Jalilov. Qaydlar
4.06K subscribers
1.44K photos
17 videos
22 files
2.27K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Konstitutsiya - istagancha talqin qilaverish mumkin bo'lgan oddiy hujjatmi?

Bir narsani o'ylab qoldim. Bizda qonun chiqaruvchilar (deputatlar) ham, ijro hokimiyati ham Konstitutsiyaga juda "yengil" qarashadi shekilli: qabul qilinayotgan, muhokama qilinayotgan qonun, qaror, farmonlarni ko'rsangiz, "ha, Konstitutsiyada juda umumiy gaplar yozilgan, bu gaplarni istagancha talqin qilish mumkin" deb o'ylashadigandek taassurot olasiz. Aslida har bir huquqiy norma Konstitutsiyaga qay darajada mosligi jiddiy tahlil qilishi, savol ostiga olinishi shart.

Masalan, "huquqiy, maʼnaviy maʼrifiy va estetik talablarga mos kelmaydigan adabiyotlar chop etilishining oldini olish"ga qaratilgan qonun loyihasini olaylik. Bunday qonun loyihasini muhokama qilgan va "qo'llab-quvvatlagan" deputatlar Konstitutsiyada belgilangan fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi, istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqi (33-modda), ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi (53-modda) kabi fundamental erkinliklarga daxl qilishayotgani haqida o'ylab ko'rishganmikin?

Yoki xorijdan qaytgan vatandoshlarni OITSga majburiy tekshirishni nazarda tutadigan qonunni olaylik. O'zbekiston "bunday tekshiruvni joriy qilayotgan dunyodagi birinchi davlat" bo'lishi mumkinligini aytayotgan deputatlar Konstitutsiyada belgilangan va inson huquqlarining bazaviy, fundamental, tamal tushunchalaridan bo'lgan shaxsiy daxlsizlik huquqini (27-modda) poymol qilishayotganini o'ylab ko'rishganmikin? Agar shaxsiy daxlsizlik faqat noqonuniy hibsga olishga tegishli deb o'ylasangiz adashasiz - bu juda keng tushuncha va tana daxlsizligini (jumladan, tibbiy tekshiruvlarning faqat rozilik asosida bo'lishi kerakligini ham) o'z ichiga oladi. Qolaversa, o'zimiz "meniki - seniki" qilib, konsertlar uyushtirib qabul qilgan Konstitusiya shaxsning inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga duchor qilinishini taqiqlaydi (26-modda), OITSga majburiy tekshirish esa aynan kamsituvchi muomaladir.

Yoki nodavlat OTM tashkil qilgan investorlarga tadbirkorlik faoliyatidan olingan foydani tasarruf qilish bo'yicha cheklovni va bankda doimiy ravishda katta summani depozit sifatida ushlab turish talabini olaylik. Vazirlar Mahkamasining yuridik xizmatida yoki Adliya vazirligida bunday cheklov va talablar Konstitutsiyada belgilangan mulkdorning o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka o‘z xohishicha egalik qilish va tasarruf qilish huquqi belgilangan normaga (66-modda) zid kelishini o'ylab ko'radigan bironta yurist topilmaganmi?

Konstitustiya - jo'n hujjat emas. Konstitutsiya - jamiyat va davlat o'rtasidagi o'zaro kelishuv, o'zaro huquq va majburiyatlarni belgilab beradigan eng asosiy hujjat. "Ijtimoiy konktrakt" nazariyasidan kelib chiqilsa, aslida davlat - fuqarolarning "xo'jayini" emas, ularning yaratig'i. ("There are, of course, numerous variations on the contract narrative, but in each the state is deemed to be not the master but rather the creation of individual citizens", qarang: mana bu kitobning 1-bobi). Konstitutsiyadagi "Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir" degan normaning (7-modda) zamirida ham aslida shu g'oya yotadi. Davlatning legitimligining asosi - uning insonlar unga o'z ixtiyori bilan bergan vakolatlar evaziga har bir shaxs erkinligini himoya qilish. Shunday ekan, har qanday norma, taqiq, cheklov o'rnatuvchi norma muhokama qilinayotganda inson huquqlari, shaxs erkinligi prizmasidan tahlil qilinishi, Konstitutsiyada kafolatlangan huquq va erkinliklarga daxl solmasligiga ishonch hosil qilinishi kerak. Har safar davlat bu erkinliklarga - qanchalik "yaxshi niyatlar" bilan bo'lmasin - daxl qilar ekan, o'z legitimligiga zarba beradi.

