mumkin. Qolaversa, qarordagi ayrim talablar bir qator qonunlarga, xususan, "Ta'lim to'g'risida"gi qonun va asosiy qonun - Konstitusiyaga mosligi jiddiy savol ostida. Gazeta.uz dagi maqolam shu haqida.
👍14👏5