Tarixga nazar tashlasak, misol uchun, "noni bo'lmasa pirojniy yeyishsin" degan gapdan keyin boshlangani aytiladigan va shu gap nisbat beriladigan shaxsni eri bilan birga gilyotinaga olib kelgan voqealarning tub sababi ham legitimlikning yo'qotilgani bilan bog'liq edi, nazarimda.
🔥17👍7
Gazeta.uz jurnalisti Maktabgacha va ta’limi vazirligini sudga bergan o'qituvchilarning dardlarini o'rganishga harakat qilgan:

... “Oshkorlik prinsipi ochiqdan-ochiq buzilmoqda. Biz testdagi qaysi savollarga to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javob berganimizni bila olmayapmiz”.

... "Berilgan test savollarining murakkablik darajasi belgilangan vaqt me’yoriga mutanosib emas, savollar tuzilish jarayonida validlikka rioya etilmagan".

... "Birinchi smenada test topshirgan talabgorlar nisbatan past ball to‘plagan bo‘lsa, ikkinchi smena ishtirokchilari ancha yuqori ball olgan. Bu holat test savollari va ularni tarqatish tizimi bilan bog‘liq jiddiy shubha hamda e’tirozlarni yuzaga keltiradi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, tuzilgan test savollarining ayrim namunalarini test boshlanishidan oldin yoki birinchi smenadan so‘ng „iks variant“ ostida ochiq ravishda internetda tarqatish holatlari kuzatilgan".

... "Ayrim savollarga to‘g‘ri javob belgilasam-da, kompyuter noto‘g‘ri, deb ko‘rsatdi. Masalan, „Odami ersang demagil odami, Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami“ misralarining muallifi kim va bunda nima ulug‘langan, degan savolga Alisher Navoiy deb yozilgan variantni belgilandim. Biroq kompyuter Boburni to‘g‘ri variant sifatida ko‘rsatdi. Bunday holatlar butun respublika bo‘ylab boshqa hamkasblarimda ham kuzatildi".

... “Appelyatsiya shikoyatimga aniq faktlar va asoslar bilan yozilgan javob keladi, deb o‘ylagandim. Lekin nafaqat menga, balki boshqa norozi pedagoglarga ham bir xil mazmundagi „shablon“ javoblar keldi. Ya’ni, unda savollar fanlar doirasida tuzilgani, savollarda xatoliklar yo‘qligi, bizning e’tirozlarimiz o‘rinsizligi umumiy ta’kidlangan, ammo bu gaplarga mutaxassislarning xulosalari, faktlar, tahlillar ilova qilinmagan".

Maqolada kelltirilgan raqamlarga ham e'tibor bering: 28000dan oshiq savolga e'tiroz, 40500 elektron apellyatsiya, 78%dan oshiq ona tili o'qituvchilarning testdan yiqilishi - shu raqamlarning o'zi ham tizimda o'rganilishi, tahlil qilinishi va xulosa chiqarilishi kerak bo'lgan jiddiy muammolar borligini ko'rsatadi.
🔥18👍4
Sevimli "xobbi": "takomillashtirish" va "yangilash". Uch urinishda toping: kimning hisobidan?

"Albatta, bu standartlar asosida darsliklar boʻladi"

Nazarimda, Respublika taʼlim markazi telegram kanalida eʼlon qilingan "oʻquv dasturlarini takomillashtirish" haqidagi video lavhadan yuqoridagi iqtibos bu "takomillashtirish" jarayonining asl maqsadini ochib beradi. Har safar "oʻquv dasturlarining takomillashtirilishi" darsliklarning yangilanishini taqozo qiladi. Toki normal davlatlarga oʻxshab yagona darslik tizimidan voz kechilmas ekan hamda vazirlikdan darsliklar yaratish va ularni chop qilish vakolati olib qoʻyilmas ekan, bu "halqa" toʻxtamaydi. Chunki darsliklar - trillionlar degani.

Har safar vazirlik yoki Respublika taʼlim markazi "oʻquv dasturlarini takomillashtirish" haqida material chiqarar ekan, "oʻquv dasturlarining "kasha"si chiqib yotgan bir sharoitda qaysi dasturlar "takomillashtirilyapti" oʻzi, bu "takomillashtirish" uchun kerakli tadqiqotlar oʻtkazilganmi" singari qayta qayta koʻtarilayotgan bazaviy, tamal savollarga javob izlayman. Va topa olmayman. Siz ham videoni koʻring, balki siz javob toparsiz?
👍3🤯1